Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Tezkor
⚡️Londonda favqulodda holat e’lon qilindi. Shaharning har o‘ttizinchi fuqarosi koronavirus yuqtirgan

London hokimi Sodiq Xon qirollik poytaxtida favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda shahar ma’muriyati rasmiy saytida e’lon qilingan.

«Londonda ahvol juda yomon, koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalib ketdi. Shu tarzda tarqalishda davom etsa, yaqin ikki haftada kasalxonalarda joy qolmaydi. Virus shahrimizda inqiroz holatini keltirib chiqardi. Hozir har o‘ttizinchi londonlik koronavirus yuqtirgan. Tezda chora ko‘rmasak, sog‘liqni saqlash tizimimiz bosimni ko‘tara olmay, ko‘p odam halok bo‘ladi», degan Sodiq Xon.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qachonki kutishdan to'xtab, maqsad qo'yib, harakatni boshlaganingizda, haqiqiy o'zgarishlar yuz beradi.

Odamlarning eng katta xato fikrlari bu sabr qilish tushunchasidir. Sabr deganda "kutish" deb tushunamiz. Aslida sabr bu qiyinchiliklarga qaramay, oldinga harakat qilishdir, o'zini harakatga unday olishdir.

Biz esa kutamiz, qulay vaqt kelishini, imkon tug'ilishini, kimdir boshlab berishini va shu kabilarni.

Men ko'pincha maqsad haqida gapiraman, lekin ishonchim komilki, shu kanal a'zolaridan 90 foizidan ko'prog'ida aniq maqsadi yo'q, nimani hohlashlarini bilmaydi. Agar siz nimani xohlashingizni bilmasangiz, nimaga erishishingizni kutyabsiz? Omadli bo'lishni xohlaysiz, lekin omad siz uchun nimani anglatishini aniq bilmaysiz.

Do'stlaringizga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil

Yigit va qiz suhbatidan.

Qiz:
- Bayramizga nima sovg'a qilay?
Yigit:
- Bayramda nima sovg'a qilishingni qizig'i yo'q. Muhimi uni ko'rganda "WOOOW iPhone 11 Pro" deb yuboray 🙊🙈

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Nemislar xorijliklarni ham tekinga o‘qitadi, bizda esa...

Aytishlaricha, Germaniyada maktab va oliygohlarda fuqarolarga ham, muhojirlarga ham, emigrantlarga ham o‘qish bepul ekan. Nemislar saxiy emas. Ammo ular ilmsizlikning narxini hisoblab chiqishgan. Ta’lim berish ilmsizlikka qaraganda ancha arzon bo‘lib chiqqan!

Misrda esa Azharga o‘qishga kira olmagan abituriyentga beriladigan stipendiyaga bir oy bemalol yashash, o‘qish mumkin. (Ya’ni, o‘qishga kira olmagan abituriyentlar ketmasdan o‘qiyveradi)

Bizda esa kitoblarni, kontraktlarni qimmat qilmoqchi bo‘layapmiz. Hatto abituriyent va maktabga endi boradigan bolakaylardan ham pul umidvormiz.

Shunchaki, joy yo‘q denglar!

P.S. Bizda musaffo osmon ostida "Bunyodkor" stadioni bor 🌚

Barchaga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Taʼlim_krediti

👨‍🎓 Talabalar uchun ta’lim krediti


🏦 Bank: O‘zbekiston Milliy banki

🕰 Kredit muddati: 60 oy

💵 Kredit summasi: 50 mln so`mgacha

❓ Kimlarga beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘qishi uchun beriladi.

✅ Kredit shartlari

👨‍🎓Bakalavriatga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim krеditlari

👉3 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 20%
👉5 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 22%

👨‍🎓Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga

👉3 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 20% bеriladi

Кredit miqdori – to'lov shartnomasi summasi miqdorida (bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha bo‘lgan kreditlar uchinchi shaxs kafilligi yoki kredit qaytmaslik xatarini sugurta polisi, undan yuqori miqdordagi kreditlar mol-mulk garovi bilan ajratiladi).

✅ Kredit ta'minoti

Krеdit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlari taqdim etilishi mumkin:

👉Mol-mulk garovi;
👉Uchinchi shaxs kafilligi;
👉Kredit qaytmaslik xatarini sugurta qilinganligi bo‘yicha sugurta polisi.

✅ Kerakli hujjatlar

👉Qarz oluvchining pasporti;
👉Ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
👉talaba va oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish to‘g‘risidagi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt);
👉Krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar.

🌐Batafsil o‘qish...

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
📌 O‘qishga kirishda yana bir imtiyoz: mahalla xodimlari ham tavsiyanoma asosida OTMga kiradi

Hukumat qaroriga ko‘ra, mahalla tizimida 3 yillik stajga ega, egallab turgan lavozimida 1 yildan beri ishlayotgan xodimlarga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tavsiyanomalar beradi. Tavsiyanoma olganlar «Ijtimoiy ish» (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga sirtqi ta’limga kontrakt asosida qabul qilinadi.

Mahalla xodimlari tavsiyanoma bilan kirish imtihonini ham topshirgan holda o‘qishga qabul qilinadi. Ular boshqa yo‘nalishga o‘qishini ko‘chira olmaydi.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filiallar direktorlari)ga

11-yanvardan barcha oliy ta'lim muassasalarida an'anaviy ta'lim jarayonlari boshlanishi haqida Bosh vaziri o'rinbosari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri hamda Respublika oliy ta'lim kengashi raisi tomonidan imzolangan qaror.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
DIQQAT, SOXTA XABARLARGA ISHONMANG!

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, telegram kanallarda qo‘shni davlatlardan imtihonsiz O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirish mumkinligi, buning uchun 15 fevralgacha arizalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida qabul qilinishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

⚠️ Mazkur xabarlar hech qanday asosga ega emas va yolg‘on hisoblanadi.

Kanalga ulanish
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalarni eshik qisgan😏

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda uy bozorida qizg'in ish ketmoqda.

Talabalar bosib ketgan)

Qizig'i shunda-ki, talabalar bezovta qilmasin degan gaplarni uchratyapmiz😁

Minimall $200 dan boshlanyapti ijara narxlari, agar talabalar uchun ham berilsa)

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shundaymi qizlar? 🤨

Do'stlarga ulashish 👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Тezkor #Rasman
⚡️⚡️⚡️Maktablarda to‘liq an’anaviy ta’limga qaytish ortga surildi

11-yanvardan maktablarda to‘liq an’anaviy ta’limga o‘tilishi e’lon qilingan edi. Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarni inobatga olib, masofaviy ta’limni saqlab qolishga qaror qildi.

Ya’ni 3-chorakda ham maktablarda o‘qish avvalgi ikki chorakdagidek davom etadi: farzandi koronavirus yuqtirishidan xavotirlangan ota-onalar, keksa va surunkali xasta a’zolari bor oilalar bolasini maktabga yuborishi majburiy bo‘lmaydi. «Onlayn maktab» loyihasi davom etadi.

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hayotingizni tubdan o‘zgartiradigan 15 qoida.

1. Barchasi uchun minnatdorchilik bilan kuningizni boshlang.

2. Erta turing (tongi 5-6 da).

3. Ko‘p miqdorda suv iching (kuniga 3-4 litr).

4. Yaxshilanish uchun dush oling.

5. Kuningizni rejalashtirish.

6. Maqsadlarni qo‘ying, lekin ularga yopishib qolmang.

7. Do‘stlaringiz va dushmanlaringiz kechiring. Siz mukammal emassiz, shuning uchun ham boshqalarning kamchiliklariga kechirimli bo‘ling.

8. Kuniga kamida 15 daqiqa toza havoda, hatto - 30-60 daqiqa sarflasangiz yaxshiroq bo‘lardi.

9. Ovqatdan keyin ichmang.

10. Salbiy muhitdan qoching.

11. Orzularingizga hurmat bilan yondashing.

12. Sizni yetuklikka undovchi odamlar bilan tanishing va ularning diqqat markazida bo‘lishga harakat qiling.

13. Har kuni mashq qiling.

14. Inqiroz davrida minimal dasturni bajaring.

15. Albatta, @TalabaUz kanalini doimiy ravishda kuzatib boring.:)

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TTJ da joy yetmagandek ijaraga ham uy topilmaydi bu talabalarga!

Talabadan eng kibrga berilgan, o'zini osmon oladigan kasb egalari kimlar desa birinchi bo'lib maklerlar deb javob bersa kerak!

Bugun ukamga uy topish maqsadida maklerga telefon qildim va suhbatimni sizlarga ham baham ko'rmoqchiman:
- Alo? Assallamu alaykum! Siz maklermisiz?
- Ha necha xonali uy kerak?
- Bizga ikki xonadan iborat uy kerak ! Metroga yaqin bo'lsin , uyda barcha sharoitlari bo'lsin! Kir yuvadigan mashina, muzlatgich , yotish uchun divanlari bo'lsin pulini esa farqi yo'q! Faqat 400$ ga yetmaydigan narxda bo'lsin
- Talabamisizlar?
- Ha ?
- Uzr ukam talabalarga joy yo'q!


Davlatdan yordam so'rasang bermasa, maxsus talabalar uchun ajratilgan joylar to'lgan bo'lsa, eng alam qiladiganini aytaymi ? Puling bo'la turib uy topalmaydigan jamiyatda yashasang...
Ex...
Bu tuyg'uni talaba bo'lgan biladi, boshqalar esa noshukur ekansan deyishdan boshqasiga yaramaydi!

Bu tizim 30 yilda ham to'g'rilanmagan keyin ham to'g'rilanmasmikin-a? Biz bolalarimizga qarab "sendekligimda biz yotgan yotoqxonalarning kutubxonalari bo'lardi, undan tashqari foydalanishimiz uchun xohlaganda ishlaydigan wi fi ham bo'lardi, yotoqxonamizdan universitetimizga borish uchun 15 daqiqa vaqtimiz ketardi, bizni vaqtimizda yotoqxonaning bir xonasida 3 kishi turardik"
desam o'g'lim menga qarab:

"Dada, juda qiynalgan ekansiz a? Hozir bizda har bir xonada universitet xisobidan kutubxonalar tashkil qilingan, yotoqxonadagi xonalar hammasi bir kishilik va har bir xonada wi fi o'rnatilgan yotoqxonamizning birinchi qavatida sport bilan shug'illanish uchun 3 ta xona, internetdan foydalanish uchun 2 ta xonamiz bor ularda 50 ta zamonaviy kompyuterlar bor"
deydigan zamonlar keladimikin?

Yoki u so'zlarni o'rniga quyidagi:
"Tur o'rningdan mol!
Men seni yoshingda kunduzi o'qib kechqurun ishlaganman"
deb gapirish meros bo'lib qolaverarmikin bizga?

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
NAFS VA INSON!

• Nafs:
- "Mana senga kerak bo‘lsa taxt".
• Inson: - "Yo‘q kerakmas. Islomim bor! Men uchun bu baxt".

• Nafs: - "Balki yoqar oysuluv qizlar?".
• Inson: - "Yo‘q yorim bor, baxtlimiz bizlar".

• Nafs: - "Balki senga kerakdir boylik?".
• Inson: - "Qanoatla xolim chiroylik".

• Nafs: - "Undan ko‘ra sen o‘ynab kulgin...".
• Inson: - "Qiyomat bor sen xayo qilgin".

• Nafs: - "Bu dunyo besh kunlik bilgin".
• Inson: - "Xaqni aytding. Sen taqvo qilgin".

• Nafs: - "Balki senga yoqar kayf safo?".
• Inson: - "Halolga xo‘p, qolgani jafo".

• Nafs: - "Sharoblar bor. Mast bo‘lib ko‘rgin!".
• Inson: - "Uni qo‘y. Iymon lazzatin tuygin".

• Nafs: - "Ko‘zingni och dunyo makrdir...".
• Inson: - "Makrlarga to‘siq zikrdir".

• Nafs: - "Axmoqsan seni hayoting g‘urbat".
• Inson: - "Yo‘q umidim abadiy Jannat".

• Nafs: - "Men nafsingman yengildim senga".
• Inson: - "Kel Haq yo‘lda yordam ber menga".

• Nafs: - "Roziman ho‘p. Iymon shartlarin bildir".
• Inson: - "Maxluq borki Robbiga quldir".

• Nafs: - "Qullik qanday bo‘ladi aytgin?".
• Inson: - "Amriga yur. Nahiydan qaytgin!".

• Nafs: - "Gunohlarim kecharmi Qahhor?!".
• Inson: - "U mehribon rahmli Gʻaffor!"

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil😁
Sabr qildik, ikki kun qoldi 14-yanvarga)

Qizlarga yuboramiz🤣👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Talabalar Toshkentga qaytdi. Toshkent ularni sevmaydi

Oliy ta'lim maskanlari 11-yanvardan an'anaviy ta'limga qayta boshladi. Kun.uz O‘zbekiston poytaxtining asl uysizlari muammosini o‘rgandi.
O‘zbekistondagi OTMlar turar joyga talabgor talabalarning 27 foizini yotoqxona bilan ta'minlay oladi xolos.

👉 Maqolani o'qish

📹 To'liq videoni ko'rish

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
IIV ogohlantiradi: «Tiktokerlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin!»

Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok platformasida turli masxaraomuz, odob-axloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan video maulliflarini ogohlantirdi. Bu xususda Xabar.uz nashri yozmoqda.

«Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarning TikTok platformasida – fuqarolarimizni ayniqsa yoshlarimizni o‘zlariga e’tibor jalb qilish maqsadida, turli masxaraomuz, odob-axloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan videolarini ko‘plab kuzatyapmiz», – deydi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov.

«Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni tarbiyasiz va odobsiz qiliqlariga ko‘z yumsangiz, biz bunday axloqsizlika yo‘l qo‘ymaymiz.

Esingizda bo‘lsin, farzandingizga ham buni uqtiring, fuqarolarning osoyishtaligini hamda jamiyatda yurish turish qoidalarini buzish – mayda bezorilik hisoblanadi va 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanadi.

Ogohlantiramiz! Farzandlaringizni nazorat qiling, yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang»,
– deyiladi xabarda.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 OTMlarda o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi

Hukumatning tegishli qarori (№824, 31.12.2020y) bilan, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab respublika OTMlarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra:

✅ OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-o‘qituvchilar nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘taydi va malaka oshiradi.

✅ OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda o‘qituvchilar nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlari asosida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshiriladi.

OTMlarning akademik mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

✅ OTMlar huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan OTM professor- o‘qituvchilarining mehnatiga soatbay haq to‘lash OTM talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi;

✅ ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanadi;

✅ OTMlarda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestasiya komissiyasi raislari tegishli OTM rektori (filial direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Shuningdek, qaror bilan OTMlarda o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi hamda quyidagi sxema asosida bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilandi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Aytishlaricha O'zbekiston Milliy Universiteti rektori o'z lavozimidan ozod etilibdi. Ish qilib ko'tarilib ketgan bo'lmasinda.

Lekin Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov O'zMU rektori lavozimiga tayinlanibdi. Milliydagilar yomg'irdan qochib do'lga tutildi.

Xabar rasman tasdiqlanmagan.

Rasmiylardan xabar kutamiz.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg