Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
DIQQAT, SOXTA XABARLARGA ISHONMANG!

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, telegram kanallarda qo‘shni davlatlardan imtihonsiz O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirish mumkinligi, buning uchun 15 fevralgacha arizalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida qabul qilinishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

⚠️ Mazkur xabarlar hech qanday asosga ega emas va yolg‘on hisoblanadi.

Kanalga ulanish
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalarni eshik qisgan😏

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda uy bozorida qizg'in ish ketmoqda.

Talabalar bosib ketgan)

Qizig'i shunda-ki, talabalar bezovta qilmasin degan gaplarni uchratyapmiz😁

Minimall $200 dan boshlanyapti ijara narxlari, agar talabalar uchun ham berilsa)

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shundaymi qizlar? 🤨

Do'stlarga ulashish 👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Тezkor #Rasman
⚡️⚡️⚡️Maktablarda to‘liq an’anaviy ta’limga qaytish ortga surildi

11-yanvardan maktablarda to‘liq an’anaviy ta’limga o‘tilishi e’lon qilingan edi. Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarni inobatga olib, masofaviy ta’limni saqlab qolishga qaror qildi.

Ya’ni 3-chorakda ham maktablarda o‘qish avvalgi ikki chorakdagidek davom etadi: farzandi koronavirus yuqtirishidan xavotirlangan ota-onalar, keksa va surunkali xasta a’zolari bor oilalar bolasini maktabga yuborishi majburiy bo‘lmaydi. «Onlayn maktab» loyihasi davom etadi.

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hayotingizni tubdan o‘zgartiradigan 15 qoida.

1. Barchasi uchun minnatdorchilik bilan kuningizni boshlang.

2. Erta turing (tongi 5-6 da).

3. Ko‘p miqdorda suv iching (kuniga 3-4 litr).

4. Yaxshilanish uchun dush oling.

5. Kuningizni rejalashtirish.

6. Maqsadlarni qo‘ying, lekin ularga yopishib qolmang.

7. Do‘stlaringiz va dushmanlaringiz kechiring. Siz mukammal emassiz, shuning uchun ham boshqalarning kamchiliklariga kechirimli bo‘ling.

8. Kuniga kamida 15 daqiqa toza havoda, hatto - 30-60 daqiqa sarflasangiz yaxshiroq bo‘lardi.

9. Ovqatdan keyin ichmang.

10. Salbiy muhitdan qoching.

11. Orzularingizga hurmat bilan yondashing.

12. Sizni yetuklikka undovchi odamlar bilan tanishing va ularning diqqat markazida bo‘lishga harakat qiling.

13. Har kuni mashq qiling.

14. Inqiroz davrida minimal dasturni bajaring.

15. Albatta, @TalabaUz kanalini doimiy ravishda kuzatib boring.:)

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TTJ da joy yetmagandek ijaraga ham uy topilmaydi bu talabalarga!

Talabadan eng kibrga berilgan, o'zini osmon oladigan kasb egalari kimlar desa birinchi bo'lib maklerlar deb javob bersa kerak!

Bugun ukamga uy topish maqsadida maklerga telefon qildim va suhbatimni sizlarga ham baham ko'rmoqchiman:
- Alo? Assallamu alaykum! Siz maklermisiz?
- Ha necha xonali uy kerak?
- Bizga ikki xonadan iborat uy kerak ! Metroga yaqin bo'lsin , uyda barcha sharoitlari bo'lsin! Kir yuvadigan mashina, muzlatgich , yotish uchun divanlari bo'lsin pulini esa farqi yo'q! Faqat 400$ ga yetmaydigan narxda bo'lsin
- Talabamisizlar?
- Ha ?
- Uzr ukam talabalarga joy yo'q!


Davlatdan yordam so'rasang bermasa, maxsus talabalar uchun ajratilgan joylar to'lgan bo'lsa, eng alam qiladiganini aytaymi ? Puling bo'la turib uy topalmaydigan jamiyatda yashasang...
Ex...
Bu tuyg'uni talaba bo'lgan biladi, boshqalar esa noshukur ekansan deyishdan boshqasiga yaramaydi!

Bu tizim 30 yilda ham to'g'rilanmagan keyin ham to'g'rilanmasmikin-a? Biz bolalarimizga qarab "sendekligimda biz yotgan yotoqxonalarning kutubxonalari bo'lardi, undan tashqari foydalanishimiz uchun xohlaganda ishlaydigan wi fi ham bo'lardi, yotoqxonamizdan universitetimizga borish uchun 15 daqiqa vaqtimiz ketardi, bizni vaqtimizda yotoqxonaning bir xonasida 3 kishi turardik"
desam o'g'lim menga qarab:

"Dada, juda qiynalgan ekansiz a? Hozir bizda har bir xonada universitet xisobidan kutubxonalar tashkil qilingan, yotoqxonadagi xonalar hammasi bir kishilik va har bir xonada wi fi o'rnatilgan yotoqxonamizning birinchi qavatida sport bilan shug'illanish uchun 3 ta xona, internetdan foydalanish uchun 2 ta xonamiz bor ularda 50 ta zamonaviy kompyuterlar bor"
deydigan zamonlar keladimikin?

Yoki u so'zlarni o'rniga quyidagi:
"Tur o'rningdan mol!
Men seni yoshingda kunduzi o'qib kechqurun ishlaganman"
deb gapirish meros bo'lib qolaverarmikin bizga?

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
NAFS VA INSON!

• Nafs:
- "Mana senga kerak bo‘lsa taxt".
• Inson: - "Yo‘q kerakmas. Islomim bor! Men uchun bu baxt".

• Nafs: - "Balki yoqar oysuluv qizlar?".
• Inson: - "Yo‘q yorim bor, baxtlimiz bizlar".

• Nafs: - "Balki senga kerakdir boylik?".
• Inson: - "Qanoatla xolim chiroylik".

• Nafs: - "Undan ko‘ra sen o‘ynab kulgin...".
• Inson: - "Qiyomat bor sen xayo qilgin".

• Nafs: - "Bu dunyo besh kunlik bilgin".
• Inson: - "Xaqni aytding. Sen taqvo qilgin".

• Nafs: - "Balki senga yoqar kayf safo?".
• Inson: - "Halolga xo‘p, qolgani jafo".

• Nafs: - "Sharoblar bor. Mast bo‘lib ko‘rgin!".
• Inson: - "Uni qo‘y. Iymon lazzatin tuygin".

• Nafs: - "Ko‘zingni och dunyo makrdir...".
• Inson: - "Makrlarga to‘siq zikrdir".

• Nafs: - "Axmoqsan seni hayoting g‘urbat".
• Inson: - "Yo‘q umidim abadiy Jannat".

• Nafs: - "Men nafsingman yengildim senga".
• Inson: - "Kel Haq yo‘lda yordam ber menga".

• Nafs: - "Roziman ho‘p. Iymon shartlarin bildir".
• Inson: - "Maxluq borki Robbiga quldir".

• Nafs: - "Qullik qanday bo‘ladi aytgin?".
• Inson: - "Amriga yur. Nahiydan qaytgin!".

• Nafs: - "Gunohlarim kecharmi Qahhor?!".
• Inson: - "U mehribon rahmli Gʻaffor!"

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil😁
Sabr qildik, ikki kun qoldi 14-yanvarga)

Qizlarga yuboramiz🤣👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Talabalar Toshkentga qaytdi. Toshkent ularni sevmaydi

Oliy ta'lim maskanlari 11-yanvardan an'anaviy ta'limga qayta boshladi. Kun.uz O‘zbekiston poytaxtining asl uysizlari muammosini o‘rgandi.
O‘zbekistondagi OTMlar turar joyga talabgor talabalarning 27 foizini yotoqxona bilan ta'minlay oladi xolos.

👉 Maqolani o'qish

📹 To'liq videoni ko'rish

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
IIV ogohlantiradi: «Tiktokerlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin!»

Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok platformasida turli masxaraomuz, odob-axloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan video maulliflarini ogohlantirdi. Bu xususda Xabar.uz nashri yozmoqda.

«Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarning TikTok platformasida – fuqarolarimizni ayniqsa yoshlarimizni o‘zlariga e’tibor jalb qilish maqsadida, turli masxaraomuz, odob-axloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan videolarini ko‘plab kuzatyapmiz», – deydi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov.

«Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni tarbiyasiz va odobsiz qiliqlariga ko‘z yumsangiz, biz bunday axloqsizlika yo‘l qo‘ymaymiz.

Esingizda bo‘lsin, farzandingizga ham buni uqtiring, fuqarolarning osoyishtaligini hamda jamiyatda yurish turish qoidalarini buzish – mayda bezorilik hisoblanadi va 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanadi.

Ogohlantiramiz! Farzandlaringizni nazorat qiling, yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang»,
– deyiladi xabarda.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 OTMlarda o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi

Hukumatning tegishli qarori (№824, 31.12.2020y) bilan, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab respublika OTMlarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra:

✅ OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-o‘qituvchilar nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘taydi va malaka oshiradi.

✅ OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda o‘qituvchilar nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlari asosida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshiriladi.

OTMlarning akademik mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

✅ OTMlar huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan OTM professor- o‘qituvchilarining mehnatiga soatbay haq to‘lash OTM talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi;

✅ ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanadi;

✅ OTMlarda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestasiya komissiyasi raislari tegishli OTM rektori (filial direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Shuningdek, qaror bilan OTMlarda o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi hamda quyidagi sxema asosida bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilandi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Aytishlaricha O'zbekiston Milliy Universiteti rektori o'z lavozimidan ozod etilibdi. Ish qilib ko'tarilib ketgan bo'lmasinda.

Lekin Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov O'zMU rektori lavozimiga tayinlanibdi. Milliydagilar yomg'irdan qochib do'lga tutildi.

Xabar rasman tasdiqlanmagan.

Rasmiylardan xabar kutamiz.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#eh_yoshligim...

Shu multfilmni koʻrganlar bormi? 😄

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Rasman: Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov va O'zbekiston Milliy Universiteti rektori Avazjon Maraximov o'z lavozimlaridan ozod etildi


Do'stlaringizga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
📌 Rasman: Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov va O'zbekiston Milliy Universiteti rektori Avazjon Maraximov o'z lavozimlaridan ozod etildi Do'stlaringizga ulashing👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Mahalladagi ayollarning ta'kidlashicha, Inomjon Majidovning sog'lig'i yaxshi bo'lmagani sababli(yaqinda koronavirus kasalligi bilan kurashib chiqdilar), o'z xohishlari bilan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan ketayotgani aytilmoqda.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga nomzodlar etib, Termiz davlat universiteti rektori, senator Abduqodir Toshqulov hamda O'zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Maraximovlar qo'yilgani aytilmoqda. Tez orada rasmiy qaror qabul qilinadi degan umiddamiz!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14 - yanvar Vatan himoyachilari kuni!

1993 yil 29 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb e'lon qilingan. Vatanni himoya qilish, uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir.

Hurmatli kanalimizning yigitlari, barchangizni 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz!!!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Yaxshilik qil - u albatta qaytadi !

Yaxshilik qilgan Insoningiz qalbiga urug' qadaysiz. U albatta bir kun unib boshqa insonga yaxshilik qiladi va shunday, zanjir davom etadi.

Siz bir kichik bo'lsada qilgan yaxshiligingiz urug'idan millionlarga yetarli daraxt o'sishi mumkin, unutmang !

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Rasman: Yilning eng yaxshi rektori 2020 an'anaviy ko'rik tanlovining 2 karra g'olibi Abduqodir Toshqulov Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri etib tayinlandi.

Sobiq vazir Inomjon Majidov O'zbekiston Milliy Universitetiga rektor bo'lishi kutilmoqda.

Avazjon Maraximov lavozimidan ozod etilgach qayerda ishlashi hozircha noma'lum.

Talabalarni tabriklaymiz. 14-yanvarga juda yaxshi sovg'a bo'ldi. Lekin Majidov va Maraximovni ta'lim sohasida qoldirish juda katta xato bo'ladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg