Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2021 yildan oliy o‘quv yurtlariga kirishda test savollari qanday bo‘ladi?

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️O'zbekistondagi oliygohlar reytingi e'lon qilindi!

Ranking Web yoki Webometrics Ranking 2004 yildan buyon dunyo bo‘ylab 31 mingdan ziyod universitet va institutlarni qamrab olgan xalqaro reyting tashkiloti hisoblanadi. Tashkilot reyting ma’lumotlari yilda ikki marotaba – yanvar va iyul oyida e’lon qilinadi.

Xalqaro Webometrics Ranking tashkilotning 2021 yildagi ilk ma’lumotini e'lon qildi.

Reyting 4 ta mezon asosida baholangan. Bu ko‘rinish – oliy ta’lim muassasalarining saytiga tashqi saytlarning bog‘liqligi, mukammallik – saytlarga joylashtirilgan ishlar mukammalligi, ochiqlik – saytlarga joylashtirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi, mualliflar maqolalarining ishonchliligi va mavjudlik – asosiy domen sahifalari va subdomenlar soni, ulardagi hujjatlarning mavjudligi bilan baholanadi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Tarix takrorlanmoqda... Olaveringlar, yeyaveringlar! https://t.me/TalabaUz/1262 17-avgust 2019-yil Guliston Davlat universiteti haqida achchiq postni e'lon qilgan edik. Buni qarang-ki, tarix takrorlandi) Toʻgʻri bir tiyinlik foydasi yoʻq, qayerdadir yoki…
⚡️Aytishlaricha, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov joriy yilda nomdor stipendiyalar olgan OTM talabalarining shaxsiy maʼlumotlarini soʻragan. Nomdor stipendiyalar olish jarayonida korrupsion holatlar mavjudligini oʻrganish yuzasidan Bosh prokuroturaga murojaat qilish boʻyicha tegishli Vazir o'rinbosariga koʻrsatma bergan.

Ma'lumot o'rnida kuni kecha bo'lib o'tgan videokonferensiyada Abduqodir Toshqulov Guliston Davlat universiteti haqida alohida urg'u berganlar!

Nomdor stipendiyaga topshirgan qolgan ishtirokchilarning ham topshirgan ishlari ham tekshirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#FarDu

Farg'ona Davlat universitetiga alangalik salomlar.

Bu postni o'qishingizdan oldin ogohlantirib qo'yay, "yana shu temami?", "Nima kerak shunaqa narsalarga aralashib?", "O'zingni ishingni bilib qilsang-chi" degan o'tkir syudjetli gaplar kerak emas!

Sababi, yana yotoqxona masalasi! Bu safargi "sayohatimiz" vodiy tarafda. Talabadan kelgan ma'lumotni o'zgartirmasdan, o'z holicha beramiz. Hulosa o'zingizdan.

"Bizning 4-TTJ da(yotoqxonada) o'tgan yillari ayol tarbiyachi ishlar edi. Lekin ògil bollar ham turardi unda. Lekin bu yil pandemiya sababli xonalarni mebellari karantin zonalarga olib ketilganligi uchun shekilli faqat qizlarni va faqat uzoqdagilarni joylashtirishdi. Keyin qizlar aytib qolishdi erkak kishini tarbiyachi qilib qoyishibdi. Kunda emasku, har 2, 3 kunda kechasi hammani zalga yiģib olib, majlis qilyapdikan. Qatta yòq gaplarni gapirib qizlarni ģashiga tegib, "zapis qilib olib tarqatib yubormelar yana" dib gapirib ham qòyarkan. Axir u yerda bizni fakultetni qizlari, kimdurlarning singlisi, qizi , ayoli, turadi. Shu tògri ish deb òylaysizmi siz. Yana umuman bizi fakultetga aloqasi yoq kishini tayinlab qoyishibdi. Axir qizlarga ayol kishi tarbiyachi bolishi kerakku, to'g'rimi? Qizlar bezor bolib majlisga ham chiqqilari kelmasdan xonaga berkinib òtirishibdikan. Òsha qatta yòq gaplarni gapiradi deb. Shu masala boyicha yordam sòragandim."

Mana shunaqa gaplar. Mutasaddilar bu muommoga tez orada yechim topishadi deb o'ylaymiz... Bu judayam hunuk ahvol!

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#FarDu Farg'ona Davlat universitetiga alangalik salomlar. Bu postni o'qishingizdan oldin ogohlantirib qo'yay, "yana shu temami?", "Nima kerak shunaqa narsalarga aralashib?", "O'zingni ishingni bilib qilsang-chi" degan o'tkir syudjetli gaplar kerak emas!…
Tezkorlik bilan javob xati keldi!

To'g'risi kutmagandim, yuqoridagi FarDu yotoqxonasidagi muammo bo'yicha tarbiyachi aloqaga chiqdilar. Va haqiqatligini tan oldilar.

"Men Farg'ona davlat universiteti Yoshlar ittifoqi yetakchisiman kanaldagi xabarni ko'rdim, juda yaxshi fikr, berilgan shaxsan o'zim shu TTJda ham tarbiyachisi bo'laman, agarda qizlarimizga ayol pedagog-tarbiyachi kerak bo'lsa, qizlarimizni hohish istagini inobatga olib, rektorimizga bu masalani yetkazamiz, buni ijobiy hal qilib sizlarga aytamiz...Bu holni aynan Yoshlar ittifoqi, Ma'naviyat va ma'rifat, yoshlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i, dekan o'rinbosarlari va Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor ko'rib chiqqan.

E'tibor berganiz uchun katta raxmat."


Mana bu haqiqiy mardni ishi bo'ldi. Darhol yechimini berdilar. Tez orada bu muammo bartaraf etiladigan bo'ldi! Rahmat, javob posti uchun!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4ta OTMda turizm bo'yicha magistratura mutaxassisliklari ochiladi

▪️Prezident farmoni bilan 2021–2022-o‘quv yilidan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida:
▫️ Ziyorat turizmi;
▫️Transport logistikasi;
▫️Ijodiy sanoat (creative industry)
yo‘nalishlarida magistratura mutaxassisliklari ochiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
SEVINMANG, SIZ MAGʻLUBSIZ!

- Agar mashinani shapka bilan sotishingizdan to‘sa olishmay, hali ham buning yo‘lini qilayotgan bo‘lsangiz, sevinmang. Chunki siz jig‘ildonga haromni uradiganlar safidasiz, nafsingizga mag‘lubsiz!

- Agar o‘qishda siz mansub bo‘lgan poraxo‘rlikni tugata olishmayotgan bo‘lsalar, sevinmang! Chunki siz haromdan hazar qilmayapsiz, nafsingizga mag‘lubsiz!

- Agar ro‘molni hanuz yechtira olayotgan bo‘lsangiz, dinni va dindorni sig‘dirmaslikka kuch topa olayotgan ekansiz, sevinmang. Balki siz razolat qo‘shini safidasiz, nafsingizga mag‘lubsiz!

- Agar ikki yil oldin jonda, molda, hadikda bo‘lib, zamonim o‘tibdi shekilli deb yig‘lab, endi xotirjamlik kasb qilayotgan bo‘lsangiz, sevinmang. Siz nafs tomonsiz, nafsingizga mag‘lubsiz!

Ey nafsiga mag‘lub zotlar, men sizga achinaman!

© Mubashshir Ahmad

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Oʻzbekistonlik talabalar Kia Motors va Peugeot zavodlarida amaliyot oʻtashlari mumkin

Oʻzbekistonlik talabalar maosh olish imkoniyati bilan Kia Motors va Peugeot zavodlarida amaliyot oʻtashlari mumkin boʻladi, deb xabar bermoqda "_Podrobno.uz" nashri.

Bu *Toshkent davlat transport universiteti* (TDTU) va Varna shahridagi *Xalqaro sanoat kolleji* (Bolgariya) tomonidan imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumda koʻzda tutilgan.

Muzokaralar davomida, shuningdek, Yevropa mamlakatlari korxonalari va fabrikalarida oʻquv va amaliy mashgʻulotlarni muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng talabalarga xalqaro sertifikatlar berilishi toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, ikki va uch darajali dasturni joriy etish masalasi *Jilinodagi texnika universiteti*
(sobiq Praga texnika universiteti), Drezden texnika universiteti va *Liberes texnologiya universiteti* bilan muhokama qilindi, uning doirasida talabalar oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.

*Doʻstlarga ulashing* 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ham kulguli, ham achinarli....

Talabalar ertagi: O'rganish juda muhim bo'lgan narsa!

1 - kurs: ehhee hali 4 yil bor ulguraman!
2 - kurs: endi sal erkinlikka chiqdim o'ynab kulvolay!
3 - kurs: 1 yilda tog'ni talqon qilsa bo'ladi, keyingi yil...
4 - kurs: ( endi sal "aqlli" inson) hamma ishga borib o'rganadi. Nazariyot boshqa, amaliyot boshqa!☝️
ISHDA: 4 yil o'rganmagan endi o'rganamanmi? Yaxshisi choy damlab kelib yuraveraman...!

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa\lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Janubiy koreyalik talabalardan tabrik👍👍

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qabul–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?

DTM boshqarma boshlig‘i abituriyentlarni qiziqtirayotgan barcha savollarga javob berdi.

Batafsil:
https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
KURS ISHI, DIPLOM ISHI, DISSERTATSIYA

O'rmondagi to'nka ustida quyon o'tiribdi. U nimalarnidir qog'ozga yozyapti. Uning yonidan tulki o'tib ketayotib so'rabdi:
-Quyon, nima yozyapsan?
-Kurs ishi yozyapman.
-Nima haqda?
-Quyon tulkini qanday yeb qo'yishi haqida.
-Hoy, quyon. Toming ketganmi?
-Yo'q. Yur senga bir nimani ko'rsataman.
Keyingi kuni quyon yana to'nka ustida qog'ozga bir nimalarni yozyapti. Uni yonidan bo'ri o'tib ketayotib so'rabdi:
-Ho'v, g'ilay, nima yozyapsan?
-Diplom ishi yozyapman.
-Nima haqda?
-Quyon bo'rini qanday qilib yeb qo'yishi haqida
-Nimma?! Buni qaydan to'qiyapsan kalamush!
-Yur senga bir nimani ko'rsataman.
Keyingi kuni ham shu ahvol. Quyonni yonidan ayiq o'tib ketayotib so'rabdi:
-Nima yozyapsan shalpang quloq?
-Dissertatsiya!!!
-Nima haqda?
-Quyon ayiqni qanday qilib yeb qo'yishi haqida!!!
-Nimma?!!! Hozir to'nkada rasming qoladi!
-Yur senga bir nimani ko'rsataman, baqaloq.
Quyon ayiqni g'orga boshlab boribdi. G'orda yo'lbars va uning atrofida suyaklar bor ekan.
Quyon ayiqqa qarab: tanish, bu meni ilmiy rahbarim!

Xulosa: ilmiy ish mavzusi muhimmas. Muhimi ilmiy rahbarning kim ekanida!

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda ertaga Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Namangandagi OTMlarga kelishi kutilyapti.

Namangan Davlat universiteti Vazirni kutib olish uchun tayyorgarliklarni boshlab yuborishgan)

1-surat NamDU rektor topshirig‘a binoan kech bo‘lishiga qaramay talabalar 3-qavat derazasini artishmoqda.

2-surat NamMTI ma’ruza xonalarining oynalari dars jarayonida tozalanmoqda.

Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Photo
Namanganlik talabalar bormi? Sizlarda nima gap?!

Abduqodir Toshqulov sizning viloyatingizga kelishi kutilayotgan ekan. Xo‘sh, Sizlarda "imkon bo‘lsa, yorvorardim boru" deganday qanaqa tashabbuslar bor?

Nima muammo sizlarni qiynayapti?

Keling, birgalikda oliy ta’lim vaziri Namangandagi OTMlarda e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan masalalarni tuzib chiqamiz.

Takliflarni kommentlarda qoldiring yoki anonim bo'lishni istaganlar
👉 @NodirUz ga yozib qoldiring. Sizning ismingiz sir qolishiga kafolat beramiz!

Shuni unutmang, bizni shaxsan Vazirimizni o'zlari kuzatib bormoqdalar.

Namanganlik talabalarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Ibrat

AXLOQ

Suv, Olov va Axloq – uchovi do‘st tutinishibdi. Bir kuni ular sayrga chiqishibdi. Bir-birlaridan xavotir olib, Suvdan so‘rashibdi:
– Agar yo‘qolib qolsang, seni qayerdan topamiz?
– Qayerda sharillash ovozini eshitsangiz, men o‘sha yerda bo‘laman, – debdi Suv.
So‘ngra Olovdan so‘rashibdi:
– Seni yo‘qotib qo‘ysak, qayerdan topamiz?
– Qayerda tutun ko‘rsangiz, men o‘sha joyda bo‘laman, – debdi Olov.
Navbat Axloqqa kelganida, u shunday javob beribdi:
– Meni yo‘qotsangiz, izlab yurmang. Hech qayerdan topa olmaysiz.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤲🏻💫 Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki:

Afv tilagan avfsiz, shifo tilagan shifosiz, farzand tilagan farzandsiz, ofiyat tilagan ofiyatsiz, jannat so’ragan jannatsiz, hidoyat so’ragan hidoyatsiz, najot tilagan najotsiz, sabr so’ragan sabrsiz, ilm tilagan ilimsiz qoldirilmasin! 🤲🏻💫

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi sizlarga boʻlsin 😌

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Tarix takrorlanmoqda... Olaveringlar, yeyaveringlar! https://t.me/TalabaUz/1262 17-avgust 2019-yil Guliston Davlat universiteti haqida achchiq postni e'lon qilgan edik. Buni qarang-ki, tarix takrorlandi) Toʻgʻri bir tiyinlik foydasi yoʻq, qayerdadir yoki…
Nomdor stipendiyalarni berishdagi korrupsiya va qarindosh-urug‘chilik bo‘yicha jiddiy tekshiruvlar boshlanadi - vazir

8 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi boshqaruv kadrlar uchun videokonferensaloqa tarzida yig‘ilish o‘tkazilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audiolarga ko‘ra, yig‘ilishda vazir Abduqodir Toshqulov iqtidorli talabalar uchun ta'sis etilgan nomdor stipendiyalar saralashidagi korrupsion holatlar va qarindosh-urug‘chilik aloqalari borasida jiddiy tekshiruvlar boshlanishi haqida ham gapirgan.

«Bugun (8 fevral kuni – tahr.) 100 mingdan ortiq a'zosi bo‘lgan kanalda Guliston davlat universitetiga tegishli bir xabar chiqdi. «Tarix takrorlanmoqda. Olaveringlar, yeyaveringlar», deb boshlanadi xabar.

Unga ko‘ra, talabalardan biri shu universitetda nomdor stipendiyaga ega chiqqan deyarli barcha talabalar universitet rahbariyatining farzandi yoki qarindoshi ekani haqida yozgan.

"Men to‘rt kun oldin Guliston davlat universitetida ijro apparati boshlig‘iga topshiriq bergandim. U universitetdagi nomdor stipendiantlarning obektivka ma'lumotnomasini kadrlar bo‘limi boshlig‘iga tasdiqlatib, menga berishi kerak edi. Qarang, shu topshiriqni bugungi xabar chiqishini bilgandek bergan ekanman. Xudo ko‘nglimga solgan ekan. Men endi bu xabarni o‘zim borib tekshiraman», – degan vazir.

Abduqodir Toshqulovning aytishicha, 8 fevral kuni unga Toshkent davlat pediatriya tibbiyot institutidan ham shu mazmunda murojaat bo‘lgan.

«Ibn Sino stipendiyasiga o‘tgan tanlovlarda adolatsizliklar bo‘lgani haqida menga murojaat bo‘ldi. Murojaat qilgan bolani ko‘rsangiz, u vunderkind. Ustozi bilan vazirlikka kelgan. Hammasini bayon etib berdi u.

Bugun topshiriq beraman. Nomdor stipendiantlar bo‘yicha Bosh prokuraturaga vazirlik xati qilinadi.

Prokuratura barcha stipendiantlarning universitetlar rahbariyatiga aloqadorligi, tanish-bilishchilik holatlarini tekshirib beradi», degan u.

Vazirning eslashicha, u Termiz davlat universitetida rektor sifatida ish boshlaganida universitet kassasida kamomadlar juda ko‘p bo‘lgan.

«Bir ogohlantirdim, ikki ogohlantirdim, bo‘lmadi. Shundan keyin holatni o‘zim prokuraturaga yozib berdim. Tekshiruvlarda 60 million kamomad aniqlandi. Shu bilan iqtisodiy kamomadlar yo‘qoldi. Prokuratura barchasini to‘lattirdi. Jarima soldi.

Buni ham prokuratura aniqlab bersin. Agar men tayinlanganimdan keyin ham shunday tanish-bilishchilik aniqlansa, hamma javob beradi. Oliy ta'limda bo‘lsa oliy ta'lim, vazirlik bo‘lsa vazirlik.

Bugun Bosh prokuraturaga xat ketishi kerak. Joylardagi oliy ta'lim muassasalarini joylardagi prokuratura, bu yerda bo‘lsa bu yerdagi prokuratura tekshiradi.

Ha, «o‘zining tizimini o‘zi prokuraturaga berdi», deydiganlar ham chiqadi. Lekin men orqadan pichoq uradigan odamni bilishim kerak», – ta'kidlagan vazir.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg