Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliygohlarda o‘qishlar jadal tarzlarda davom etmoqda😂😂

Talabalar dars jarayonlarida judayam aktiv qatnashishyapti.😉

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli talabalar!

TATU dasturchilari tomonidan
@UzSpeechDB_bot ishlab chiqildi.

Ushbu bot o'zbek tili nutqini avtomatik tanish tizimi uchun nutq korpusini shakllantirishga mo'ljallangan!

Loyihani tez orada ishga tushirish uchun ko'proq odamlarning yordami kerak.

Mumkin bo'lsa, ushbu botga kirib, videoda ko'rsatilgan qo'llanmadan foydalanib yordam bering!

Siz ushbu yordamingiz bilan o'zbek tili istiqboliga o'z hissangizni qo'shgan bo'lardingiz!

Botga kirib, /start buyrug'ini bosing👇
@UzspeechDB_bot
​​#imtiyozlar
Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi

Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va yuksak natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga beriladi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:

✅ Oliy ta’lim muassasalariga (harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) kiruvchilar uchun qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha ravishda alohida qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi.

👉 Alohida qabul ko‘rsatkichlari har bir oliy ta’lim muassasasining har bir ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi) bo‘yicha belgilanadi.

👉 Tavsiyanomaga ega abituriyentlar alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

👉 Alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etib o‘qishga kira olmagan abituriyentlar, umumiy tanlovda ishtirok etib o‘qishga kirishi mumkin bo‘ladi.

✅ Oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun esa abituriyentlarga to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi (misol uchun, abituriyent test sinovida 120 ball to‘plasa, unga 60 ball qo‘shib beriladi).

✅ Tavsiyanomaning amal qilish muddati uch yil.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qarori.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.

Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasining namunaviy shakli quyida keltirilgan.

Talaba.uz |official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤲🏻💫 Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki:

Afv tilagan avfsiz, shifo tilagan shifosiz, farzand tilagan farzandsiz, ofiyat tilagan ofiyatsiz, jannat so’ragan jannatsiz, hidoyat so’ragan hidoyatsiz, najot tilagan najotsiz, sabr so’ragan sabrsiz, ilm tilagan ilimsiz qoldirilmasin! 🤲🏻💫

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi sizlarga boʻlsin 😌

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent davlat texnika universiteti "Ma'naviyat ishlar bo'yicha dekan muovini" guruh murabbiylarga yuborgan xabari ekan.

Buni qanday tushunish mumkin? Dekan bergan topshiriq bo'yicha yaxshi gumonda bo'laylikmi?

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Prezident maktabi bilan birga Prezident universiteti ham bo'ladi,-deb yozmoqda hordiq.uz sayti.

Oksford kabi nufuzli universitetlar bilan hamkorlik qilamiz. Kelgusi hafta tamal toshini qo'yamiz. Qancha qimmat bo'lmasin professorlarni chetdan olib kelamiz. Pulimiz 100% qaytadi. Endi yoshlarimiz musofir bo'lmaydi.

Prezident universitetining rektori ham chet ellik bo'ladi. 8000 talaba o'qiydigan katta, nufuzli oliygoh bo'ladi. Tezda qurib bitkazamiz"

Shavkat Mirziyoyevning Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqidan.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Toshkent davlat texnika universiteti "Ma'naviyat ishlar bo'yicha dekan muovini" guruh murabbiylarga yuborgan xabari ekan. Buni qanday tushunish mumkin? Dekan bergan topshiriq bo'yicha yaxshi gumonda bo'laylikmi? Mutasaddilarga yuboring👇👇 https://telegra…
Toshkent davlat texnika universiteti matbuot kotibi chiqargan postimizga munosabat bildirib o'tibdilar.

"Bu xabarni tashlashdan maqsad universitetda har bir fakultetlarda reja grafik asosida namozxon soqol qo'ygan hamda xijob o'ragan qizlar bilan birgalikda imom xatib bilan bugun soat 14:00 da uchrashuv o'tkazish reja qilingan. Ya'ni hozirgi vaqtda namoz o'qish, soqol qo'yish hamda hijob o'rashning tartib-qoidalari, nima mumkin-u nima mumkin emasligi shariat hukmi bo'yicha imom xatiblar tomonidan batafsil tushuntiriladi. Shu maqsadda talaba-yoshlar bilan uchrashuv o'tkaziladi."

Agar matbuot kotibi bergan xabar haqiqat bo'lsa, bugun soat 14:00 da yig'ilishga kirgan talabalar aloqaga chiqishini iltimos qilib qolamiz.

Murojaat uchun: @NodirUz

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥Tezkor

Aytishlaricha, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir fakultetida 4-5 nafar talabaning mazasi yo'q ekan.

TATU ning 2-talabalar turar joyida dizenfeksiya jarayonlari boshlanib ketgan.

Bundan tashqari aynan mana shu yotoqxonaning talabalaridan Covid'ga analiz qabul qilinayotgan ekan.

Yuqoridagi rasm, TATU ga aloqasi bor bo'lishi mumkin. Xabar aniqlashtirilmoqda.

Tez orada batafsil ma'lumot berib o'tamiz👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Toshkent davlat texnika universiteti matbuot kotibi chiqargan postimizga munosabat bildirib o'tibdilar. "Bu xabarni tashlashdan maqsad universitetda har bir fakultetlarda reja grafik asosida namozxon soqol qo'ygan hamda xijob o'ragan qizlar bilan birgalikda…
Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika fakultetida imom ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda bir qancha savollar javobsiz qolgani aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, soqolli talaba yigitlar va ro'molli qizlardan tashqari boshqa talabalar (hohlovchilar) ham ushbu yig'ilishda ishtirok etgan.

Talabalardan quyidagicha savollar bo'lgan:

1. Juma namoziga chiqqan kunimiz 5 daqiqa darsga kechikib kelamiz, lekin o'qituvchilar darsga kiritmaydi. Biror joyda qat'iy belgilanganmi, namozni qo'yib darsga kirish kerak degan joyi?

Imom: Yo'q bunaqa joyi yo'q, hech kim taqiq ham qo'yolmaydi.

2. "Soqol qo'yish sunnat, lekin institut tomonidan mumkinmas. Shuni nimadir qilsak bo'ladimi?" - degan savolga dekan va yoshlar ittifoqi yetakchisi o'rnidan turib bir birini hurmat qilgan holda javob berishgan, lekin aniq javob bo'lmagan. Shu orada dekan imomdan "Siz nima deysiz? Dars vaqti namoz o'qishi kerakmi yoki darsda o'tirish kerakmi?" (Talabalar qarsak chalib yuborgan)

Imom: Men bunga hech narsa deyolmayman. Hech qanday fatvo ham berolmayman.

(Shu o'rtada qaysidir talaba bilan dekan va yoshlar ittifoqi yetakchisi ozgina bahslashib qolgan)

Soqolga ta'qiq borligini, ro'molga esa hech qanday ta'qiq yo'qligini aytib o'tishgan. (Tushunadigan o'qituvchilar tomonidan soqolli talabalarga ta'qiq qo'yilmagan)

Juma namozi vaqti murabbiylik soatini olib tashlashini iltimos qilishgan, lekin prorektor "yo'q bizga hammasidan shu kerak, yangiliklar aytiladi" deb javob bergan.

Talabalardan biri yuqori qavatdan namoz o'qish uchun joy ajrataylik va o'zimizning kistamizdan pul ajratib shu yerni yaxshi qilaylik deyishganida, prorektor "bu mening qo'limda emas, mumkinmas" degan.

Shu orada Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirining "Universitetdan biz islomni uzoqlashtirdik..."degan gaplari talabalar uchun uchqun paydo bo'lganini aytgan. Prorektor "din tarixi degan fan bor-ku, maslaxatga tashlab ko'raman. Hozircha hech narsa deyolmayman" deb javob bergan.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥Respect

Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vaziri Abduqodir Toshqulov yo'lda ketayotgan NamDU geografiya fakulteti talabalari oldida to'xtab ochiq muloqot qildilar.

Vazir kitobxonlikni rivojlantirish, yaqin atrofdagi mahallalardan ham kelib universitet kutubxonasidan foydalanishni joriy qilish va kitoblar ba'zasini ko'paytirish to'g'risida suhbat va takliflar bo'lib o'tgan.

"Xudo hohlasa 1 yil ichida Oliy ta'limda judayam katta o'zgarishlar bo'ladi" degan Abduqodir Toshqulov

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Daxshat

Aytishlaricha, Namangan Davlat universiteti Ingliz tili fakultetidagi ahvol😳😳

Uchib yurgan ko'rshapalaklar.

Bunisi oshib tushdi hammasidan ham🤦‍♂

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab grant asosida “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan OTM va ilmiy tashkilotlar ro‘yxati

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 4ta OTMda turizm bo'yicha magistratura mutaxassisliklari ochiladi

Prezident farmoni bilan 2021–2022-o‘quv yilidan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida:
▫️Ziyorat turizmi;
▫️Transport logistikasi;
▫️Ijodiy sanoat (creative industry)
yo‘nalishlarida magistratura mutaxassisliklari ochiladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalarning biridan kelgan xabarni o'zgartirishsiz sizlarga havola qilamiz!

"Assalomu alaykum. Men Toshkent davlat yuridik universiteti *-kurs talabasiman. TTJ da turaman. Bizda yaqinda prorektor kelib, o'quvchilar xonasini tekshirish orqali joynamoz va islomiy yo'nalishda yozilgan kitoblarni yig'ib ketdi. 2kun o'tib, shaxsan rektorni buyrug'i bilan yotoqxonada namoz o'qiydiganlar ro'yxati shakllantirildi va namoz o'qimanglar degan topshiriq berildi. Rektor namozni o'qishini tugatgandan keyin bemalol o'qiyversin, hozir mumkin emas degan ekan. Namoz o'qimanglar degan va ro'yxatni shakllantirgan insonlar TTJ mudirlari bo'lsa-da, ushbu vaziyatda ular aybdor emas. Unuversitetning eng oldi mansabdorlari topshirig'i bu. Ertasi kuniyoq, zamdekanlar kelib, qayta tekshiruv o'tkazib ketishdi."

P.s: Bu mavzuda qancha gapirmaylik, hal bo'lishi menimcha qiyin. Agar hozirgi Vazirimiz o'zlari bizga yordam bermasalar....

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ayrim OTMlarda “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

Qarorga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tuzilmasida Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish departamenti tuzildi.

Tegishli tarkibda Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyans tashkil qilinib, unga jami 200 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

⌨️ 2021 yil 1 sentyabrgacha Ochiq ma’lumotlar portali faoliyati doirasida davlat va boshqa ma’lumotlar to‘plamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli ma’lumotlar platformasi yaratiladi.

🎓 Qarorga mavofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan grant asosida “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan OTM va ilmiy tashkilotlar (5 ta) ro‘yxati tasdiqlandi.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini amaliy qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslari va fanlarini joriy qilish ko‘zda tutilgan OTM ro‘yxati (15 ta) tasdiqlandi.

🗓 2021 yildan sun’iy intellekt sohasida stajyor-tadqiqotchilar hamda tayanch doktoranturada tahsil olish uchun har yili 5 kishilik kvota maqsadli ajratiladi.

“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” doktorantura ixtisosligi tashkil qilinadi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#shunchaki)

Bizni faqat saylovdagina yodga olishadi...😢

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Iroqda kitob bozorida kitoblar tunda ko'chada qoladi. Iroqliklarni aytishicha: kitob o'quvchilar o'g'rilik qilmaydi, o'g'rilar esa kitob o'qimaydi.

Talaba.uz |official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥Respect

3 kun oldin Samarqand Veterinariya meditsina instituti bir talabasidan birinchi rasm kelib tushdi. Talaba ushbu daraxtga yordam so'rab, mutasaddilarga yetkazishimizni so'rashgandi. O'sha kunning o'zida matbuot kotibiga bu muommoni yubordik.

Buni qarang-ki, bugun Samarqand Veterinariya meditsina instituti Matbuot kotibi muommo hal bo'lgani to'g'risida 2- rasmni yuboribdilar👍👍👍

Mana qanday bo'lish kerak e'tibor... Bu uchun Samarqand Veterinariya meditsina instituti Matbuot kotibiga va rahbariyatiga alohida tashakkur bildirib qolamiz👍

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalar haqqini yemoqdami?

Bizga kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, TTA talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarga karantin sabab turilmagan kunlar uchun har bir talabaga qaytarilishi lozim bo‘lgan 500 ming so‘mdan ortiqroq pul mablag‘lari hamon qaytarilmay kelmoqda.

TTA buxgalteriya xodimlariga ushbu masala yuzasidan murojaat qilgan talabalarga tegishli tartibda ariza topshirish tavsiya qilingan. Eng qizig‘i, ariza topshirgan talabalar ham pul mablag‘lari qaytishini 4 oydan buyon kutishayotganini aytishmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi mutassadilaridan ushbu masala yuzasidan izoh kutib qolamiz. Nega pulini qaytirishni istab ariza bergan talabalar 4 oydan buyon kutishmoqda?

Hurmatli vazirlikdan rektorlikka tushgan Alisher Shodmonov, talabalarning
pulini qaytarish niyatingiz bormi o‘zi?


Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg