Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Toshkent viloyatida iqtisodchilar tayyorlaydigan yangi universitet ochiladi

▪️Hukumat qarori bilan Qibray tumanida ochilishi mo‘ljallangan International School of Finance and Technology (ISFT) universiteti xalqaro buxgalteriya hisobi va audit, biznes boshqaruvi, moliyaviy tahlil, moliyaviy risk boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlaydi.

Universitetda o‘zbek, rus va ingliz tillarida dars beriladi, diplomi O‘zbekistonda tan olinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor, ikki kun oldin Namangan Davlat universitetida hojatxonalar pulli ekanligi to'g'risida post qoldirgan edik. Ko'pchilik bunga ishonishmagan edi va ayrim mutasaddilar buni tekshirmasdan chiqarganimiz uchun yolg'on post qo'yganlikda ayblashdi.

Bu videoni ko'ringchi. Yoki bular ham uyushtirilganmi? "Qizlar pulini berdinglarmi?" degan opaga Namangan Davlat universiteti ma'sullari oylik chiqarmaydimi?

Ko'pchilik "1000 so'm ekan-u, bu pul qayerlarda qolmaydi" deyishingiz mumkin. Hammani o'zingiz deb bilmang. Tushligini uyidan olib kelib yeyayotgan talabalar ham yo'q emas.

Xabarimizni fake(yolg'on) ga chiqargan ma'sullar endi qanday bahona topishadi?

P.s: Vazirimiz NamDu'ga tashrif buyurganlarida nahotki bitta mardingiz chiqib, bizda shunaqa muommo bor deb ayta olmadingiz?

Xulosa o'zingizdan...

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
A: — Yoshlar ittifoqiga
B: — Men
A: — Minbarga so'zga
B: — Men
A: — Vazirlik stipendiyasiga
B: — Men
A: — Undan tashqari ...
B: — Men
A: — Jim turing, sizga maxsus tashakkurnoma kelgan


Har qanday o'xshashlik tasodifiy va badiiy to'qima mahsuli 😉

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Jizzaxda Hindistonning Sambhram texnologiya instituti filali ochiladi

Jizzax viloyati hokimligida 14-fevral, dushanba kuni Hindistonning Sambhram guruhining filiali hisoblanadigan Sambhram texnologiya instituti filialining ochilishi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida viloyat hokimi Ergash Soliyev va Hindiston delegatsiyasi rahbari Nagaraj Venkatesh Sambhram Jizzaxda Sambhram texnologiya instituti filalini ochish to‘g‘risida kelishuv memorandumini imzoladi.

O‘zAning yozishicha, delegatsiyasi rahbari Sambhram guruhining raisi, doktor Nagaraj Venkatesh Sambhram Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida aloqalar rivojanib borayotganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Sambhram guruhi va uning filiali bo‘lgan Sambhram texnologiya instituti Hindistondagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Jahonning 31 mingdan ziyod oliy o‘quv yurtining orasida kuchli 300 talik qatorida.

Kuchli boshqaruv bazasi va bir xil darajada kuchli resurslar bazasiga ega bo‘lganligi tufayli Sambhram guruhi ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy qurish, mulkni rivojlantirish, mehmonxonalar va dam olish joylaridagi xizmatlari bilan keng tanilgan. 30 yillik izchil va sifatli ta’lim tajribasiga ega, dunyo bo‘ylab 7 filiali, xalqaro kampuslari — talabalar shaharchasi mavjud.

Jizzaxda tashkil etilishi mo‘ljallanayotgan institutda 6 ta fakultet bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Ⓜ️
Daryo.uz

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Zulfiya mukofoti kimlarga berilyapti???

Darakchi.uz nashrida yozilishicha bir yigitni boʻlaklarga boʻlib koʻmib yuborganlar ichida Zulfiya mukofoti olgan qiz ham bor ekan.

Mana bu yerda Zulfiya mukofoti sovrindorlari haqida qisqacha video bor edi 😏.

Balki bizga "Jinsiy tarbiya" fani emas DINIY TAʼLIM kerakdir hurmatli kattalar ???

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
AHAD QAYUMNING BUYUK REJASI

Diqqat ! Quyida o‘qiydigan fikrlaringiz mening vaziyatga nisbatan sub'ektiv fikrim, jiddiy olmaslikga haqqingiz bor.

- Nega oxirgi vaqt Ahad Qayum (keyinchalik Ahad) tez tez chiqishlar qilib, o‘zini ommaga kulgu qilib ko‘rsatayapti ?
- Mashina raqami ham rejaning bir qismimi ?
- Nega aynan reklama uchun 1 mlrd so‘m ?
- Bu odam telbami yoki marketing daxosimi ?

Bu savollarga quyida qisqaroq qilib javob berishga harakat qilaman.

Qora piar ham piar

Inson jamiyatda o‘zini mashxur qilishi uchun 2 ta yo‘l turadi. OQ va QORA piar.

OQ piar bu barchamizga ma’lum bo‘lgan - REKLAMA yo‘li bilan. Turli xil shoularda, ijtimoiy tarmoqlarda, radioda chiqishlar qilgan odam sekin asta ommaga tanila boshlaydi. Bu yo‘l orqali yoshlar yangi muxlislarga ega bo‘ladi. Mashxurlar esa mavjud muxlislarni ushlab qolishadi.

QORA PIAR - bu ommani shu odamni muxokama qilishga majbur qiladigan ixtiyoriy harakat. Videomurojaatlar, janjallar, qo‘polliklar va h.k

Farqi shundaki, QORA piar qilishdan yashirin maqsad bo‘ladi.
Masalan: Rossiyalik A.Panin nomli aktyor o‘z kinosi chiqishidan 1 oldin shahar ko‘chalarida "ayollar kiymida" yurgan. Buni ushlab olgan OAV lar va Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Panin ni bu harakatini "sharmanda" lik sifatida ko‘rsatishgan. Lekin, o‘zlari bilmagan holda Paninni tekinga reklama qilib yuborishgan.
O‘zimizning Jahongir Otajonov. Bu odam deyarli har bir trekidan oldin "bir ishkal" ga sabab bo‘ladi.

Bizning ERKAK san’atkorlarimiz ham. Nima, siz ularni "ko‘rishib gaplashib olishiga" aqli yetmaydi deb o‘ylasizmi ? Ular shunchaki ommani e’tiborini qaratish uchun shunaqa "chiqishlar" qilishadi.

Ha, aytgancha OQ piar uchun katta mablag‘ kerak. QORA siga "talpa rejim" ni yoqib olsa bo‘ldi.

Bizning tashxislarimiz Ahad Qayumning chiqishlari QORA piarga mos kelayotganini ko‘rishimiz mumkin. Avvaliga, 600 mln lik mashina raqami, erkak san’atkorlar, 1 mlrd reklama.
Bunday chiqishlardan so‘ng, Ahadni ijodiga qiziqmagan odam ham uni o‘ziga qiziqib qoladi.

Mashina haqidagi rolikda "Bu biznesga aloqador" degan so‘zlar orqali Ahad Qayum endi ijoddan biznesga o‘tib ketayotgani ma’lum bo‘lib qoldi.
Bu yerda Ahad ga qoyil qolmasdan iloj yo‘q.

Chunki, Biznes faqat unga tegishli emasligini bildirdi. Bu kelajakda biznesi qonun yoki iste’molchilar bilan muammo bo‘lsa u shundoq chetga o‘tib olishi va "yuzi yorug‘" bo‘lishiga bir sabab.

Siz ko‘chada ketayapsiz, 600 mln lik mashina raqamini ko‘rib qoldingiz. Rasmga olasiz. Ijtimoiy tarmoqlarda aylanadi. Mashina egasi tadbirkor bo‘lib chiqadi. Uni biznesi "sarafan radio" usulida xalq og‘zida reklama bo‘lib ketaveradi.

1mlrd lik reklama ham shu prinsipda ishlaydi. Bir oz vaqt o‘tgandan keyin Ahad Qayum oldindan belgilangan mahsulot(o‘ziniki)ni reklama roligida chiqadi. Omma, qaysi tadbirkor 1mlrd reklamaga pul tikkani bilan qiziqadi. Mahsulot ommalashadi va reklama bo‘ladi.
Lekin, Bu biznes Ahadnikiligini o‘z yaqinlaridan boshqasi bilmaydi. Reklama ham 1mlrd lik emas. Tekinga. Nima keragi bor , o‘ziga o‘zi zarar qilib.
Odamlar shunchaki, reklamani ko‘rishadi va Ahadning so‘zlariga ko‘ra uning bahosiga ishonishadi.

Marketing olamida "Zapusk" nomli texnologiya bor. Bu sotuv usulidan APPLE, SAMSUNG va o‘zimizni YAKS poroshoklari foydalanishgan.
Unda hali ommaga taqdim etilmagan mahsulotni turli sifatlarini sekin asta reklama qilishadi va ommani qiziqishini kuchaytirishadi.
Vaziyat shungacha boradiki, omma mahsulotni sevib qolganidan, o‘z ishlab chiqaruvchiga "tezroq chiqar" deyishga boradi. Huddi "Qasoskorlar FINAL" ni odamlar kutganidek.
Natija esa 10-20 barobar ko‘proq sotuvlar bilan yakunlanadi.

Ahad Qayum ham shu texnika asosida ommani o‘ziga qiziqtirayapti. Mahsulotini sirlarini sekin asta ochayapti.

Bundan biz quyidagi taxminni qilishimiz mumkin:

Ahad Qayum boshlayotgan biznesni puli juda ko‘p (600mln lik raqam, 1 mlrd lik reklama).
Ahad Qayum biznes egasiligini ko‘rsatmoqchi emas. Muammo bo‘lsa chetga o‘tib, yana ijod bilan shug‘ullanishi uchun.
Davomi...

Shu sababli, Ahad Qayumni axmoq degan odam yutqazadi. Siz shunchaki, uni ommalashtirishga yanayam yordam berib yuborasiz. Agar uning rejasi ish bersa, axmoq faqat uni yomonlab post yozganlar bo'ladi.

P.S. Reputatsiyachi ? Uni qanday oqlaydi ? Buni yo'llari juda ko'p. Hayriyalar va Exsonlar. Ko'rganiga ishonadiganlar uchun u bir daqiqada Farishtaga aylanadi qo'yadi.

Boshqa Ahad haqida hech qayerda muhokama qilmang! Shunchaki unuting. Bu kanaldayam birinchi va oxirgi marta chiqishi)

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️❗️❗️Diqqat, diqqat!

Moliya instituti talabalari va dasturlashga qiziquvchi yoshlar uchun yangi kurslarimizga taklif qilamiz
🔥🔥🔥

Kurslar institutimiz xonalarida bo'lib o'tadi

🚀🚀🚀

Talabalik davridanoq qanday qilib katta muvaffaqiyatga erishishni bilmoqchi boʻlsangiz, bu kurslar aynan siz uchun!

Kurslarimizni oʻzining shaxsiy brendiga, biznes g'oyalariga, kreativ jamoasiga va loyigalariga ega TATU talabalaridan iborat ko'p yillik tajribaga ega kuchli dasturchilar jamoasidan tashkil topgan mentorlardan o'rganing!!!

🎯Kursimizda siz:
* Frontend(web) - 500 000 so'm
* Backend(web) - 600 000 so'm
* Mobil dasturlash - 700 000 so'm
* Grafik dizayn - 500 000 so'm
* Interface dizayn(UI/UX) - 500 000 so'm
* SMM - 500 000 so'm
* Sun'iy intelekt - 900 000 so'm
* General English - 500 000 so'm
* IELTS - 500 000 so'm

⏰
Kurslarga ro'yxatdan o'tishga shoshiling. Joylar soni cheklangan 🔥

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi havolaga tashrif buyuring:
https://quantic.uz/academy

🏛Manzil: Toshkent Moliya instituti
Талаба.уз.docx
14.4 KB
VAZIR O‘RINBOSARI IJTIMOIY TARMOQLARDA E’LON QILINGAN XABARNI O‘RGANISH MAQSADIDA SAMVMIDA BO‘LDI

Joriy yilning 14 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda, aniqrog‘i, “Talaba.uz” tijoriy Telegram kanalida Samarqand Veterinariya medisinasi instituti (u yerda Samarqand Veterinariya instituti, deyilgan)ga tegishli hojatxona suratlari tarqatilgan. Unda institut hojatxonasi achinarli ahvolda ekani, ayrim fakultetlarda u pullik, talabalar yotoqxonasida esa hojatxona kechki soat 21 va 22.00 gacha ishlashi, keyin yopilishi haqida aytilgan.

Samarqand Veterinariya medisinasi instituti mazkur xabar bo‘yicha munosabat bildiradi.

P.s: Matbuot kotibining yozishicha, bu surat bir yil oldin "Ozodlik" kanalida tarqalgan ekan.

Avvalo, yozilgan postga e'tibor qilib, javob xati yozgan Samarqand Veterinariya meditsina instituti matbuot kotibiga va ma'sullariga tashakkur bildirib qolamiz.

Bizga rasm yuborgan shaxs nima sababdan eski rasmlarni tashlagan bunisi qorong'u, u bilan aloqaga chiqishga harakat qilamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Toshkent voqealari»ga 22 yil to‘ldi. Poytaxtning bir necha hududlarida 1999 yil 16 fevral kuni portlash sodir etilgan.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Maqsad yo'qmi? Maqsad qo'ying. Qiyin bo'ladimi? Xa, qiyin bo'ladi. Och qolishingiz mumkunmi? Mumkin. Sizga qarshilar chiqishi mumkinmi? Xa, ko'p bo'ladi.

Lekin! Maqsadingizdan kechishingiz kerakmi? YO'Q, HECH QACHON. Maqsadingiz bo'lmasa, bu hayotda yashashdan ma'no qoladimi?

Sizni maqsadingiz nima?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TBC UZ ilovasini yuklab oling va har qanday yo'nalishda barcha o'tkazmalarni 0,4% bo’lishiga ega bo'ling.

Har qanday yo'nalishda oyiga 500 000 so'mgacha karta o'tkazmalar va TBC kartalariga o'tkazmalar bepul.

Biz insonlar hayotini yengillashtiramiz!

Yuklab olish:
https://link.tbcbank.uz/7kDAI05qVdb
____
Скачайте приложение TBC UZ и получите все переводы в любом направлении по 0,4%.

Карточные переводы в любом направлении до 500 000 сум ежемесячно и переводы на карты TBC бесплатно.

Мы делаем жизнь проще!

Скачать:
https://link.tbcbank.uz/7kDAI05qVdb

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#xazil

Universtitet binosidagi e’lon:
-"Planshet sotaman. Arzon bahoda".
E’lon tagidagi birinchi izoh:
-"Mavluda Azizovna, darsdan keyin qaytarib beraman degandingiz-ku!!!"

Ulashamiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​❗️QABUL–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?

Eng kerakli ma'lumotlar bilan tanishib chiqing:

- Bu yil kirish imtihonlari qanday bo‘ladi?

👉 https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

Bu yil nechta fandan imtihon topshiriladi?
👉 https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

- Fanlardan nechta savol tushadi?
👉 https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

Nechta oliygoh tanlash imkoni beriladi?
👉 https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

Savollar qiyinlik darajasi qanday bo'ladi?
👉 https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

Turli fanlardan olingan sertifikatlar abituriyentga qanday imtiyoz beradi?
👉 https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

Bu yilgi maksimal ball qancha?
👉 https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

Har bir savolga necha balldan beriladi?
👉 https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

200 nafar abituriyentga prezident granti beriladi. U qanday tartibda ajratiladi?
👉 https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

Kirish imtihonlari bu yil ham ochiq havoda o‘tkaziladimi?
👉 https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

🔹 Eng muhim ma'lumotlarni Oliygoh.uz sayti orqali tanishib boring.

Do'stlarga ulashing 👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Oiladagi yolg‘iz o‘g‘illarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Shermuhammad Saidahmatov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi

“Oldin boshqa viloyat harbiy xizmatchisi o‘zining viloyatida xizmat qilishi mumkin emas edi. Prezidentning tegishli Qaroriga ko‘ra, Nizomga hududiy tamoyil degan tushuncha kiritildi. Ba’zi bir lavozim va mutaxassisliklarga o‘z hududida xizmat qilish imkoni yaratildi”, deydi Shermuhammad Saidahmatov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

P/S: Oldinlari faqat katta pul evaziga shunday qilsa bo'lar edi va o'z navbatida korrupsiyaga sabab bo'layotgan edi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu 4 daqiqalik film "Oskar" mukofotiga loyiq ko‘rilgan.

Tomosha qilishni tavsiya etaman. Juda ta‘sirli ekan.


Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Yigirma yildan so'ng "nega o'sha payt shu ishlarni qilmagan ekanman?!" deb afsuslanishdan yomoni yo'q.

Qalbingiz buyurgan ishni qiling, tavakkal qiling.
Xato qilsangiz ham bu foydadan holi emas.
Hech bo'lmaganda o'sha o'n, yigirma yildan so'ng shu xatolaringizni tabassum ila eslaysiz."

XAYRLI TONG, DO'STLAR!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Harbiylarning bolalari imtiyoz bilan OTMga kirishi boshqa abituriyentlarga adolatsizlik emasmi?

▪️Savolga Mudofaa vazirligi rasmiylari javob berdi.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yana bir hudud yoshlari OTMga imtiyoz bilan kiradi

▪️Prezident qarori bilan shu o‘quv yilidan keyingi 3 yil Uzun tumani Bobotog‘ hududidagi yoshlar uchun qo‘shimcha davlat granti ajratiladi.

Bu kvota Surxondaryo viloyatidagi pedagogika va tibbiyot yo‘nalishlaridagi OTMlari uchun beriladi. Qo‘shimcha kvotada o‘qigan yoshlar o‘z hududida kamida 5 yil ishlab beradi.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg