Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Esingizdami, maktab davrlarimizda o‘qituvchilarimiz o‘rtaga savol tashlarkan, a’lochilarga qarab:
-Biladiganlar jim tursin! – deyishardi. Bilmaydiganlar gapirtirilardi.
Ulg‘aygach ko‘rdikki, hayotda ham ayni shu talab: biladiganlar jim turishga majbur, bilmaydiganlar esa gapirtiriladi...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇺🇸 AQSH: 40 000 AQSH dollarlik grant

AQSHning University of Michigan-Dearborn oliygohi umumiy qiymati 40 000 AQSH dollarlik grant International Students Scholarship granti uchun arizalar qabul qilishni boshladi

👉 Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/aqsh-umumiy-qiymati-40-000-aqsh-dollarga-teng-grant

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bayramingiz emas, ro'molingiz muborak bo'lsin😊

Ajoyib video rolik.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Besh talaba. Besh ona. Besh musibat. Tinchlik zamonida o'lishga haqqing yo'q edi, bolam!

Xabar.uz jurnalistlari no'malum moddadan zaharlanib vafot etgan talabalarning uylarida bo'lishibdi😔

Eslatib o'tamiz, haligacha o'lim tafsilotlari aniq bo'lmadi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#nima_deysiz😂😂😂😢

Uch farzandini kontraktda o‘qitgan Eshmat otani tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketishdi. Otaning polda yotgan telefonida to‘rtinchi farzandidan kelgan quyidagi sms xabari ochiq qolgandi:

—Dada, tabriklang! Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindim.

Do'stlarga yuboring😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😎 Germaniyani orzu qiladiganlar diqqatiga!

🇩🇪🤝🇺🇿 Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan ajoyib loyiha e'lon qilindi:

- Germaniya sizni qiziqtiradimi? Siz Germaniyada o'qishni, yashashni va hatto uzoqroq vaqt davomida ishlashni xohlaysizmi?

Unda onlayn ko'rgazmaga ro'yxatdan o'ting va barchasini RASMIY vakillar orqali bilib oling!

👉 BATAFSIL MA'LUMOT

Ko'rgazma 2021-yil 24-mart kuni bo'lib o'tadi.

Do'stlarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yangi o‘quv yilida Namangan davlat universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2021 yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo‘yicha Bayon qaroriga muvofiq:

✅ Viloyatdagi tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash maksadida Namangan davlat universitetida 2021/2022 o‘quv yilidan tibbiyot fakultetini tashkil etish choralari ko‘riladi. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

🔹2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tibbiyot fakultetiga talabalarni qabul qilinadi;

🔹tibbiyot fakultetida kadrlar tayyorlashda metodik yordam berish uchun Andijon davlat tibbiyot institutini biriktiriladi;

🔹tibbiyot fakulteti talabalarining amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maksadida viloyatdagi tibbiyot muassasalariga integrasiyalashtiriladi;

🔹viloyatdagi ilmiy salohiyatli va malakali tibbiyot xodimlari pedagogik faoliyatga jalb etiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali talabalarga ochiqdan ochiq adolatsizlik qilyapti..(mi?)

Bu yil pandemiya sababdan TATU rektori kredit tizimida taxsil olayotgan talabalarga qayta topshirish bepul bo'lganini aytgan.

Barcha filiallarda, shu jumladan:

- Nukus filiali
- Qarshi filiali
- Urganch filiali
- Farg'ona filiallarida fanlardan qarzdor talabalarga erkinlik qilib, qayta topshirishni bepul qilib qo'yishdi.

Lekin, TATUning rasmiy telegram sahifasida yozilishicha, Samarqand filialida vaziyat hamon o'zgarmagan. Mana shu hafta talabalar qayta topshirish pulini to'lashmasa, kursdan kursga o'tkazilmasligi aytilgan.

Mutasaddilar esa umuman uyqudaligi va hech qanday javob kelmayotgani bu ADOLATSIZLIK emasmikan?

Mutasaddilar talabalarga yordam berib, bu masalani o'rganib chiqishini so'rab qolamiz!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥 Osiyo Taraqqiyot Banki dunyoning 10 ta rivojlangan davlatlaridagi 29 ta hamkor universitetlaridan birida magistratura bosqichida mutlaqo bepul o‘qish imkoniyatini taklif etmoqda

👉 Batafsil: https://www.oliygoh.uz/grantlar/osiyo-taraqqiyot-banki-magistratura-bosqichini-10-ta-mamlakatdan-birida-oqing

Do'stlarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Deyarli_hazil

«Kitob va telefon»

Bir kuni maqtanib qoldi TELEFON:
- Odamlar qo‘lidan tushmayman zinhor
Men go‘zal "Samsung"man, men o‘shal "Iphone",
Chunki, mening "ULUGʻ" internetim bor.

KITOB javob berdi sokin va beg‘am:
-Mayli sen har qalbga ziyo solgansan.
Faqat haqiqatni tan olgin, bolam,
Ahir, hammasini mendan olgansan.

Xurshid Karim.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
«Bolam, bor onangning duosini ol, ishing yurishadi»

Ustoz darsni tugatib:
"Ona duosi dunyoni, ota duosi oxiratni ma’mur qiladi. Birinchisini olgan dunyoda, ikkinchisini olgan oxiratda xor bo‘lmaydi!" dedilar.
Muhammad Zohid hazratlarining huzuriga ishi yurishmagan kishilar kelganida ularga:
«Bolam, bor onangning duosini ol, ishing yurishadi», deb nasihat qilar ekanlar.
©Abdulloh Rahim

Do'stlarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥 HP LIFE: mutlaqo bepul onlayn kurslar va bepul sertifikat olish imkoniyati

👉 Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/hp-life-online-mutlaqo-bepul-kurslar-va-bepul-sertifikat-olish-imkoniyati

Do'stlarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​Bugun, 10 mart kuni amerikalik aktyor va jang san’ati ustasi Chak Norris 81 yoshga to‘ldi. Chak Norris haqidagi hazillarni yodga olamiz.

▪️Chak Norris cheksizlikkacha sanay olgan. Ikki marta
▪️Chak Norris barcha pokemonlarni shahar telefoni yordamida tutgan
▪️Chak Norris 27 yoshga to‘lguniga qadar harbiy komissariat undan yashirinib yurgan
▪️Chak Norris bolg‘ani mix bilan qoqa oladi
▪️Chak Norris GTA o‘ynagisi kelsa, u shunchaki ko‘chaga chiqadi
▪️Chak Norris granata otib, 50 kishini o‘ldirgan. Keyin esa granata portlagan
▪️Chak Norris piyozni yig‘lashga majbur qiladi
▪️Chak Norrisning soyasi zulmatda ham ko‘rinadi
▪️Chak Norris bumerangni otsa, u qaytib kelmaydi
▪️Chak Norrisning diplom ishi shunchalik zo‘rki, uni himoya qilishga hojat yo‘q
▪️Chak Norris mashinani urib ketishi mumkin
▪️Chak Norris bitta kafti bilan qarsak chala oladi
▪️Chak Norris golf o‘ynaganida aeroport reyslarni bekor qiladi
▪️Chak Norris shunchalar zo‘rki, u benzin bilan olovni o‘chira oladi
▪️Chak Norris bolaligida Chak Norris bo‘lishni orzu qilgan
▪️Quyosh Chakdan himoyalovchi ko‘zoynaklar taqadi
▪️Chak Norris bir quyon bilan ikki ovchini o‘ldira oladi
▪️Chak Norrisni kobra chaqib olgan. Besh kunlik qiynalishdan so‘ng kobra o‘lgan

Do'stlarga yuboramiz😄👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hazrat ko‘pchilikning xizmatida bo‘lgan ulug‘ zot edilar...

Bundan olti yil avval, 2015 yil, 10 mart kuni yetuk alloma, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh bu foniy dunyodan boqiy dunyoga rixlat qilganlar.

Shu bois, Ahmad Muhammadning «Hilol» jurnali 8-sonida chop etilgan Shayx Muhammad Sodiq «fenomeni» maqolasi asosida u zotni yodga olmoq, hayot yo‘llari, ibrat va o‘rnaklari hamda buyuk mehnatlarini xotirlamoqni istadik.

Maqolani to'liq o'qish

Do'stlarga yuboring 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Yangilik! Oʻzbekistonda Turkiya universitetining filiali ochilishi mumkin

Bugun Toshkentda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu bilan uchrashuvi hamda ikki mamlakat TIV rahbarlari boshchiligida Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekistonda Turkiyaning Baxcheshehir universiteti filialini ochish, shuningdek Xoʻja Bayram Vali nomidagi universitet bilan birgalikda Fargʻona oliy turizm maktabini tashkil etish boʻyicha fikr yuritilgan.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
OTM tarbiya maskani emas. Talaba faqat bilim olish uchun kelishi lozim — Alisher Qodirov

O‘zbekistonda talaba oliy ta’lim muassasasiga faqatgina bilim olish uchun borishi kerak. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Buxoro davlat universitetiga tashrifi chog‘ida shunday fikr bildirdi.

“Oliy ta’lim tarbiya maskani emas, bu jarayondan uzilishi kerak. Talaba oliygohga faqat bilim olishi uchun kelishi lozim. Ya’ni, oliy ta’limda faqat yetuk mutaxassis tayyorlanadigan muhit yaratilishi kerak”, deya ta’kidladi Alisher Qodirov.

Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Parlament a’zolari bu yerda cyenator Abira Huseynova hamda oliygoh rahbariyati bilan uchrashib, so‘nggi yillarda ta’limda bo‘layotgan o‘zgarishlar, malakali mutaxassislar tayyorlash, talabalarni yotoqxona bilan ta’minlashdagi muammolar, ularning yechimlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashgan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ustoz shogirddan soʻradi:
- Hayotdagi maqsading nima?

Shogird javob berdi:
-Quyoshga birinchi boʻlib chiqish.

Shunda ustoz:
-Jinnimisan Quyosh nurini issigʻida kuyib ketasanku.

Shogird boʻsh kelmay:
-Kallani ishlatish kerak. Men kechasi boraman. 👻

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"15-martgacha to'lovni amalga oshirmasam...."

Termiz Davlat universitetida talabalardan majburan tilxat yozib olinmoqda.

Nimagadir so'nggi kunlar, (balkim, rektor almashgandan keyin) TerDu bo'yicha ko'plab muommolar kelib tushmoqda.

Mutasaddilarga yetkazing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Fanlar majmuasi-2021.pdf
854.9 KB
⚡️⚡️Tezkor!

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 10-son bayoni bilan 2021-2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg