Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
▪️Oʻzbekiston va Belarus: Oliy taʼlim tizimida oʻzaro ishonchli hamkorlikni rivojlantirish yoʻlida kelishuvlar amalga oshirilmoqda.

🔺Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Belarus Respublikasi taʼlim vaziri Igor Karpenko boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

📌 Delegatsiya aʼzolari va yurtimizdagi OTMlarning rektor va prorektorlari ishtirok etgan uchrashuvda ilmiy tadqiqotlar va malaka oshirish tizimida integratsiyani kuchaytirish, Oʻzbekiston va Belarus OTMlari rektorlari forumini oʻtkazish, Belarus oliy oʻquv yurtlarida oʻzbekistonlik doktorantlar va aspirantlar uchun grantlar joriy etish masalalarida muzokaralar olib borildi.

✍️ Natijalarga koʻra, Oʻzbekiston va Belarus Respublikasining 10 ta oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlikda kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida memorandumlar imzolandi.

✅ Ayni vaqtda Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Belarus qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti faoliyat yuritadi, 38 ta mahalliy OTMda Belarusning 17 ta nufuzli oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda qoʻshma dasturlarda (double degree) 56 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 18 ta magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlanadi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Abituriyentlar uchun hamyonbop IELTS!

Ma’lumki, joriy yildan abituriyentlar 5 ta fandan test sinovlarini topshirishi kerak bo‘ladi. Bunday paytlar ularga yaratiladigan har qanday yengillik juda qo‘l kelishi mumkin. Ana shunday yengilliklardan biri, shubhasiz, IELTS testidan 5.5 yoki undan yuqori ballik sertifikat taqdim etishdir. Bunday sertifikat Sizni test sinovining chet tili qismida eng yuqori ball olishingizni kafolatlaydi.

Toshkentda IELTS sinovlariga tayyorlashda katta tajriba va salohiyatga ega IELTS ZONE o‘quv markazi abituriyentlar uchun hamyonbop o‘quv dasturlarini taqdim etadi. Abituriyentlar ingliz tilini bilish darajasiga qarab, qisqa muddatlarda IELTS sinovlarining barcha jihatlarini ipidan-ignasigacha malakali, tajribali instruktorlar yordamida chuqur o‘zlashtirishadi.
Oylik kurs narxi: UZS 400,000
Aloqa uchun: +99897 130 6822
Telegram:
@uzieltszone
Ogohlik-davr talabi!😜😷

Ogohlantiramiz barchani😬👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Buni bilarmidingiz?

my.gov.uz portali orqali bir zumda o‘qish joyidan ma’lumotnoma olish mumkin!

Bilamizki, zarur hollarda talabalar ishga joylashish uchun, avia yoki temir yo‘l kassalariga, mudofaa bo‘limiga, bankka va yana boshqa joylarga o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi talab etiladi. Odatda u dekanatlarda berilar edi.

Ushbu ma’lumotnomani internet orqali oson olish imkoniyati mavjud.

"O'qish joyidan ma'lumotnoma olish" xizmati:

⁃ mutlaqo bepul;
⁃ elektron imzo talab etilmaydi;
⁃ to‘liq avtomatlashgan (inson omilisiz);
⁃ ma’lumotnomani shaxsiy kabinetdan PDF shaklida yuklab olish va hujjatlar repozitoriysida saqlab qo‘yish imkoniyati bor.

❗️Bu muhim! Yagona portal orqali olingan hujjatlar qonuniy kuchga ega va davlat organlari bunday hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas, bu qat’iyan man etiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Taʼlim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi

“Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (824-son, 31.12.2020 y.) qabul qilindi.

☑️ Qarorga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan respublika oliy taʼlim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi.

🔰 Oliy taʼlim muassasasi kengashi qarori asosida:

➖ professor-o‘qituvchilar OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi;

➖ o‘qituvchilar OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlarida o‘qishi mumkin.

🔰 2021 yil 1 yanvardan:

➖ OTM huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan professor-o‘ituvchilarning mehnatiga soatbay haq to‘lash OTM talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi;

➖ taʼlim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi;

➖ OTMda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari tegishli OTM rektori(filial direktori) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇺🇸 Stanford universiteti mutlaqo Bepul online kurslar

▫️Kurslar hamma uchun ochiq, kurs yakunida 🇺🇸 AQSHning eng nufuzli Stanford universiteti tomonidan tasdiqlangan sertifikat olish imkoniyati mavjud

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/aqshning-stanfor-universiteti-tomonidan-bir-qator-bepul-online-kurslar

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati ijarada yashaydigan talabalar uylarida!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤲🏻💫 Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki:

Afv tilagan avfsiz, shifo tilagan shifosiz, farzand tilagan farzandsiz, ofiyat tilagan ofiyatsiz, jannat so’ragan jannatsiz, hidoyat so’ragan hidoyatsiz, najot tilagan najotsiz, sabr so’ragan sabrsiz, ilm tilagan ilmsiz qoldirilmasin! 🤲🏻💫

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi sizlarga boʻlsin 😌

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Вазирлик логотипини яратиш бўйича танлов давом этади!

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг логотипини яратиш бўйича танлов эълон қилингани ҳақида хабар берган эдик.

Қарийб бир ой давомида талабалар томонидан 1200 дан ортиқ лойиҳа келиб тушди.

Аввало, мазкур танловга қизиқиш билдиргани ва иштироки учун унда қатнашган барча фаол талаба-ёшларга миннатдорлик билдирамиз!

Талаба-ёшларнинг лойиҳалари шу соҳада катта тажриба ва малакага эга бўлган профессор-ўқитувчилардан иборат Ҳакамлар ҳайъати томонидан диққат билан ўрганиб чиқилди ҳамда танловга юборилган ишлар орасида вазирликнинг расмий логотипи номига муносиб бўлган лойиҳа аниқланмади.

⚠️ Танлов шартига кўра, тақдим этилган лойиҳада вазирликнинг фаолияти ва аҳамияти фалсафий ифода этилиши, бетакрор бадиий ечим ва креатив ёндашувга эга бўлиши ҳамда замонавий, ўзига хос, осон таниб олинадиган ва ноанъанавий шаклга эга бўлиши лозим эди.

❗️Шу муносабат билан вазирлик логотипини яратиш бўйича танлов давом этишини маълум қиламиз!

⚠️✔️ Танловда талаба-ёшлар билан бирга ОТМларнинг профессор-ўқитувчилари, профессионал дизайнерлар ва соҳа мутахассислари ҳам иштирок этишлари мумкин.

⏰ Танловга ижодий ишланмалар logo@edu.uz электрон почта манзилида 2021 йил 25 март соат 23:59 га қадар қабул қилинади.

🏆 Ғолиб Apple iPhone 12 Pro Max смартфони билан тақдирланади.

👉 Танлов шартлари билан танишиш

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#arxiv
#DIQQAT_ELON

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida o‘qish uchun nomzodlar tanlov asosida saralab olinadigan respublikaning muhandislik-texnika oliy ta'lim muassasalarining ro'yxati

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti barcha filiallari

✅I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va TDTU barcha filiallari

✅ O'zbekiston Milliy universiteti va viloyatlardagi barcha filiallari

✅Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti

✅Toshkent shahridagi Inha universiteti

✅Toshkent shahridagi Vestminster universiteti

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇦🇪 BAA: 100% gacha grant

Khalifa Universityda o'qish uchun 100% gacha grant yutib olish imkoniyatini taqdim etmoqda

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/baa-bakalavr-bosqichida-oqish-uchun-100-gacha-grant

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

O‘zbekiston Milliy universitetida 2021–2022 o‘quv yilidan «Lazer fizikasi», «Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi» (tarmoqlar bo‘yicha) hamda «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi» yo‘nalishlarda Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda 2+2 qo‘shma ta’lim dasturiga talabalar qabul qilinadi.

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu video Sariosiyo-Termiz yo'nalishida borib keladigan talabalar tomonidan olingan. (Hind videosi emas)

Ularning aytishiga qaraganda bu poyezdda Termiz davlat universitetiga Surxandaryoning Jarqo'rg'ondan tashqari barcha tumanlaridan talabalar qatnashar ekan. Vagonlar soni 5 ta ekan. TerDU talabalari 25 mingni tashkil qiladi. Bu holat ancha yaxshi bo'lgan xolat emish.

Buni tanqid deb bilasizmi? Yoki talabalarning sabr-toqatiga qarsak chalasizmi?

Talabalarning sabr-toqatiga 5+.
Lekin bu talabalarga sharoit yaratib bermayotganlarga, talabani past qatlam deb bilayotganlarga nima deysiz? So'kinmasdan o'z fikringizni kommentariyada qoldiring)


Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Keyingi o‘quv yilidan ota-onasi yo‘q qizlar va boquvchisi yo‘q ayollarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

▪️Prezident qaroriga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari har yili 100 nafardan xotin-qizlarning, OTMlar esa 50 nafargacha talaba-qizlarning kontrakt pulini to‘lab beradi.

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇦🇺 Avstraliya: To‘liq grant, oylik stipendiya, aviachipta va boshqa bir qator bonuslar

Avstraliyaning Australian National University universiteti magistratura va doktorantura bosqichlarida o'qish uchun talabalarga to'liq grant, oylik stipendiya, aviachipta va boshqa bir qator bonuslar taklif etmoqda 👇

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/avstraliya-magistratura-va-doktorantura-bosqichlarida-oqish-uchun-toliq-grant

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Президент мактабларига имтиҳонлар қачон ўтказилиши маълум қилинди

Президент мактабларига кириш имтиҳонларининг 1-босқичи 2021 йил июл, 2-босқичи август ойида ташкил этилиши режалаштирилган. Бу ҳақда Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларни ривожлантириш агентлиги матбуот котиби Дилфуза Собирова Kun.uz мухбирига маълум қилди.

Шунингдек, президент мактабларига кириш учун қайси фанлардан имтиҳон олиниши ва имтиҳонлар тартиби ҳам билдирилган.
Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 15-июндаги 526-сон қарори билан тасдиқланган “Президент мактаблари тўғрисида Низом”нинг 5-боб 39-бандига асосан Президент мактабларига кириш имтиҳонлари икки босқичда ўтказилади:

👉 1-босқич математика фанидан 30та топшириқдан иборат тест шаклида ўтказилади. Белгиланган вазифани бажариш учун 90 дақиқа вақт ажратилади;
биринчи босқич натижасига кўра қабул квотасида белгиланган ҳар бир ўринга 20 киши ҳисобидан максимал талабгорлар 2-босқичда иштирок этишга рухсат этилади;

👉 2-босқич

◾️ахборотни таҳлил қилиш ва солиштириш қобилиятини аниқлаш бўйича 16та масала;
▪️мантиқ элементлари бўлган математика фанидан 24та масала;
▪️инглиз тилидан 55та тест.
2-босқич кириш имтиҳонлари учун жами 150 дақиқа вақт ажратилади.

Маълумотлар бўйича ўзгаришлар бўлиши мумкин, бу ҳақда қўшимча хабар берилади.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Yoshlar ittifoqi a’zolariga oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda qanday imtiyozlar mavjud?

👉 Batafsil:
https://oliygoh.uz/abituriyent/ozbekiston-yoshlar-ittifoqining-faol-azolariga-beriladigan-imtiyozlar

#imtiyoz

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg