Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta'limni isloh qilish yo'lida uch tavsiya!

Ⓜ️ Osmondagi bolalar

Do'stlarga ulashing👇🏻
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​ Chin yetimlar uchun OTMlarga davlat granti bo‘yicha qo‘shimcha kvota ajratiladi

Prezidentning «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinishi munosabati bilan bir qator Hukumat qarorlariga qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga asosan, OTMlarga qabulning umumiy sonidan «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha 1 foizgacha davlat granti bo‘yicha qabul kvotasi ajratiladi.

Bundan tashqari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarning davlat organiga bevosita qilgan murojaatini to‘liq ko‘rib chiqish kafolatlanadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Oliy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari bo‘yicha matbuot anjumani

Bugun, 18-mart kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida oliy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlari bilan bog‘liq yangiliklar, tayyorgarlik jarayonlari.

Ishtirokchilar:

🎙 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
🎙 Davlat test markazi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali onlayn yoritiladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ulug‘bek Qosimxo‘jayev - ta'limni inqirozga eltgan sabablar, «umidchilar» va kadrlar siyosati haqida

16 mart kuni AOKAda xalq ta'limi tizimida malakali kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Kun.uz muxbiri tadbir spikerlaridan biri, O‘zbekistondagi maktablar uchun yangi avlod o‘qituvchilari va boshqaruv kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan Toshkent xalqaro universiteti rektori Ulug‘bek Qosimxo‘jayev bilan intervyu uyushtirdi.

Sobiq «umidchi» intervyu davomida xalq ta'limi tizimi, unga kerakli kadrlar tayyorlash masalalari hamda «umidchilar» faoliyati haqida gapirdi.
Batafsil...

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Bu yilgi test sinovlari ham stadionlar va xiyobonlarda o‘tkazilishi mumkin

AOKAda bo‘lgan matbuot anjumanida DTM boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayevning aytishicha, ayni paytda DTM tomonidan testlarni o‘tkazish bo‘yicha ikki xil ssenariy ustida ish olib borilmoqda;

👉 Test sinovlarini an’anaviy shaklda katta sig‘imli binolarda o‘tkazish;

👉 Pandemiya sharoitida test sinovlarini 2020 yildagi kabi ochiq maydonlarda o‘tkazish.

❗️Buning uchun test sinovi o‘tkaziladigan joylar tanlanib, reja-chizmalari tayyorlandi. 50 460 nafar abituriyent uchun mo‘ljallangan 103 ta katta sig‘imli yopiq bino, 60 570 nafar abituriyentga mo‘ljallangan 66 ta stadion va xiyobon tayyorlanyapti.

Batafsil
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman
📌 Navro‘z bayrami munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar 3 kun dam olishadi.

2021-yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’iy nazar barcha qatori oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 3 kun dam olishadi.

Jumladan:

20-mart – shanba (barcha uchun dam olish kuni);
21-mart – yakshanba (Navro‘z bayrami);
22-mart – dushanba (barcha uchun dam olish kuni - haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun 27-mart (shanba)dagi dam olish kuni ko‘chirilgan).

27-mart - shanba kuni barcha xodimlar uchun ish hamda talaba-o‘quvchilar uchun o‘qish kuni bo‘ladi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil ham faqat 2ta fandan test olinishi mumkinmi?

▪️
Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayevga ko'ra, bu yilgi imtihonlarda nechta fandan test olinishi qabul komissiyasiga kiritilgan takliflardan keyin aniq bo‘ladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#sörovnoma

"Agar hayotingiz davomida qilgan ishlaringiz bitta film qilib olinganida, shu filmni yaqinlaringiz va ota-onangiz bilan birgalikda ko'rgan bo'larmidingiz?"

P/S: Imkon darajasida barcha javob bersin, kommentariyada qoldiring!😊

So'rovnomada ishtirok eting👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Muammo kimniki?

Sichqon uyda yurar ekan bir chetga qopqon qo‘yilganini ko‘rdi.

Bir-ikki kundan keyin ho‘rozning oldiga borib: «Ey xo‘roz, kel shu qopqonni olib qo‘yamiz. U hammamizga xalaqit beryapti», dedi. Xo‘roz unga javoban «Bu mening muammoim emas. Kimning muammosi bo‘lsa, o‘sha hal qilsin», dedi.

Sichqon: «Mayli», dedi-da, qo‘yning oldiga borib, unga «Ey qo‘y, kel shu qopqonni olib qo‘yamiz. Bu hammamiz uchun xatarli», deb taklif qildi. Qo‘y ham xo‘roz singari «Buning menga aloqasi yo‘q ekan. Muammo kimniki bo‘lsa o‘sha hal qilish kerak», dedi.

Sichqon endi molning oldiga bordi: «Ey mol, shu qopqonni olib qo‘yaylik. Bu hammamizga xalaqit berayapti». Mol: «Bu mening muammoyim emas», dedi…

Kunlarning birida qopqonga ilon tushib qoldi. Chiqishga harakat qilib, uyoq-buyoqqa talpinib, shu yerda yurgan uy egasining ayolini chaqib oldi.

Xo‘jayin ayolini kasalxonaga olib bordi. Yengil muolajadan keyin do‘xtir ho‘jayinga «Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Endi uyga olib borib, yaxshi ovqatlardan qilib bering. Tovuq sho‘rva bo‘lsa yanada yaxshi bo‘lardi», dedi.

Xo‘jayin uyga keliboq katakdagi xo‘rozni so‘yib, sho‘rva qildi…

El-ulus: «Falonchining ayoli betob emish, borib yo‘qlamasak bo‘lmas», deb birin-ketin ziyoratga kela boshladi. Xo‘jayin o‘ylanib, «Qardosh, qarindosh, do‘stlar – bari kelyapti. Endi bir ehson qilay», dedi-da, qo‘radagi qo‘yni so‘yishga jazm qildi…

Oradan ko‘p o‘tmay ayolning kasali og‘irlashib, vafot etdi. Xo‘jayin ma’rakalarni o‘tqizish uchun molni ham so‘yib yubordi…

…Masalning qiziq joyi shundaki, «Bu mening muammoyim emas», deganlarning birontasi omon qolmadi. «Muammo meniki», deb jon kuydirgan sichqon esa hamon tirik…

Xulosa sizdan!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetga kiraverishda shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan:

«Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga ta’sir qiladigan raketalarga hojat yo‘q. Faqat ta’lim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas»

▪️ Bunday vrachlar qo‘liga tushgan bemorlar o‘la boshlaydi.
▪️ Bunday quruvchilar qurgan binolar qulaydi.
▪️ Bunday iqtisodchilar va hisobchilar qo‘lidagi pullar izsiz yo‘qoladi.
▪️ Bunday diniy ulamolar tufayli insonlar ma’nan o‘la boshlaydi.
▪️ Bunday yuristlar va sudyalar qo‘lida adolat yo‘qlik sari yuz tutadi...
▪️ Qonun chiqaruvchilar qo‘lida boshqaruv yo‘q bo‘ladi.

«Ta’limning barbod bo‘lishi — millatning kasodga uchrashidir!»

Doʻstlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔖 Chirchiq davlat pedagogika institutida navro'z bayrami ko'tarinki ruhda o'tkazildi👏

Yaqin kunlardan beri ijtimoiy tarmoqlarda sumalak pishirib Navro'zni nishonlayotgan talabalarning videosi tarqaldi.

Vazir hozirda ushbu holatdan xabardorligi bizga ma'lum. Bosh vazirga ushbu OTMning yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektorini ishdan olib javobgarlikka tortish bo'yicha xat kiritishgani aytilmoqda.

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra kecha nafaqat CHDPI da balki Islom akademiyasi, Jahon tillari universiteti va Milliy Universitetda ham sumalak bayram tadbiri keng masshtabda o'tkazilgan.👏👏👏

Xulosa o'zingizdan) Hoxlasangiz tanqid deb biling, hoxlasangiz ....

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔖2021/2022-oʻquv yili uchun test sinovlarida 1,6 mln. nafar abituriyent ishtirok etishi kutilyapti. Hujjatlar onlayn qabul qilinadi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshligʻi Farhod Mirzayev maʼlum qildi.

2021 yilda abituriyentlarni roʻyxatga olish Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Hozirda my.dtm.uz sayti takomillashtirilib, abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish uchun tayyorlanmoqda.

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yomg'ir yoqqanda duo qilish.

Yomg'ir yog'gan vaqtda osmon eshiklari ochiladi. Bu paytlarda duo qilishni g'animat biling.

Allohumma Soyyiban nafi'an ☔️.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz sevgan o'sha haqiqatni kulgu qilib odamlarga yetkazgan Xojiboy Tojiboydan MOTIVATSIYA!
Maqsadni katta qo'yish kerak😁

🌞 Tong kunning eng muhim qismi hisoblanadi. Shu sabab kun davomidagi kayfiyatimiz ko'pincha unga bog'liq bo'ladi. Tongingiz hayrli, kuningiz mazmunli bo'lsin azizlarim!

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TATU'ga virtual sayr !!!

TATU talabalari tomonidan TATU'ga virtual sayr qilish imkoniyatini taqdim etuvchi saytni ishga tushirishdi.

Agar siz TATU'ga sayr qilmoqchi bo'lsangiz shunchaki https://tuit-vrtour.ml/ saytiga kirib ko'rishingiz kifoya qiladi.

shu jumladan aytish mumkinki, hozirda ushbu saytda O'rta Osiyoda yagona deyilayotgan "Media markaz" ham kiritilgan bo'lib ushbu markazni ham to'laqonli ravishda ko'rish imkoniyatiga egasiz.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarni aldashmoqda?!
Har-xil "innovatsion" kitoblar haqida...

Ⓜ️ Osmondagi bolalar

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg