Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Rasman

❗️O‘zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti ham 14 kunlik onlayn dars jarayonlariga o‘tdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 2021-yil 26-martdagi navbatdan tashqari o‘tkazilgan Ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra, o‘quv jarayonlari 26-martdan 10-aprelga qadar 14 kunlik to‘liq onlayn mashg‘ulotlarga o‘tkazildi.
Institutning 6 nafar talabasidan koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​⚡️​2023-2024 oʻquv yilidan boshlab 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari oʻrtacha koʻrsatkichi oliy taʼlim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi mumkin

2021 yil 1 fevral kuni “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining baholarini oliy taʼlim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

— Unga koʻra:

2022-2023 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (attestati) (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari oʻrtacha koʻrsatkichi kiritiladi va ushbu koʻrsatkich 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi bitiruvchilari bahosining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6-11-sinflardagi yillik baholarining umumiy yigʻindisi har bir sinfdagi oʻqigan fanlar sonining umumiy yigʻindisiga nisbati olinadi.

Davlat test markazi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlariga qabul test sinovlari yakunlanganidan soʻng, belgilangan muddatda, tanlovga qadar abituriyentlarning test sinovi jarayonida toʻplagan ballariga tegishli taʼlim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar (abituriyentlar) baholarining oʻrtacha koʻrsatkichlari qoʻshiladi va tanlov amalga oshiriladi.

Bitiruvchi (abituriyent) test sinovi jarayonida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning 30 foizidan kam ball toʻplasa, ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.

https://regulation.gov.uz/uz/document/28636

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Telegram guruhlarda bizning kanalimiz nomidan tarqalayotgan ushbu xabar yolg'on hisoblanadi!

Toshkent davlat texnika universiteti hozircha masofaviy ta'limga o'tkazilmagan.

Bu turdagi yolg'on ma'lumotlarga ishonib qolmang!

Bu bo'yicha qandaydir yangilik bo'lsa, ushbu kanalda e'lon qilamiz👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv

Har gal ushbu videoni ko'rsam kayfiyatim ancha ko'tariladi😅😅

Qizlarni ko'rishi maslaxat berilmaydi, aks holda...🤕😬

Do'stlarga yuboring😅👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adolatsizliklar sizni hech qachon sindirmasin!

Yaqin kunlarda Osmondagi bolalarning Youtube sahifasiga to'liq video joylanadi

Youtube: https://www.youtube.com/osmondagibolalar

t.me/Muhammadali_Eshonqulov
#qiziqarli

Avstraliya davlatidagi kafelarning birida qo'l telefonlari uchun maxsus qafas bo'lib, unda mijozlar telefonlari solib qo'yiladi. Bu esa mijozlarga 10% lik chegirma olib keladi va albatta ovqat yeganingni his qilasan kishi.

Sizchi, ovqat yeyayotganda (ayniqsa yolg'iz) qo'l telefon titkilaysizmi?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ayrimlardan ancha keyin bo‘lsa ham, o‘zimiz bormasak ham nomimizni Marsga yubordik))

Siz ham NASAning Marsga yuboriladigan mikrochiplariga ism-familiyangizni yozmoqchimisiz?
Unda mana
https://mars.nasa.gov/participate/send-your-name/future/
bu yerga kiring va kerakli ma’lumotlarni kiriting.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil_time

Karantin berib uyga qaytgan talabalardan....😁😁

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bir mamlakatga o'lat kasalligi keladi. Odamlar o'latdan so'rashdi "O'zing bilan qancha odamni olib ketasan?". O'lat "500 ta odamni" deb javob beradi. Shundan so'ng mamlakatda kasallik boshlanib ko'p odamlar o'ladi. Kasallik chiqib ketayotganda odamlar o'latdan so'rashdi "Qancha odamni olib ketding?". O'lat 5000 deb javob beradi. Shunda odamlar sen kelganingda 500 ta deganding nega bizni aldading deyishadi. Shunda o'lat "Aldaganim yo'q men 500 ta odamni o'zim bilan olib ketdim, qolgan 4500 odam vahimadan o'ldi" deb javob beradi.

Xulosa, o'zingizdan. Barchamizni ALLOH o'z panohida saqlasin.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Magistratura bosqichida o‘qish uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi

🔥 Jahon Banki tomonidan loyihalashtirilgan ushbu grant dasturi g'olibi bo'lish orqali siz dunyoning eng nufuzli universitetlaridan birida magistratura bosqichida bepul ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Grantga hoziroq ariza bering 👇

Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/magistratura-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📢 29-martdan boshlab darslar gibrid ta'lim asosida davom etadi — XTV

29-mart kunidan boshlab, 4-chorak darslari boshlanishi munosabati bilan, ota-onalardan koronavirus infeksiyasining ko‘payishi sharoitida, maktablarning masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Shu o‘rinda, yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz, o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida joriy o‘quv yilida gibrid ta’lim tizimi joriy etilgan, ya’ni farzandini maktabga yuborib an’anaviy ta’lim olishi yoki uydan bepul televizion “Onlayn maktab” kanallari orqali masofaviy ta’lim olishi bo‘yicha qarorni ota-onalarning o‘zi qabul qiladi.

Epidemiologik holat og‘irlashgan hududlarda, mahalliy hokimlik organlariga karantin talablarini kuchaytirish choralarini ko‘rish vakolati berilgan. Shuni inobatga olib, hududiy hokimliklar ba’zi tumanlardagi maktablarni to‘liq masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin. O‘z navbatida, maktablarning ma’muriyatiga sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Pandemiya nafaqat dunyo iqtisodiyoti va ta’lim tizimiga, balki insonlarning asabiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Shunday ekan, qadrli ota-onalar, joylarda maktab jamoasi bilan o‘zaro hurmatni saqlagan holda, faqat birgalikda ushbu vaziyatdan chiqib ketishimiz mumkinligini tushunishingizni so‘raymiz!

(c) Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇬🇧 Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichida o‘qish uchun to‘liq grant

🔥 Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/buyuk-britaniya-magistratura-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Enavatsion" loyihalar ustidagi izlanishlar samarasi... 😅

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
OTMlarga 2021/2022 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi

Prezident qarori loyihasi muhokamaga chiqarildi. Unga ko‘ra, davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlari 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan.

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining barcha kurslari bugundan boshlab onlayn ta'limga o'tdi.

O'tgan hafta faqat 1-kurs talabalari onlayn ta'limga o'tgani haqida xabar berilgan edi. Bugun OTM ma'muriyati epidemiologik vaziyat og'irlashayotgani sabab barcha kurslarni onlayn ta'limga o'tkazgan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇩🇰 Daniya: qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

🏛 Aalborg universiteti tomonidan taqdim etilayotgan ushbu grant dasturi uchun quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin👇

Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/daniya-bakalavr-bosqichida-oqish-uchun-grant-dasturi

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️2021/2022 o‘quv yilida qabul kvotalarini belgilash bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. OTMlarga Davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlanishi mumkin:

👉 Bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi
ta’lim shakliga — 115 343 ta;
sirtqi
ta’lim shakliga — 36 211 ta;
kechki
ta’lim shakliga — 6 325 ta;

👉 Magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 12 914 ta;

👉 Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga — 56 ta.

Xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 2000 nafar qo‘shimcha davlat granti ajratiladi.

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor
📌 Toshkentda ijarada yashaydigan besh talabaning o‘limiga is gazi sabab bo‘lgan

Toshkentning Yunusobod tumani “Firdavsiy” mahallasi Injobod ko‘chasidagi xonadonda 27-fevral kuni soat taxminan 20:50 atrofida shu yerda ijara asosida yashagan besh talabaning murdasi topilgan edi. Ilk rasmiy ma’lumotlarda yigitlar “noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish” oqibatida vafot etgani ta’kidlangan, biroq gap aynan qaysi modda haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan edi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) alomatlari bilan ish ochilgani, bu esa o‘limlar, katta ehtimol bilan, is gazi oqibatida yuz berganiga ishora qilganiga qaramay, fojiaga ovqatdan zaharlanish ham sabab bo‘lishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Talabalarning aynan nima sababdan vafot etgani dastlabki davrda ularning yaqin qarindoshlariga ham ma’lum qilinmagan edi.

Yunusoboddagi ushbu fojiaga bir oy to‘lishi munosabati bilan “Daryo” ish bo‘yicha ayrim tafsilotlarni ochiqlashni so‘rab Bosh prokuratura matbuot xizmatiga murojaat qildi.

Bosh prokuratura axborotida ta’kidlanishicha, voqea joyidan olingan oziq-ovqat mahsulotlari Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik xizmati tomonidan tekshirishdan o‘tkazilgan. Xonadon egasi G.M., vafot etganlar bilan birga ijarada yashagan N.A., “Bunyodkor-dudbo‘ron xavfsizligi” kompaniyasining dudbo‘ronlar pechka ustasi Z.X. batafsil so‘roq qilingan.

“Shuningdek, 26-fevral kuni soat 22:00 dan 27-fevral kuni soat 9:00 oralig‘ida Injobod ko‘chasidagi uyga qanday kuchlanishda tabiiy gaz yuborilgani va odatiy kunda tabiiy gaz kuchlanishining miqdori haqida ‘Hududgazpoytaxt’dan hamda Gidrometeorologik xizmatidan shu vaqt oralig‘ida bo‘lgan ob-havo ma’lumotlari olindi”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Bosh prokuraturadan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, beshala yigitning bari “is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasidagi o‘tkir nafas va yurak qon tomirlari yetishmovchiligi” oqibatida vafot etgan. Bu Respublika sud tibbiyot ekpertiza ilmiy-amaliy markazining 15-martdagi yakuniy xulosalari bilan tasdiqlangan.

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🧐 Joriy yilda qabul kvotalari nechtaga ko‘paymoqda?

Davlat granti 25 foizga oshirilishi mumkin. Biz o'tgan yilgi qabul parametrlari bilan joriy yilda tasdiqlanishi kutilayotgan qabul parametrlarini o‘zaro taqqosladik.

👉 Umumiy kvotalar:
▪️O‘tgan yilda - 150 375 nafar
▪️Joriy yilda - 170 793 nafar
📈 Ortmoqda: - 20 418 nafar

Shundan:

👉 kunduzgi ta’lim shakliga:
▪️O‘tgan yilda - 103 575 nafar;
▪️Joriy yilda - 115 343 nafar
📈 Ortmoqda: 11768 nafar

👉 sirtqi ta’lim shakliga:
▪️O‘tgan yilda - 31 350 nafar;
▪️Joriy yilda - 36 211 nafar
📈 Ortmoqda: 4861 nafar

👉 kechki ta’lim shakliga:
▪️O‘tgan yilda - 5 025 nafar.
▪️Joriy yilda - 6 325 nafar
📈 Ortmoqda: 1300 nafar

👉 magistratura:
▪️O‘tgan yilda - 10 425 nafar.
▪️Joriy yilda - 12 914 nafar
📈 Ortmoqda: 2489 nafar

Bundan tashqari, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 2000 nafar qo‘shimcha davlat granti ajratilishi mumkin. Loyiha 10 aprelga qadar muhokama qilinadi.

✅ Eslatib o‘tamiz, ushbu taqqoslashda qo‘shimcha qabul parametrlari, super kontrakt uchun ajratilgan kvotalar kiritilmagan.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg