Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
«QAYGʻUDAN XALOS BO‘LISH»

Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy arab faylasufi. Al-Kindiy asarlarining aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Uning «Aql haqida», «Jon haqida mulohaza», «Ash’yolarning ta’rifi va bayoni», «Beshta substansiya haqida kitob» kabi asarlari mashhur. Ularning ko‘pchiligi riyoziyot, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga bag‘ishlangan.

Al-Kindiy kishilarni qayg‘udan xalos bo‘lishiga yordam beradigan 10 ta tavsiyani keltiradi:

1.Har qanday qayg‘u kimningdir (bizning yoki birovning) harakatining natijasi bo‘lgani uchun, bizni xafa qiladigan ishlarni qilmaslik lozim.

2.Agar birovning harakati tufayli qayg‘uga cho‘mgan bo‘lsangiz, undan xalos bo‘lish uchun avvalgi qayg‘uli holatdan qanday chiqqaningizni eslang.

3.Qayg‘u vaqtinchalik holat bo‘lib, hattoki uni boshidan kechirganlar ham hayotdan zavq olib, xursand bo‘lishlari mumkin.

4.Muammolar hamda qiyinchiliklar hayotimizning ajralmas qismi ekan, kishi ular mavjud bo‘lgan dunyoda yashashni o‘rganishi kerak.

5.Hasad odamni zaharlaydi. Shuning uchun kimdir sizdan ko‘ra ko‘proq narsaga ega ekanini tan olishingiz darkor.

6.Har bir bandaga rizqni yaratgan Alloh beradi. Biror narsani boy bersak, demak bu Allohning irodasi ila yuz bergan. Aksincha, biror narsaga ega bo‘lsak, u ham Allohning irodasi bilan bo‘ladi. Shunday qilib, kimdir yo‘qotgan joyda yana kimdir qo‘lga kiritadi.

7.Kishi hayotida ko‘pgina katta zaruratga ega bo‘lmagan narsalarga talpinadi, yetisha olmagach, qayg‘u-alamga cho‘kadi. Shunga qaramasdan Parvardigori Olam dunyoni shunday yaratganki, hattoki ulkan kitning ham kundalik rizqi (nasibasi) tayin. Shuning uchun aslida kerak bo‘lmagan narsalarga kuchni ketkazmagan yaxshi.

8.Har bir narsaning asl mohiyatini tushuna olishlik (ko‘ra bilishni) o‘rganish lozim. Yomon ko‘ringan emas, balki chindan ham yomon narsalardan nafratlanish kerak. Hatto o‘limning ham ijobiy tarafi bor – kishi yerdagi dard-alamlar makonini tark qiladi.

9.Ayrila turib (yo‘qotgan holimizda) hali hanuz ega bo‘lib turgan ma’naviy va moddiy boyliklarimizni yodda saqlash darkor.

10. Har bir yomonlikda bir yaxshilikni ko‘ra bilaylik. Axir har bir yo‘qotish bilan kelajakda bizni kutayotgan qayg‘u va yo‘qotishlar soni kamaymoqda.

©️ Go‘zal Dadamuhammedova tayyorladi

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
💻 🔥 Google: Raqamli Marketing bo‘yicha bepul onlayn kurs va bepul sertifikat olish imkoniyati

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/google-digital-marketing-boyicha-bepul-onlayn-kurs-va-bepul-sertifikat

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔖 Konservatoriyaning birdaniga 60 nafar talabasi kursdan kursga qoldirildi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkazilgan birinchi yarim yillik bo‘yicha sessiya imtihonlari yakuniga yetdi va 60 nafar talaba sessiyani topshira olmadi. Ular ayni oliy ta’lim muassasa rektorining buyrug‘i bilan kursdan kursga qoldirilishi kerak edi. Ammo...

Qayd etilishicha, konservatoriya ma’muriyati va professor-o‘qituvchilari tomonidan sessiya va imtihonlar barcha standartlarga muvofiq hamda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlardan foydalangan holda o‘tkazilishi ta’minlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida konservatoriyada tahsil olib kelayotgan 60 nafar talaba sessiyadan yiqilgan. Bunday vaziyatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining qarori, shuningdek, Adliya vazirligining 2018-yil 26-sentabrda qabul qilingan "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrug‘i muvofiq to‘rt yoki undan ko‘p fandan akademik qarzdorligi mavjud talabalar rektor buyrug‘i asosida qayta topshirishdan mahrum qilinib, ikkinchi yilga qoladi.

Yil davomida o‘qimagan talaba va uning ota-onasi do‘ppi tor kelganda kursdan kursga qolish xabarini eshitgach, nima qiladi? Albatta, shikoyat, arz, dod-voy. Ayrim talabalar va ularning ota-onalari tomonidan turli tashkilotlarga, jumladan Oliy va o‘rta ta’lim vazirligiga, Madaniyat vazirligiga qilingan ko‘plab murojaatlarni inobatga olib, Konservatoriya rahbariyati talabalarga qayta imkoniyat berishga qaror qildi. Qayd etilishicha, bunda 2020-yilda mamlakatda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat ham inobatga olingan. Pandemiya sabab joriy qilingan karantin musiqachilarning ushbu kasbning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to‘liq ta’lim olishlarini imkonsiz bo‘lib qolgani aytilgan.

Imtihon jarayonining xolisligi va oshkoraligini ta’minlash uchun boshqa OTMlardan mustaqil va xolis o‘qituvchilarni taklif etishga qaror qilindi. Shuningdek, istalgan shaxs O‘zbekiston davlat konservatoriyasining rasmiy platformalari orqali imtihonlarni onlayn formatda kuzatish imkoniyatiga yaratildi.

Imtihon 23 - 28 mart kunlari soat 9:00 dan boshlab o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning yanvar oyida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ishtirok etib, mamlakatda Oliy ta’lim sohasi eng korrupsiyalashgan yo‘nalish ekanini aytgandi.

Qalampir.uz Tahririyati

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​Yer sayyorasini qutqarish uchun bir soat...

Shu yil, 27 mart, shanba kuni soat 20:30da "Yer soati" kuni nishonlanadi. WWF assotsiasiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro tadbir dunyo bo‘ylab bir necha million odamga atrof-muhit muammolariga e’tiborini qaratish uchun chiroqlarini o‘chirishga imkon beradi. Bu yil aksiyada Birlashgan Arab Amirliklari ishtirok etadi.
Birlashgan Arab Amirliklarining ekologlari soat 20:30dan boshlab, bir soat davomida chiroqlar va elektron moslamalarni o‘chirib, odamlarni "Yer soati" kunini nishonlashda ishtirok etishga chaqirmoqda.

"Ushbu tadbir mamlakatdagi xabardorlikni oshirish va uglerod chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi. Chunki dunyo iqlim o‘zgarishining dahshatli ta’siriga duch kelmoqda. Birlashgan Arab Amirliklarida har yili tabiatni muhofaza qilish harakati o‘sib bormoqda", deydi BAAdagi Jahon WWF vakili Laylo Mustafa Abdullatif.

Shunday qilib, 2020 yilda bu aksiyani Birlashgan Arab Amirliklaridan uch milliondan ortiq kishi va 700 ta tashkilot qo‘llab-quvvatladi. Va natijalar juda ijobiy bo‘ldi. Dubayda bu 178 megavatt elektr energiyasini tejashga va karbonat angidrid chiqindilarini 74 tonnaga kamaytirishga imkon berdi.
2007 yilda boshlangan ushbu loyiha dunyoning 190 dan ortiq mamlakatlarida qo‘llab-quvvatlanadi. U yerda uylar, mehmonxonalar, yodgorliklar va hukumat binolari bir soat davomida o‘z chiroqlarini o‘chiradi.
Ⓜ️ Islam.ru

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetinining 4 ta guruhidan Covid-19 virusi aniqlangani sababdan shu guruhlar onlayn ta'limga o'tkazilgan!

Bugun, 2-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan 440 nafar talaba va xodimlardan virusga analiz olingan va TTj dizenfeksiya qilingani aytilmoqda

Kuni kecha universitet rektori Sarvar Nadjimovich ushbu yotoqxonadagi har bir xonadagi talabalarga kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, yog' va non tarqatib chiqqan!

Bu haqida universitet rasmiy telegram sahifasida e'lon qilingan.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent moliya institutida o‘quv jarayoni 2021-yil 26-martdan 8-aprelga qadar (14 kun) bosqichma-bosqich masofaviy shaklda tashkil etiladi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥 Osiyo Taraqqiyot Banki: Dunyoning 10 ta rivojlangan mamlakatlaridan birida magistratura bosqichida mutlaqo bepul o‘qish imkoniyati

❗️ Tugash muddati: 2021-yil 30-aprel

Batafsil: https://www.oliygoh.uz/grantlar/osiyo-taraqqiyot-banki-magistratura-bosqichini-10-ta-mamlakatdan-birida-oqing

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤲🏻💫 Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki:

Afv tilagan avfsiz, shifo tilagan shifosiz, farzand tilagan farzandsiz, ofiyat tilagan ofiyatsiz, jannat so’ragan jannatsiz, hidoyat so’ragan hidoyatsiz, najot tilagan najotsiz, sabr so’ragan sabrsiz, ilm tilagan ilmsiz qoldirilmasin! 🤲🏻💫

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi sizlarga boʻlsin 😌

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
top-1000-2021.pdf
3.2 MB
⚡️Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan QS, THE, ARWU tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan OTMlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining 2021 yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan xorijiy OTMlarda olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tasavvur qiling, yana darslar zoom orqali o'tilsa bizni nimalar kutyapti😂😂

Zerikkan talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor

❗️ O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘quv jarayoni masofaviy shaklga o‘tkazildi. Ta’lim muassasasining 4 nafar professor o‘qituvchisi va 1 nafar talabasida koronavirus aniqlangan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Chirchiq pedagogika instituti kafedra mudiri ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIBBning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq Davlat pedagogika instituti kafedra mudiri A.N. fuqaro U.ni ushbu institutning Jismoniy tarbiya fakulteti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qòyish evaziga 4 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Toshkent islom akademiyasi ham bugundan 2 haftalik onlayn o'qishga o‘tkazildi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor

❗️ Bizga kelgan xabarlarga ko'ra Namangan Davlat Universiteti ham 14 kunlik onlayn ta'limga o'tgan. Sababi Xorijiy filologiya fakulteti talabalaridan birida virus aniqlangan degan taxmin bor.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Taʼlim qadri...

Hindistonlik riksha haydovchisi Deshraj Ji sohib yetim qolgan nevarasining o‘qishiga pul to‘lash uchun uyini sotib, mana shu rikshada kun koʻrayotganotgan ekan.

Hindlarga qoyil qolmay iloji yo‘q, ilm-fanning qadriga yetadi. Dunyoda katta IT firmalarning deyarli hammasi hindlar tomonidan boshqariladi (Google, Microsoft, Intel, Cisco, Nokia, Dell, AMD).

Biz ham to‘yga, qandaydir mashinalarga emas, farzandlarimizni o‘qitishga sarflashimiz kerak.

© Anvar Nazrulloh sahifasidan

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yangilik! Toshkentda materialshunoslik universiteti ochiladi

✅ Bu borada Vazirlar Maxkamasining Toshkent materialshunoslik universitetini tashkil etish to‘g‘risida qarori loyihasi e'lon qilindi.

👉 Universitetda ta’lim zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida amalga oshiriladi;

👉 Universitetda ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida, shuningdek, yuridik shaxslar — potensial ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan ta’lim grantlari, shuningdek, yoshlarni o‘qitish uchun ajratiladigan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;

👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari hamda to‘lov-shartnoma miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadi.

👉 Universitet Toshkent shahar, Olmazor tumani, Mirzo Gʻolib ko‘chasi, 7a–uy manzilida tashkil etiladi.


Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham 27.03 dan 10.04 gacha ONLAYN ta'limga o'tkazildi!

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

❗️ Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro turizm fakulteti 29-martdan 12-aprelga qadar ONLAYN ta'limga o'tkazildi!

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇯🇵 OIST: Talabalar uchun Yaponiyada to‘liq moliyalashtirilgan 10-12 haftalik amaliyot dasturi va kunlik 22 AQSH dollar qiymatida ish haqi

Batafsil:
https://www.oliygoh.uz/grantlar/oist-yaponiyada-talabalr-uchun-amaliyot-dasturi

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg