Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️Talabalar yotoqxonalarini qurish uchun 4.4 trillion soʻm mablagʻ ajratiladi, ijara pulining 50 foizi esa davlat tomonidan qoplab beriladi.

Prezident ijarada yashaydigan talabalar uchun Hukumat dasturi tayyorlanayotganini maʼlum qildi.

“Bugungi kunda 130 mingdan ziyod oliygoh talabalari ijarada yashamoqda. Bu farzandlarimizga 1-maydan boshlab ijara toʻlovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi. Shuningdek, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablagʻi hisobidan ham qoplab beriladi. Navbatdagi oʻquv yilida buning uchun 100 milliard soʻm ajratiladi.

Prezident tashabbusi bilan 4.4 trillion soʻm mablagʻ yangi yotoqxonalar qurilishiga yoʻnaltiriladi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

⚡️Farg‘ona universiteti (Maqsudov), Samarqand qurilish (Ahmedov), Qo‘qon pedagogika (Otajonov) institutlari rektorlari va Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali direktori (Olimov) yoshlar bilan ishlashda sustkashlik qilgani uchun lavozimidan ozod qilindi. Boshqa oliy ta’lim muassasalari rektorlari qat’iy ogohlantirildi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insonni nima halok qiladi?

Har bir insonning yaxshi-yu yomon shaxsiy fazilatlari bo'ladi. Bularning ichida hayotimiz davomida bizga o'z ta'sirini ko'rsatguvchilari ham bor, albatta.

Siz atrofingizdagilarga havas ko'zlari ila boqasizmi yoxud hasad qilish ham aslida yomon illat emasmi?

"Osmondagi bolalar" loyihasining Ramazon oyi 11-son mehmoni Abdulhamid Jumanov hasad va havasning farqi, hasad qiladigan inson havas-la yashaydigan inson bilan bir xilmi, kabi mavzular yuzasidan o'z shaxsiy fikrlarini dinimizda buyurilgan ahkomlar asosida tushuntirib o'tdilar.

😊 Sizning ham chin dildan havas qiladigan insoningiz bormi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Talabalarning ijara pullarini 50 foizi davlat tomonidan to'lab beriladi. Bu qanday amalga oshiriladi?

Ko'pchilik bu qaror yotoqxonalarga ham amal qiladimi deb so'ramoqda. Afsuski yo'q, bu faqat kvartiralarda ijarada turgan talabalarga tegishli.

1 hafta ichida ijarada turuvchi talabalarning ro'yxati shakillantiriladi. Keyin esa ijaraga uy beruvchilar bilan talabalar o'rtasida shartnoma rasmiylashtiriladi. Bu o'z navbatida ijaraga turar joy beruvchini soliq to'lashiga olib keladi.

Ko'p hollarda ijaraga uy beruvchilar soliq to'lashdan qochib uyini kimga ijaraga berishidan qat'iy nazar shartnoma tuzmaydi, ijarachilarni vaqtinchalik ro'yxatdan ham o'tkazmaydi. Shunchaki odam qo'yadi va pullarni cho'ntakka uradi.

Katta ehtimollik bilan davlat faqat ijarada turuvchi va ijaraga beruvchi bilan shartnoma tuzgan talabalargagina 50 foiz pullarini to'lab beradi. Chunki shartnomada kvartiraning asl narxi ko'rsatilgan bo'lib, ijarada turuvchi har bir talaba boshiga qanchadan tushayotgani ma'lum bo'ladi.

Ijaraga uy beruvchi esa shartnomada ko'rsatilgan pulning 1-5 foizini davlatga soliq tariqasida to'laydi.


Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇦🇪 BAA: Foundation, bakalavr va magistratura bosqichlarida o'qish uchun 100% gacha grant

Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/uae-scholarships

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 «Yoshlar daftari»dagi yoshlar uchun bir oylik armiya xarajatlari qoplab beriladi

Yoshlar agentligiga yil davomida qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalasida o‘tkazilgan videoselektorda ma’lum qildi.

Batafsil o‘qing:
👉 https://kun.uz/52017743

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​❗️O‘zbekistonda xorijiy ta’lim muassasasi hujjatininig tan olinishi qanday tartibda amalga oshiriladi?

Mutaxassisning so‘zlariga qo‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi qaroriga muvofiq, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilish uchun bevosita davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilish mumkin.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

-xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi;

-xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.

-Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning asl nusxasi O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga davlat xizmatlari markazi xodimiga taqdim etiladi.

Xorijiy davlatlarda ta’limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Shuningdek, AQSH, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Koreya, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditasiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkentda maktab o‘quvchisi muddatdan avval 13 ta xalqaro universitet talabasi bo‘ldi

Toshkent shahar Uchtepa tumani 81-sonli matematika faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 11-a sinf o‘quvchisi Jahongir Sherzodov muddatidan oldin 13 ta xalqaro universitet talabasi bo‘ldi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Jumladan Amerikadagi Harford universiteti, Florida Xalqaro universiteti va Gʻarbiy Vashington universitetlariga axborot texnologiyalari yo‘nalishida grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Bugungi xabarlar:

Hukumatning tegishli qarori bilan “Collegium Humanum” Varshava menejment universiteti Andijon filiali tashkil etildi.

Filialda dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilinadi:

✔️ “Moliya va buxgalteriya hisobi”;
✔️ “Transport va logistikada menejment”;
✔️“Xalqaro biznes va marketing”;
✔️“Turizm, mehmonxona ishi va umumiy ovqatlanishda menejment va marketing”;
✔️ “Kichik va o‘rta biznesni boshqarish”;
✔️“Axborot-kommunikasiya texnologiyalari”.

❗️ Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida pedagogik ta’lim innovatsion klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Hukumat qarori (213-son, 14.04.2021 y.) bilan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini 2025 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi

Quyidagilar Institutning 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) hisoblanadi:

-ta’lim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jixatidan tubdan takomillashtirish;
-ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish;
-Institut pedagog kadrlarining bilim va malaka, kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun talablari asosida oshirish;
-xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Institutning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini ta’minlash;
-Institut moddiy-texnika bazasini rivojlantirish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutda:

- o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yunalishlari buyicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikasiya) berish tizimi;
- hamda Pedagogik ta’lim innovasion klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Qaror bilan, Institut quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi:

-Institut huzuridagi texnikumning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, uning tuzilmasini, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini belgilash;
-ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda o‘quv rejalaridagi amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish, haftada bir kunlik amaliyot tajribasini qo‘llash;
-xorijiy mutaxassislarni konsultant, maslahatchi va o‘qituvchilar sifatida jalb qilish va ularga Institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maosh to‘lash.

📌 Qo‘qon davlat pedagogika institutida haftada bir kunlik amaliyot tajribasi qo‘llaniladi

Hukumat qarori (212-son, 14.04.2021 y.) bilan Qo‘qon davlat pedagogika institutini 2025 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi

🔘Quyidagilar Institutni 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) hisoblanadi:

● ta’lim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish;
● ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish;
● Institut pedagog kadrlarining bilim va malaka, kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun talablari asosida oshirish;
● xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Institutning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini ta’minlash;
● Institut moddiy-texnika bazasini rivojlantirish.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇯🇵 Yaponiya: Bakalavr va magistratura talabalari uchun qiymati taxminan 910 AQSh dollari miqdorida oylik stipendiya dasturi

Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/japanese-monthly-scholarship

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hikmat☺️

3 daqiqalik ushbu video sizga yoqadi degan umiddamiz!👍😊

P/S: Barcha ro'zadorlarimizga kun davomida sabr tilaymiz😊

Do'stlaringizga ham ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

Bu haqda Hukumatning tegishli qarori (209-son, 13.04.2021 yil) qabul qilindi.

Xarajatlarni qoplashni so‘rab, imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensasiya mablag‘lari Xalq bankining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi. Kompensasiyani Xalq banki filialidan naqd yoki naqd pulsiz shaklda olish mumkin.

5 xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) bo‘yicha kompensasiyalar 2021 yil 1 maydan boshlab to‘lanadi, yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha xarajatlar 2022 yil 1 yanvardan qoplanishni boshlaydi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Urganch davlat universiteti va Rossiyaning Smolensk davlat universiteti o‘rtasida 14 aprel kuni hamkorlik shartnomasi imzolandi. Endilikda universitetlararo 2+2 va 1+3 shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ramazonning ilk Jumasi Muborak bo'lsin, bu ulug‘ oyning sharofatidan ALLOH duolarimizni qabul etsin... 🤲
Ro‘zadormisiz?

Bir necha yigit Ramazon oyida bir mo‘ysafid otaxonning odamlar ko‘zidan pana joyda taom yeyayotganini ko‘rib qolishibdi:
- Iye, Otaxon! Siz ro‘zadormasmidingiz?

Otaxon:
- Nega? Albatta ro‘zadorman. Faqat suv ichib, taom yeyapman, xolos.

Yigitlar qah-qah kulib yuborishibdi:
- Rostdanmi Otaxon?

Otaxon dedi:
• Kimsaga yomon nazar tashlamayman,
• Birovni mazax qilmayman,
• Insonlarni g‘iybat qilmayman,
• Hech kimning ko‘ngliga ozor yetkazmayman,
• Odamlar bilan qo‘pol muomala qilmayman,
• Birovning moliga ko‘z olaytirmayman.
• Lekin... ming afsuski kasalim bor... Oshqozonim kasal. Shunga me’damni ro‘zador qilolmayapman.


So‘ngra otaxon yigitlardan so‘radi:
- Sizlar ham ro‘zadormisizlar, bolalarim?

Yigitlardan biri hijolatdan boshini egib ohista ovozda javob qaytardi:
- Yo‘q! Biz faqat ovqat yemayapmiz, xolos...

Aziz qadrdonim! Siz ro‘zadormisiz?

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekistonliklar IELTS'da o‘rtacha necha ball olishi ma'lum qilindi

IELTS xalqaro imtihonini O‘zbekistonda topshiruvchilar qayd etgan o‘rtacha natija – 5,7 ball. Bu borada mamlakat 34-o‘rinda turadi.

Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 6,1, Rossiyada 6,7 ballni tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, ingliz tilini bilish ko‘nikmalarini baholovchi ushbu imtihonda maksimal ball 9ga teng.

Ma'lum qilinishicha, agentlik xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball olgan yoshlarning imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish uchun 2021 yilda jami 5 mlrd so‘m sarflashi ko‘zda tutilgan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇮🇹 Italiya: Magistratura bosqichida o‘qish uchun 120 o‘rinlik grant va yashash hamda turar-joy xarajatlari uchun stipendiya dasturi

Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/italian-masters-scholarship

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Samarqand davlat universitetining Urgut filiali tashkil qilinadi. Hududda aholi ko‘p ekani inobatga olinib, tibbiyot fakulteti ham ochiladi.

Batafsil tez orada 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg