❗️ Nega ijarada yashaydigan talabalarning muammosi bu qadar avj oldi?
Mundoq bir ortga qaraylik.
Oxirgi 4 yilda davlat OTMlarga qabul super, giperkontraktlarniyam qo‘shganda kamida 3 barobar oshdi. Yaxshi. Men bu noto‘g‘ri ish edi demayman.
Lekin OTMlarning moddiy texnika bazasi va yotoqxona infratuzilmasi inobatga olinmay shunday ish qilindi.
Qarorlar kompleks va oqibatlarini puxta o‘ylab qabul qilinishi lozim. Oshirilgan kvotalar bo‘yicha talabalarning yotog‘ini faqat ijara kvartiralar qondirishi mumkinligi avvaldan ma’lum edi-ku!
Buning ustiga o‘nlab xususiy va xorijiy OTMlar faoliyatini boshladi, ularning hech biriga yotoqxona infratuzilmasi bo‘yicha talab qo‘yilmadi. 90% xususiy va xorijiy OTMlarning yotoqxonasi umuman yo‘q. Deyarli har oyda yangi OTM ochish bo‘yicha hukumat qarori paydo bo‘ladi, ularda yotoqxona mavjudligi talabi bormi? Yo‘q. Lekin tekinga yer olishni, bino ajratilishini, soliq, boj imtiyozlarini olishni aslo unutishmaydi.
Yo bizda OTM ochayotgan xorijiy va xususiy investorlarda olmoq bor-u, bermoq yo‘qmi?
Bu xuddi stoyankasiz supermarket va savdo markazlari qurishga ruxsat berilishi singari.
Yotoqxona muammosi bu biz 2-3 yil avvalroq e’tibor qaratishimiz va yechishimiz kerak masala edi, u vaqtda hozirgidan ko‘ra pul ham ko‘proq edi. Mayli, kechikib bo‘lsayam harakatga kelinmoqda. Faqat qarorlar qabul qilishda oldinroq, o‘lchovliroq yurishimiz kerak. Gap shu haqda.
Yaqin orada bizni OTM bitiruvchilari bilan bog‘liq yana bir muammo bezovta qilishi mumkin.
Shu paytgacha o‘rta va o‘rta-maxsus ma’lumotlilarning ishsizligi, ularni ish bilan ta’minlash kun tartibida edi.
Bu yildan boshlab oliy ma’lumot olganlarning ish bilan ta’minlash ham ko‘ndalang bo‘la boshlaydi.
Qo‘shimcha, ko‘paytirilgan kvotalar asosida OTMlarga o‘qishga kirganlar bu yildan ta’lim muasssasalarini bitirishni boshlaydi.
Hozirgi O‘zbekiston yiliga yangi 100 ming oliy ma’lumotlini hazm qiladigan ekonomikaga ega emas.
O‘rta, o‘rta maxsus ma’lumotli fuqaroning ishsizligi yomon, lekin oliy ma’lumotli fuqarolarning ommaviy ishsizligi undan ham yomon.
O‘rta, o‘rta maxsus ma’lumotli fuqaro past daromadli va jismoniy mehnatga oson ko‘nadi, juda bo‘lmasa mehnat migrantiga aylanishi mumkin.
Oliy ma’lumotli ishsizni ko‘ndirish qiyin, chunki u, garchi o‘zbek OTMlarida uncha sifatli bo‘lmagan ta’lim olgan bo‘lsa-da fikrlaydi, solishtiradi. Qolaversa ta’lim olish uchun yaxshigina pul sarflagan, sarflagan mablag‘larini iqtisodiy oqlashni, qaytarishni istaydi.
Biz bu yangi armiyani qabul qilishga tayyormizmi?
© Otabek Bakirov
Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

❗️ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi
“Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (132-son, 11.03.2021 y.) qabul qilindi.
📋 Qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizomga ko‘ra, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari, jumladan, quyidagilarga yo‘naltiriladi:
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;
➖ yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga;
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
➖ mamlakatimizdagi OTMda o‘qiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga;
➖ “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga.
📝 Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.
➡️ Vasiylik kengashi raisi har chorakda Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.
🏢 Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.
🚫 Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va tuman (shahar) mahalliy byudjetiga olib qo‘yilmaydi.
Doʻstlarga ulashing 👇👇

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Ta’tilda vaksinaning 1-dozasini olgan talaba 2-doza uchun yashash joyiga borishi kerakmi?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqovning ma’lum qilishicha, talaba vaksinani OTMsi biriktirilgan poliklinikada ham olishi mumkin.
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqovning ma’lum qilishicha, talaba vaksinani OTMsi biriktirilgan poliklinikada ham olishi mumkin.
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
- Uxlamaganlar bormi?🤚
- 6 yarim daqiqa vaqtingizni ajratolasizmi?
- Shunchaki diqqat bilan eshiting, tafakkur qiling!
Fikr va mulohazalaringizni kommentariyada qoldiring!!! (Bu muhim)

JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!
Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ijara mavsumi: talabalar uchun sinovli kunlar boshlandi
Ta'lim olaman, kelajagimni quraman deb viloyatlardan minglab yoshlar azim poytaxtni qora tortib keladi. Oliygohga qabul qilinganini eshitgan talabaning kayfi chog‘, eng kamida vazir bo‘lishni niyat qiladi-da. Ammo Toshkent bo‘lajak vazirlarni kulib qarshi olmaydi, talaba buni tunashga boshpana topolmagan ilk kunidayoq his qiladi...
Toshkentda biror tanishi bo‘lmagan 1-bosqich talabasi poytaxtga bir to‘da yuklari bilan keldi. U bu kecha qayerda tunaydi? Tabiiyki, oliygoh hech qachon 1-bosqich talabasini darrov yotoqxonaga qabul qilmaydi. Qo‘shimchasiga u kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa. Ustiga-ustak, yotoqxonaga «temir daftar»da turuvchi va oilada birdan ortiq kontrakt asosida o‘qiydiganlar qabul qilinadi. Yotoq yetmaganlar otang bozor, onang bozor, deb uy bozoriga yo‘l oladi.
* Toshkentning «o‘gay bolalari». Talabalar nega ijaraga qo‘yilmaydi?

Fors va Rum imperiyalari 700 yil davomida 1000 martadan ko‘proq o‘zaro jangu jadal qilib biri-biridan g‘olib kelmagan.
So‘ngra esa Xolid ibn Valid roziyallohu anhu kiyimlari yupun, lekin Allohga haqiqiy iymonlari bo‘lgan askarlari bilan keldi va har ikkisini 4 yilda mag‘lub etdi.
Fors 15 ta ma’rakada yakson bo‘ldi, Rum bo‘lsa 9 ta ma’raka bilan mag‘lub etildi. Tarixdagi eng yirik ikki imperiyaning 200 ming kishilik qo‘shini 12 hijriy sanada Xolid ibn Validdek lashkarboshining 10 ming kishilik qo‘shini tomonidan tor-mor etilgan edi.
Qo‘rqoqlarning ko‘zi aslo uyqu topmagay!
Ⓜ️ arabic.uz
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
So‘ngra esa Xolid ibn Valid roziyallohu anhu kiyimlari yupun, lekin Allohga haqiqiy iymonlari bo‘lgan askarlari bilan keldi va har ikkisini 4 yilda mag‘lub etdi.
Fors 15 ta ma’rakada yakson bo‘ldi, Rum bo‘lsa 9 ta ma’raka bilan mag‘lub etildi. Tarixdagi eng yirik ikki imperiyaning 200 ming kishilik qo‘shini 12 hijriy sanada Xolid ibn Validdek lashkarboshining 10 ming kishilik qo‘shini tomonidan tor-mor etilgan edi.
Qo‘rqoqlarning ko‘zi aslo uyqu topmagay!
Ⓜ️ arabic.uz
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😳 36% абитуриентлар 56,7 балл ҳам тўплай олмаган
ДТМнинг mandat.dtm.uz сайтидаги очиқ маълумотларига кўра, жорий йилда 892 минг 710 нафар абитуриент тестга кирган.
Минг афсуслар бўлсинким, уларнинг 319 минг нафари (35,8%) ўтиш балининг энг қуйи чегараси бўлган 56,7 бални ҳам тўплай олмаган. Бу даҳшат!
Энг ёмон кўрсаткич, Тошкент вилоятида (39,1%), нисбатан яхшироқ натижа Тошкент шаҳрида (29,5%) қайд этилган (пастдаги жадвалга қаранг).
56,7 балл — бу тўплаш мумкин бўлган энг юқори 189 балнинг 30%и дегани. Яъни абитуриент ҳеч бўлмаса 30% билимга эга бўлса, ушбу кўрсаткични тўплай олади. 30% билим эса рейтинг тизимидан қиёс олсак, ҳатто 2 баҳо ҳам эмас! 1 баҳо десак тўғри бўлар балки.
Яъни 2 баҳога ўқиганлар ҳам тахминан 35-55% натижа кўрсата олиши керак.
Тасаввур қиляпсизми, яқин ўртада мактабларимизни тугатган абитуриентларнинг 36% фоизи, аниқроғи 319 минг ёшлар (балки орасида кам сонли ёши катталар ҳам бордир) фанларни 2 баҳога ҳам билишмайди.🤦♂️
❓56,7 балл тўплаш шунчалик қийинми? Нечта саволга тўғри жавоб бериш керак эди?
Ушбу бални олиш учун қуйидагича жавоб бериш кифоя эди:
Мажбурий блокдаги 10 та саволдан 5️⃣ тасига;
Мутахассислик блокидаги 20 та саволдан 4️⃣ тасига.
Шунда 56,7 балл олиш мумкин эди. Кечирасизлару, бунинг нимаси қийин?
Мажбурий блокдаги саволлар ўта ва ўта осон даражада бўлса, мутахассислик блокидаги саволларга эса ҳаммасини битта ҳарф, масалан "А" қилиб белгиласа ҳам 4 тадан ошиқ чиқса, наҳотки 319 минг абитуриентлар шуни ҳам эплай олмаган? Бу даҳшат эмасми?
Ёшларни гапиртирса, дарров «ота-онам камбағал, шароитимиз йўқ, репетиторга пулимиз етмайди», деб гап бошлайди ва айбни осонгина отасига тўнкаб қўя қолади. Ваҳоланки, ҳеч бўлмаса 2 баҳо даражасида ўқиш учун репетиторга бориш шартмас. Озгина қўлига китоб олса, салгина кўнглида хоҳиш бўлса етарли эди.
Тез орада жорий йилги кириш баллари ҳақида ҳам таҳлилларимни эълон қиламан. Унда ҳам кўриш мумкинки, кириш баллари анчайин паст, Ўзбекистондаги барча йўналишларнинг 70%ида кириш бали 100 балдан паст бўлган. Бошқача айтганда 100 балл тўплай олган абитуриент 2720 та йўналишга кира олар эди. Демак, ўқишга кириш аслида қийинмас, шунчаки оммавий билимсизлик бизни қамраб олган. Бу ҳақда ҳали яна батафсил гаплашамиз.
Рақамлардан кўриниб турибдики, абитуриентларнинг умумий билим даражаси анча паст. Йиллар давомида таълимнинг ташлаб қўйилгани, бугун ўзининг салбий «мевасини» бермоқда. Бу бизни кўпроқ ташвишга солиши, халқ таълими тизимига бор кучимизни, маблағимизни аямасдан ташлашимиз кераклигини англатади.
❓Сизнингча, нега билим даражамиз хавотирли даражага келиб қолди? Ўқувчиларнинг катта қисми энг элементар ва содда билимларни ҳам билмаслигига сабаб нима?
Ⓜ️ Xushnudbek
Дўстларингизга улашинг👇👇

📌 O'zbekiston hududida talabalar stipendiyasi qancha?
3 va 4 bahoga o'zlashtirgan talabalar uchun - 517 880 so'm
5 bahoga o'zlashtirgan talabalar uchun - 621 456 so'm
Shuningdek faol va baholari 4 , 5 bo'lgan talabalarga qo'shimcha 50 foizgacha stipendiya berilishi belgilangan.
Davlat granti asosida ta'lim olayotgan talabalar umumiy fanlarining 30 foizi va undan ko'prog'i 3 baho bo'lsa 1 semestr stipendiya olmaydi. Ya'ni 10ta fandan 3tasi 3 baho bo'lsa stipendiya olmaydi.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish
Hozirda abituriyentlar, talabalar hamda ularning ota-onalari tomonidan Davlat test markaziga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha minimal o‘tish bali, o‘tish balidan past past ball to‘planganda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish kabi turli masalalarda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tabaqalashtirilgan to‘lov-konrakt miqdorini belgilash va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim muassasasining bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holdagi takliflariga (qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha) binoan Davlat komissiyasi qarori asosida oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati inobatga olinib amalga oshiriladi.
Shu sababli tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar Davlat test markaziga emas, balki oliy ta’lim muassasasiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.
Shu o‘rinda Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar va ularning ota-onalarini mazkur masala yuzasidan Davlat test markaziga yuborish o‘rniga qonunchilik asosida kerakli tushuncha va ma’lumotlarni berishni tavsiya qiladi.
Ⓜ️ Davlat test markazi
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkW

📗 She'r yodlash xotirani rivojlantirish uchun ajoyib mashq, eng muhimi kattalar uchun ham!
#tavsiya
Oxirgi marta qachon she'r yodlaganingiz esingizdami?
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkW
#tavsiya
Oxirgi marta qachon she'r yodlaganingiz esingizdami?
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkW
🤩1
❗️ Abituriyentlar diqqatiga !!!
2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021-yil 1-oktabr kuni etib belgilandi.
Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi.

#toylar_muborak
Bugun Talaba.uz | Rasmiy kanal | admini uylanyapti.
Hamma talabalar, abiturientlar hamda kanalimizning boshqa aʼzolariga tanish bo'lgan adminimiz Nodirbek Ashurov sizni bugungi unutilmas quvonchli baxt to'yingiz 🤵👰 bilan butun auditoriya nomidan tabriklab qolamiz.
BAXTLI TAXTLI BO'LINGLAR

❗️ Talabalar assotsiatsiyasi talabalar muammolarini tizimli hal etishda o'z hissasini qo'shmoqda.
Yaqinda Jizzax davlat pedagogika institutida perevod qilayotganlar hujjatini olish uchun kunlab navbatda turgani haqida YQQ kanali yozgan edi.
Ushbu masalaga O'zbekiston talabalar assotsiatsiyasi faollari e'tibor qaratib, muammoni tizimli hal etish uchun JDPIga borgan.
Boshqa OTMlarda ham shu muammo kuzatilayotganligi sababli ularni ham hal etish rejalashtirilmoqda.
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yaqinda Jizzax davlat pedagogika institutida perevod qilayotganlar hujjatini olish uchun kunlab navbatda turgani haqida YQQ kanali yozgan edi.
Ushbu masalaga O'zbekiston talabalar assotsiatsiyasi faollari e'tibor qaratib, muammoni tizimli hal etish uchun JDPIga borgan.
Boshqa OTMlarda ham shu muammo kuzatilayotganligi sababli ularni ham hal etish rejalashtirilmoqda.
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Akademik_litsey
📌 2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarini topshirgan oʻquvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!
Akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) 2021-yil 22-sentabr kuni vazirlikning litsey.edu.uz va oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari orqali eʼlon qilinadi.
Ⓜ️ OO’MTV

❗️ Taʼlim sifatiga hozirdan eʼtibor berishimiz shart
© Umidjon Ishmukhamedov
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
© Umidjon Ishmukhamedov
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Ikkinchi mutaxassislikka qabul 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 4-son bayoni bilan 2021/2022-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali joriy yilning 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilandi.
Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 4-son bayoni bilan 2021/2022-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali joriy yilning 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilandi.
Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Super_kontrakt
❗️ Abituriyentlar diqqatiga !!!
🔥2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021-yil 1-oktabr kuni etib belgilandi.
💥Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi.

Qahva, asal va sous — sovitkichda saqlash kerak bo‘lmagan 15 mahsulot
(Barchaga tavsiya)
Sovitkich ilk bor 1913-yilda paydo bo‘lganiga qaramay, ko‘pchilik hali ham qanday mahsulotlarni unda saqlash kerakligi, qaysilarini esa qo‘yishga hojat yo‘q ekani haqida ma’lumotga ega emas.
Avokado
Xona haroratida saqlansa, tezroq yetilgani sabab ham sovitkichda saqlash tavsiya qilinmaydi.
Rayhon, petrushka va kashnich
Ushbu ko‘katlarni gul singari suv solingan idishga qo‘ygan yaxshi.
Qizil bulg‘ori
Tarangligini yo‘qotishi va bo‘shashib qolishi mumkinligi sabab ham sovitkichda saqlamagan ma’qul.
Bodring
Sovitkichda saqlangan bodring sersuv bo‘lib qoladi. Agar juda ham saqlagingiz kelsa, quruq turadigan konteynerga solib, keyin sovitkichga qo‘ying.
Konservalangan mahsulotlar
Marinadlangan bodring, pomidor va boshqa konservalangan mahsulotlarni sovitkichga qo‘yishga hojat yo‘q. Shkafda saqlasangiz ham bo‘ladi.
Piyoz va sarimsoq
Sovitkichda namlikni o‘ziga tortgani sabab ham piyoz va sarimsoqni quruq hamda qorong‘i joyda saqlash kerak. Faqat usti yopiq va yonida kartoshka bo‘lmasin.
Kartoshka
Sovitkichda tez aynib qolishi mumkinligi tufayli qog‘oz paketga solib quyosh tushmaydigan yerda saqlagan yaxshi.
Banan
Yaxshilab yetilishi uchun bananlar xona haroratida saqlanishi kerak.
Mevalar
Ta’mi o‘zgarmasligi uchun quruq va qorong‘i yerda saqlagan ma’qul.
Sitruslar
Alohida konteynerda saqlang va ayniganini darhol olib tashlang.
Souslar
Achchiq, soyali souslar va ketchupni bir oy davomida xona haroratida saqlasa bo‘ladi. Yeyishga ulgurmay qolganingizdagina sovitkichga qo‘yganingiz yaxshi.
Yeryong‘oq yog‘i
Yeryong‘oq yog‘ini sovitkichdan tashqarida 3 oygacha saqlasa bo‘ladi.
Asal
Turli qo‘shimchalarsiz tabiiy asal bo‘lsa, sovitkichdan tashqarida ham saqlasangiz bo‘ladi.
Shokolad va qahva
Ta’mi o‘zgarmasligi uchun qorong‘i va quruq joyda saqlash kerak bo‘ladi.
Baqlajon
Xona haroratida baqlajonlarni bir necha kun davomida saqlash mumkin.