Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
📌 Reyting. Respublikadagi eng ko‘p talaba tahsil oladigan OTMlar o‘ntaligi

Bugungi kunda O‘zbekistonda OTMlar soni 130 taga yetgan bo‘lib, ularda 300 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda. «Bugun.uz» O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining qay birida ko‘proq talaba o‘qishi bilan qiziqdi. Demak, bugun sizga O‘zbekistondagi eng ko‘p talaba o‘qiydigan oliygohlar reytingini taqdim etamiz.

🏢 Birinchi o‘rin O‘zbekistondagi eng yirik oliy o‘quv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga nasib qildi. 1918 yilda tashkil etilgan universitetda bugun 26 796 nafar talaba tahsil olmoqda.

🏢 Ikkinchi o‘rinni Samarqand davlat universiteti egalladi. Unda bugungi kunda 26 152 kishi o‘qiydi. Universitet 1927 yilda Oliy pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan.

🏢 Uchinchi o‘rinni 23 320 talaba bilan Urganch davlat universiteti zabt etdi. Universitetga 1942 yilda asos solingan.

🏢To‘rtinchi o‘rin Buxoro davlat universitetiga nasib qildi. Universitetda 22 131 nafar talaba o‘qiydi. OTMga 1930 yilda asos solingan, 1992 yilda universitet maqomi berilgan.

🏢Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetiga 1931 yilda asos solingan. 20 783 nafar talaba o‘qiydigan ushbu oliygoh reytingimizning beshinchi o‘rnini egalladi.

🏢Oltinchi o‘rinni egallagan Farg‘ona davlat universiteti 1930 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda universitetda 20 561 talaba o‘qiyapti.

🏢 Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 1976 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda unda 20 481 nafar talaba ta’lim olmoqda. Bu ko‘rsatkich universitetni reytingimizning yettinchi o‘rniga olib chiqdi.

🏢 18 689 talaba tahsil olayotgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga 1935 yilda asos solingan. Universitet reytingda sakkizinchi o‘rinda turibdi.

🏢 1945 yil Buxoro birlashgan pedagogika va o‘qituvchilar institutining Qarshi filiali sifatida faoliyat boshlagan Qarshi davlat universitetida bugun 16 578 talaba o‘qiydi. Universitet reytingimizda to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

🏢 Filologiya sohasi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlaridan biri — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1992 yilda tashkil topgan. 15 182 nafar talaba bilan OTM reytingimizning so‘nggi – o‘ninchi o‘rnini egalladi.

❗️Bundan tashqari, ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonning nufuzli OTMlaridan hisoblangan TATUda 8877 nafar, Toshkent agrar universitetida 9071 nafar hamda Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida 4860 nafar talaba tahsil oladi.

2020/2021-o'quv yilining statistikasi

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Talabalar saylov uchun yashash joylariga qaytishi shart emas — OO‘MTV

▪️Talabalar 24-oktabrda bo'ladigan prezident saylovida ovoz berish uchun o‘z saylov uchastkasini o‘zgartirib, vaqtincha yashash manzilidan ovoz berishi mumkin.

▫️Saylov uchastkasini aniqlash;
▫️Uchastkani almashtirish.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Talabalar turar joylarini barpo etish loyihalari tadbirkorlik subyektining o‘z mablag‘lari hisobidan erkin kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirilganda:

➖ davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim amal qiladigan muddat davomida davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka talabalar turar joylaridan erkin foydalanilishi uchun to‘lov to‘lanadi;

➖ davlat sherigi ushbu to‘lovni talabalardan har oy yashash uchun yig‘iladigan to‘lovlarni chegirgan holda Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya hisobidan amalga oshiradi;

➖ talabalar turar joyini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar xususiy sherik hisobidan qoplanadi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Квота бакалавр.pdf
204.1 KB
Toshkent kimyo texnologiyasi instituti Yangiyer filiali bakalavriat yo'nalishlariga 2021-2022-yil talabalarni qabul qilish uchun o'tkazilgan test sinovlarining ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'tish ballari.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Sen dunyoga tasodifan kelmading - ruhlantiruvchi rolik!

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#superkontrakt
❗️ Kirish imtihonlarida yetarlicha ball to'play olmagan abituriyentlar va o'qishini xorijdan ko'chirgan talabalarning tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt uchun arizalarini onlayn tarzda qabul qilish boshlandi

👉 https://samdu.uz/newsads/626

©Samarqand davlat universiteti matbuot xizmati.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️“O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha tibbiyot oliygohlarining arizalari hali ko‘rib chiqilganicha yo‘q”

“Xabaringiz bolsa, http://transfer.edu.uz sayti orqali O‘zbekiston hududida o‘qishni ko‘chirish arizalari yozilgan. 6 sentyabrda barcha OTMlar arizalari ko‘rib chiqilishi aytilgan. Ammo tibbiyot oliygohlarining arizalari haligacha ko‘rib chiqilgani yo‘q. Bilishimizcha, SSV ko‘rib chiqib natijasini e’lon qilishi kerak. O‘qishini ko‘chirayotganlar mahtal bo‘lib qoldi. Tezroq arizalar ko‘rib chiqilsa yaxshi bo‘lardi. Bundan tashqari, shu kunlarda talabalar uchun turarjoy topish ham muammo bo‘lmoqda. Bu borada ham amaliy yordam kutib qolamiz”.

P.s: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham hali hanuz ichki perevod natijalari e'lon qilinmagan!

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#glavniyga

Qadimda o'yin-kulgu, uyqu, yeb ichish va yaqinlardan kecha olganlar AVLIYO deyilgan!

☝️ Hozir ular TALABA deyiladi😆

TALABAlarga yuboring😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kelgusida maktabda olingan imtihon balli bilan oʻqishga kirish mumkin!

✅ 2 yildan soʻng maktab bitiruvchilaridan DTM imtihon oladi va oʻsha imtihonda olgan ball bilan oʻquvchilar oliy taʼlim muassasalari kirish imtihonida qaytadan yana qatnashmasligi ham mumkin.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#yaxshi_kayfiyat

Poytaxtda o‘qib yurgan talaba qishloqdagi dadasiga xat yozibdi:

- $alom dada! $og‘-$alomat yurib$izmi. Pen$iyaga xam chiqib oldizmi? Onamni $og‘liklari yax$himi? $inglimni ka$al bo‘ldi deb eshitdim, $og‘-$alomat bo‘lib qoldimi? $alom bilan o‘g‘lingiz $ardor».

Otasi xatni o‘qib javob yozibdi:
- O‘g‘lim, yaxshi o‘qib yuribsanmi? Hali pensiyaga chiqqanim YO‘Q. Onangni mazasi YO‘Q. Singling kasal bo‘lgani YO‘Q. Sinfdosh do‘stlaring bizni YO‘Qlab turishibdi. Xavotir olishinga xojat YO‘Q. Salom bilan dadang...

Talabalarga yuboramiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

📆 2021-yil 5-sentabr kuni OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

✅ 2021/2022-oʻquv yili kirish imtihonlarida ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarning apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar qabul qilnadi.

⏳ Shuningdek, magistratura mutaxassisliklarining ikkinchi bosqich imtihonlari, ya’ni chet tili fanidan test sinovi hamda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat OTMga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish ham bugun kuni yakunlanadi.

Shu sababli, mazkur test sinovlarida ishtirok etgan va o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar apellatsiya arizasi berishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalari DTMning apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinmoqda.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hazilona haqiqat...😄

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ O‘qish va darslar – ikkinchi darajali, hozir muhimi – yashashga joy topish

▪️Kontrakt to‘lash va boshpana topish. OTMlarda yangi o‘quv yili boshlanishini Toshkentdagi ko‘plab talabalar ana shu ikkita katta tashvish bilan qarshi oladi. Xpress.uz bu borada ota-onalar, maklerlar va talabalar fikri bilan qiziqdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha qabul qilingan hukumat qarori asosida, keyingi 4 yilda 85 ta OTMda jami 228 ta talabalar turar joyi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu jarayonga tadbirkorlar davlat-xususiy sheriklik asosida jalb etiladi.

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi?

✅ Talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin;
✅ o'z xohishiga binoan;
✅ o'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;
✅ salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);
✅ o'quv intizomini va OTMning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
✅ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
✅ o'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun);
✅ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
✅ sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
✅ vafot etganligi sababli.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil

Super-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan qizga qarab, uning yigiti aytgan gap:

Men senga har doim singlim sifatida qarab kelganman..😁

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Apellatsiya arizalarini qabul qilish yakunlandi

📌 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish, magistratura mutaxassislariklariga kirish uchun chet tili fani va talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish yakunlandi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar Davlat test markazining apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilindi.

✅ Mazkur muddat davomida test sinovida ishtirok etgan 5 121 nafar talabgor onlayn tarzda apellatsiya arizasi topshirdi. Jumladan:

👉 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha - 3 759 nafar;

👉 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha - 1 205 nafar;

👉 Magistratura mutaxassisliklarining ikkinchi bosqich imtihonlari, ya’ni chet tili fanidan test sinovi bo‘yicha - 157 nafar.

📋 Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 7-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, 13-sentabrga qadar 3 ming nafardan ziyod abituriyentning apellatsiya arizalari ko‘rib chiqildi.

📆 Qolgan talabgorlarning apellatsiya arizalari 17-18-sentabr kunlari talabgorlarga taqdim etilgan xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtlarda ko‘rib chiqiladi.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📊 Pora uchun umurbod qamoq. Xitoy antikoruptsiya siyosati

2010-yil aprel oyida Xitoyning Chonging shahar sudi shahar adliya vazirligining sobiq rahbari Ven Tszyanni pora olish, jinoiy to'dalar bilan hamkorlik qilish, zo'rlash va uning mulkiy holati to'g'risidagi ma'lumotlarni yashirishda aybdor deb topilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Tergovchilarning ta'kidlashicha, 1996-2009 yillarda Ven 12 million yuan dan ($1,76 million) ko'proq pora olgan.

Taqqoslash uchun, O’zbekistonda 2019-yil 26 iyun kuni 2000-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasining bosh prokurori bo’lgan Rashid Qodirov pora berishga da'vat qilish, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi va 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari (101 mln 365 ming so’m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga qabul e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga kirish istagini bildirgan joriy yilda umuta'lim maktablarining 9-sinfda o‘qiyotgan o‘quvchilar 2021 yil 5 sentyabrdan 5 oktyabrgacha Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat (shahar) va tuman bo‘limlariga ariza bilan murojat qilishlari mumkin.

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar uchun DXXning xududiy bo‘limlarida harbiy-kasbiy tanlash tadbirlari o‘tkaziladi.

Ushbu sinovlardan muvafaqqiyatli o‘tgan o‘quvchilar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishadi.

Test sinovlari tarix hamda ingliz tili fanlaridan o‘tkaziladi.

Ma'lumot uchun, prezident qaroriga muvofiq «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Nonushta qilishga 4 ta sabab
#tavsiya

1. Yurak-qon tomir tizimi sog‘lom bo‘ladi. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nonushta trombositlar va qondagi xolesterin miqdorini pasaytiradi va shu sabab yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. 

2. Stressdan ishonchli himoya. Nonushta bizni yetarli energiya, minerallar va vitaminlar bilan to‘yintirib, doimgidek bizni kutayotgan stresslar bilan kurashishga yordam beradi. 

3. Immunitetni eng yaxshi himoyachisi. Yetarli miqdordagi pre- va probiotiklar, shuningdek kletchatkani o‘z ichiga olgan to‘g‘ri nonushta ichak mikroflorasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, infeksiyaga qarshi kurashishga, bizni turli kasalliklardan himoya qilishga yordam beradi.

4. Organizm "budilnigi". Nonushta qanchalik erta bo‘lsa, tanangiz shunchalik erta "uyg‘onadi".

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg