Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Buxoro davlat tibbiyot institutidagi "talon - tarojlik" mavzusi.

Buxoro davlat tibbiyot institutida 137 mln so‘mga yaqin stipendiya, ish haqi va boshqa to‘lovlar noqonuniy to‘langan hamda xodimlarni rag‘batlantirishda ijtimoiy adolat va tenglik prinsiplari buzilgan.

Ushbu ta’lim muassasasida, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda ham adolat tamoyillari buzilganligi aniqlandi.

Innovasiya sohasiga aloqasi bo‘lmagan texnik xodim innovasiya sohasi bo‘yicha rag‘batlantirilgan.

Shuningdek, institut akademik lisey binosini ta’mirlash bo‘yicha berilgan 27 mlrd so‘mdan ziyod e’lon o‘rganilganida, qurilish ishlari aslida bajarib bo‘linganligi ma’lum bo‘ldi.

Ⓜ️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️TATU magistraturasiga topshirib mutaxassislikdan 40 balldan yuqori olgan abituriyentlar oshirilgan kontrakt summasidan norozi.

Yaxshi niyat qilib magistraturada o'qishni niyat qilgan abituriyentlarning intizorlik bilan kutgan xabari chippakka chiqmoqda. Ya'ni TATUda kontrakt summalari O'zbekistonda eng yuqori summa qayd etilgan. Narxlar 25 mln hamda 31 mln... Boshqa OTMlarda esa 12 mlngacha. (Rasmda ko'rsatilgan)

Eng achinarlisi to'lovni 4-5 kun ichida qilishlari shart.

Shumi talabalarga berilayotgan imkoniyatlar? Bu kontrakt summalarini TATUni o'zi belgilagan.

Yaxshisi qo'shimcha kvota qabul qilmaymiz degani yaxshi edi.

Bu bo'yicha norozi talabalar tomonidan guruh ochilgan. Lekin hech qaysi ma'sul eshitgisi yo'q.

TATUni kuchli 1000 talikka kiritish o'rniga uni tobora pastga urib yubormayaptimikan?

G'ar bo'l, o'g'ri bo'l, INSOF bilan bo'l!!!

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
❗️70 yoshida fizikani o‘rganishni boshlagan 89 yoshli qariya PhD yoqladi

▪️Avstryalik Manfred Shtayner bolaligida fizik bo‘lishni orzu qilgan. II Jahon urushidan keyin oila a'zolari maslahati bilan shifokor bo‘lishga qaror qilgan. Shtayner 1955-yilda Vena universitetida tibbiyot bo‘yicha o‘qigach, AQSHga ko'chib ketadi. U yerda qon kasalliklariga oid izlanishlar olib borgan.

Shtayner 2000-yilda nafaqaga chiqqach, hozirgacha fizikani o‘qidi. Va yaqinda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. "O‘zingiz yoqtirgan ishni qiling, aks holda butun hayotingiz davomida afsuslanishingiz mumkin", – deydi fizik.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bundan sal kam bir yil oldin Milliy universitet yotoqxonasida yigit va qizlar bir qavatda turishi haqida tanqidiy post qilgan edik.

Surishtiruv ishlari olib borish maqsadida universitet yotoqxonasiga borganimizda bizni u yerdagilar yaxshi kutib olmagan edi)

Bugun mana yotoqxonada talaba yigit va talaba qiz... Mana oqibati nimalarga olib kelyapti.

Hullas ertangi bayram muborak bo'lsin, hurmatli talabalar!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Bundan sal kam bir yil oldin Milliy universitet yotoqxonasida yigit va qizlar bir qavatda turishi haqida tanqidiy post qilgan edik. Surishtiruv ishlari olib borish maqsadida universitet yotoqxonasiga borganimizda bizni u yerdagilar yaxshi kutib olmagan…
❗️ Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, hozirgacha yigit va qizlar bir qavatda istiqomat qilisharkan.

Shu vaqtda @talabauz adminlariga shantajlik qilib, bo'g'zidan olishga harakat qilgan "Ma'naviy ishlar bo'yicha prorektor" va qizlar bu holatga qanday baho berisharkan?

Sharmanda!!!

Sal kam bir yil oldin biz sizlarni ogohlantirgandik, sizlar esa shunchaki ko'z yumib bizni haqorat qilgan edingiz! O'sha vaqtda qizlar va yigitlar alohida-alohida binoga ko'chadi deb va'da bergandi "hurmatli" prorektor)) Mana va'dasining mevasi!

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bir qavatda yashayotgan yigitlarni akamiz, ukamizdek bilamiz. Ular ham bizni singillaridek ko'rishadi"

Mana qizlar bizni qanday kutib olishgan edi)

Milliy universitet yotoqxonasida o'sha yil boshida olingan video

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hurmatli talabalar!

Sizlarni yangi kun hamda 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan muborakbod etamiz! O'qish va ishlarda omad va zafar yor bo'lishini tilab qolamiz!✊

Talabalarga ulashing😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabaligim (@TalabaUz)
MuXiJaN
Exx, bu qo'shiqni eshitib negadir ko'zimga yosh keldi😢

Talabalik - oltin davrim! Ushbu mazmunli va esda qolarli kunlarni qadriga yeting.

Kursdoshlarim sizlarni judayam sog'indim...

🎙#MuXiJan

Kursdoshlaringizga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
⚡️ Tug‘ilgan kuning bilan yaramas koronavirus 😡

❗️ Koranavirus bugun 2 yoshga to‘ldi

2019 yil 17 noyabrda Xitoyda birinchi koronavirus bilan kasallangan odam ro‘yxatga olingan...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bugun respublikamizning bir necha joylarida qor yogʻmoqda 🌨❄️☃️⛄️

* Photo by me der edimi? 😅

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Rasman: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori ishdan olindi

▪️Alisher Umarov
ning ishdan olinishi universitetda dekan o‘rinbosari talaba qizga shilqimlik qilgani aytilayotgan holat fonida ro‘y berdi.

TDPUning yangi rektori – Abdug‘affor Qirg‘izboyev (suratda o‘ngda). U oxirgi ikki yilda Vazirlar Mahkamasining Davlat tili departamenti mudiri sifatida faoliyat yuritib keldi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Xalq ta’limi vaziri o‘zgardi

▪️Vazirlikni 3 yil boshqargan Sherzod Shermatov axborot kommunikatsiya texnologiyalari vaziri lavozimiga qaytdi. U XTVga kelgunga qadar ham AKT vaziri edi. AKTVning sobiq rahbari Shuhrat Sodiqov ikki hafta oldin ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi ortidan ishdan olingandi.

Xalq ta’limi vaziri lavozimiga 40 yoshli Baxtiyor Odilovich Saidov (suratda o‘ngda) tayinlandi. U – diplomat. 2017-yildan beri O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi edi. Bundan oldin bir muddat “O‘zbekyengilsanoat” AJ boshqaruvi raisining 1-o‘rinbosari – bosh menejeri bo‘lgan. Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Sizlarga savollar ro‘yxati bilan murojaat qilmoqchiman.

1. Kitob o‘qishga bo‘lgan muhabbatingizga nima yoki kim sababchi bo‘lgan?
2. Sizni o‘zgartirgan kitob nomi?
3. O‘zingizga yoqqan kitobdan ta'sirli joyini yozib qoldiring.
4. Insonning fikrlashi kengayishi, xaqiqatlarni anglashi uchun kitob o‘qish shart deb o‘ylaysizmi?
5. Bir oyda nechta kitob o‘qiy olasiz?
6. Eng kam vaqtda o‘qigan kitobingiz qaysi? Va nechi soatda?
7. Hozirda qaysi kitob mutolaasi bilan bandsiz?

Savollarga to‘liq javob bering ☕️

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
18 NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN!

Bugun 18 noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun. 1991 yil 18 noyabrda “O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog'imiz tasdiqlandi.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirib, chuqur ma'no-mazmun va qadriyatlarning timsoli hisoblanadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasmiy

❗️DIQQAT, MUHIM!!!

🔰Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Qozogʻiston Respublikasi Miras, Silkway, Orda, Markaziy Оsiyo innovatsiya hamda Quatbekov nomidagi Хalqlar doʻstligi universitetlarining litsenziyasi boʻyicha bergan rasmiy maʼlumotiga asosan, ushbu universitetlardan oʻqishini respublika oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish uchun oʻtkazilgan imtihon natijalari asosida tavsiya etilgan talabalarning belgilangan tartibda oʻqishga qabul qilinishlari hamda darsga qatnashishlariga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ruxsat berildi.

© Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TATU%20ga%20murojat.docx
18.7 KB
❗️TATU magistraturasiga topshirib, mutaxassislikdan 40 ball va undan yuqori to'plagan abituriyentlar oshirilgan kontrakt miqdorlaridan norozi bo'lib TATU rektoriga talabnoma yuborishgan.

Lekin ma'sullar ushbu talabnomaga hech qanday munosabat bildirmagan.

20-noyabr kontrakt to'lashning oxirgi kuni etib belgilagan.

P.s: Talabalar 2-3 kun ichida sigir qo'ylarini yoki bo'lmasa boshqa bir buyumlarini sotishga ulgurarmikan?

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1