Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Zamonaviy kutubxona – Xitoy

Xitoyning Tiyaszin Binxay kutubxonasi madaniy shahar hududini yaratish bo‘yicha yirik loyiha doirasida qurilgan. Sharsimon auditoriya va kaskadli kitob javonlarini o‘z ichiga olgan arxitektura obyektining maydoni 33 700 kvadrat metrni tashkil etadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Termiz muhandislik-texnologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Respublikada mahalliy ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, geologiya va konchilik tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv jarayoniga o‘qitishning innovasion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, hududlarda zamonaviy fikrlaydigan, raqobatbardosh mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni bosqichma-bosqich qondirib borish maqsadida:
Batafsil...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan mahalladagi hokim yordamchilari OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadi

▪️Keyingi o‘quv yilidan viloyatlar hokimlarining tavsiyanomasi asosida hokim yordamchilari iqtisodiy yo‘nalishdagi OTMlarga suhbat bilan grant asosida qabul qilinadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Andijon Davlat Tibbiyot insituti hodimlari kechasi piyoda yurushga majbur qilinmoqda.

Kecha soat 19:00da kafedra mudiri Hamraqulov Sharif Hoshimovich barcha hodimlarni ommaviy piyoda yurishga majbur qilgan.

"Oilalik, farzandlilar ham chiqish kerak ekan. Agar bormasak, xayfsan berishini aytdi. Kafedra mudirini o'zi, rektor, dekan va prorektorlar ommaviy piyoda yurishga chiqmas ekan."

Manbaaning qo'shimcha qilishicha, hodimlar orasida Andijonning chetgi tumanlarida yashayotganlar ham kelishga majbur bo'layapti.

P.s: Video oxirida kafedra mudirining ushbu audiosini eshitib ichimda nimadir uzildi.

-O'rtoq Tillaboyev, achchiq qilmang siyosat meniki emas.
-.....ko'ping yo'qolishing kerak bu kafedradan.
-Jaaaa, namozxon bola menga achchiq qilib gapirasiz...
-Ertaga arizangni yoz, sening o'rningda odam topiladi...


Shunchalik zo'rmizmi? Nimamizga katta ketyapmiz? Bu mansab vaqtinchalik!!!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
OTM professor-o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar o‘zgardi

Oliy ta'lim vazirligi va Ta'lim inspeksiyasi tomonidan “Davlat OTMda yangi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta'lim faoliyatini amalga oshirish uchun ular moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari va o‘quv-metodik ta'minotiga qo‘yiladigan minimal talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab, davlat oliy ta'lim muassasalariga, ular minimal talablarga javob bergan taqdirda, yangi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta'lim faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Professor-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:

— professor-o‘qituvchilar shtat birliklari soni bo‘yicha - kunduzgi va kechki ta'lim shaklida - har 16 nafar talabaga 1 shtat birligi; sirtqi ta'lim shaklida - har 20 nafar talabaga 1 shtat birligi;
— professor-o‘qituvchilar bilan ta'minlanganlik darajasi bo‘yicha - asosiy ish joyi bo‘yicha ishlaydiganlar ulushi - 40 foiz; - bakalavriat yo‘nalishida ilmiy darajalilar ulushi - 35 foiz;
magistratura mutaxassisligida ilmiy darajalilar ulushi - 100 foiz.

O‘quv-metodik ta'minotiga qo‘yiladigan talablar: har bir bakalavriat ta'lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun malaka talablari mavjudligi bo‘yicha - davlat ta'lim standarti va kasb standarti talablariga muvofiq bo‘lishi; o‘quv rejadagi har bir fanning o‘quv dasturlari mavjudligi bo‘yicha - davlat ta'lim standartlari va malaka talablarida belgilangan bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarning talabalarda to‘liq shakllantirish imkonini yaratadigan darajada bo‘lishi va boshqalar.

O‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan ta'minlanganligi bo‘yicha: bakalavriat yo‘nalishida - har 6 nafar talabaga 1 donadan; magistratura mutaxassisligida - har 2 nafar talabaga 1 donadan va boshqalar.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi

▪️Yangi OTM Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida ochildi. Filial talabalari yangi institutda o‘qishini davom ettiradi.

Institutga keyingi yildan magistrlar qabuli, 2023/24-yilgi qabuldan tayanch doktorantlar qabuli bo‘ladi.

Avvalroq, Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etilib, talabalar yangi OTMga o‘tkazilgandi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
Merriam-webster lug‘ati "vaksina"ni yil so‘zi etib tanladi

💉 Merriam-webster'ning ma’lum qilishicha, bu yil "vaksina" so‘zi oldingi yilga qaraganda 601 foizga oshgan.

🦠 Oksford lug'ati ham "vax" – "vaksinalangan" so'zini "Yil so'zi" deb topgandi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Dekabr oyida nechta kitob o'qib tugatishni rejalashtiryapsiz va ular qaysilar?

Agar hali ro'yxat tuzmagan bo'lsangiz albatta, hoziroq tuzing!

Javoblaringiz izohlarda yozish orqali boshqalarga ham yaxshi kitoblarni tavsiya qilishingiz mumkin.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Yoshlarforumi.uz platformasida oliy ta'lim muassasalarida dars vaqtini qisqartirish taklif qilindi

Kanalimiz obunachilarining ko'pchiligi oliy ta'lim muassasalarining talabalari hisoblanishadi. Tez-tez bot orqali bizga talabalar tomonidan ham takliflar kelib turadi. Mana sizga o'z tashabbus va takliflaringizni baralla aytadigan maydon.

Ko'pchilik talabalarda juda yaxshi tashabbus va g'oyalar bor. Ularni ichingizda saqlab yuravermay, platformaga kiring, oliy ta'limga doir bo'ladimi yoki, umuman, boshqa sohadami, o'z takliflaringizni qoldiring.

Darvoqe, forum yakunlari bo’yicha Hukumat qarori qabul qilinishi kutilayotgani ham xabar qilingandi. Sizning bergan birgina g'oyangiz Hukumat darajasida ko'rib chiqilib, qarorlarda aks etishi mumkin. Tashabbuslarni aytish uchun gazini bosadigan payt :)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
ADUda ota-onalar majlisiga kelgan ayol to‘rtinchi qavatdan tushib ketdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon davlat universitetida ota-onalar majlisiga kelgan 28 yoshli ayol 4-qavatdan tushib ketib, og‘ir tan jarohati oldi. Binoning bu qismida ta'mirlash ishlari ketayotgani tufayli zinalardan to‘siq olib tashlangan bo‘lgan.

4 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti binosining to‘rtinchi qavatidan homilador ayol tushib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Universitet axborot xizmati hodisada jabrlanuvchi ta'mirlash hududida o‘rnatilgan belgilarga e'tiborsiz bo‘lganini bildirib, u homilador bo‘lgani haqidagi ma'lumotni rad etdi.

«4 dekabr kuni Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining Amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabalarining ota-onalari uchun majlis o‘tkazilgan. Majlis universitetning Tarix fakulteti binosining 4-qavatida joylashgan kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tgan. Unda ishtirok etgan talabalardan birining kelinoyisi yig‘ilishdan chiqib, telefonda yaqinlari bilan suhbatlashish davomida qurilish bo‘layotgan hududni anglatuvchi to‘siqlarga ahamiyat bermasdan zinapoyaga yurishi natijasida tushib ketgan.

Hodisa yuz bergan vaqtning o‘zidayoq universitetning mas'ul xodimlari tomonidan shoshilinch tez yordam chaqirilib, fuqaro respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga universitet ma'muriyati vakillari hamrohligida olib borilgan va birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Ayni paytda ushbu binoda kapital ta'mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lib, voqea sodir bo‘lgan zina tomondan chiqish yopilgan. To‘rtinchi qavatda xavfsizlikni ta'minlash, talabalarni qurilish bo‘layotganidan ogohlantirish uchun to‘siq sifatida stollar oralatgan holatda joylashtirilgan. Shunday bo‘lsa-da, fuqaro boshqa xayollar bilan to‘siqqa e'tibor qilmasligi natijasida baxsiz hodisa sodir bo‘lgan»
, deyilgan xabarda.

5 dekabr kuni Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma'lum qildi.

«4 dekabr kuni 28 yoshli ayol Andijon davlat universitetiga ushbu oliygohning 2-bosqich talabasining oila a'zosi sifatida ta'mirlash ishlari amalga oshirilayotgan Tarix fakulteti binosida bo‘lib o‘tadigan ota-onalar majlisiga kelgan.

Shunda u binoning 4-qavatida uyali aloqa telefon apparatidan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida zinalarning to‘siqlari bo‘lmagani sababli zinapoyadan pastga yiqilgan va og‘ir tan jarohati olgan.

Olib borilgan tekshirish harakatlari davomida ushbu binoda ta'mirlash ishlarini olib borayotgan S.Haus MChJ ishchilari tomonidan zinapoyalarning to‘siqlari olib tashlanib, qurilish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.Haus MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan»
, deyiladi xabarda.

Hozirda Andijon shaxar IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ta’lim tizimi haqida qisqacha…

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 "OTA" (ijtimoiy video rolik)

P/s: Bu videoni Ali Sobit va besh yosh jiyani ovozlashtirgan. Juda ta‘sirli video rolik bo‘libdi. Alloh yaxshiliklari bilan mukofotlasin!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etiladi

▪️Qarorga ko‘ra, institutga qabul 2022/23-yildan boshlanadi. Institut o‘quv dasturini tuzishda xalqaro reytinglarda dastlabki 1000talikka kiruvchi oliygohlar tajribasiga asoslaniladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️​​Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

✅ Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Audio
#lirik_chekinish

Siz mingta kamchiligim bilan suydingiz, ular bitta aybim uchun mendan ketishdi..

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘qishdan “yiqilgan” SamDU talabalari imtihon natijasidan norozi. “Vedomost”dagi baholar o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin

SamDU matematika fakultetining kechki bo‘limida tahsil olayotgan bir guruh talabalar 2020-2021 o‘quv yilida yakuniy imtihonlardan o‘tolmagani sababli kursda qoldirilgan. Masala shundaki, talabalar imtihon baholari qo‘yiladigan maxsus muhrlangan qog‘oz bo‘yalgani va baholar o‘zgartirib qo‘yilgani haqida ma'lum qilishdi.

Talabalar imtihon natijalari shaffof emasligi, fakultet dekani o‘rinbosari Shahzod Qurbonov imtihon jarayonida yolg‘iz o‘zi qatnashgani, imtihon natijalari o‘z vaqtida ma'lum qilinmagani kabi iddaolar bilan rektoratdan tortib, oliy ta'lim vazirigacha yozishgan.

Batafsil…

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​“Sening joying Qo‘yliqda emas”. Mardikorlikka chiqib hayoti tubdan o‘zgarib ketgan navoiylik talaba yigit hikoyasi

Navoiy viloyatidanman. 2019-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kirdim. Oilaviy sharoitim tufayli xarajatlarimni qoplash uchun ishlashga to‘g‘ri keldi. Ish qidira boshladim, ammo qayerga bormay “student kerak emas” deb qaytaraverishdi. Qancha harakat qilmay tayinli ish topa olmadim. Oxiri mardikorlikka chiqishga qaror qildim.

O‘sha kuni ertalabdan yomg‘ir yog‘gandi. Bunday ob-havo sabab kunlik ishlarning narxi oshardi, ammo ishga olib ketuvchilar ham shunga yarasha ko‘p bo‘lmasdi. Bir payt oldimizga Spark kelib to‘xtadi. “80 ming so‘m beraman, yerto‘lani tozalash kerak” dedi va ish joyining suratini ko‘rsatdi. Ochig‘i, ish bu narxga arzimasdi, ya’ni bu yumushni bajarish uchun ko‘proq pul to‘lanishi kerak aslida. Biroq ishni hech kim olmadi. Qaytib ketishga pulim yo‘qligi uchun men rozi bo‘lib qo‘ya qoldim.

Mahmud aka (meni ishga olib ketgan odam) shinavanda, ustiga-ustak iqtisodchi, Kanadada firmasi bor ekan. Tezda chiqishib ketdim. To‘ytepagacha O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida suhbatlashib ketdik.

Manzilga yetgach, tezda ish boshladim. Mahmud akaning men bilan suhbatlashgisi keldi, shekilli, yonimga kelib yordam berishga kirishib ketdi. Gaplashib, qanday ishni tugatganimizni bilmay qoldik. Gap bilan bo‘lib, soat 21:00 bo‘lganini sezmabman ham. Mahmud akaga yotoqxonaga 22:00 dan keyin kirgizmasligini, tez ketishim kerakligini aytdim. Aka esa uyda bir o‘zi ekanini va oilasi Kanadada yashashini aytdi. Agar xohlasam bir kecha qolishim va ertalab shu yerdan o‘qishga ketishim mumkinligini aytdi.

Shunday qilib, Mahmud akanikida qoladigan bo‘ldim. Tun yarmiga qadar suhbatlashib o‘tirdik. O‘sha kuni kitoblardagidan ko‘p bilimga ega bo‘ldimki, menga endi ishlagan pulim ham kerak emasdi. Ammo moddiy sharoitim bunga yo‘l qo‘ymasdi.

Tong otdi. Ertalab uydan chiqib ketayotgan vaqtim Mahmud aka qo‘limga bir bog‘lam ming so‘mlik pul tutqazdi va “Kechgacha ishlaganing uchun mana 100 ming so‘m. Pulni sanama, o‘zimga to‘g‘ri odamman” dedi. Shu sabab pulni sanamay, minnatdor bo‘lib, uydan chiqib ketdim. Yotoqxonaga yetib borib, pulni sanamoqchi bo‘ldim. Qarasam, ikkita 100 dollarlik pul qatlab qo‘yilgan ekan. Bitta ming so‘mlikka esa “Sening joying Qo‘yliqda emas, o‘qi” deb yozilgan edi.

Ochig‘ini aytsam, o‘sha puldan qiynalib yurgan paytlarim o‘qishni tashlab Rossiyaga ketmoqchi edim. Agar Mahmud aka menga yordam bermaganida hozir Rossiyaning qaysidir o‘rmonida ishlab yurgan bo‘larmidim, bilmayman. Ular bergan pulga uch oy davomida ingliz tili kurslariga qatnadim. Ishga joylashdim. Birgina uchrashuv sabab hammasi o‘zgarib ketdi.

Rahmat sizga, Mahmud aka!

“Daryo” “Yaxshilik” loyihasi

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥1
Nima deb o'ylaysiz? Ba’zi mulohazalardan kitobdagidan ko'ra ko'proq manfaat olsa bo'ladimi?

Muhammad Qodir kanalida postlar qisqa bo'lsada, chuqur ma'nosi bilan insonni fikr yuritishga undaydi.

Obuna bo'ling 👉 @QodirMuhammad
#Tanlov

Tayanch doktorantlar uchun Prezident davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi!

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar 2021-yil 6-12-dekabr kunlari https://doktorantura.edu.uz/ elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

❗️Talabgorlarning hujjatlari platformaga tegishli oliy ta’lim muassasasi (filial), ilmiy tashkilotlarning mas’ul xodimlari tomonidan kiritiladi.

▪️Tanlov yo‘nalishlari:

✔️ Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota)
✔️ Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota)
✔️ Texnika va texnologiya (2 ta kvota)
✔️ Sog‘liqni saqlash (1 ta kvota)
✔️ Qishloq xo‘jaligi (1 ta kvota)

➡️ Tayanch doktorantlarga Prezident davlat stipendiyalarini tayinlash uchun belgilangan mezonlar va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin: 👉 https://lex.uz/acts/-1399382
Ⓜ️ OO'MTV

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg