Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
UzbekVoice.ai - o‘zbek tilini raqamlashtirish tashabbusi. Ishtirok eting va maxsus sovg‘aga ega bo‘ling!

Birgalikda biz sunʼiy intellekt algoritmlarini o‘zbek tilini tushunishga o‘rgata olamiz!

Ishtirok etish uchun:
1) Albatta Telegramdagi jamoamizga qo'shiling: https://t.me/uzbekvoice 👥

2) Mozilla Common Voice platformasining O‘zbek tili sahifasiga kiring (commonvoice.mozilla.org/uz). Platformada ro‘yxatdan o‘ting (ixtiyoriy) 📄

3) “O‘qish” tugmasini bosing va o‘zbek tilidagi jumlalarni o‘qib, ovozingizni bazada yozib qoldiring 🎤

4) “Tinglash”ni bosing va boshqalar o‘qigan gaplarni tinglab, aniqligini tekshiring 🔊

To'rt nafar eng faol o‘quvchi va to'rtta eng faol tinglovchi quyidagi sovrinlardan biriga ega bo'lishadi:
📱Smartphone Xiaomi Redmi 9A
⌚️Smart Watch HW56
🔋Power Bank
💾Hard Drive

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2021-yil 15-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Sizning ishtirokingiz muhimdir! Tashabbusda qatnashing va o'zbek tilini ommalashtirishda o'z hissangizni qo'shing!

Batafsil ma'lumot
Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri Oksford universitetidan magistratura bosqichi uchun Oxford-Pershing Square Graduate Scholarships dasturi. Yillik stipendiya - £15,609

Talablar
— Nomzod ushbu universitetning Oksford 1+1 MBA dasturi talablariga javob berishi va o'sha dastur uchun hujjat topshirgan bo'lishi kerak;
— Hozirda magistratura yoki PhD kursini tamomlayotgan bo'lishi hamda ingliz tilini mukammal darajada bilishi zarur;
— Yuqori akademik ko'rsatkichga va GMAT/ GRE sertifikati yoki boshqa mukofotlarga ega bo'lishi lozim va b.

Foydali tomonlari
— Dastur davomida o'quv kontrakt to'lovidan ozod etiladi;
— 2 yillik o'qish davomida yashash xarajatlari uchun yillik £15,609 stipendiya bilan ta'minlanadi.

Oxirgi muddat
12.01.2022

Batafsil
https://bit.ly/3CYXPDp

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qurollar evolyutsiyasi...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha komplayens-nazorat tizimida amalga oshirilgan ishlar raqamlarda.
Ⓜ️ OO’MTV

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TOSHKENTDA ITALIYANING PIZA UNIVERSITETI FILIALI TASHKIL ETILADI

“Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etildi.

Filialda geologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yo‘nalishida tadqiqotlar o‘tkaziladi va ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.

Filialda ta’lim 2022/2023-o‘quv yilidan kunduzgi shaklda o‘zbek, ingliz va rus tillarida kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga Piza universiteti diplomi beriladi. Qabul parametrlari mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Assalomu alaykum va rahmatulloh!
Birodarlar rasmdagi bolajon yurak parogi kasalligi bilan og'rinyabdi😓
Jarrohlik amaliyoti (operatsiya) o'tkazilishi lozim. Sizlardan esa Umidjon haqqiga faqat duo qilishingizni iltimos qilamiz! Namozlaringizda, duolaringizda eslab turing Alloh taolo shu bolajonimizni dardiga shifoyu komil eto etsin, Ota-onasi va yaqinlarining ko'z quvonchi bo'lib yursin ilohim🤲
✔️Barcha yaqinlaringizga ham jo'nating ko'pning duosi ijobat bo'ladi InshaAllah
😢2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
– ...Siz har kuni duch kelyapsiz-ku, u bola bilan. Uning tuflisiga koʻzingiz tushyapti, uning egnidagi kuylagiga koʻzingiz tushyapti, rangi-roʻyiga koʻzingiz tushyapti. Agar farzanddek shunga munosabat boʻlsa, kun sayin norozi odamlar kamayadi jamiyatda. Mana bizga yana bitta yoʻl.

© Abduqodir Toshqulov

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Qarshi Davlat universiteti rektori "super kontrakt"ga tushgan qizning shartnoma pulini toʻlab beribdi.

"Xalq so‘zi" saytida ma’lum qilinishicha, qiz QarDUning kimyo-biologiya fakultetiga hujjat topshirib, "super kontrakt"ga ilingan ("super-kontraktga" ilinmaslik mumkinmi o‘zi??) Rektor bilan uchrashibdi: ahvolini tushuntirgan bo‘lsa kerak, rektor shartnoma pulini universitet jamg‘armasi hisobidan to‘lab beradigan bo‘lgan.

Endi savollar:
Bitta "super-kontrakt" puliga kamida 5 ta talabaning yillik kontrakt pulini to‘lash mumkin edi. Shartnoma pulini to‘lolmay o‘qishni tashlab ketayotganlar yoki o‘qishga bormay, darsda o‘tirmay, ishlab yurganlar qancha ekan?? Bu qiz keyingi yil puxtaroq tayyorlanib kelgani, o‘rniga bir nechta talabalarga shartnoma puli to‘lab berilgani yaxshiroq emasmidi?

Universitet pulini rektor shaxsan tasarruf qiladimi, bitta suhbat davomida? Kengash-komissiya degan narsalar yo‘qmi?

Xabarni tayyorlagan jurnalistga ham qoyilmasmanki, tahlil yo‘q, ma’lumot chala (balki qiz ijtimoiy qiyin ahvoldadir, balki u yashayotgan hududga aynan shu qiz kabi mutaxassislar yetishmas, balki bir yo yarim ball yetmay qolgandir, xolos - ma’lumot yo‘q bular to‘g‘risida)

Xullas, maqsadli va oqilona mablag‘ sarflashga o‘rganmadik-o‘rganmadik-da.

© Shahnozxon

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Bir guruh talabalar «perevod» bo‘yicha muammosi hal bo‘lmagani sabab Vazirlar Mahkamasi oldida to‘planishgani xabar qilingani ortidan Vazirlar Mahkamasi mas’ullari «Pressuzb» bilan bog‘lanishdi.

Vazirlar Mahkamasidan mas’ul xodim ayni vaqtda talabalarni qabul qilgan. Ular tomonidan ko‘tarilgan masala atroflicha o‘rganib chiqilishi va imkon qadar ijobiy hal etish choralari ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qishning birinchi kuni muborak bo’lsin 🌨❄️☃️⛄️

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Talabaning olayotgan stipendiyasi bir oylik tushligi uchun yetadimi?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️1-dekabr - Qoraqalpoq tili kuni.

"Сонша қатал сүргинлерде жоғалмай,
Бул күнлерге жеткениңе қайылман!

Қарақалпақ тилине мәмлекетлик тил бийлигиниң берилген күни мүбәрек болсын, әзиз туўысқан халқым, қарақалпақлар!
"

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Qarshi shahrida joylashgan tibbiyot kollej qoshidagi 5 qavatli qizlar yotoqxonasidan talaba qiz o'zini tashlab vafot etdi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️ Qarshi shahrida joylashgan tibbiyot kollej qoshidagi 5 qavatli qizlar yotoqxonasidan talaba qiz o'zini tashlab vafot etdi https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#rasmiy_munosabat

❗️Talaba qiz yotoqxona binosidan o‘zini pastga tashlab o‘ldirgani bosh prokuratura tomonida rasman tasdiqlandi.

Aniqlanishicha, 30 noyabr kuni soat 19.00larda Qarshi shahrida joylashgan “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumining yotoqxonasida yashagan 2-bosqichda o‘qigan talaba qiz (2001 y.t.) yotoqxona 4-qavatidan sakrab o‘z joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning o‘lim sabablari va ishga aloqador bo‘lgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan hamda ishga aloqador bo‘lgan shaxslardan tushuntirish xatlari olinmoqda.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Profilaktika inspektorlari yurisprudensiya yoʻnalishi mavjud davlat OTMga oʻqishga imtihonlarsiz qabul qilinishi mumkin

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-noyabrdagi qaroriga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilidan ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari quyidagi OTMga kirish imtihonlarisiz sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilinadi:

✔️ Jamoat xavfsizligi universitetiga;
✔️Toshkent davlat yuridik universitetiga;
✔️ yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan boshqa davlat OTMga.

❌ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bundan mustasno.

🎥 Qarorga sharh videolavhada👆

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkentda giyohvandlik moddasini ishlab chiqarish uchun "laboratoriya" ochgan talabalar ushlandi

Ular ijaraga olingan uyda sheriklari bilan internet orqali giyohvandlik moddasini sotish bilan shug‘ullanishgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Buxoroda Italiyaning Campania universiteti filiali ochilib, talabalar Italiyada amaliyot o‘tashiga imkoniyat yaratiladi

Italiyaning Neapol shahrida Buxoro viloyati delegatsiyasi hamda Luiji Vanvitelli nomidagi Campania universiteti rahbariyati o‘rtasida Buxoro shahrida mazkur universitet filialini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuv memorandumi imzolandi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov, Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Nusratilla Barakayev va Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori Ahatjon Nasullayev, Campania universiteti rektori Janfranko Nikoletti, universitet prorektori Luidji Maffey, universitet xalqaro bo‘limi boshlig‘i Serjio Minuchchi hamda turli fakultetlarning vakillari qatnashgan

Buxoro shahrida Campania universiteti filialini ochish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama etilgan. Imzolangan kelishuvga asosan filialda Campania universitetining o‘quv dasturlari asosida qurilish, arxitektura, kiyimlar dizayni, oliy hamshiralik yo‘nalishlarida bakalavr hamda magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Buxoro viloyatida mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda charm va teri mahsulotlarini qayta ishlash, tibbiyot, farmatsevtika va turli tor mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash taklifi o‘rtaga tashlangan.

Filialda ta’lim jarayoniga Campania universitetining malakali professor-o‘qituvchilari jalb etilib, talabalarning Italiyada amaliyot o‘tashiga imkoniyat yaratiladi.

Rektor Janfranko Nikoletti Buxoro shahrida Campania universiteti o‘z filialini tashkil etishdan manfaatdorligi, 2022-yilning bahorida universitet delegatsiyasining Buxoro shahriga tashrifi davomida filialni tashkil etish bo‘yicha shartnomani imzolashga tayyor ekanini bildirgan.

Filial faoliyati to‘laqonli yo‘lga qo‘yilgunga qadar Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro davlat tibbiyot universiteti bilan yuqorida ta’kidlangan yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi. Bu bo‘yicha Campania universiteti hamda Buxoro oliy bilim yurtlari o‘rtasida memorandum imzolangan. Tomonlar o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va turli tashkiliy masalalar batafsil muhokama etilib, bu borada ishlarni yanada jadallashtirishga kelishib olingan.

Shuningdek, Campania universiteti hamda Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, turli ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ham kelishib olingan. Campania universiteti mutaxassislari O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari ilmiy laboratoriyalarini modernizatsiya qilishga ko‘maklashish, o‘zbekistonlik talabalarga PhD darajasini olish uchun grantlar ajratish, o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun Italiyaga taklif etish hamda ikki tomonlama diplom asosida tahsil olayotgan talabalarning Campania universitetida o‘qishini amalga oshirishga tayyorlik bildirilgan.

Tomonlar, shuningdek, ta’lim sohasida boshqa istiqbolli masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
«Orzu yo‘lida to‘siq uchrasa, orzuni emas, unga yetaklaydigan yo‘lni o‘zgartirish kerak» – uchta davlatga grant yutgan moliyachi qiz hikoyasi

Odatda ilm yo‘lidagi sarguzashtlar oliygoh devorlaridan tashqarida sodir bo‘ladi. Bakalavrni uchta mamlakatdagi universitetda o‘qigan Tahsinabonu katta dasturlarda volontyorlik qilgan. U oliygohdan tashqarida ham qiziqarli hayot borligi, uni qanday o‘tkazish va talaba uchun ijtimoiylashuv muhimligi haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Tahsinabonu Muftohiddinova Farg‘ona shahrida tug‘ilib, maktab va kollejni shu yerda o‘qigan. Keyin Toshkent moliya institutiga o‘qishga kirgan.

«Moliya yo‘nalishini tanlashimga bobom sababchi bo‘lganlar. U kishi matematik, injyener-konstruktor. Bobom bilan bolaligimdan matematika ustida ishlardik. Shu sabab, matematikaga qiziqishim ortib, bu bo‘yicha xorijda o‘qimoqchi edim, uyimdagilar esa buni uncha xohlashmadi», deydi qahramonimiz.
HD video

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍2