Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Befarq_emasman

❗️Nima uchun Konstitutsiya loyihasida erkak va ayol soʻzlari tushib qolmoqda?

Murojaatchilardan biri Konstitutsiya loyihasidagi oila bobida nikoh tuzishda nikohlanuvchilar faqat erkak va ayol boʻlishi mumkinligi tushirib qoldirilgani va shunchaki nikohlanuvchilar, deb ketilayotganiga eʼtibor qaratmoqda.

Bir qarashda eʼtibor berishga arzimaydigan masalaga oʻxshaydi. Ammo Konstitutsiya barcha qonunlar uchun asos boʻladi. Agar nikohlanuvchilar faqatgina ayol va erkak boʻlishi mumkinligi unda mustahkamlanmasa, bu keyinchalik bir jinsli shaxslar oʻrtasida ham nikoh tuzishga ruxsat olish sari “lazeyka” ochib berishi mumkin, degan havotir bor.

Shaxsan men bunday “lazeyka”larga qarshiman va nikoh faqat erkak va ayol oʻrtasida tuzilishi mumkinligi Konstitutsiyada oʻzgarmas qoida sifatida belgilanishi tarafdoriman. Toki bizda inson tabiatiga zid, mantiqsiz ishlar qilishga xatto urinish istagi ham boʻlmasin.

Rasul Kusherbayev
👍94🍌6👎2
❗️TATU Farg'ona filialining yotoqxonasida kim hukmronlik qilyapti?

Murojaat botimizga TATU Farg'ona filialining talabasidan xabar kelib tushdi. Aytishicha, to'lovlarni to'laganlar ham to'lamaganlar ham ertalab soat 06:00 da va kechgi 20:00 da yig'ilishga chiqayotgan ekan...

Kim huquq berdi, talabalarni bezovta qilishga? Qaysi kattakonni bolasi u TTJ rahbari?

Videodagi bollarni ahvolini qarang, zo'rg'a chidab turibdi. Bunaqa rahbarlar faqat o'zini o'ylaydi. Qanaqadir qonun kiritishga harakat qilib, boshqalarga zarari tegayotganini bilmaydi.

Zudlik bu TTJ rahbariga chora ko'rishlarini so'rab qolamiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬35👍8👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bo'ldimi, qayta topshirishlar o'tib oldimi, endi ruxsat 😂

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣18👍2❤‍🔥1
❗️Nodavlat OTMlarning ayrim talabalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatiladi

Hukumat qarori (№181 02.05.2023) bilan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM tasdiqlandi.

Unga koʻra:

- Oliygohlar – har yili 15-sentyabrga qadar joriy oʻquv yilida ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritiladi;

- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – har yili 1-oktyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan amaldagi oʻquv yili uchun ijtimoiy taʼminot yordami toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisob varaqlariga oʻtkazib beradi.

- Ijtimoiy taʼminot yordami talabalarning davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganidan qatʼi nazar davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍3
❗️500 ta testni yodladingmi?

Ertalabgacha sessiyaga 500 ta testni bittalab yodlab chiqishni o'ylab yotgan men, yonimdagi esa menga motivatsiya berayotgan do'stim bo'ladi. Lekin hali o'zi testlarni ochib ham qaramagan.
Albatta hamma gruhda 1 ta shunday talaba bor.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣36👍3🐳3
❗️Yakuniy imtihondan oʻtolmagan oʻqvchini sinfda qoldirib yuborilishi mumkin

Maktab bitiruvchilari uchun umumiy oʻrta ta’lim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan oʻtish majburiydir. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalariga qoʻyilgan talablarning bajarilishi boʻyicha yakuniy attestatsiya yozma, ogʻzaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi oʻquv dasturi asosida oʻquv yilining yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.

Ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yoki bitta oʻquv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladilar.

Xalq ta’limi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizomnga koʻra, bir yoki ikki fandan oʻtkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta oʻtgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldirilishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11💯2👎1
❗️O'qishga borishni juda ham istamagan student

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣84👍5🤬4
❗️Talabalarga har oy ijara toʻlovi uchun 330 ming soʻmgacha pul beriladi

Talabgorlarga oylik ijara toʻlovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qatʼi nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdori bir baravari, qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdori yarim baravari miqdorida toʻlanadi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4🔥4👎2
❗️Chilonzordagi bog‘cha rahbari xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi uchun lavozimidan ozod qilindi

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 230-maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori bog‘cha hududiga begona shaxsni kirishiga yo‘l qo‘yib berganligi, tarbiyalanuvchi bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi, ichki mehnat tartib- qoidalarini buzganligi va o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan bekor qilindi.

Ayni damda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12
Chet tili sertifikatlar loyiha.pdf
211.8 KB
⚡️ Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Unga ko‘ra:

👉 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi belgilanadi.

👉 Xalqaro sertifikatlar taqdim etishda hujjatdagi talabgorning ism-sharifi lotin harflarida hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatga muvofiq bo‘lishi, magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun hujjat topshirishda filologiya yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirayotgan talabgorlar aynan o‘zlari tanlagan til yo‘nalishi bo‘yicha til bilish darajasini baholovchi sertifikatni taqdim etishlari, til bilish darajasini baholovchi sertifikatlar til bilish ko‘nikmalarining barcha turlarini (tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish va gapirish) o‘z ichiga olishi lozim.

👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/79549

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍5👎1
❗️ 2023/2024-o‘quv yili qabuli uchun JAVOBLAR VARAQASI

🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

👉Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
❗️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

Unga ko‘ra:
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
👍11👎5
AQSHda tug‘ilmagan chaqaloqning miyasida birinchi marta operatsiya o‘tkazildi

Tug‘ilmagan bolaning miyasida o‘rtacha 60 ming chaqaloqning birida kuzatiladigan kasallik aniqlangan.

Batafsil — http://dy.uz/P1Mvf

P.S. Bizda hamon soqol, forma , davomat masalasi davom etadi…

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍26👏6😭2
❗️Namangan Davlat Unversiteti oldida yigit yaxshi ko‘rgan qizini pichoqlab o‘ldirgani aytilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬26😱5👍3