Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Audio
Institutda qoida shunday ekan 😅

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi

📌 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 43 567 nafarni tashkil etdi.

🖥 Mazkur 43 567 nafar talabgorning ma’lumotlari Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Endilikda mandat.uzbmb.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilganini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish balini ko‘rish mumkin.

❇️ Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Universitet – fanlar jamlangan joy

Universitet
so‘zining ildizi lotincha universitas litterarum atamasiga borib taqaladi. U barcha fanlar jamlanmasi degan ma’noni bildiradi. Chunki universitetlar yuzaga kelgan paytda ularda o‘sha zamonda ma’lum bo‘lgan barcha fanlar o‘qitilgan. Hozir ham universitetlar keng tarmoqli ekani bilan ajralib turadi. Institutlar odatda bitta yo‘nalishda faoliyat olib borsa, universitetlarda xilma-xil yo‘nalishdagi fakultetlar bo‘ladi.

Dastlabki universitetlar Italiyaning Bolonya (XI asr), Salerno (XII asr oxirlari), Fransiyaning Parij (1215), Monpele (1289), Buyuk Britaniyaning Kembrij (1209), Oksford (XII asrning ikkinchi yarmi), Ispaniyaning Salamanka (1218), Portugaliyaning Lissabon (1290) shaharlarida paydo bo‘ldi. Bular iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan, shaharlari ko‘p, savdo va hunarmandchiligi yuqori darajada bo‘lgan, madaniyat, falsafa va ilm-fan taraqqiy etgan mamlakatlar edi.

Sharqdagi oliy ta’lim dargohlari Yevropadan oldinroq paydo bo‘lgan. Tunisdagi az-Zaytun universitetiga 732-yili asos solingan. Mashhur tarixchi Ibn Xaldun ana shu ilm dargohi bitiruvchisidir. Marokashdagi Qaraviyyin universiteti 859-yili tashkil topgan. Misrdagi dunyoga mashhur al-Azhar universiteti esa 970-yildan faoliyatini boshlagan. Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, Buxorodagi “Forjak” madrasasi O‘rta Osiyodagi dastlabki oliy ilm dargohlaridandir. U Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida aytib o‘tilgan 937-yilgi yong‘inda zarar ko‘rgan. Ushbu madrasaga Islom olamida mashhur faqih Abu Hafs Kabiyr Buxoriy (767–832) asos solgan. Shu bois u ko‘plab manbalarda Abu Hafs madrasasi deb ham atalgan. Abu Hafs Kabir madrasasida mashhur muhaddis Imom Buxoriy ham taʼlim olgan.

Ⓜ️ daryo.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga kirish test sinovlari

📆 O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2023-yil 17-avgust kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlangan.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘ralgan.

🔖 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
65 ta bola o‘lishiga sabab bo'lgan Hindistonning "DOK 1 MAKS" siropi uchun 33 ming dollar pora berilgan.

O‘zbekistonda 65 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan zaharlangan hind yo‘tal siropini tarqatuvchilar mahalliy amaldorlarga majburiy testdan o‘tmaslik uchun 33 ming dollar pora berganligi OAVda yozilmoqda.

Hindistonlik rasmdagi odam sudda vositachi orqali pullarni amaldorlarga berganini tan olgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
AQSH Davlat departamenti bu yilgi Green Card g‘oliblarini davlatlar kesimida hisoblab chiqdi. Unga ko‘ra g‘oliblari soni bo‘yicha O‘zbekiston nihoyat dunyo reytingida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fuqarolari eng ko‘p Green Card yutgan TOP 10ta davlat:

1. 🇺🇿 O‘zbekiston - 5 555.
2.
🇷🇺 Rossiya - 5514.
3.
🇪🇬 Misr - 5 509.
4.
🇸🇩 Sudan - 5 435.
5.
🇩🇿 Jazoir - 5 142.
6.
🇮🇷 Eron - 5 077.
7.
🇦🇫 Afg‘oniston - 4 536.
8.
🇺🇦 Ukraina - 4 286.
9.
🇲🇦 Marokash - 4 250.
10.
🇦🇲 Armaniston - 3 869.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
OTM uchun o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berish davlat xizmatlari asosida tashkil etiladi

“Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berishni davlat xizmatlari asosida tashkil etishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.
Unda quyidagilar:
— ta’lim tashkilotlari uchun davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlariga muvofiq tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berishni davlat xizmati asosida tashkil etish tartibi;
— o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish va nashrga ruxsat olish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
— chop etishga ruxsat berilgan o‘quv adabiyotlariga elektron shakldagi QR-kodli nashr ruxsatnomasi berish;
— o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ishtirok etuvchi mutaxassislarga shartnoma asosida haq to‘lash;
— davlat xizmatidan foydalanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida to‘lov undirish;
— davlat xizmatlarini ko‘rsatishning rad etish asoslari belgilanadi.

Qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda:
— qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarining YaIDXP orqali joriy etilishini ta’minlaydi;
— YaIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi;
— o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish va chop etishga ruxsat berilgani to‘g‘risidagi nashr guvohnomalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lovlar Yagona billing tizimiga ulanishini ta’minlaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Fiziklar bormi? 😁

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#Tayinlov

❗️ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Siddiqova Sadoqat G‘afforovna Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Mandat aslida “topshiriq” degani

Odatda imtihon javoblari belgilangan, kutilgan sanadan kech chiqadi. Bu so‘z har yili avgust oyida abituriyentlar va ota-onalar eng ko‘p qaytargan ibora bo‘ladi.

Mandat so‘zi lotincha mandatum so‘zidan olingan, topshiriq, buyruq degan ma’noni anglatadi. Mandatum so‘zi mandāre – qo‘liga bermoq, topshirmoq so‘ziga, u esa manus – qo‘l, dare – bermoq o‘zagiga borib taqaladi.

Atama sifatida biror shaxsning vakolatini, muayyan faoliyat yoki narsaga huquqini tasdiqlovchi rasmiy hujjatni anglatadi:

Deputatlik mandati. Qo‘lga mandat bermoq.

Talabaning mandati esa oliy o‘quv yurtida o‘qish huquqini beruvchi hujjatdir. Imtihonda yig‘ilgan ball o‘qishga kirishga yetishini tasdiqlash mandatdir.

Ⓜ️ daryo.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha imtihon natijalari e’lon qilindi.

📣 16-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar natijalari eʼlon qilindi.

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
Hech bir o’g’rida yo’q!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Rasman: Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi

✔️ 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etildi.

🔥Mandat yaqin....

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#so‘ragan_edingiz

❗️Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

✅ JAVOB:
Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

▪️yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
– ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
–chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
–mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
–hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

▫️umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
– umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
–vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talabalarni ijaraga qo‘ygan uy egalaridan daromad solig‘i undirilmaydi

Soliq kodeksining 378-moddasida soliq solinmaydigan daromad turlari keltirilgan bo‘lib, ushbu moddaning 19.1-bandida soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi deb ko‘rsatilgan.

Yuqoridagi asosga ko‘ra, talabalarni o‘z uylariga ijaraga qo‘yish orqali ijara haqidan daromad topayotgan shaxslarning ushbu daromadlaridan daromad solig‘i olinmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#Tezkor #Mandat2023

⚡️MANDAT CHIQMOQDA: Bojxona instituti bakalavriatiga o‘tish ballarini e’lon qildi!

✅ Bilim va malakalarini baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalari hamda amaldagi normativ-hujjatlarda nazarda tutilgan imtiyozlar inobatga olgan holda, belgilangan qabul kvotasi doirasida 2023/2024 o‘quv yili uchun Bojxona instituti bakalavriatiga o‘tish ballari aniqlandi.

Tarqatib yuboring, tez orada boshqa oliygohlarda ham e’lon qilinadi degan umiddamiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi

Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.

📌 Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
19-avgust soat 18:00 holatiga ko‘ra, texnikumlarga qabul bo‘yicha jami 37 494 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 33 117 nafar;
Sirtqi – 3 819 nafar;
Kechki – 33 nafar;
Dual – 525 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
19-avgust soat 18:00 holatiga ko‘ra, kollejlarga qabul bo‘yicha jami 10 804 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 4 563 nafar;
Sirtqi – 5 284 nafar;
Kechki – 51 nafar;
Dual – 906 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirilgan

📥 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgan.

🖥 OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirilgan.

✅ Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 2 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1