Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joyiga onlayn joylashish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi

Mazkur xizmat, 2023-yil Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (18.08.2023-y) bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz saytida ishga tushirildi.

Endilikda, 2023/2024-oʻquv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, mazkur xizmatdan 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingandan soʻng foydalanish mumkin boʻladi. Boisi, platformada 1-bosqich talabalari haqidagi ma’lumotlar 2023-yil qabul parametrlariga muvofiq mandat natijalari asosida yangilanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #mandat

🔥 Mandat 21-avgust, ya'ni ertaga e'lon qilinishi mumkin!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori abituriyentlar uchun yakuniy mandat natijalari 20-avgustdan keyin e’lon qilinishini aytmoqda

Abituriyentlarga yuborib qo'ying 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3😁3
Biz hamon seni kutyapmiz, MANDAT!

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁25😢1
#bilib_qoygan_yaxshi

❗️Agar mandat e'lon qilinsa, umumiy kirgan va kirmaganlar shunday ko'rinishda bo'ladi

Yashil rangga olinganlar grant, sariq rangga olinganlar kontrakt, qizil rangga olinganlar kirolmaganlar!

"Tabriklaymiz, siz GRANT (kontrakt) asosida o'qishga qabul qilindingiz" degan xabarni o'qish abituryentlarga nasib qilsin😊

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍29❤5😁5
❗️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga to‘lov-kontrakt asosida (sariq rang) o‘qishga qabul qilingan 2 nafar abituryentning mandat natijasi ko'rinib qoldi...

Ikkovi ham kontraktga kiribdi, demak bugun kun davomida hammaniki chiqishni boshlaydi

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍15🔥4🎉3
Talaba.uz | Ta'lim portali
Photo
BMB izoh berdi: imtihonsiz talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozi bor abituriyentlarning javobi mandatdan oldin chiqqan

Oliy ta’lim muassasalariga kirishda bir qator imtiyozlar mavjud bo‘lib, ayrim imtiyozlar imtihonsiz qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘ladi.

Misol uchun, xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, “Mard o‘g‘lon” va “Zulfiya” davlat mukofotlari sohiblari kabi 10 dan ortiq turdagi imtiyozlar ham abituriyentlarning imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etishga asos bo‘ladi.

“Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari esa OTMlarning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ijod maktablarining bitiruvchilari ham imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Kecha e’lon qilingan abituriyentlar mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri tavsiya qilishga nomzodlar sifatida mandat.uzbmb.uz saytida yashil yoki sariq rangda ko‘rsatilgan.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍7🔥3😁3
#diqqat #tezkor

O'zbekistonda yangi kasallik qayd etildi. Mandatvirus deb nomlangan. Ushbu kasallikka 1 mlndan ortiq kishi chalingan. Alomatlari bosh og'rig'i, sabrsizlik, jizzakilik. Iloji boricha abituriyentlardan uzoqroq yurishlariz so'raladi. Yuqish tezligi haqida aniq ma'lumot yo'q.

Eh mandatvirus 😄
(Hazil)

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁125👍6🔥6
​​Ayni damga nisbatan she'r

Bizga MANDAT begonadir borgan sari,
Koʼnglimiz ham vayronadir borgan sari.
Oʻn beshida chiqar edi avvallari,
Endi oktyabrni kutamizov borgan sari.

Buzildimi DTMning apparati,
Ishonchimiz yoʻqolyapti borgan sari.
Da'vo bilan telefon qilsak masʼullarga,
Aytar soʻzi "ertaga"dur borgan sari.

Abituriyentlar ham kasal boʻlib sekin-sekin,
Sogʻligʻini yoʻqotadi borgan sari.
Har minutda internetga oʻn kiraman,
MB ham tugaydiyov borgan sari.

Qani edi bitgan boʼlsa oʼsha sayt,
Ishlamaydi VPNsiz borgan sari.
Soʼrayverib qon qilishdi qarindoshlar,
Javobini aytmaymanov borgan sari
.

Bizga MANDAT begonadir borgan sari...

♻️Barcha abituriyentlarga ulashing!

Kanalga ulaning
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👏17😁13👍7
⚡️21-avgust soat 09:00 holatiga ko‘ra, texnikumlarga qabul bo‘yicha jami 41 881 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 37 015 nafar;
Sirtqi – 4 265 nafar;
Kechki – 33 nafar;
Dual – 568 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍11😁2❤1
❗️Tez kunlarda dolzarb mavzuga aylanishi kutilayotgan achchiq haqiqat.

Ijaralar narxini keskin ko'tarayotganlarga insof bersin.
©habikatura

🎓Talabalarga ulashing👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😢20🔥10👍7
Saytda natijalar:

🟢 yashil rang bo‘lsa — davlat granti;
🟡 sariq rang bo‘lsa — to‘lov-kontrakt;
🔴 qizil rang bo‘lsa — talabalikka tavsiya etilmagan bo‘ladi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❤15🤬14👍7
Qachon endi biiiiiiir...

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁10👍7🤩4
Tayyormisiz?😉

Oz qolmoqda🔠
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥6❤5
#DIQQAT #TEZKOR

📝MANDAT NATIJALARI E'LON QILINDI

2023/2024 o'quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o'qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

Tanlov natijalarini 2 xil usulda bilish mumkin.

↪️ Abituriyentning shaxsiy kabinet orqali:

Buning uchun mandat.uzbmb.uz saytiga pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritish kerak.

↪️Test natijalari qaydnomasi orqali:

Natijalar e'lon qilingandan so'ng test natijalari qaydnomasi oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini ko'rishi mumkin.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤩4🔥2
Talaba bo'lgan barchani tabriklaymiz👏

Glavniyga qo'yishdan esdan chiqmasin)

✅Talabalarga ulashing👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10🎉3👍2
O'qishga kirolmagan abituriyent aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz...

Xafa bo‘lmang! Tabassum qiling. Dunyoda hech narsa sizning xafa bo‘lishingizga arzimaydi. Nimanidir yo‘qotdingizmi sabr qiling ALLOH sizga sabrning ajrini ham beradi InshaALLOH.

Yaqinlaringizga yuboring👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍22😢6🔥5
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

✅ Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida maslahat markazlari tashkil etildi.

📍 Bunda abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish uchun Toshkent shahriga kelishlari shart emas.

▶️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, hududiy bo‘limlar tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar beriladi.

👉 Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari: https://uzbmb.uz/page/representatives

📆 Maslahat markazlarining ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 ga qadar (13:00-14:00 tushlik vaqti).

❗️ Izoh: Abituriyentlarni tabaqalashtirilgan yoki oshirilgan kontrakt asosida talabalikka qabul qilish Bilimni baholash agentligining vakolatiga kirmaydi. Abituriyentlar mazkur masala yuzasida bevosita oliy ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishi va to‘liq ma’lumot olishi mumkin.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🔥10👍7👏6
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

✅ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

🖥 Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍9🎉6🤩5