Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​#Masullarga_murojaat

Bir necha kundan buyon murojaatlar botimizga bir xil mavzudagi murojaatlar kelib tushmoqda.

“Biz ijodiy imtihonlar bo‘lishi haqida ogohlantirilmayapmiz”
❓❗️


Bir nechta abituriyent esa ijodiy imtihon bo‘ladigan kundan xabardor qilinmaganligi sababli ijodiy imtihondan qolib ketganini ma’lum qildi.☹️

Murojaatlarni umumlashtirganda shu ma’lum bo‘ldiki, abituriyentlarga ijodiy imtihonlar haqida ma’lumot berishda kamchiliklar juda ko‘p ko‘zga tashlanyapti.
Bu borada DTMning endilikda bizda ishonchsiz deb taassurot uyg‘otgan ishonch telefoni orqali ma’lumot olaylik, dedik. Afsuski, buning ham iloji bo‘lmadi. Telefonni ko‘tarishmayapti. Bunga ham chidadik va ijodiy imtixoni mavjud bo'lgan Chirchiqdagi "O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI" ishonch raqamlariga murojaat qildik. Bizningcha hamma ma'sullar yozgi ta'tilga chiqib ketishgan va telefonni ko'tarib javob berishga biror bir ma'sul shaxs yo'q❗️

Ijodiy imtihondagi o‘yinlar haqida hammamiz bilamiz. Yoki bu hodisa o‘yinning tarkibiy qismimi?


Davlat test markazi: «Biz ideal emasmiz, ammo muammolar ustida ishlayapmiz» debdi. Millionlab odamlarni ertangi taqdiriga be’vosita aloqador tashkilot, IDЕAL bo‘lishi kerak, deb yozibdi Nurbek Alimov o‘zining shaxsiy telegram kanalida.

Mayli, ideallikni qo‘yaturing. Iltimos, telefonni ko‘taring!

Mutasaddilarga yetkazing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Kayfiyatuchun
🤪🤪🤪

Jismoniy tarbiya va mehnat fani o‘qituvchilari jangga kirishishdi. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi baquvvat, chayir, dzyudo ustasi edi, lekin bolg'a baribir bolg'a-da...
Yangi jismoniy tarbiya o'qituvchisi qidiryapmiz)


*🤪
- Bolam, yashirin, ustozing kelyapti, darsga bormaganding-ku...
- Bobo, siz yashirining, men ustozimga sizni o‘lib qoldilar devdim...


*
🤪
- (sms) Siz talabalikka tavsiya etilmadingiz.
- (javob sms) E jonga tegding hammang, tavsiya etilamanmi yo‘qmi endi manga farqi yo‘q. 8 yildan beri kutaman sanlardan yaxshi javobni. Endi ko‘rasanlar mandan. Ertaga o‘qishga boraman. Karnay-surnay bilan kutib ollaring. Tushunarlimi?


*🤪
​Talaba burga ustida tajriba o‘tkazmoqda. Uni stol ustiga qo‘yib, buyurdi:
— Sakra!
Burga sakrabdi. Talaba uni bir oyog‘ini uzib olibdi-da, buyuribdi:
— Sakra!
Burga bu safar ham sakrabdi. Talaba uni yana tutdida, qolgan oyog‘ini ham uzib olibdi.
— Sakra!
Burga qimirlamay turaveribdi. Shunda talaba daftariga yoza boshlabdi: “Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, burganing eshitish organlari oyog‘ida bo‘lar ekan. Agar oyoqlaridan judo etsangiz, u kar bo‘lib qoladi.


*
🤪
Konservatoriya talabasi mutaxassislik bo‘yicha bitirish imtihoni oldidan hayajonlanib tursa, kursdoshi:
— Shu ham muammomi? Imtihon oladigan o‘qituvching yozgan kompozitsiyani olgin-da, boshidan oxirigacha teskari o‘girib yozginda, topshirib chiqaver! – deb maslahat beribdi.
Talaba xafa bo‘lib:
— Unaqa qilib ko‘rdim, ustozim yozgan musiqani teskari chalib ko‘rsam, Betxovenni musiqasi chiqyapti.


*🤪
Arab milliarderiga Germaniyada o‘qiyotgan talaba o‘g‘lidan xat kelibdi:
"Hurmatli dadajon!
Berlin juda chiroyli shahar ekan. Odamlari ham yaxshi. Hamma ishlarim, o‘qishim joyida! Faqat bir muammo bor: men o‘qishga tilla Ferrari mashinamda kelaman. O‘rtoqlarim poyezdda kelishadi. Hatto o‘qituvchilarim ham. Shunga men ba’zida xijolat bo‘laman".
Otasidan javob keldi:
"Sevimli o‘g‘lim!
Xijolat bo‘lishingni istamayman. Seni hisobingga yetarlicha pul o‘tkazdim. O‘zinggga poyezd sotib ol! Bizni uyatga qo‘yma".


*
🤪
Bir student universitet oshxonasiga kiribdi-da oshpazning oldiga kelib “3ta qovurilgan tovuq oyog'idan bering” debdi. Oshpaz “Oooo studentlar kuchayibdimi?” desa, student “Endi 18ta vilka bering” dermish...


*🤪
- Imtihondan o‘tolmasang ota dema meni!
(imtihondan so‘ng)
- Xo‘sh o‘g‘lim, imtihonlar qalay o‘tdi?
-Kechirasiz, sizni tanimayroq turibman?


*
🤪
Ota, o'g'lini sigaret chakayotganda ushlab oldi.
- O'g'lim sigaret chakebsanmi?
- Dada tushuntirib beraman hozir.
- Dada dema mani...
- Dada tushuning...
- Dada dema mani dedim...
- Dada tushuntirib beraman sizga.
- Dada dema mani!!!
- Jamshid aka, tushuntirib beraman sizga, unaqamas...))


***🤪
Talaba imtihondan yiqitgan domlasini ko‘rib qoldi:
- Assalomu alaykum, domla!
- Men ahmoqlar bilan salomlashmayman.
- Men esa salomlashaman


Do‘stlaringizga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Haqli savol: bu yilgi test jarayonlarida o‘ringa-o‘rin kirish holati kuzatilmasligi to‘la kafolatlanadimi?

«Albatta, bu yil shunday choralar ko‘rildiki, ikki karrali indefikatsiyalash jarayoni bo‘ladi. Biz o‘tgan yilgi kabi holatlar kuzatilmasligiga to‘la kafolat beramiz»

Davlat test markazi rahbari Majid Karimov.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2019/2020 o‘quv yili qabuli uchun оliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o'qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari 29-iyul dushanba kuni boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarorida abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha faqat "Abituriyent ruxsatnomasi" va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali tartibli ravishda kirishi kerakligi belgilab qo'yilgan.

Shundan kelib chiqib, "Abituriyent ruxsatnomasi"ni olmagan abituriyentlar ruxsatnoma.dtm.uz sayti orqali yoki Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari, Davlat xizmatlari markazlari, Bandlikka ko‘maklashish markazlaridan biriga murojaat etgan holda ruxsatnomalarini olishlari mumkinligini hamda barcha abituriyentlar test sinovlari bo'lib o'tadigan binolarga belgilangan vaqtdan kechikmasdan "Abituriyent ruxsatnomasi" va pasporti bilan kelishlari kerakligini eslatib o'tamiz.

©Davlat test markazi


Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Сиртқи таълим учун тест синовлари қачон бўлади?
#abituriyent

Бундан аввал сиртқи таълим ҳақида маълумот берилганида тест синовлари 16-25 августда бўлиши эълон қилинган эди. Бунда Вазирлар Маҳкамасининг 393-сонли қарорига ҳавола қилинганди.

Лекин жорий йилда тест синовларида кўп ўзгаришлар бўлганлиги, жумладан сиртқи таълимда ҳам учта йўналишни танлаш имконияти берилгани учун тест синовлари кундузгилар билан параллел равишда ўтказилади.

Шунинг учун кимдир сиртқига топширган бўлса, унда тест куни сифатида, айтайлик, 2, 5, 8 август деб кўрсатилган бўлса, ҳайрон қолмасин ва хавотир олмасин. Ўша куни тестга боринг.

P.S.: «менда 3 август деб ёзилибди, энди мен нима қилай», деб сўрайдиганларга (бунақалар аниқ чиқади) жавобим – сиз ҳам хавотир олманг, 2, 5, 8 рақамлари шунчаки мисол эди, 16 августдан олдин деган маънода.
©@xushnudbek

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#DOLZARB

"MO‘JIZA" yoki SMS FITNASI yohud
«…agar bu xabarni beshta odamga yuborsangiz moʻjiza sodir bo‘ladi.» 

 Oxirgi paytlar shunaqa SMSlar ko‘payib ketdi: “Shu SMSni falon kishiga yuborsangiz falon ish bo‘larmish yoki bo‘lmasmish, yubormasangiz balo-ofat  kelarmish…” va h.k. Sodda kishilar darhol bunga ishonib, SMS tarqatishga tushib ketishadi. Bu iymon sustligining va ilmsizlikning oqibatidir…

ALLOH taologa iymon keltirgan va tavakkal qilgan kishi hech qachon uning taqdirini allaqanday bir SMS o‘zgartirishiga ishonmaydi. Bu Islom dushmanlarining bir fitnasi bo‘lib, ular bunday SMSlarga ALLOHning, payg‘ambarlarning nomlarini, diniy iboralarni qo‘shib yuboradilar. Albatta, bu yolg‘on SMSlar hech narsani o‘zgartirmaydi, ammo, endi shunga ishongan sodda kishilarning qalbida ALLOHga, payg‘ambarlarga, dinga nisbatan shubha paydo bo‘ladi, “axir va’da qilingan narsa sodir bo‘lmadi-ku?” deya ikkilana boshlaydi, iymoni susayib ketaveradi…

Azizlar, bunchalar ko‘p sodda bo‘lmaylik, bunday SMSlarga ishonmaylik va ularni tarqatmaylik, o‘zimiz istamagan holda din dushmanlariga ko‘makchi bo‘lmaylik. Baribir taqdirimizda yozilganidan boshqasi bo‘lmaydi!

Agar chin musulmon bo‘lsa, odam faqat ALLOHga ishonadi. ALLOHning farmonisiz tikon kirmasligiga iymon keltiradi. Neki so‘rasa, uning o‘zidan so‘raydi. Hoziroq istagimni bajo aylaysan deya shart qo‘ymaydi. “Qani moʻjiza? Sodir bo‘lmadi-ku! ALLOH bizni aldadimi?”, degan savollarga o‘rin qoldirmaydi.
Astag‘firilloh!!!


Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
Bugundan davlat imtihonlari start oldi!

Respublikamiz bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan binolar puxta tayyorgarlik ko'rildi. Test jarayonlarini online kuzatish uchun test2019.uz sayti ishga tushirilgan bo‘lib, test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sayt orqali jonli kuzatish mumkin. O‘ylaymizki, binolarda o‘rnatilgan barcha videokamerlar texnik uzilishlarsiz ishlashda oxirigacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tajriba o‘tgan yilgi test sinovlarida ham foydalanilgan bo‘lib ishlash davomida ba’zi xato va kamchiliklar kuzatilgan edi.

Barcha abituriyentlarga omad yor bo'lsin!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Pryom pryom imtixondan gapiramiz.

-O'rtoq, muommo emas. Har yilgi holat ekan qo'rqma, nima bo'lsa olib kiraver. Aloqa o'chdi...😁😁


👉 @TalabaUz 👈
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Кўп берилаётган саволлар:
(аслида бу саволларнинг деярли барчасига жавоб берганмиз, яна қайтаришга мажбурмиз)
#abituriyent


👉 Тестга оқ кўйлакда келиш шартми?
ЖАВОБ: йўқ, шарт эмас. Кийимга чеклов қўйилмаган. Яланғоч келмасангиз бўлди. Ўзингизга қулай бўлган рангдаги кийимда келаверинг. Ва яна салгина маданият доирасида шортикда, шиппакда, майкада келмасликка ҳам фаросатингиз етади, деган умиддамиз.

👉 Тестга кириш соат нечида тўхтатилади?
ЖАВОБ: абитуриентлар тест синовлари ўтказиладиган куни бинога тегишли ҳудудга соат 07:00 (иккинчи смена соат 14:00) гача, бинога соат 07:30 (иккинчи смена соат 14:30) гача шахсни идентификациялаш воситалари орқали тартибли равишда кириши кераклиги белгилаб қўйилган.

Илтимос, йилнинг энг муҳим кунида, бир мартагина вақтли уйғониб, тест ўтадиган жойга вақтли боришга ҳаракат қилинг. Транспортдаги тирбандликларни ҳам ҳисобга олинг. Шу кунда ҳам кечикиб келадиганларни сира тушуна олмайман.

👉 Тестга кириш учун қандай ҳужжат олиб бориш керак?
ЖАВОБ: Тест синовларига кириш учун фақат «Абитуриент рухсатномаси» ва паспорти бўлса кифоя.

👉 Тест жавоблари қачон чиқади?
ЖАВОБ: абитуриентлар ўзи тўплаган балини ДТМ сайтидаги шахсий кабинети орқали эртаси куниёқ билиши мумкин, талаба бўлган-бўлмаганини тест синовлари тўлиқ якунлангач билиб олади.

👉 Ўқишга кира олмаганларга тўлаган пулини қайтариб бериладими?
ЖАВОБ: йўқ, қайтариб берилмайди. Аввалги йили битирганлардан олинган 101 минг сўм бу – ҳужжат топшириш учун эди. Ўқишга киролмаганларга бу пул қайтарилмайди.

👉 Бугун тушган саволлар эртага яна тушадими?
ЖАВОБ: йўқ, тушмайди. Бир кунда тушган саволлар бошқа кунда такрорланмайди, саволлар базаси уникал тузилган. Битта ёки иккита тушиб қолиши мумкиндир балки, лекин бу ҳеч нарсани англатмайди ва ҳеч қанақа хавотирга ўрин йўқ.

👉 Тестда неча варақ қоралама қоғоз беришади?
ЖАВОБ: жорий йилдан бошлаб тест синовларидаги масалаларни ишлаш учун 2 варақдан қоралама берилиши эълон қилинганди.

👉 Саволлар китобига тахмин қилган жавобларимизни белгилаб турсак бўладими? Ўзи саволлар китобига нимадир ёзиш мумкинми?
ЖАВОБ: ҳа, саволлар китобига бемалол тахмин қилинган тўғри жавобларни белгилаш, турли қайдлар ёзиш, чизиш мумкин. Лекин саволлар китобини йиртиш, ўзи билан олиб чиқиб кетиш, бировга бериб туришга рухсат йўқ.

©@xushnudbek

👉 @TalabaUz 👈
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​Bugun,29 iyul Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ijodiy(kasbiy)imtihonlar boshlandi.

Ijodiy imtihon institutimizda yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakultetining “Dizayn” yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlarimiz uchun bo‘lib o‘tmoqda. Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar uchun imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi. Chizma tasviri hamda kompozitsiya bo‘yicha ijodiy ishlar topshiriladi. Bu yil jami 286 ta abituriyent dizayn yo‘nalishiga hujjat topshirgan. Shundan 4 ta abituriyent imtiyoz asosida qabul qilinadi, 15 ta abituryient imtihon jarayoniga kelmadi. Ota-onalar va abituriyentlarning yaqin qarindoshlari imtihon jarayonini jonli tarzda monitor orqali kuzatib borishyapti. Shuningdek, imtihon jarayonini auditoriya rahbari bilan birgalikda, ota-onalar tamonidan tayinlangan vakillar ham kuzatib borishmoqda.
Imtihonlarni onlayn kuzatayotgan ota-onalarni suhbatga chorladik. Suhbatdoshimiz:SH.Zayniddinova Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘qituvchisi, qizi SH.Muhammedovani qo‘llab-quvvatlash maqsadida institutimizga tashrif buyurgan. “Imtihon jarayoni shaffof va ochiq bo‘layotganidan mamnunman, imtihonlarni qizim a’lo baholarga topshirib chiqishiga ishonaman” deya barcha abituriyentlarga o‘z farzandi qatori omad tiladi. Qashqadaryo viloyatidan tashrif buyurgan Berdiyeva Farog‘at opani suhbatga tortdik.“Qizim-Samadova Ma’mura imtihon topshiryapti. Monitor orqali hamma jarayonga guvoh bo‘lyapman. Imtihon jarayoni a’lo darajada tashkil etilgan, hech qanday shikoyatim yo‘q”.
Barcha imtihon topshirayotgan abituriyentlarga omad tilaymiz.

© Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti matbuot xizmati

@TalabaUz 👈
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#SHAFOFFLIK

Bunisiga nima deysiz???
Bu ham o'tgan yilgimi?
Ma'lumot uchun aytib o'tmoqchiman, bu yil informatikadan umuman test tushmagan. Endi esa 54-misoldan 60-misolgacha bo'lganlarni ko'rib chiqing. Ho'sh, Informatikadan bormikan😅😅


👉 @TUIT_ONLINE 👈
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
#Kayfiyatuchun

°°°
- Qanday talaba darsda telegramdan umuman foydalanmaydi?
- Umumanmi?
- Umuman!
- Telegrami yo‘q talaba.


°°°
600ming so'm stipendiya olib o'rgangan sobiq talaba 400ming so'm maoshga ishlagisi kelmay turganmish...))


°°°
- Domlajon, o‘g‘lim maktabda yaxshi o‘qimagandi. Bilimi juda sust. Bilmadim, imtihonlardan o‘tib, talaba degan nomga ega bo‘ladimi yo‘qmi?..
- Keling, 15ming($)dan garov o‘ynaymiz, o‘g‘lingiz, albatta, talaba bo‘ladi.


°°°
Yotoqxonada ikki talaba nonushta qilyapti.
-Faqat suv ichavermasdan qotgan nonlardan ham yegin
-A yo'q men ertalabdan kuchli ovqat yeyolmayman.


°°°
Talaba restoranga kirib ofitsiantga:
— Bitta bulka non va bir stakan suv, - debdi.
Ofitsiant kulib:
— Shunchalik pastga urasanmi o‘zingni. Hayotga bir marta kelasan, mazza qilib, to‘yib maishat qimaysanmi, - desa
Talaba:
— Ha, to‘g‘ri aytasiz. Maishat bo‘lsa maishatda. Unda manga uchta bulka non va bir chelak suv olib keling, - dermish.


°°°
-Sevgilim meni tashlab ketdi!
-Qanaqasiga, 3 yil bir partada o'tirib, bitta daftarga yozib, bir xil: 5 bahoga sessiyadan o'tardingizku? Endi nima bo'ladi? Kim ekan u - sendan ko'ra uni baxtli qila oladigan, kim u ?
-Yangi starosta!


°°°
- Ustoz, qilmagan ishim uchun meni jazolaysizmi?
- Yo‘q, albatta!
- Uyga vazifamni qilmagandimda...


°°°
— Сен ярамасни деб ҳаётим алғов-далғов бўлди. Сенга бутун ёшлигимни сарфладим, бор пулимни единг!
— Дипломингни тинч қўйсангчи, болам!


Ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from -
Assalom-u alaykum do'stlar!

Demak biz davom etamiz...

Fizika - kechagi testdan yirtib chiqilgan)

P/S: Bu yil har yilgidan ham zo'r bo'libdi shekilli😁😁😁

Barcha DTM testlar👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFfkwFMyKKB8uPT0vg
Qoyileeee bunaqasini birinchi marta ko'rishim😂

Eslatma: Dastro'mol olib kirish mumkin, imtixonga))

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Кеча имтихон топширган абитуриентларнинг тест натижалари бугун куннинг иккинчи ярмида (кечки пайт) эълон қилинади.

Ҳар бир абитуриент dtm.uz сайтидаги ўзининг шахсий кабинети орқали неча балл тўплаганини кўриб олиши мумкин.

Кирган ёки кирмаганини эса барча тестлар тугагач, 1 ҳафта ичида билиб олишади.
©#xushnudbek

👉 @TaIabaUz 👈
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from -
UzExpoMarkazida imtixon topshirish uchun kirib ketgan abituriyentlarning ota-onalari, aka-ukalari kutib turishibdi.

Tez orada ushbu kanalimizda savollarni tashlaymiz.👇👇
👉 @TalabaUz 👈
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFfkwFMyKKB8uPT0vg
Forwarded from -
Mashhur roʻmolchaning yarimi topildi 😁

Bugungi tushgan savollar👇👇
👉 @TalabaUz 👈
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFfkwFMyKKB8uPT0vg
Forwarded from -
Diqqat natijalar chiqishni boshladi barcha abituriyentlarga omad!

Do'stlarga ulashing👇👇
👉 @TalabaUz 👈
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFfkwFMyKKB8uPT0vg