Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TDIU rektori: “Sergeliga ko‘chish masalasi oldimizga qo‘yilmagan”

Iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev moliya va fiskal institutlari nima uchun iqtisodiyot universitetiga qo‘shib yuborilgani, yangi o‘quv yilidan boshlab talabalar qayerda o‘qishni boshlashi va OTMlarning hozirgi binolari taqdiri nima bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
✅ 68ta bolaning o’limiga sabab bo’lgan fojea bo’yicha sud yakunlandi. Ammo…

Javobgarlar orasida Sog’liqni saqlash vaziri yoki shu yo’nalishdagi vazir o’rinbosari, boshqarma boshliqlari yo’q.

Shuncha bola o’lib ham hech narsaga javob bermasa bular nimaga mas’ul o’zi? Ayniqsa haligi doim xotirasi pand beradigan “onaxon”ning har qanday ishkalda suvdan quruq chiqaverishi hayratlanarli. Kamiga vijdon ham yo’qmi, yana bez bo’lib ishida davom etaverishiga “qoyil qolish” kerak.

Mas’ularning xatosi sababli millatning o’nlab begunoh bolalari o’lib ketsayam, qanchasi nogiron bo’lib qolsayam yana shu xalqning pulidan indamay oylik olib yuraveradigan bezbet amaldorlar bizga kerakmi?

Dok-1 Maks, antistrumin kabi ketma-ket jinoyatlardan keyin ham birontasi millat bolalariga joni achib o’z hohishi bilan iste’fo bermadiya nomard vijdonsizlar.

Ular go’daklarning ommaviy o’limi, ommaviy zaharlanishlari, o’nlab bolalarning nogiron bo’lishi uchun javob bermaydimi? Javob bermasa nima …q yeb lavozimda o’tiribdi?

Bu qanaqa adolat o’zi? Davlatchilik shunday bo’ladimi? O’lib ketgan bolajonlarning aybi O’zbekistonda tug’ilganimi?

Obidjon Latipov.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

Buxoro davlat tibbiyot institutining Hindistonlik talabasi vafot etdi.

Dastlabki berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2003 yilda tug‘ilgan, institutning ikkinchi kurs talabasi Navas Nasmel kecha, 28 fevral kuni talabalar turar joyidagi o‘z xonasida sog‘lig‘i yomonlashgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilgan.

Zudlik bilan Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan Hindiston Respublikasi fuqarosi, a’lochi talabalarimizdan biri Navas Nasmel vafot etdi.

RSTEIAM Buxoro filiali tomonidan taqdim etilgan dastlabki tashxisga ko‘ra, marhum ikki tomonlama o‘pkalarning total pnevmaniyasi natijasida yuzaga kelgan o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

O‘z vaqtida ma’muriyat Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda talabaning yaqinlari xabardor qilindi.

Biz marhumning oila a’zolariga va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz!

Manba:➡️ 🏢Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi markaz bosh hisobchisi javobgarlikka tortildi

Sudlanuvchi Sh.Mardiyev 2009-2023- yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida bosh bugalter lavozimida ishlab, o‘zining vakolatlaridan foydalanib, “UzAsbo” tizimiga soxta ma’lumotlarni kiritish orqali markazda avval ishlagan xodimlarning nomiga juda ko‘p miqdorda ortiqcha ish haqi hisoblab, ushbu pullarni o‘zlashtirish orqali o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Sud hukmi bilan unga 3 yil muddatga moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqi mahrum qilinib, oylik ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolingan holda 3 yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Shuningdek, u yeb yuborgan pullarini ham markazga qaytaradi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Maktab oshxonalaridagi taqiqlangan mahsulotlarga qarshi reyd boshlandi.

Sanepidqo‘mita Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari 156 va 134-maktablarda o‘rganish o‘tkazgan.

Natijada maktab oshxonasida taqiqlangan mayonez va ketchup qo‘shilgan mahsulotlar, rangli va gazli ichimliklar, saqichlar, qotirilgan nonlar, qandolat mahsulotlari sotilayotgani aniqlangan.

Bu tur mahsulotlar o‘rnatilgan tartibda ushbu brakeraj qilingan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
O‘n besh yil oldin sinf doskasi taxta bo‘lgan. O‘quvchi esa aqlli.
Hozir esa doska aqlli bo‘ldi, o‘quvchi esa taxta!

© Mubashshir Ahmad

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
RAMAZON OYINING BIRINCHI KUNI TO‘GʻRISIDA

🗣 O‘tgan haftada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo hay’atlarining onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi.

🟢 Yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, falakiy hisob-kitoblar, astronomik ma’lumotlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqildi.

🔭 Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni e’tiborga olib, hijriy 1445 yil Ramazon oyining birinchi kuni milodiy 2024 yil 11 mart, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida yakdil fikrga keldilar.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🤲 TAROVEH NAMOZINI MASJIDLARDA O‘QISH VAQTLARI

🌙 Ramazon oyi yaqinlashgan sari mo‘min-musulmon xalqimizning xursandchiligi yanada ziyoda bo‘lmoqda. Shubhasiz, qutlug‘ oyga ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydigan, shu oyga xos bo‘lgan ibodat taroveh namozidir. Bu borada Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon oyida iymon bilan savob umidida (tarovehda) qoim bo‘lsa, avvalgi gunohlari kechiriladi” (Imom Buxoriy), deganlar.

🗣 2024 yil 10 mart, yakshanba kuni xufton namozidan so‘ng yurtimizdagi majidlarda taroveh namozi boshlanadi.

✔️ Mamlakatimizning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozi boshlanish vaqtlarini quyida e’tiboringizga havola etamiz:

Farg‘ona - 20:15
Namangan
- 20:15
Andijon
- 20:15
Toshkent v.
- 20:30
Toshkent sh.
- 20:30
Sirdaryo
- 20:30
Jizzax
- 20:30
Samarqand
- 20:45
Qashqadaryo
- 20:45
Surxondaryo
- 20:45
Navoiy
- 20:50
Buxoro
- 20:50
Xorazm
- 21:10
Qoraqalpog‘iston R.
- 21:10

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
"Ramazon Tabrigi !!! "

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Ramazonga yetkazgan Alloh taologa cheksiz hamd boʻlsin. Barchamizga muborak boʻlsin. Bu oyni barakoti, fazlidan hammamizga nasibador boʻlish nasib qilsin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Saharlikka uxlab qolgan odam nima qiladi?

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Talabalar tomonidan sun’iy intellektga asoslangan IELTS Mock platformasi ishlab chiqildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Behzod Shuhratov va Javohir Shomuratov ingliz tilidan bilim darajasini onlayn aniqlash imkoniyatini beruvchi Examy.uz - IELTS Mock platformasini ishlab chiqishdi.

Bu platformada foydalanuvchilar IELTSning har to‘rtala — Listening, Reading, Writing hamda Speaking qismlarida test topshiradilar va taxminiy IELTS darajalarini bilib olishlari mumkin.

Platforma afzalliklari:

▪️testni to‘liq yoki har bir qismni alohida topshirish mumkin ;

▫️natijalar 1 daqiqa ichida ma’lum bo‘ladi;

▪️xatolarni ko‘rish va tavsiyalar olish;

▫️istalgan joydan turib kompyuter yoki telefonda test topshirish imkoniyati bor.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Converted audio
Roʻza haqida...

Sulton Abdulhamidxon

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Navro'zda talabalar 4 kun dam oladi.

21-mart Navro'z bayrami munosabati bilan dam olish kuni, 22-23-mart kunlari Prezident farmoni bilan qo'shimcha dam olish kunlari hisoblanadi. 24-mart yakshanba odatdagidek dam olish kuni.

Bundan ko'rinib turibdiki O'zbekistonliklar 21-22-23-24-mart kunlari dam oladi, o'z-o'zidan talabalar ham)

P/S: Biletlarni hozirdan olib qo'ysangiz bo'ladi. Chegirma bo'lishini kutib biletsiz qolib ketmanglar, bayram arafasi chegirma bo'lishi aniq lekin bilet bo'lishi aniq emas)

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Andijon davlat chet tillari institutida talabalar yotoqxonadan chiqishda open budjetga ovoz berishga majburlanganligi aytilmoqda

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi