Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pinhona berguvchi qo‘llar, qayerdasiz?

TOJIBOYEVA GULNOZA 8 yoshda. 1-guruh nogironi. Qizaloq oqqon kasali bilan muntazam davolanib kelmoqda.

Karta raqami (Uzcard):
Mikrokreditbank
8600050424878447
Suyunov Akmal

☎️ +998991740486

Bolakay sog‘ayib ketishi uchun uning ota-onasi saxovatpesha insonlarning yordamiga muhtoj.
Dori-darmonlar narxi oila uchun ancha qimmatlik qilayapti.

Ehsonning mukofoti, faqat ehsondir.

(Rohman, 60)
Ko‘pchilik xavas qilgan g‘arb turmush tarzi

🇪🇺 Yevropa davlatlarida ro‘yxatga olingan nikohdan tashqari tug‘ilgan bolalar ulushi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Namangan muhandislik - texnologiya institutida yashirincha ro'molga qarshi reyd boshlandi

"Assalomu alaykum aka yaxshimisiz? Shaxsim sir qola qolsin iltimos.

Namangan muhandislik texnologiya institutida ro'molga qarshi yashirin reyd qattiq ketyapti. Har bir xonaga kirib qizlani shaxsiyatiga tegib, "ro'molingni yech, qari onaxonlarga o'xshab qolgansizlar" deb majburlab yechtirmoqda.

Oraliqlarga qo'yilmayapti. Hattoki, ba'zi bir darslarda o'tirgan qizlarga nb ham qo'yishdi. Yana ko'zim tushgan holat telefonlarigacha olib majburlab tekshirishyapdi ekan, eng qizig'i faqat ro'mollik qizlarni holos.

Jonga tegdi oliy ta'limda sifatsiz o'qish ortida ro'mol va soqolni gapirishlari..."


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Qadrdonlar OpenBudgetga nechtadan ovoz yigʻib yuribsizlar? 😁

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Iftorga ozgina qoldi, bolam.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#repost #ulashing

1000KITOB loyihasi doirasida bu yil chop etiladigan kitoblar asosan ilmiy-ommabop va darslik kitoblardir. Tarjimon va muharrirlarga bugungi kunda O‘zbekistondagi nashriyotlar to‘layotgandan bir necha barobar yuqori gonorar (matn murakkabligi va tarjima sifatiga qarab 1800 belgiga 15 $ gacha) belgilanganiga qaramay, hozirgacha ko‘plab tarjima ishlari, afsuski, talabga javob bermayapti. Ya’ni 4$ ga ishlab kelgan tarjimon 10$ ga ham o‘sha sifatda ish bajaryapti. Ahvol ancha achinarli.

Shu bois, tilni biladigan, ishtiyoqmand, tarjima qilinajak kitoblar mavzusi bo‘yicha mutaxassis bo‘lganlardan iborat guruhlar tuzib, kitob tarjimasi va tahririni o‘sha guruhga topshirish haqida o‘ylayapmiz.

Belgilangan kitoblarni sinov tariqasida filolog-tarjimon va shunchaki ingliz tilini biladigan iqtisodchilarga tarjima qildirib ko‘rdik. Iqtisodchi, garchi o‘zi professional tarjimon bo‘lmasa ham, iqtisodiy matnni ancha ravon va tushunarli tarjima qilib, boshqalardan farqli ravishda, kitobda nima nazarda tutilgani, muallif nima demoqchiligini yaxshi anglab turibdi.

Qolaversa, nashriyotlar bilan ham ahvol qoniqarli emas. Tushunishimizcha, bizda aksar nashriyotlar eski kitoblarni qayta bosish va asosan yengil badiiy asarlarni tarjima qilishga o‘rganib qolishgan. Boshqa tomondan, tarjimonlarga kam haq to‘langani bois, ularning ham aksari Gugl-tarjimon "xizmat"i bilan chegaralanayotgani sezilib turibdi. Bunday hollarda xom tarjimani tuzatish og‘irligi o‘z-o‘zidan muharrirlar gardaniga tushadi. Tabiiyki, ular ham yetarlicha haq ololmagani uchun kutilgan sifatni bermaydi, chala ish qilinadi.

Loyihamiz tomonidan kitoblar tarjimasi uchun kattaroq gonorar ajratib berilishi belgilansa ham, sinov-tarjimalari qo‘l uchida topshirilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Shuningdek, loyihaga qiziqish bildirgan, ammo hali tarjima ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan ayrimlar “men IELTS da 8-8.5 olganman, nega menga ish bermayapsiz” deb yozg‘iryapti. Ingliz tilini puxta bilish yetarli emas, o‘zbekchasi undan ortiq bo‘lishi kerak. Kitob mavzusidan boxabarlik esa yanada muhim. Qolaversa, bu loyiha tarjimonlar amaliyot o‘tashi uchun yo‘lga qo‘yilgani yo‘q.

Yuqoridagi kuzatish va fikr-mulohazalardan kelib chiqsak, ayni damda ekologiya, biologiya, fizika, antropologiya, psixologiya, iqtisodiyot yo‘nalishlarida til biladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuzaga kelmoqda. Ayniqsa, OTMlardagi tegishli sohalar bo‘yicha kafedralar, umuman, ilmiy muassasalar biz bilan hamkorlik istagida bo‘lishsa, 1000KITOB loyihasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Kitoblarni tegishli soha bo‘yicha mutaxassislarga grant ajratish tarzida ham nashrga tayyorlash niyatimiz bor: birgina talab ishning sifatli va muddatida bajarilishidir.

Murojaat uchun: 1000kitob@gmail.com

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
To'liq ismingiz?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ramazonning boshlangan ikkinchi yarmi muborak bo‘lsin, yarmi xam o‘tibdi bir pasda...

Ro‘za tutaman deb saharlikka uyg‘onganlarga, Allohning salomi, jannat bo‘lsin!

Saharlikga uyg‘ongan yaqinlaringizga ulashing.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Jeki Chandan 7⃣ ta hayot saboqlari:

1⃣. Sening og‘ir ishing qaysidir ishsizning orzusi;

2⃣. Sening quloqsiz bolang, befarzand insonning orzusi;

3⃣. Kichkina uying, uysizning orzusi!

4⃣. Sening ozgina mablag‘ing, har bir qarzga botgan insonni orzusi;

5⃣. Sening sog‘lig‘ing, har bir bedavo dardga chalingan insonni orzusi;

6⃣. Sening Xudo yashirayotgan gunoxlaring, gunoxlari ochilib sharmanda bo‘lganlarning orzusi;

7⃣. Sening tinch hayoting, xotirjam uxlashing, har bir notinch davlat fuqarosining orzusi

O‘zingda borini qadrla va shukr qil, ertaga nima bo‘lishini bilmaysan-ku!

Do'stlarga ham ulashing!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Oliy ta’lim vazirligi eng korrupsiyalashgan tashkilot deb topildi

Korrupsiyaga garshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo’yicha yangi reyting e’lon qilindi.

Unga ko’ra, Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi
eng
korrupsiyalashgan tashkilot deb
topilgan bo‘lsa, Yoshlar ishlari agentligi 12-o’rinni qayd etdi.

Yuqoridagi ro‘yxatda tizimda korrupsiya yugori bo'lgan TOP-15 ta davlat organlari va tashkilotlari bilan tanishib chigishingiz mumkin.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Barchamizni tinch omonlikda sog‘-salomat tongga yetkazgan Robbimizga hamdlar bo‘lsin.

Borliqni tong shu’lasi ila yoritganidek, hayotimizni ham hidoyat nuri ila munavvar aylasin!

Allohim, qalblarimizni isloh qilsin, gunohlarimizni mag‘firat etsin, ayblarimizni berkitib, ro‘za, zakot, ibodat va tavbalarimizni qabul qilsin. Kunimiz o‘zining rizoligi ila adog‘iga yetsin.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 15-aprel kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

👍 Imtihonlar 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

📝 Mazkur sertifikatga ega talabgorlar PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
🌐 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BuxDPI talabasi taekvondo bo‘yicha Jahon chempionati sovrindori bo‘ldi

Joriy yilning 25—30-mart kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida taekvondo bo‘yicha oʻtkazilgan Jahon chempionatida 80 kg vazn toifasida Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti Hojiakbar Saidmurodov faxrli 3-oʻrinni egalladi.

✅ Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda nomzodlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 gapirish;
🔹 so‘z boyligi va grammatika;
🔹 yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgor my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, imtihonda ishtirok etishlari mumkin.

📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish va to‘lovni amalga oshirish (990 000 so‘m) 15-aprel kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/56

📝 Test sinovi 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) bo‘lib o‘tadi.

❕ Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
🌐 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

✅ Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 18:00 dan 19:00 ga qadar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida profilaktika ishlarini olib borish rejalashtirilgan ekan.

Shu sababli soat 18:00 dan 19:00 ga qadar my.uzbmb.uz saytida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

✅ Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

👨‍🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤲 Saharlik uchun shirin uyqusidan kechib, uyg‘onganlarga Allohning salomi bo‘lsin!

🌜 Ramazonning 26-kuni muborak bo‘lsin!

❌ Alloh sabr va kuch-quvvat bersin!

🚀 Saharlikka uyg‘ongan yaqinlaringizga ulashing!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣 JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Alloh taolo juma kunida hech bir musulmonning gunohini kechirmay qo‘ymaydi».
Tabaroniy rivoyat qilgan.

🤲 Alloh taolo tutayotgan ro‘zangizni, qilayotgan duo va ibodatlaringizni O‘z dargohida qabul aylasin!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM