Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
‼️Millionga yaqin abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari tarqalgan bo‘lishi mumkin. Kiberzavfsizlik markazi bu bilan jiddiy shug‘ullanishi kerak

Telefon raqamimga bir nechta xususiy universitetlardan "o‘qishga kirdingiz" degan SMS xabarlar kelmoqda. Xabarda hattoki ismimni ham yozishgan. Bunday xabarlarni siz ham olgan bo‘lsangiz kerak.

Barcha xabarlar my.uzbmb.uz saytidan abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan raqamimga kelyapti.

Demak, mening telefon raqamim va boshqa shaxsiy ma’lumotlarim uchinchi shaxslar qo‘liga borib tushgan. Bo‘lib ham bitta universitetda emas, bir nechtasida bunday ma’lumot bor. Vaziyat jiddiy va qo‘rqinchli.

E’tiborli jihati, bunday xabarlar faqat joriy yildan kelishni boshlagani yo‘q. Avvalgi yillarda ham kelgan, lekin hech kim bunga qiziqmagan va chora ko‘rmagan.

Menda 2 ta taxmin bor:

1) Yoki uddaburon xakerlar UzBMB saytini buzib kirishgan va abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘zlashtirishgan hamda uni ko‘chada pullamoqda;

2) Yoki sayt buzilmagan, ammo UzBMBdagi qaysidir xodimlarning o‘zi abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlarini ko‘chada pullamoqda.

Shaxsan men 1-variantga uncha ishonmayman, 2-variant haqiqatga yaqinroq.

Ikkalasidan qaysi biri bo‘lishidan qat’i nazar, kiberxavfsizlikka mas’ul organlar albatta buni o‘rganishi shart. Axir davlat tashkilotining bazasidan shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi hazil narsa emas.

Mening o‘zim tegishli organlarga nomimdan rasman ariza ham yuborib qo‘yaman, albatta. Buning tagiga yetishimiz kerak.

©️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
❓ Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi?

Nodavlat oliygoh talabalariga ijara puli Davlat budjeti hisobidan qoplab berilmaydi.

✅ Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli
qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ertadan oliy taʼlim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanadi

Shu munosabat bilan Toshkent ko‘chalarida kunning tig‘iz vaqtida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash maqsadida qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan 9-sentyabrdan jami 163 ta yo‘nalishda 1 556 ta avtobus ishga chiqarilib, 22 701 ta qatnov amalga oshiriladi.

Shuningdek, metro bekatlariga yaqin joylashgan 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti
maqbullashtirilgan bo‘lib, bu talabalarning dars mashgʻulotlariga oʻz vaqtida yetib borishlari uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Batafsil videoda 👆


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
🎉 Yangi o‘quv yili muborak boʻlsin azizlar

📈 Hozir aynan hozir ilm olib qoladigan vaqt. Vaqt o'tgan sari ilm olish qiyinlashib boraveradi. Mana shu 3 (4 yoki 5) yilda olgan bilim va tajribalaringiz kelgusi hayotingizda muhim rol o'ynaydi.

⌛️ Sabr - qanoat qilib matonat ila o'qib izlaning. Sizdan oilangizni, yaqinlaringizni, do'stlaringizni va VATANni umidi katta.

💡 Hozir harakat qilingki keyin afsus demang.

Sizlarga omad va zafar tilab qoluvchi @TalabaUz jamoasi


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Talaba.uz | Ta'lim portali
Photo
Rasmiy bayonot

So‘nggi vaqtlarda ko‘pchilikka nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari tomonidan o‘qishga taklif qilish bo‘yicha turli SMS-xabarlar yuborilmoqda.

Bu holat nafaqat joriy yilda, balki o‘tgan yillarda ham kuzatilgan.

Qayd etish kerakki, ushbu xabarlar faqat abituriyentlarga emas, barchaga, jumladan, Agentlik xodimlariga ham kelmoqda.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

1) Agentlik fuqarolarning roziligisiz uchinchi shaxslarga ular to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etmaydi (Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda OTMlariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bundan mustasno).

2) Agentlikning axborot tizimlarida axborot xavfsizligi ta'minlangan bo‘lib, ularga hech qanday kiberhujum uyushtirilmagan va uchinchi shaxslar tomonidan abituriyentlarning ma'lumotlari qo‘lga kiritilmagan. 

Shu o‘rinda fuqarolarga ishonchsiz manbalardan foydalanmaslikni va turli manbalarga shaxsiy ma'lumotlarini kiritmaslikni tavsiya qilamiz.

Fuqarolarimizda ushbu holat yuzasidan shubha bo‘lgan taqdirda, Agentlik tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish o‘tkazilishiga tayyorligini ma'lum qiladi.

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Talabajonlar uyga kelib quloqlarni yaxshilab yuvish esdan chiqmasin. Oralarida lag'mon qolib ketgan bo'lishi mumkin 🙂

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁27
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Magistraturaga o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Universitet - kutbxona atrofiga qurilgan bir bino

Yangi o’qishga qabul qilinganlarga maslahat:

✅ Eng asosiysi “o’qishga kirdim, endi davrimni suraman deb ipi yechilgan moldek ko’cha-ma ko’cha daydib yurmanglar. Siz o’qishga KIRDIZ - bu degani o’qish endi boshlanadi degani. Agar o’zizni tashavorsez qiyin bo’ladi.

✅ Hozirdan o’qishni bitirib nima qilishizni aniq qilib oling, o’shanga qarab kerakli narsalarni o’rganing

✅ Ingliz tili va Rus tilini bemalol 4 yilda o’qib qo’ysa bo’ladi, 4-kurs oxirida oyig’i kuygan tovuqdek “IELTS olishim kerak” demaslik uchun hozirdan harakatni boshlang

✅ Do’st orttirishdan qo’rqmang, atrofizda yaxshi odamlar bo’lishiga ishonchiz komil bo’lsin, ommaviy tadbirlar, bayramlar, conference dan networking ni yaxshilashda foydalaning

So’nggi pushaymon o’zinga dushman. 4 yillik bu vaqtni “talabalik oltin davrim” deb kayf qilib tashamang.

©️ Sirojiddin

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uy ishlaridan qutulib oʻqishga kelgan talaba 😃

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁6
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

📋 Ma'lumki, joriy yil 22-avgustdan boshlab belgilangan sanalarda OTMlariga kirish hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari  Apellatsiya komissiyasi a'zolari tomonidan ko‘rib chiqildi. Apellatsiya jarayoni 2024-yil 10-sentabr kuni to‘liq yakuniga yetdi.

👨‍🏫 Apellatsiya komissiyasi tomonidan 4 055 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 831 nafari (20,5%) jarayonda ishtirok etdi, 3 224 nafari esa ishtirok etmadi.

🏢 Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yilda ilk marta Nukus shahrida apellatsiya shikoyati bergan qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarning e'tirozlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sayyor Apellatsiya komissiyasi tashkil etildi.

📌 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
❓Talaba qanday holatlarda akademik ta’til olishi mumkin?


🔰 Akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, talabalar oʻz ixtiyoriga koʻra, qaysi ta’lim shaklida tahsil olishidan qat’iy nazar akademik ta’til olish huquqiga ega. Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Akademik ta’til quyidagi holatlarda berilishi mumkin:

–harbiy xizmatni o‘tash uchun;
–salomatligini tiklash uchun;
–homiladorlik va tug‘ish uchun;
–bolalarni parvarish qilish uchun;
–oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.


Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

–harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

–homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga;

–salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga

❗️ Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁14
⚡️ Kambagʻal oilalar farzandlarini bogʻcha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli taʼlim olishini tashkil qilish Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi

Prezident har bir kambagʻal oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy maʼlumotli boʻlishi uchun sharoit yaratilishini eʼlon qildi. Bunda:

-- oliygoh, kollej va texnikum talabalarining oʻzlashtirish koʻrsatkichi kamida 80 foiz boʻlsa, ularga keyingi oʻquv yili uchun foizsiz taʼlim krediti beriladi;

- oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini toʻplagan kambagʻal oila farzandlariga qoʻshimcha grant ajratiladi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil boʻlgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard soʻmlik grant eʼlon qiladi.

Bu grantlar hisobidan, fanlarni oʻzlashtirishidan kelib chiqib, kambagʻal oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Kambagʻal oilalar farzandlarini bogʻcha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli taʼlim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama koʻmak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday❓
Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi
❓

📹 Ushbu savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba.uz | Ta'lim portali
Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday❓ Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi❓ 📹 Ushbu savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob…
❓ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?

OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Bunda muddatlar quyidagicha:

25% ni — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;
50% ni — 2025-yil 1-yanvargacha;
75% ni — 2025-yil 1-martgacha;
100% ni — 2025-yil 1-maygacha.

Eslatma! To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi.

kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

❗️Super-kontraktda o‘qiydigan talabalar ham kontraktni bo‘lib to‘lashlari mumkin. Lekin super-kontraktda o’qimoqchi bo’lganlar dastlab 50% to’lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to’g’risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
FOJIAMIZ

Armani:
— Sizga kim kerak, azizim? «Qorovul Petrosyan» deysizmi? Vax-vax-vax! U qorovul emas, akademik! Donishmand odam! Yuring, uyini ko‘rsataman. Yaqinda ikki qavatli uy soldi, azamat!

Gurji:
— Kimni so‘rayapsiz, batano? «Etikdo‘z Panjikidze?» O-o-o! U etikdo‘z emas, akademik! Bunaqa donishmand odam yuz yilda bir tug‘iladi! Yuring, dachasiga oborib qo‘yaman. Uch qavatli dacha quryapti, azamat!

O‘zbek:
— Nima? Kim deysiz! «Akademik Alijonip?» Hech qanaqa akademik emas u! Qorovulchalik savodi yo‘q! Etikdo‘zchalik ilmi yo‘q! Gʻirt ahmoq odam. Poraxo‘r! O‘rikzorda dang‘illama imorat solayapti. Shuncha pulni qayoqdan oladi? Umuman... men hech qanaqa Alijonip-palijonipni tanimayman!

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"dan

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Audio
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda FarDU dekani ro'molda kelgan qizlarni o'quv binosiga kiritmasligini aytib "o'zgarmasangiz bo'lmaydi" degan audiosi tarqaldi.

IMHO: Qaysi zamonda, qaysi davrda yashayapsizlar? Boʻldida endi. Shunaqa topshiriq berayotgan kuratorlaringizga "Etiqodga qarshi yurolmayman, qoʻlingdan kelsa ishdan boʻshatvor!" deb ayta oling. Xudoni oldiga aytar soʻzingiz bilan keting.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish bo'yicha video qo'llanma

"Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va to‘lov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yo‘naltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad solig‘ini masofadan qaytarib olish mumkin:

✍️ kontrakt;
✍️ nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nodavlat oliygoh talabalari kontrakt pulidan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas!

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
✍️ kontrakt;
✍️ nodavlat bog’cha va maktablar;
✍️ ipoteka kreditlari.

❗️ Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️ “Darsga kiritmaslik bilan qo‘rqitishyapti” - TDPU yagona formani joriy etmoqchi

Toshkent davlat pedagogika universitetining bir guruh talabalari yagona majburiy forma qilinayotganidan norozi. Forma talabalarga 250 ming so‘mdan sotilayotgani, uni olmaganlar darsga qo‘yilmaslik bilan qo‘rqitilgani aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/16410017

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3