Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ 2025-yildan boshlab doktoranturaga qabul tartibi oʻzgarishi mumkin

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Unga koʻra, 2025-yildan boshlab  Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarni har yillik faoliyati natijalari boʻyicha reyting baholash  tartibi joriy etiladi.

2025-yildan boshlab oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul talabgorlarning ilmiy faoliyat natijalari boʻyicha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida toʻplangan tegishli maʼlumotlar asosida jamlanadigan ballar yigʻindisiga koʻra amalga oshiradi.

Yagona elektron tizimda toʻplanadigan maʼlumotlar:

🔺 mutaxassislik fanlari boʻyicha ballar – bakalavriat va magistratura taʼlim bosqichlarida tegishli fanlar boʻyicha toʻplangan ballar (baholari);

🔺 xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha ballar – taʼlimning tegishli sohalari va yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlishiga qarab belgilangan tartibda tabaqalashtirilgan holda.

Yagona elektron tizimda tadqiqot taklifi (research proposal), tadqiqot ishining maqsadi va kutilayotgan natija, tavsiyanomalar va sohaga oid chop etilgan ilmiy maqolalar va boshqalar ham jamlanadi.

2025-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlovlarni tashkil etish, oʻtkazish, saralash va moliyalashtirish Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Jamgʻarmas mablagʻlari hisobidan xorijiy stajirovkaga faqat ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan 35 yoshdan oshmagan xodimlar yuboriladi.

Muhokamada ishtirok etish: 👉  https://regulation.gov.uz/oz/d/103001

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️ Kambag'al oila farzandlari fanlarni o'zlashtirishiga qarab kontraktini 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi

Moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi. Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yigʻilishda maʼlum qilindi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ 1-kurslar kontraktning 25%ini bugungacha to'lashi kerak edi

Vazirlik xabariga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilangandi:

✔️ belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

🔺 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oliy ta’lim vaziri OTMlardagi forma masalasiga munosabat bildirdi

Qo‘ng‘irotboy Sharipovning aytishicha, kiyim ta’lim sifatiga ta’sir qilmaydi, lekin agar forma bo‘yicha talablar bo‘lmasa, “jamiyatda har xil kiyimdagi odamlar paydo bo‘ladi”, bu esa “har xil to‘qnashuvlar va ziddiyatlar”ga olib keladi. Shuningdek, vazir o‘zbek oliygohlari 2030 yilgacha top 500 talikka kira olishiga ishonch bildirdi.

👉 Batafsil

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Namanganda davlat oliy taʼlim muassasalari birlashtirilmoqda

Aytishlaricha, viloyatdagi Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Namangan toʻqimachilik sanoati instituti yagona oliygoh sifatida birlashadi.

Qaror bugun yoki erta eʼlon qilinishi kutilmoqda. Viloyatdagi 3 ta OTM birlashgan taʼlim muassasasining nomi esa Namangan davlat texnika universiteti deb nomlanishi aytilmoqda....

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁9
⚡️ Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 680.000 so'm nafaqa puli beriladi

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:

👉 Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.


👉 Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi.


Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (600.000 so'm) tashkil etadi.

📑 Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

• OTM rektori nomiga ariza;
• Pasport nusxasi;
• Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.


🛡 Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁1
❓ O‘qishdan stress olmaslik uchun qanday tarzda o‘rganish kerak?

👨‍🏫 Shubhasiz, bilim olish eng mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Lekin hamma ishning qiyinchiligi bo‘lganidek, o‘qishning ham og‘irliklari bor. Ayniqsa, g‘alvir suvdan ko‘tariladigan payt yaqin qolganda.

🔥 Ko‘p o‘qish stressga sabab bo‘lishi, sizni charchatib qo‘yishi mumkin. Ham ko‘proq o‘qing, ham stresslarni chetlab o‘ting:

🎈 Erisha oladigan maqsadlarni oldingizga qo‘ying. O‘z potensialingizni bilasiz, lekin o‘zingiz qo‘lingizdan kelganidan ham ko‘prog‘ini o‘zingizdan talab qilmang.

👨‍💻 Keragidan ortiq narsani o‘zlashtirish uchun qisqa muddatlar qo‘ymang. Qancha muddatda qancha bilimni o‘zlashtirish mumkinligini belgilab olib, shunga amal qilgan holda o‘qing.

📚 Eng muhim manbalarni birinchi o‘rinda o‘zlashtirishga, unchalik muhim bo‘lmaganlarini keyingi o‘rinda o‘qishga harakat qiling. Muhim va muhimligi unchalik yuqori bo‘lmagan narsalarni saralashni o‘rganing.

👀 Diqqatingizni to'liq jamlashni o‘rganing. Bir narsani o‘qiyotganda oldingi va keyingi voqealar haqida o‘ylamay, faqat o‘qishga harakat qiling. Chalg‘ish o‘qiyotgan narsani yaxshi o‘zlashtirmaslikka, oqibatda buning ta’sirida horg‘in kayfiyatga tushib qolishga sabab bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁1
⚡️O'qishni ko'chirish imtihonidan o'tgan talaba oliygohga qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?

O'qishni ko'chirish imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o'tganlar talabalarga oliygoh tomonidan aloqa xati beriladi va aynan shu hujjatda qanday hujjatlar olib kelinishi lozimligi ko'rsatilgan bo'ladi, jumladan:

👉 Diplom yoki attest asl nusxasi;
👉 Transkripti yoki reyting daftarchasi asl nusxasi;
👉 Akademik ma'lumotnoma;
👉 1-kursga qabul qilinganlik bo'yicha buyruqdan ko'chirma;
👉 Kursdan-kursga o'tganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
👉 Talabalar safidan chetlashtirilganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
👉 Oliygoh akreditatsiya (sertifikat yoki litsenziya) hujjatlari

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

🔺 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

🔺 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

🔺 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

✅ 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

👨‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
❓3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar masofaviy ta’lim olishi mumkinmi?

✅ JAVOB: Hozircha bunday tartib mavjud emas.

Joriy yilning 28-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilgan edi. Ushbu muloqotda Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator TAKLIFLARni ilgari surgan edi.

Jumladan, kelgusida uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratilishi aytilgandi.

Bu taklif maqomida bo‘lib, hozircha bu borada biron hujjat qabul qilinmadi. Ya’ni uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar qaysi holatda masofaviy ta’lim oladi, buning uchun nimalar qilishi kerak, kimga qanday ariza beradi, bunda ta’lim shaklini masofaviyga ko‘chirish tarzida bo‘ladimi yoki kunduzgida qolaverib, vaqtincha masofaviy o‘qib turadimi, hozircha bu savollarning birontasiga rasmiy javob yo‘q. Shunga oid biron rasmiy hujjat qabul qilinsa, undan keyingina aytish mumkin.

Xullas, bugungi kunda uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar oliygoh ma’muriyatidan masofaviy o‘qishni talab qilishi befoyda.

©️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
⚡️ 1-kurslar uchun yangi tizim: ular faqat 1 yillik grant bilan talaba bo'lgan

📆 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda:

ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁1
❓ Boshlang’ich ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
➡️ boshlang’ich sinf o’qituvchisi;
➡️ o'qituvchi-tarbiyachi;
➡️ qo'shimcha ta'lim pedagogi;
➡️ uslubiy ish rahbari;
➡️ o'qituvchi-psixolog;
➡️ direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari;
➡️ direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;
➡️ mahallada yoshlar yetakchisi;
➡️ pedagog-targ'ibotchi;
➡️ maktabgacha va maktab ta'lim vazirligida metodist.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Xabaringiz bor, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar sanasi 27–29-sentabrdan  22-sentabrga o‘zgartirilgan edi. Shunga ko‘ra imtihon sanasi sifatida 27–29-sentabrni tanlagan talabgorlar uchun ham test sinovlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

✏️test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tilini-bilish-09-16

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻqituvchi millat tayanchi.

O'qituvchiga tupurgan millat haqida.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
⚡️ Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim

🔰 Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda:

➖ bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin;

➖ abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin;

➖ kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi;

➖ my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

⚠️ Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim.

✅ Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar va abituriyentlar diqqatiga!!!

Kollej va texnikumlarda o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat – 25-sentyabrga qadar professional ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul bo‘lib o‘tadi. Buning uchun my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilgan holda hujjat topshirish mumkin.

Qabul jarayonida yangi imkoniyatlar ham taqdim etilmoqda. Qadrli abituriyentlar 25-sentyabrga qadar ushbu imkoniyatdan foydalaning.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22053

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#biroz_tabassum

1-kurslarning telefndagi suhbati:
- Bu yer biz o'ylagandan boshqacharoq ekan.
- Qanday?
- Hozir tushuntirib bera olmayman.
- Tushunarli...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sirdaryoda bankomatni buzib, o‘g‘rilik qilgan talabalar 4 yilga qamaldi

Ikki nafar talaba va bir nafar voyaga yetmagan shaxs Mirzaobod tumani hududida joylashgan bankomatlarni buzib, ichida mavjud bo‘lgan 177 mln so‘m pul mablag‘larini o‘g‘irlayotgan vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Sud hukmi bilan ushbu jinoyatni sodir etgan ikki nafar talaba 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Hamma ham orzu qila oladi. Lekin, hamma ham uni maqsadga aylantira olmaydi...

Maqsad uchun harakat qilish kerak!


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
⚡️ Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi?

✅ Javob quyidagicha:

1️⃣ Agar o'qituvchi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qo'shib beriladi!

2️⃣ Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, tegishli  fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya'ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo'lsa 93 ball, 2-blok fani bo'lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi.

Agar 60% dan 85% gacha natijani qo'lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya'ni 80 foizlik natijani qo'lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi!

3️⃣ Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo'lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi. Ya'ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o'tadi!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM