https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Fanlar majmuasi 2025:2026-oʻquv yili qabuli uchun.pdf
228 KB
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Ular «alfa» avlodni almashtiradilar va to’liq avtomatlashtirilgan dunyoda o’sishadi, neyron tarmoqlar va texnologiyalar tom ma’noda barcha narsalarda bo'ladi: ta'limdan tortib, do'konda xaridlargacha.
Beta avlod so'nggi yillardagi pandemiya va boshqa qiyinchiliklar haqida faqat maktabdagi tarix darslaridan bilib olishadi. Ularni keyingi avlod esa 2040 yilda keladi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
➖mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi;
➖yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi;
➖tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslariga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlar ham qamrab olinadi;
➖bosqichma-bosqich Andijon viloyati, Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etiladi;
➖“Mehr daftari” jamg‘armalari tugatiladi.

😭4👍2
#recommendation
“Nega biz 10 kunda o’rganadigan narsani 10 yilda o’rganamiz?”
Biz har doim ishimizni oxirgi nuqtada bajarishga urinamiz.
Lekin siz o’sha 10 kunni juda katta pressure bilan bosib o’tasiz. Shuning uchun “procrastination” ni chetga surib hamma ishlaringizni o’zingiz reja qilgan vaqtda qilishga odatlaning. Oxirgi nuqtada katta nagruzka bilan ishlagandan ko’ra kunlar davomida mayda taskchalarga bo’lib qo’ygan ancha yaxshiroq.
Muxsina Davlatova
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
“Nega biz 10 kunda o’rganadigan narsani 10 yilda o’rganamiz?”
Biz har doim ishimizni oxirgi nuqtada bajarishga urinamiz.
Ya’ni imtihonga tayorlanish uchun bizda 6 oy bo’ladi, lekin oxirgi 1 haftada tayorlanamiz. Uyga vazifani bajarish uchun 1 haftamiz bo’ladi, lekin oxirgi 30 daqiqada bajaramiz. Diplom ishini yozishga 1 yilimiz bo’ladi, lekin oxirgi 1 oyda yozamiz.
Ha, miyamiz biladi bu ishni bajarish uchun bizga 10 oy emas, 10 kunning o’zi yetarli ekanini 🫠
Lekin siz o’sha 10 kunni juda katta pressure bilan bosib o’tasiz. Shuning uchun “procrastination” ni chetga surib hamma ishlaringizni o’zingiz reja qilgan vaqtda qilishga odatlaning. Oxirgi nuqtada katta nagruzka bilan ishlagandan ko’ra kunlar davomida mayda taskchalarga bo’lib qo’ygan ancha yaxshiroq.
Muxsina Davlatova
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (28.12.2024-y.) qabul qilindi.
▪️Hujjatga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan:
▪️Shuningdek, qaror bilan “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ham tasdiqlandi.
▪️Nizom:
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
❗️Toshkent Islom universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga 20 foizgacha oylik qo‘shimcha haq endi to’lanmaydi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat va magistratura bosqichlarini bitirgan talabalar o‘z ixtisosligi bo‘yicha davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga ishga qabul qilinishida davlat ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan teng huquqqa ega bo‘ladilar, ularga nisbatan Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" 2003-yil 11-avgustdagi 347-son qarori talablari qo‘llanilar edi.
Prezidentining 25.12.2024 yildagi PQ-455-son “O‘zbekiston Respublikasining "2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to’g’risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida” qarori 9-ilova 11-bandiga muvofiq:
Vazirlar Mahkamasining 11.08.2003 yildagi 347-son qarori 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotdi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent Islom universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga 20 foizgacha oylik qo‘shimcha haq endi to’lanmaydi.

😭5👍2
Bakalavr_turdosh_2024.pdf
1.8 MB
Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:
➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.
Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.
O'qishni ko'chirish 20-yanvarga qadar davom etadi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Eslatma: Mazkur tartib amaldagi qog‘oz shakldagi chaqiruv qog‘ozini berish tartibini bekor qilmagan holda Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda sinov tarzida yo‘lga qo‘yildi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍89
O‘ziga ishonch paradoksi
O‘ta intizomli, sportchi tanishimdan so‘radim:
— Nega shu vaqtgacha murabbiy bilan shug‘ullanasiz?
— O‘zimga ishonmayman. Nafsimga yengilishim mumkin.
O‘ylab qarasam, daholar aksincha o‘ziga ishonmas ekan:
1. Qo‘mondon — Toriq Ibn Ziyod qo‘shini bilan daryoni kechib o‘tadi. Qo‘rqib ortga qochmaslik uchun kemalarni cho‘ktirib yuboradi;
2. Xorazmshoxlar sharqqa yurishda, suvdan kechib, ko‘prikni buzib yuboradi. Sababi o‘sha.
3. Jannatga ikkala oyog‘im bilan kirmagunimgacha kulmayman, degan edi Abu Bakr (r.a).
4. Umar (r.a) men munofiq emasmikanman, deb qo‘rqishlarini ham misol qilsak bo‘ladi.
Biz negadir — qiyinchiliklarni yengish, tavakkul qilish kabi vaziyatlarda o‘zimizga ishonmaymiz.
Ammo nafsimizga kelganda o‘zimizga ortiqcha ishonamiz:
Chunki birinchisi iymonga, ikkinchisi esa shaytonga bog‘liqda..
Xullas, motivatsiya emas, demotivatsiya beraman:
O‘zingga ishonma!
Mohir Mirzaxmedov

— Ertadan aniq boshlayman;
— Dushanbadan «javob» boraman;
— Yangi yildan bomdod o‘qiyman;
— 40 chiqsam, ibodat qilaman va hkz.
Chunki birinchisi iymonga, ikkinchisi esa shaytonga bog‘liqda..
Xullas, motivatsiya emas, demotivatsiya beraman:
Mohir Mirzaxmedov
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6😭1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 20 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi sifatida tasdiqlandi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.
Jumladan:
Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 124 nafar talabgor nomzodlarning hujjatlari taqdim etilib, 20 ta yo‘nalishda tanlovning so‘nggi - suhbat bosqichiga tavsiya etilgan 57 nafar talabgor bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat natijasi Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan g‘oliblar tavsiya etildi.
👉Prezident davlat stipendiyasi g‘oliblari ro‘yxati
💐Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
- Imtihonlar qalay o'g'lim?
- Qimmatlab ketdi dada.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
- Qimmatlab ketdi dada.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😭12
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 2025-yilning birinchi choragida test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilandi.
YANVAR
➖ 14-yanvar
➖ 31-yanvar
FEVRAL
➖ 14-fevral
➖ 28-fevral
MART
➖ 13-mart
➖ 28-mart
❗️ DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
YANVAR
➖ 14-yanvar
➖ 31-yanvar
FEVRAL
➖ 14-fevral
➖ 28-fevral
MART
➖ 13-mart
➖ 28-mart
❗️ DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni dam olinadimi?
❌Yo‘q. Ushbu sana ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilanmagan. Shunday ekan, 14-yanvar barcha uchun odatiy ish kuni hisoblanadi.
📆 2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari quyidagicha:
👉1-yanvar – Yangi yil;
👉8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉21-mart – Navro‘z bayrami;
👉9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
👉Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉Qurbon hayit (Iyd al-Adha).
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❌Yo‘q. Ushbu sana ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilanmagan. Shunday ekan, 14-yanvar barcha uchun odatiy ish kuni hisoblanadi.
👉1-yanvar – Yangi yil;
👉8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉21-mart – Navro‘z bayrami;
👉9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
👉Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉Qurbon hayit (Iyd al-Adha).
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😭8👍3
O‘qituvchilarga Malibu, Tracker, Onix, Equinox, Captiva 5T avtomobillarini 5 yilga bo‘lib to‘lashga beriladi degan xabarlar yo'lgon ekan.
To‘g‘riyamda, UzAuto AJ bo‘lsa, ya’ni tadbirkorlik sub’yekti, kimga nimani qanday berishni o‘zi hal qilsa)))
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8😭2
Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish – 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar davom etadi.
Arizalar 21-yanvardan 31-yanvargacha ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Quyidagilar o‘qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🇺🇿 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni!
⭐️ Talaba.uz kanali barcha yurtdoshlarimizni 14-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
⭐️ Jonajon Vatanimiz tinch, yurtimiz sarhadlari esa doimo mustahkam bo‘lsin!
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⭐️ Talaba.uz kanali barcha yurtdoshlarimizni 14-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
⭐️ Jonajon Vatanimiz tinch, yurtimiz sarhadlari esa doimo mustahkam bo‘lsin!
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_eslatma #abituriyent2025
⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma!
🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.
2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).
E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.
Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda👈

Uchta tog‘am bor. Uchalasiyam rassiyachi edi. Ikkitasi haliyam rassiyachi. Faqat bittasi 5-6 yilcha ishladi-yu, topganiga mol-qo‘y qilib, shuni orqasidan ro‘zg‘or tebratdi. O‘ziga shu yoqadi, moldo‘xtir-da.
Ayrimlar, ayniqsa xotini tog‘amni noshudga chiqardi, ikkita o‘g‘ling bo‘lsa, kuching borida uy-joyni harakatini qilmaysanmi, degan dashnomlar ostida yashadi. Lekin tog‘am bitta zoʻr ish qildi: bollarini o‘qitdi. Qiynaldi, qarz bo‘ldi, kam yedi, kiymadi, lekin bollarini oʻqitdi.
Esimda, ukalari tog‘amning ko‘zini ochirishmasdi, bollaringni semirganini qara, bu tengilar dalada ketmon chopyapti, non topyapti, senikilarning qo‘lidan kitob tushmaydi, boqibeg‘amlar, onasini qornidan tushgandan beri kursga boradi, degan gaplar bo‘lgan. Lekin tog‘amni hech kim bilan tortishib-bahslashganini ko‘rmaganman. Fe’li keng odam edi.
Hozir o‘sha qo‘lidan kitob tushmaydigan og‘illarning biri Dubayda yo‘l qurilish kompaniyasida injiner, bittasi otasining yo‘lidan borib, ichki ishlarda kinolog bo‘lib ishlayapti, toparmon-tutarmon yigitlar. Tog‘am haliyam mol boqadi.
Nima qipti, zato ukalaridek sovuq o‘lkalarda kimlargadir qaram bo‘lib ishlayotgani, oilasini bir yilda bir ko‘rayotgani, pochkasini sovuqqa oldirgani yo‘q.
Kichik tog‘alarimning esa dang‘illama uyi hanuz bitmadi. Bitmaydiyam. Bolalariyam oʻzlaridek rassiyachi bo‘ldi. Qachonlardir akasining bolalariga namuna bo‘lgandir, lekin hozir ularga faqat havas qiladi.
Tog‘am otalik, erkaklik, insonlik vazifasini a’lo darajada yashab o‘tyapti. Dang‘illama uyiyam bor, quvonarlisi, bu uchun u yillab umrini sovuq o‘lkalarda o‘tkazmadi, qul bo‘lmadi, shunchaki yuragi buyurgan ishlarni qildi. Tog‘am geroy!
Oygul Hamidullayeva

👍44
Qiziq hayotiy voqea
Qornim och edi; restoranga bordim. Menyuni ochib, nima yesam ekan deb o‘ylanib turdim.
Biroz vaqt o‘tgach, yonimga ofitsiant keldi: — Nima buyurasiz? dedi.
Uni ko‘rib, bir muddat so‘z topolmay qoldim. Keyin iltifotli ohangda:
— Iltimos, shu-shu-shuni olib keling, dedim.
Buyurtmamni olib keldi.
Har 10 daqiqada kelib: — Kamchilik yo‘qmi?, dedi. Men har safar:
— Yo‘q, yo‘q, hammasi zo‘r, — deb javob qaytardim.
U egilib, stolni tozaladi va sekin ortiga qaytdi.
O’sha vaqti chuqur o’yga toldim.
Ofitsiantning yoshi dadamdan ham kattaroq edi. Yoshi katta inson, sizga xizmat qilsa o’zingizni juda noqulay his qilasiz ekan.
Oilasi uchun, farzandlarini o’qishi uchun halol mehnat qilib risq topayapti-ku
Mehnatni esa aybi yo’q deb o’zimga tasalli berib restorantdan chiqib ketdim
Shunga o’xshash ko’plab ota/dadalar Rassiyada, qishda sovuqda, qurilishda og’ir mehnat qilib, o’zlari oddiy kiyinib, kamtarona ovqatlanib oilasi uchun ishlamoqda.
Nima uchun? Javobi oddiy:
Oilasi va farzandlarini kelajagi uchun.
Endi o‘zingiz ayting, otamiz biz uchun shuncha mashaqqat cheksa-yu, biz esa o‘qishga motivatsiya qidirib, dangasalikdan chiqolmasak, qanday farzand bo‘lamiz?
Xusan Abdumo'minov

👍14😭7