Talaba.uz | Ta'lim portali
5.5K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
🔔 1-kurs talabalari uchun darslar rasman boshlandi!

🎓 Auditoriyani adashtirib qo‘yishlar, yangi ustozlar va guruhdoshlar bilan ilk tanishuv... Barchasini birinchi marta boshidan o‘tkazayotgan 1-kurs talabalarini bugungi unutilmas kun bilan tabriklaymiz! ✨

💡 Bu yillar hayotingizdagi eng qiziqarli, ba'zan qiyin, lekin haqiqiy oltin davr bo‘lib qolishiga ishonamiz. Bilim olishdan va o'z ustingizda ishlashdan aslo to'xtamang. Barchaga muvaffaqiyat!

P.S. Talaba bo'lganingizni endi his qildingizmi? Hissiyotlar bilan izohlarda bo'lishamiz! 😊

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ O‘zDJTU talabalari uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi

2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 7-sentabrdan boshlab “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yo‘nalishida vaqtinchalik avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

📍 Yo‘nalish bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:

🗓 Qatnov boshlanishi: 7-sentabrdan
⏰ Harakat vaqti: 07:00 dan 08:00 gacha (ertalabki tig‘iz vaqtda)
🚌 Avtobuslar soni: 4 ta katta sig‘imli avtobus

🎓 Manzil: avtobuslar talabalarni "Mirzo Ulug'bek" metrosi oldidan O‘zDJTUning har ikkala o‘quv binosiga yetkazadi.

📍 Yo‘nalish:
— “Mirzo Ulug‘bek” metrosi;
— Taxtagul;
— THAY;
— Lutfiy;
— Ko‘kcha Darvoza;
— Zakovat ko‘chalari;
— O‘zDJTU.

Eslatma: Mazkur avtobuslar faqat ertalabki tig‘iz vaqtda — soat 07:00 dan 08:00 gacha harakatlanadi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kontrakt #shartnoma

Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️

To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish


🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ HEMIS tizimning navbatdagi versiyasi OTTlarga taqdim etildi!

HEMIS tizimining 1.9.53 (05.09.2026 y.) versiyasida OTTlarda ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish va talabalarni tizimga kiritish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.


1. Ikkinchi oliy ta’lim talabalarini kiritish
Ikkinchi oliy ta’limga qabul qilingan hamda texnikumni bitirib, suhbat asosida qabul qilingan talabalarni verifikatsiya orqali tizimga kiritish anketasi ishlab chiqildi.

📍 Talabalar bazasi → Ikkinchi ta’lim talabani kiritish

2. Ikkinchi ta’lim talabalarini rasmiylashtirish
“Ta’lim buyruqlari” modulida ikkinchi ta’lim talabalarini rasmiylashtirish uchun “Darslarga ruxsat berish (ikkinchi ta’lim)” farmoyishi va uning shabloni ishlab chiqildi.

3. Ikkinchi ta’lim uchun o‘quv rejasi
Ikkinchi ta’lim talabalari uchun alohida o‘quv rejasi yaratiladigan holatlarda funksional takomillashtirildi.

Agar ta’lim shaklida “Ikkinchi oliy” tanlansa, o‘quv reja semestrlari 3-semestrdan boshlab yaratiladi.

4. O‘qishga tiklash funksionali
“Ta’lim buyruqlari → O‘qishga tiklash buyrug‘i” funksionali takomillashtirildi. Buyruqqa talaba qo‘shishda hujjat parametri hisobga olinadi va talabalar ajratiladi. Shuningdek, chetlashtirilgan talabalarni verifikatsiya orqali tiklash imkoniyati joriy etildi.

5. Xorijiy talabalarni kiritish
“Talabalar bazasi → Talaba yaratish” funksiyasidan xorijiy talabalarni kiritish olib tashlandi.
Endilikda xorijiy talabalar faqat:

📍 Talabalar bazasi → Xorijiy talabani kiritish menyusi orqali verifikatsiya bilan tizimga kiritiladi.

6. Talaba anketasi takomillashtirildi
Yangi talaba qo‘shishda anketadagi “Farmoyish/Buyruq” maydonida hech qanday hujjat tanlanmaydi.
Ushbu maydonda hujjatlar faqat buyruqlar rasmiylashtirilgandan so‘ng ko‘rinadi.

7. Talaba qo‘shish parametrlari
Quyidagi farmoyish va buyruqlarda talabalarni qo‘shish parametrlari takomillashtirildi:
▪️ Darslarga ruxsat berish turidagi barcha farmoyishlar;
▪️ O‘qishni bekor qilish farmoyishi;
▪️ O‘qishga qabul qilish buyrug‘i;
▪️ Akademik mobillikka qabul qilish buyrug‘i.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

📝 Magistraturaga qabul qilingan talabgordan qanday hujjatlar talab qilinadi?

Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda ko‘rsatib o‘tilgan.

Batafsil videoda 👆

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Maqsadli qabul bo‘yicha muhim huquqiy eslatma!

Amaldagi amaliyot hamda normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, maqsadli qabul (maqsadli kvota) asosida davlat granti bo‘yicha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘z ixtiyori bilan ushbu grantdan voz kechib, boshqa ta’lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt ("super-kontrakt") rasmiylashtirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Yangi 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tartibi va doirasi Hukumat tomonidan hali rasman e’lon qilinmadi.

Kanalimizni kuzatib boring, rasmiy tartib e’lon qilinishi bilan batafsil ma’lumot taqdim etamiz:

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 JIDUga bu yil maksimal 189 ball to‘plagan barcha 3 200 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi — kelgusi yildan tartib o‘zgaradi

👍 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) joriy o‘quv yilida reja bo‘yicha 550 nafar abituriyent qabul qilinishi belgilangan edi. Biroq, sertifikatlar va imtiyozlar hisobiga 3 200 nafar abituriyent maksimal — 189 ball to‘plagan.

Joriy o‘quv yilida maksimal ball to‘plagan barcha abituriyentlar talabalikka tavsiya etildi. Biroq vazirning ta’kidlashicha, kelgusi yildan e’tiboran bunday holatlarning oldini olish va adolatli tanlovni ta’minlash maqsadida qabul tartibiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
📌 Maqsadli qabul bo‘yicha muhim huquqiy eslatma!

Amaldagi amaliyot hamda normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, maqsadli qabul (maqsadli kvota) asosida davlat granti bo‘yicha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘z ixtiyori bilan ushbu grantdan voz kechib, boshqa ta’lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt ("super-kontrakt") rasmiylashtirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Yangi 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tartibi va doirasi Hukumat tomonidan hali rasman e’lon qilinmadi.

Kanalimizni kuzatib boring, rasmiy tartib e’lon qilinishi bilan batafsil ma’lumot taqdim etamiz:

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😄 Talabalar stipendiyasi 7 foizga oshib 609 548 so'm etib belgilandi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁5
📌 Rasman: Talabalar ijara puli toʻlab beriladi

📄 Ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi belgilab qo‘yilgan.


❓ Ariza berish uchun nima qilish kerak?


➡ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi.
➡ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.


✍ Bunda birinchi bosqich talabalari uchun joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.


✍ Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi (ijara.soliq.uz) bo‘lishi talab etiladi.


🔗Talaba bo'lsangiz, ijara to'lovi uchun ariza yuboring.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Barcha talabalar diqqatiga!

📲 To‘lov shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan onlayn ariza yuboring.

➡️ Arizangiz oliygoh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
✅ Tayyor shartnomani tizimdan yuklab olishingiz mumkin.

“KONTRAKT EDU” mobil ilovasi

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Stipendiyalimi yoki stipendiyasiz?
Qay birini tanlashni bilmayapsizmi?

kontrakt.edu.uz platformasi orqali to‘lov shartnomasini yuklab olishda shoshilmang!

🖥 Tizim sizga ikkita variantni taklif etadi:
• stipendiyali;
• stipendiyasiz.

🎥 Qaysi birini tanlashda ikkilanayotgan bo‘lsangiz, videoni oxirigacha tomosha qiling.
🔗 kontrakt.edu.uz

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Milliy sertifikat imtihonlarining sentyabr–dekabr oylari uchun grafigi

2026-yilning qolgan qismida quyidagi fanlardan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi:

🧬 Biologiya — 26-sentyabr, 21-noyabr
🧪 Kimyo — 27-sentyabr, 22-noyabr
➗ Matematika — 28–29-sentyabr, 23–24-noyabr
⚛️ Fizika — 24-sentyabr, 24-noyabr
🎵 Musiqa madaniyati — 25-sentyabr, 30-noyabr
🌍 Geografiya — 23-oktyabr, 25-dekabr
📚 Ona tili va adabiyot — 24–26-oktyabr, 26–28-dekabr
🏛 Tarix — 27-oktyabr, 29-dekabr
⚖️ Huquqshunoslik — 23-dekabr
👩‍🏫 Boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilari uchun — 20-noyabr

💳 Imtihon to‘lovi:
— 1-sentyabrgacha: 556 200 so‘m
— 1-sentyabrdan: 594 000 so‘m

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: my.gov.uz

❗️Eslatma: ayrim fanlarda imtihonlar elektron shaklda o‘tkazilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov muddatlariga alohida eʼtibor bering.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama?

🟠 Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu haqida qisqacha tushuntirib o'tamiz:

🟠 Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

✍️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o'tirmang.

🟠 Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak.

📱 Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Davlat magistratura kontrakti pulini to'lab berishi uchun xotin-qizlar nima qilishi kerak?

Qonunchilikka ko'ra, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

❗Eslatma:super-kontrakt asosida o'qishga kiradigan talabalarga davlat kontraktini qoplab bermaydi. Imtiyozdan foydalanish uchun bazaviy kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan bo'lish kerak.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash mumkin

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar kontraktni bir yil davomida 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin:

➡️25% — 1-kurslar 15-sentyabrgacha, yuqori kurslar 1-oktyabrgacha
➡️50% — 1-yanvargacha
➡️75% — 1-martgacha
➡️100% — 1-maygacha

❗️Muddatlar uzaytirilishi mumkin. 1-kurslar uchun muddatni Davlat qabul komissiyasi, boshqa holatlarda OTM rektori belgilaydi.

🔰 Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari va nodavlat oliygohlar kontrakt miqdori va muddatlarini o‘zlari belgilaydi.

‼️Super-kontrakt uchun ham bo‘lib to‘lash mumkin, ammo avval 50% to‘lov amalga oshirilishi kerak.

📝 Kontrakt to‘lovi bo‘yicha ariza kontrakt.edu.uz orqali yuboriladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Oʻqishni koʻchirish mavzusida keyingi yil kutilayotgan oʻzgarishlar

Keyingi yildan ta'lim sohasida jumladan oʻqishni koʻchirish mavzusida bir qator oʻzgarishlar kutilmoqda. Shu sababli "Keyingi yilga oʻqishimni koʻchirib olaveraman" deb bu yil qandaydir reja qilayotgan talabalar quyidagi kutilayotgan oʻzgarishlarni inobatga olishlari tavsiya etiladi.

🟠 Davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirishda oʻtish ballari koʻtarilishi;
🟠 Chet tili va umum ta'lim fanlaridan berilgan sertifikatlarning avvalgidek maksimal ball bermasligi (abituriyentlar uchun ham);
🟠 Tbbiyot yoʻnalishida oʻtish balining keskin koʻtarilishi;
🟠 Tibbiyot yoʻnalishida super-kontraktga ariza berish uchun kamida 132 ball toʻplash lozimligi (abituriyentlar uchun ham)
🟠 Xorijdan nodavlat oliygohlarga oʻqishni koʻchirish faqatgina davlat test sinovlarida asosida amalga oshirilishi;
🟠 Nodavlat oliygohdan nodavlat oliygohga koʻchirish uzrli sabab bilan amalga oshirilishi;
🟠 Davlat va nodavlat oliygohlar bilan bogʻliq oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash masalalari toʻliq davlat nazoratiga oʻtkazilishi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Abituriyentlar va ota-onalar diqqatiga: Qanday oliygohlardan ehtiyot bo‘lish va yiroq yurish lozim?

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasasini tanlashda faqat chiroyli binolarga emas, balki ularning faoliyatidagi qonuniylik va ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratish shart.

Quyidagi salbiy holatlar kuzatilgan oliygohlardan imkon qadar yiroq bo‘lish tavsiya etiladi:

Arzon piar va saviyasiz targ‘ibot: O‘z nufuzini ilm-fan va ta’lim sifati bilan emas, balki tarmoqlardagi bachkana va saviyasiz blogerlar orqali oshirishga urinadigan;

Talabalarni jalb qilishda sifatli ta’limni emas, shou-biznes vakillari bilan birga o‘qishni asosiy "afzallik" sifatida ko‘rsatadigan;

Mavjud talabalar boshqa oliygohlarga ko‘chib (perevod qilib) ketmasligi uchun ularga transkript (baholar varaqasi) berishdan asossiz bosh tortadigan;

Rasmiy litsenziyasida ko‘rsatilmagan yoki ruxsat etilmagan ta’lim yo‘nalishlari hamda shakllariga talaba qabul qilayotgan;

Shartnomada kunduzgi ta’lim shakli ko‘rsatilib, amalda darslarni nomigagina sifatsiz masofaviy (onlayn) shaklda o‘tkazishni va’da qilayotgan muassasalar.

💬 Sizningcha, bunday oliygohlarning yana qanday salbiy jihatlari bor?

O‘z fikr-mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring! 👇

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
#DIQQAT

❗️ Xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish faqat qonuniy test sinovlari orqali amalga oshiriladi!

Xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasidagi davlat va nodavlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish (perevod) faqatgina belgilangan tartibdagi maxsus test sinovlari (yoki kasbiy/ijodiy imtihonlar) asosida amalga oshiriladi.

Amaldagi qonunchilikda test sinovlarisiz o‘qishni ko‘chirishning hech qanday aylanma yoki norasmiy yo‘li mavjud emas.

🚫 "Imtihonsiz ko‘chirib beramiz" yoki "100% kafolat beramiz" deya soxta va’dalar bilan fuqarolarning ishonchiga kirishga urinayotgan ayrim noqonuniy vositachilar hamda shubhali konsalting firmalarining tuzog‘iga tushib qolmang!

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📝 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari farzandlari uchun kontrakt toʻlovining bir qismi qoplab beriladi
 
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun muhim imkoniyat yaratildi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi