Talaba.uz | Ta'lim portali
5.51K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️ "Yurisprudensiya" yo'nalishi ochilgan nodavlat OTMlar ro'yxati.

Quyidagi nodavlat OTMlarda Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi mavjud:

Toshkent xalqaro universiteti
➖ Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

Mehnat va ijtimoiy munosablar Akademiyasi
➖ Yurisprudensiya: mehnat huquqi

Toshkent metropolitian unversity
➖ Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

Abu Rayxon Beruniy universiteti
➖ Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

Sarbon universiteti
➖ Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

Afrasiab universiteti
➖ Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti
➖ Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

Xalqaro Nordik universiteti
➖ Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Davlat magistratura kontrakti pulini to'lab berishi uchun xotin-qizlar nima qilishi kerak?

Qonunchilikka ko'ra, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

❗Eslatma:super-kontrakt asosida o'qishga kiradigan talabalarga davlat kontraktini qoplab bermaydi. Imtiyozdan foydalanish uchun bazaviy kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan bo'lish kerak.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Barcha oliy ta'lim muassasalari tomonidan aloqa xati berilmoqda.

Kecha 14-sentabrdan deyarli barcha davlat oliy ta'lim muassasalari tomonidan oʻqishini koʻchirib kelgan talabalarga aloqa xati berilmoqda (yoki oʻqish joyiga yuborilmoqda).

Shu sababli "falon oliygoh aloqa xati beryaptimikin?" degan savol bermay oʻqishingizni koʻchirgan oliygoh bilan bogʻlaning hamda pasport nusxasi, transkritp, titul natijasi bilan mas'ullarga uchrang.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Super-kontrakt boʻyicha tanlov qanday qilinadi?

✅Oʻqishga qabul qilinganlar uchun:

Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xoxshingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin.

Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Muhim jihati shu-ki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim. Super kontrakt miqdori balingizdan qat'iy nazar 4 balldan koʻproq yetmay qolganlar singari hisoblanadi.

✅Oʻqishga kirolmaganlar uchun:

Agar sizda 5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kirolmagan boʻlsangiz, unda shu 5 ta yoʻnalishdan istalganiga super-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoningiz bor. Bunda super-kontakt miqdori yetmay qolgan balga nisbatan hisoblanadi, 4 ballik shkala amal qiladi.

✅Oʻqishga kirgan, lekin boshqa yoʻnalishni tanlamoqchi boʻlganlar uchun:

Siz masalan 3-yoʻnalishga oʻqishga kirdingiz, lekin balingiz 4 va 5 yoʻnalishga ham yetar ekan. Bunda siz balingiz yetgan qolgan yoʻnalishni tanlay olmaysiz. Tavsiya etilgan uchinchi yoʻnalishda oʻqishga majbursiz, na 1, 2 yoʻnalishlar, na 4,5 yoʻnalishlarda oʻqiy olasiz. Yagona imkoningiz grant yoki kontraktga kirgan boʻlsangiz faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish mumkin.

Oʻtgan yilgi tartibga koʻra, 2, 3, 4, 5-yoʻnalishlarda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berilmaydi. Bu yilgi tartib hozircha e'lon qilingani yoʻq.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🔥VIDEO YUKLASH VA MUSIQANI ANIQLASH — ENDI BITTA BOTDA!

⏺Instagram, Facebook, TikTok yoki YouTubedagi videoni saqlamoqchimisiz?

⏺Audio yoki videodagi musiqa nomini topa olmayapsizmi?

⚡️@ClipEchoBot sizga yordam beradi:

📥Havolani yuboring — videoni yuklab oling!
🎵Audio, video yoki ovozli xabar yuboring — musiqani aniqlang!
🚀Tez, oson va bepul!

👇Hoziroq sinab ko‘ring:

👉https://t.me/ClipEchoBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim krediti faqat kunduzgi ta'lim shakliga beriladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#Rasman

📌 Tibbiyot yoʻnalishlariga oʻtish ballari oshiriladi

Prezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmasevtika sohasida bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida toʻplash lozim boʻlgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.

Ya'ni ayni vaqtdagi mavjud minimal 56,7 oʻtish bali endilikda 113,4 ball etib belgilandi. Bundan kam miqdor toʻplaganlar hatto super-kontrakt ham qila olmaydilar.

‼️2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida:

▶️bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura va rezidentura dasturlari har bir oʻquv modulining akademik koʻrsatkichlarini oʻzlashtirishda, shuningdek, davlat imtihonlarida minimal oʻtish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun eng yuqori ballning 70 foizi, oʻrta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun 60 foiz etib belgilanadi;

▶️qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari yoki dasturlari orqali tor soha mutaxassisliklari boʻyicha (qoʻshimcha) ixtisoslashtirish bekor qilinadi;

▶️birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul bekor qilinadi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
📌 Rasman: Tibbiyot yoʻnalishlarida bir qator oʻzgarishlar amalga oshiriladi

Prezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra;

2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:

▶️"Hamshiralik ishi" kasbiy ta'lim mutaxassisligi negizida "Tibbiy hamrohlik ishi", "Oliy hamshiralik" bakalavriat yoʻnalishi negizida esa "Oliy tibbiy hamrohlik ishi" ta'lim yoʻnalishi joriy etiladi.

◀️Tibbiyot yoʻnalishlari uchun qabul parametrlari (kvota) SVV tomonidan tasdiqlanadi;

▶️"Davolash ishi" bakalavriat toʻnalishida negizida "5+1" shaklidagi (oxirgi yili toʻliq amaliyot oʻtaluvchi) 6 yillik "Umumiy tibbiyot" bakalavriat ta'lim yoʻnalishi joriy etiladi;

▶️"Davolash ishi" yoʻnalishining amaldagi talabalarning oʻquv rejalari oʻzgartiriladi. Ular "Umumiy tibbiyot" yoʻnalishi diplomini oladilar.

▶️"Umumiy tibbiyot" ta'lim yoʻnalishi bitiruvchilariga "Umumiy amaliyot shifokori" kvalifikatsiyasi beriladi, ular oilaviy shifokor lavozimida ishlashlari mumkin boʻladi;

▶️Tibbiyot sohasining barcha bakalavriat ta'lim yoʻnalishlari bitiruvchi oʻquv yilini toʻliq amaliyotda oʻtaydilar.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Davlat magistratura kontrakti pulini to'lab berishi uchun xotin-qizlar nima qilishi kerak?

Qonunchilikka ko'ra, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

❗Eslatma:super-kontrakt asosida o'qishga kiradigan talabalarga davlat kontraktini qoplab bermaydi. Imtiyozdan foydalanish uchun bazaviy kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan bo'lish kerak.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob | #QuestionAnswer

📝 Xorijiy fuqarolar O’zbekistonda tahsil olishlari uchun hujjat topshirish jarayoni yanada osonlashdi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab xorijiy fuqarolar O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlariga hujjatlarni “Study in Uzbekistan” yagona elektron platformasi orqali onlayn topshirishlari mumkin.

🇬🇧 The application process for foreign citizens wishing to study in Uzbekistan has become easier

Starting from the 2026/2027 academic year, foreign citizens can apply online to higher education institutions in Uzbekistan through the “Study in Uzbekistan” unified electronic platform.

Batafsil videoda 👆

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklar

❗️Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi

Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.

Batafsil videoda 👆

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HarbiyAkademikLitsey #Qabul

2027-2028-o‘quv yili
uchun “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga qabul davom etmoqda

✅
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028-o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.

❗️Joriy yilning 5-sentyabridan 5-oktyabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#Qonunchilik_yangiliklar

❗️ Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 17-sentyabrdagi 500-son qarori bilan Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida magistraturada kadrlar tayyorlash tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha nazariy bilimlar, fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot (ilmiy-ijodiy) ishlar, shuningdek, mutaxassislikka mos korxona va tashkilotlarda tadqiqot ishlari hamda amaliyot (stajirovka)larni amalga oshirishni nazarda tutadi.

➡️ Nizomga ko‘ra:

▪️ magistratura bosqichida kadrlar ishlab chiqarish dasturiga yo‘naltirilgan — kamida 1 yil, ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan — kamida 2 yil muddatda tayyorlanadi;

▪️ ta’lim jarayoni magistratura mutaxassisligi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllarida tashkil etiladi;

▪️ magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy rahbar xulosasi, plagiatga yo‘l qo‘yilmaganini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (sertifikat) taqdim etiladi hamda dissertatsiya “Yashirin ekspert taqrizi”dan o‘tkaziladi;

▪️ amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, loyiha ishi, konstruktorlik loyihasi, startap loyihasi, ratsionalizatorlik g‘oyasi, amaliy-ijodiy asar yoki boshqa turdagi ishni tayyorlab, himoya qiladi;

▪️ ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari magistrlik dissertatsiyasini tayyorlaydi va himoya qiladi;

▪️ magistrlik dissertatsiyasining mavzusi, qisqacha annotatsiyasi va himoya kuni oliy ta’lim tashkiloti veb-saytida e’lon qilinadi.

📌 Shuningdek:

➖ magistraturada ta’lim jarayoni bakalavriat negizida, kadrlar buyurtmachilari ishtirokida va kasbiy standartlar asosida ishlab chiqilgan aniq magistratura mutaxassisligi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv reja va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi;

➖ ish beruvchi tashkilotlar talablari asosida magistrlarni maqsadli tayyorlash amalga oshiriladi;

➖ magistrlik dissertatsiyalarining himoyasi ilmiy tadqiqot ishining xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim tashkiloti, Fanlar akademiyasi yoki tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot yoxud ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida tashkil etilishi mumkin;

➖ oliy ta’lim tashkilotlarining o‘zaro kelishuviga muvofiq magistrlik dissertatsiyalarini ikki nafar talaba hamkorligida, fanlararo bog‘liqlik asosida tayyorlashga ruxsat etiladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#Qonunchilik_yangiliklari

🔰 Qarorga muvofiq, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab magistratura bosqichida kadrlar tayyorlash mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yo‘naltirilgan — kamida 1 yil, ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan — kamida 2 yil etib belgilanadi.

Bunda:

✔️ o‘quv jarayoni ishlab chiqarish (amaliy) dasturi va ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan holda tashkil etiladi;

✔️ amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistrlarni tayyorlash umumiy kurslar bo‘yicha birlashgan ma’ruzalar asosida nazariy bilimlar hamda mutaxassislikka mos tashkilotlar bazasida o‘tkaziladigan amaliyotlar asosida amalga oshiriladi;

✔️ ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan magistrlarni tayyorlash umumiy kurslar bo‘yicha birlashgan ma’ruzalar asosida nazariy bilimlar hamda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot ishlari (ilmiy-ijodiy ishlar)ga muvofiq tashkil etiladi;

✔️ 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab o‘qish davrida Scopus hamda Web of Science ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda maqola e’lon qilgan magistratura talabalarini belgilangan tartibda rag‘batlantirib borishga ruxsat etiladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 17-sentyabrdagi 500-son qarori bilan Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida magistraturada kadrlar tayyorlash tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha nazariy bilimlar, fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot (ilmiy-ijodiy) ishlar, shuningdek, mutaxassislikka mos korxona va tashkilotlarda tadqiqot ishlari hamda amaliyot (stajirovka)larni amalga oshirishni nazarda tutadi.

➡️ Nizomga ko‘ra:

▪️ magistratura bosqichida kadrlar ishlab chiqarish dasturiga yo‘naltirilgan — kamida 1 yil, ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan — kamida 2 yil muddatda tayyorlanadi;

▪️ ta’lim jarayoni magistratura mutaxassisligi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllarida tashkil etiladi;

▪️ magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy rahbar xulosasi, plagiatga yo‘l qo‘yilmaganini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (sertifikat) taqdim etiladi hamda dissertatsiya “Yashirin ekspert taqrizi”dan o‘tkaziladi;

▪️ amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, loyiha ishi, konstruktorlik loyihasi, startap loyihasi, ratsionalizatorlik g‘oyasi, amaliy-ijodiy asar yoki boshqa turdagi ishni tayyorlab, himoya qiladi;

▪️ ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari magistrlik dissertatsiyasini tayyorlaydi va himoya qiladi;

▪️ magistrlik dissertatsiyasining mavzusi, qisqacha annotatsiyasi va himoya kuni oliy ta’lim tashkiloti veb-saytida e’lon qilinadi.

📌 Shuningdek:

➖ magistraturada ta’lim jarayoni bakalavriat negizida, kadrlar buyurtmachilari ishtirokida va kasbiy standartlar asosida ishlab chiqilgan aniq magistratura mutaxassisligi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv reja va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi;

➖ ish beruvchi tashkilotlar talablari asosida magistrlarni maqsadli tayyorlash amalga oshiriladi;

➖ magistrlik dissertatsiyalarining himoyasi ilmiy tadqiqot ishining xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim tashkiloti, Fanlar akademiyasi yoki tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot yoxud ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida tashkil etilishi mumkin;

➖ oliy ta’lim tashkilotlarining o‘zaro kelishuviga muvofiq magistrlik dissertatsiyalarini ikki nafar talaba hamkorligida, fanlararo bog‘liqlik asosida tayyorlashga ruxsat etiladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2026/2027 o‘quv yili uchun institutning Magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1.5 barobari miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish boshlandi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#rasmiy_xabar

Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi

2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Bu muddat:

• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
• oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
• oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❓Talaba qaysi holatlarda o‘qishdan chetlashtiriladi yoki kursda qoldiriladi?

📄Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida talabalarni o‘qishdan chetlatish va kursdan-kursga qoldirish tartiblari belgilangan.
 
❓Qanday holatlarda talaba chetlashtiriladi?
 
Talabalar quyidagi holatlarda oliy ta’lim tashkilotidan chetlashtirilishi mumkin:
➖o‘z xohishiga ko‘ra;
➖o‘qishini boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirganda;
➖OTMning ichki tartib-qoidalari yoki odob-axloq qoidalarini buzganda;
➖bir semestr davomida uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirganda. Bunda salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holatlar bundan mustasno;
➖to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talaba belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganda;
➖sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
➖sud qarori bilan kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda;
➖kursda qoldirilgan talaba o‘qishini davom ettirish uchun belgilangan muddatda murojaat qilmaganda;
➖qabul vaqtida taqdim etilgan hujjatlarning qalbaki ekani yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlanganda;
talaba vafot etganda.


❓Qanday holatlarda talaba kursdan-kursga qoldiriladi?
 
Talabalar oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan quyidagi hollarda kursdan-kursga qoldiriladi:
➖belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmaganda (akademik qarzdor bo‘lganda), o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno;
➖o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlarida semestr va o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha GPA o‘tish ballini to‘play olmaganda;
➖malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek, malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baholanganda.


Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Nodavlat OTMlar ro'yxati @nodavlattalim.pdf
54.8 KB
❗️ Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan oliygohlar nechta?

Bugungi kunda 106 ta nodavlat (xususiy 74 ta, xorijiy 32 ta) OTM oliy ta'lim xizmatlarini koʻrsatish vakolatiga ega.

Ilova qilinayotgan 106 ta oliygohlar diplomi Respublika hududi bevosita tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌“Kontrakt”dan 12% daromad soligʻini qaytarib olish boʻyicha videoqoʻllanma

Talabalar kontrakti uchun qilingan toʻlovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas. Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:

— kontrakt;
— nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
— ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Saqlab qoʻying va yaqinlaringizga ham yuboring!

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi