Talaba.uz | Ta'lim portali
5.51K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
📌Masofaviy ta’lim shakli yomonmi yoki yaxshi?

Masofaviy ta’lim shakli davlat standartlari bo‘yicha tashkil etilsa, kunduzgi ta’lim shaklidan sifat jihatidan katta farq qilmasligi mumkin. Bunda talabaning shaxsiy o‘zlashtirish qobiliyatiga ham bog‘liq.

Biroq bir universitet qabul qilayotgan talabalarining katta qismini masofaviy ta’lim shakliga qabul qilsa, bu qonunchilik talablari buzilishi hisoblanadi. Va qachondir shu sababli litsenziyasi bekor qilinishini istisno etib bo‘lmaydi.

Maqsadi soqqa qilish bo‘lmagan universitetlar davlat standarti bo‘yicha kunduzgi talabalarning 50 foizi miqdorida boshqa ta’lim shakllariga talaba qabul qiladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida yangi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qabul tartibi belgilandi 

Bu to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “Diniy-ma’rifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha quyidagi tartiblar joriy etiladi: 

➖ O‘qish muddati bir yil bo‘lib, ta’lim faqat kunduzgi shaklda olib boriladi; 

➖ Qabul faqat diniy-ma’rifiy sohada kamida 2 yillik ish staji (tajribasi)ga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan amalga oshiriladi; 

➖ Nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining tavsiyasiga asosan tanlab olinadi; 

➖ Qabul imtihonlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita taqdim etgan nomzodlar o‘rtasida suhbat asosida (100 ballik tizimda) o‘tkaziladi; 

➖ Qabul natijasi suhbatda to‘plangan ball hamda bakalavriat diplomining o‘rtacha bali qo‘shilgan holda reyting ketma-ketligida aniqlanadi; 

➖ 2026/2027-o‘quv yili uchun mazkur mutaxassislikka istisno tariqasida vakant o‘rinlar hisobidan 10 ta davlat granti o‘rni ajratiladi hamda qabul 1-oktabrga qadar amalga oshiriladi. 

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#Rasmiy_munosabat

❗️Milliy sertifikat imtihonlariga muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soniga ro'yxatga olinadi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining-2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.
Shundan kelib chiqqan holda 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun, ya’ni sentyabr oyida 125 753 ta, oktyabr oyida 129 535 ta, noyabr oyida 112 335 ta va dekabr oyida 128 680 ta, jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan.

Shu bilan birga, milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish davriyligi ham-oshirilmoqda. Xususan, 2026-yil sentyabr-dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan 2 martadan, huquqshunoslik fanidan 1 marta, jami 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan (2025-yil-sentyabr-dekabr-oylarida jami 11 ta imtihon o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 255 217 nafar talabgor ishtirok etgan).

Hududlar kesimida o‘tirish o‘rinlarini belgilash talabgorlarning imtihonda ishtirok etishini cheklash, to‘lovlarni kamaytirish yoki yuqori natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talabgorlar sonini sun’iy ravishda qisqartirish maqsadini ko‘zlamaydi. Mazkur tartibning maqsadi mavjud infratuzilma, texnik vositalar, xodimlar va nazorat resurslaridan oqilona foydalangan holda imtihonlarni barqaror va sifatli tashkil etish, hududlar bo‘yicha yuklamani maqbul taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlashdan iboratdir.

Ⓜ️ Bilim va malakalarni baholash agentligi

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish nega tez yopilmoqda?

So‘nggi kunlarda milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish ayrim hududlarda qisqa vaqt ichida yopilib qolgani yuzasidan murojaatlar ko‘paydi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi ushbu holatga munosabat bildirib, imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish endilikda har bir hudud uchun belgilangan o‘tirish o‘rinlari sonidan kelib chiqib amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan joriy etilgan.

Qarorga ko‘ra:
“Test sinovini o‘tkazish joyi, muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni va sanasi Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Agentlikning rasmiy veb-sayti va YIDXP orqali e’lon qilinadi.
Bunda talabgorlar muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soniga muvofiq YIDXP orqali ro‘yxatga olinadi”.

Bu nimani anglatadi?

Sodda qilib aytganda, milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatdan o‘tishda faqat ariza topshirishning oxirgi muddati emas, balki hudud uchun ajratilgan joylar soni ham ahamiyatga ega.

Masalan, muayyan viloyat yoki shaharda imtihon uchun ajratilgan barcha o‘rinlar band bo‘lsa, umumiy ro‘yxatdan o‘tish muddati hali tugamagan bo‘lsa ham, o‘sha hudud bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish yopilishi mumkin.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun:
sentyabrda — 125 753 ta;
oktyabrda — 129 535 ta;
noyabrda — 112 335 ta;
dekabrda — 128 680 ta;
jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan.

Shuningdek, milliy sertifikat imtihonlari soni ham oshirilmoqda. 2026-yil sentyabr–dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan ikki martadan, huquqshunoslik fanidan esa bir marta — jami 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Taqqoslash uchun, 2025-yilning sentyabr–dekabr oylarida jami 11 ta imtihon o‘tkazilgan va ularda 255 217 nafar talabgor ishtirok etgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari sonining belgilanishi talabgorlar ishtirokini cheklashga qaratilmagan. Bunday tartib imtihonlarni mavjud bino, texnik vositalar, xodimlar va nazorat imkoniyatlaridan kelib chiqib sifatli tashkil etish, hududlar bo‘yicha yuklamani taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilish uchun joriy etilgan.

Demak, milliy sertifikat imtihoniga kirishni rejalashtirayotgan talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishni oxirgi kunlarga qoldirmasligi maqsadga muvofiq. Chunki tanlangan hududdagi o‘rinlar avvalroq to‘lib qolishi mumkin.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
test_candidates_24_09_2026.pdf
667.5 KB
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 24-sentabr kuni o‘tkaziladi.

📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha mukofot puli beriladi

🔰Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylari kuni" munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi qayd etilgan.
 
➡️ Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda oʻqituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
 
Maʼlumot uchun, hozirgi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming soʻmni tashkil qiladi.
 

✔️ Yaʼni, pedagog va rahbar xodimlarga "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylari kuni" munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha miqdorida mukofot puli beriladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
#Rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.

Shundan kelib chiqqan holda 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun, ya’ni sentyabr oyida 125 753 ta, oktyabr oyida 129 535 ta, noyabr oyida 112 335 ta va dekabr oyida 128 680 ta, jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan.

Shu bilan birga, milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish davriyligi ham-oshirilmoqda. Xususan, 2026-yil sentyabr-dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan 2 martadan, huquqshunoslik fanidan 1 marta, jami 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan (2025-yil sentyabr-dekabr oylarida jami 11 ta imtihon o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 255 217 nafar talabgor ishtirok etgan).

Hududlar kesimida o‘tirish o‘rinlarini belgilash talabgorlarning imtihonda ishtirok etishini cheklash, to‘lovlarni kamaytirish yoki yuqori natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talabgorlar sonini sun’iy ravishda qisqartirish maqsadini ko‘zlamaydi. Mazkur tartibning maqsadi mavjud infratuzilma, texnik vositalar, xodimlar va nazorat resurslaridan oqilona foydalangan holda imtihonlarni barqaror va sifatli tashkil etish, hududlar bo‘yicha yuklamani maqbul taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlashdan iboratdir.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️“Diplomning o‘zi hech qachon kafolat emas” — Vazir yoshlar raqobatbardosh kadr bo‘lishi uchun nimalar zarurligini aytdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bugungi mehnat bozorida yoshlar talabgir mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun faqat nazariy bilim yoki nufuzli OTT diplomi yetarli emasligini ta’kidlab, asosiy talablarga to‘xtalib o‘tdi.

“Zo‘r mutaxassis bo‘ldim, zo‘r institutni bitirib keldim, qo‘limda diplom bor degani bu hech qachon kafolat emas. Hamma narsa faqat o‘qish bilan hal bo‘ladi degan tushuncha xato. Auditoriyada o‘qigandan ko‘ra amaliyot ancha muhimroq”, — dedi vazir

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov yoshlar o‘z ustida ishlashi zarur bo‘lgan muhim omillarni sanab o‘tdi:

1️⃣ Maqsadga erishishning ilk sharti — tanlagan sohani yaxshi ko‘rish va faqat shu yo‘nalishda mehnat qilish;

2️⃣ Amaliyotga borishni har bir talaba o‘ziga shart deb bilishi lozim. Hozirda ta’lim va ishlab chiqarish uyg‘unlashgan dual ta’lim tizimi keng joriy etilmoqda;

3️⃣ Xalqaro mehnat bozori ochiq, chet elda o‘qish va ishlash imkoniyatlaridan foydalanish uchun, ayniqsa, ingliz tilini puxta egallash shart;

4️⃣ Inson jamoaga kirganda birga ishlay olmasa, uning istiqboli bo‘lmaydi. Muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, sabrli bo‘lish va kelajakda qo‘llab-quvvatlaydigan do‘stlar orttirish zarur.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#raddiya

RADDIYA

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Hindiston va Bangladesh fuqarolarini davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilmaslik boʻyicha ogʻzaki koʻrsatma berilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Joriy oʻquv yilidan boshlab xorijlik abituriyentlarni Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilish jarayoni “Study in Uzbekistan” yagona elektron platformasi orqali amalga oshirilmoqda.
 
Yangi tizimning asosiy maqsadi — xorijlik abituriyentlar uchun qabul jarayonini yanada ochiq va shaffof qilish, ularni turli vositachilarsiz oliy taʼlim tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish imkoniyatini yaratishdir. Platformada roʻyxatdan oʻtish bepul boʻlib, abituriyent tanlagan oliy taʼlim tashkilotiga bevosita ariza topshirishi mumkin.
 
Xorijiy talabalarni qabul qilish hajmi har bir oliy taʼlim tashkilotining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilanadi. Bunda taʼlim muassasasining oʻquv auditoriyalari, oʻquv-laboratoriya bazasi, professor-oʻqituvchilar salohiyati, talabalar turar joylari va boshqa infratuzilma imkoniyatlari hisobga olinadi.
 
Xorijlik abituriyentlarga Oʻzbekistonda taʼlim olish uchun rasmiy “Study in Uzbekistan” platformasidan foydalanish, qabul shartlari boʻyicha maʼlumotlarni bevosita tanlangan oliy taʼlim tashkilotidan olish va turli vositachilarga asossiz toʻlovlarni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi.
 
Agar xorijlik abituriyent qabul jarayonida muayyan muammoga duch kelsa, bu haqda platformadagi rasmiy murojaat kanallari orqali xabar berishi mumkin.

Ⓜ️ Edu.uz

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi tanlovi e’lon qilindi


Milliy statistika qo‘mitasi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi tanlovini e’lon qildi.

🫂 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida, bakalavriatning 4-bosqichi va magistraturada tahsil olayotgan, quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar:
➡️statistika
➡️iqtisodiyot
➡️moliya
➡️axborot texnologiyalari
➡️ma’lumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics)


📊 Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

↪️1-bosqich – hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish (saralash bosqichi);
↪️2-bosqich – nazariy bilimlarni baholash testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash, IQ);
↪️3-bosqich – tanlov komissiyasi a’zolari bilan suhbat.

📄 Hujjatlarni topshirish tartibi

Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 25-sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar kadr@stat.uz elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.

📃 Taqdim etiladigan hujjatlar:

➡️Ma’lumotnoma (CV, bog‘lanish uchun aloqa ma’lumotlari bilan);
➡️Akademik reyting ko‘rsatkichlari (akademik ma’lumotnoma);
➡️Xorijiy tillarni bilish bo‘yicha hujjatlar;
➡️Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hujjatlar (mavjud bo‘lsa);
➡️Erishilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik bo‘yicha ma’lumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa).

🏆 Tanlov natijalariga ko‘ra 10 nafargacha g‘olib aniqlanadi. Gʻoliblarga 2026/2027-o‘quv yilining oktyabr–may oylari davomida BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya to‘lab beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ +99871-203-8000 (ichki raqam: 1464)

🗣Eslatma: Tanlovning to‘liq shartlari, bosqichlari va baholash mezonlari Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi nizomida batafsil keltirilgan.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#Qonunchilik_yangiliklari

Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladi


Joriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.

❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?

2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.

⚡ Eng muhim kafolatlar

✔️Murojaat qilgan xodimning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi.
Bunday ma’lumotlarning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
✔️ Rahbar ustidan murojaat tushsa, masala yuqori turuvchi instansiyaga avtomatik yo‘naltiriladi.
Bu manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi.
✔️ Murojaat uchun bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
⛔Qaror materiallarida xodim o‘z huquqlarini himoya qilgani uchun uning ish sharoitlarini yomonlashtirish yoki jazolashga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlangan.

👍  Zarur holatlarda “112” orqali vakolatli organlarga yuborish mexanizmi ham tizimga integratsiya qilinadi.

📌Bu faqat shikoyat tizimi emas

🔷Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari har yili qisqa trening kurslarida o‘qitiladi. Har bir tashkilotda portalni yuritish va profilaktik treninglarni tashkil etish uchun kamida bir nafar mas’ul xodim belgilanadi.

🔷Nodavlat tashkilotlar uchun ham dmi.mehnat.uz tizimida mazkur imkoniyatlardan ixtiyoriy foydalanish sharoiti yaratiladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

❓ Savol: Talabalik guvohnomasini qanday olamiz?


Barcha talabalarning talabalik guvohnomalari elektron shaklda tayyor!

Guvohnomani olish uchun:
- MyGov ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab oling.
- Ilovadagi profilingizga kiring.
- “Profil” bo‘limiga o‘ting.
- Sizga tegishli elektron hujjatlar orasidan talabalik guvohnomasini toping.
- Guvohnomani telefoningizga yuklab olib, saqlashingiz mumkin.


🎓 Elektron talabalik guvohnomasi talabalarga avtobus, metro, poyezd va samolyot chiptalarini imtiyozli xarid qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozlardan foydalanishda qo‘l keladi.

📲 Batafsil — videoda!

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#SavolJavob
Pedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓

Chegirma kimlarga beriladi❓

Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.

Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.

Chegirmadan qanday foydalaniladi❓

1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi.
2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi.
3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.

Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.

Endi eng muhim savol: qancha to‘lanadi❓
Agar kontrakt summasi 100 foiz bo‘lsa:
30 foizi — chegirma;
70 foizi — talabaning to‘lovi.

Ya’ni talaba kontraktning to‘liq 100 foizini emas, faqat 70 foizini to‘laydi.

70 foizlik to‘lovni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin:
1-usul — summani to‘liq to‘lash.
Talaba chegirmadan keyingi 70 foizlik summani bir martada to‘laydi.

2-usul — bo‘lib-bo‘lib to‘lash.
1-bosqich: 25 foiz
— 1-kursga tavsiya etilganlar uchun — 15-oktyabrgacha;
— 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 1-oktyabrgacha.

2-bosqich: yana 25 foiz — 1-yanvargacha.
Shunda jami to‘lov 50 foiz bo‘ladi.

3-bosqich: qolgan 20 foiz — 1-martgacha.

Shunda jami to‘lov 70 foizga yetadi.

Qolgan 30 foiz nima bo‘ladi❓

Kontrakt summasining chegirmaga to‘g‘ri keluvchi 30 foizlik qismi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1-maygacha oliy ta’lim tashkilotiga qoplab beriladi.

Arizalar qachon topshiriladi❓

Hozirda kontrakt.edu.uz axborot tizimida vazirlik va idoralar o‘rtasida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlash bo‘yicha maʼlumotlar bazalarini tizimga integratsiya ishlari olib borilmoqda. Arizalarni qabul qilish imkoniyati tez kunlarda ishga tushiriladi. Ariza topshirish jarayoni boshlanganligi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Talabalar uchun Amir Temur nomli davlat stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari uchun 2027/-2028-o‘quv yilidan boshlab Amir Temur nomli davlat stipendiyasini joriy etish taklif etilmoqda.

Bu Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qaror loyihasida belgilangan.

Loyihaga ko‘ra, Amir Temur nomli davlat stipendiyasi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan talabalarga berilishi mumkin.

Har bir oliy ta’lim tashkiloti uchun mazkur stipendiya soni bittadan belgilanishi taklif qilinmoqda.

Talabgor a’lo o‘qishi, ilmiy yoki ijodiy ishlar bilan shug‘ullanishi, konferensiya va tanlovlarda ishtirok etishi, O‘zbekiston tarixi, davlat tili hamda kamida bitta xorijiy tilni bilishi lozim bo‘ladi.

Bundan tashqari, Amir Temur nomli stipendiyaga da’vogarning bitiruv malakaviy ishi Amir Temur va temuriylar merosiga bag‘ishlangan bo‘lishi yoki shu yo‘nalishda kamida ikkita ilmiy ishi e’lon qilingan bo‘lishi taklif etilgan.

Loyihaga muvofiq, tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilgan talabgorlar hujjatlarini har yili 5–15 sentyabr kunlari my.edu.uz tizimiga yuklaydi. Stipendiya tayinlash bo‘yicha tavsiyanomalar esa 5–25 oktyabr kunlari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalarni bakalavriatni tugatgandan keyin bir yil ichida magistraturaning kunduzgi ta’lim shakliga tanlovsiz, qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilish taklif qilinmoqda.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😭1
Forwarded from ProDigitalMarket
🔥Gemini va boshqa online dasturlar uchun arzon obunalar kerakmi?

@ProDigitalMarketBot orqali Gemini, AI xizmatlari va turli online platformalar uchun accesslarni tez, arzon va ishonchli olishingiz mumkin.

✅Gemini pro 18 oylik
✅Capcut Pro
✅Microsoft Office 365 Plus 1 year
✅Prime Video 6 Months
✅ChatGPT Plus 1 Month
✅Notion Plus 12M
✅Adobe Express
✅Gmails Accounts
✅iLovePdf Premium
✅Miro Lifetime Panel
✅Figma Pro Edu
✅edX Premium
✅Avira Prime
✅JetBrains Edu Pack
✅Framer AI
✅Autodesk Admin
✅HBO MAX
✅Duolingo Super

Kerakli accessni tanlang va buyurtma qoldiring.

👉 Botga kirish:
@ProDigitalMarketBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❔ Korrupsiya qayerdan boshlanadi?


Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘lsin” degan fikrdan, kichik yon berishlardan paydo bo‘ladi.

Bugun ⚖️ adolatsizlikka ko‘z yumsak, ertaga 🚫 halollik qadrsizlanadi.
Bugun 🎙 sukut saqlasak, ertaga 🚫 ishonch yo‘qoladi.


Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazo emas. Bu har bir insonning shaxsiy tanlovi.
➖ halol ishlash;
➖ ochiq gapirish;
➖ qonuniy yo‘lni tanlash
– jamiyatni aynan shu qarorlar o‘zgartiradi.
🙋 Korrupsiyaga qarshi kurash o‘zimizdan boshlanadi.

👍Bugun tanlangan to‘g‘ri yo‘l – ertangi adolatli jamiyatning poydevoridir.


❗Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

🎓 GRANT VA KONTRAKT: ASOSIY FARQ NIMADA?

❓Grant va kontraktning farqi nimada?

❓Demak, grantda o‘qish kontraktga qaraganda boshqa ta’limni anglatadimi?

❓Grantga kirgan talaba 4 yil davomida avtomatik ravishda grantda qoladimi?

❓2-kursdan grantga kimlar da’vogarlik qilishi mumkin?

❓Grant faqat bitta ko‘rinishda bo‘ladimi?

❓To‘liq grant olgan talaba stipendiya ham oladimi?

❓Grantda o‘qigan talaba o‘qishni tugatgach, 3 yil ishlab berishi shartmi?

🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Xususiy OTMning 3-bosqichiga noqonuniy kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkentda fuqaroning soxta hujjatlaridan foydalanib, uni xususiy oliygohning 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 1997-yilda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxs tanishlari yordamida fuqaroning Rossiyadagi oliygohlardan birida ikki yil tahsil olgani haqidagi soxta hujjatlar asosida uni poytaxtdagi xususiy oliygohning 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Buning evaziga u 8 ming AQSH dollari talab qilib, 7 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur pulni undan olgan, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro ham ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu noqonuniy ishga Yakkasaroy tumani IIO FMB inspektor-psixologi ham aloqadorligi aniqlangan. Natijada, inspektor ham 7500 dollarni olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun qoraqalpog‘istonlik yoshlar oliy taʼlimga kirishda quyidagi 2 ta qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ldi.

1️⃣ 1-imkoniyat:

2026-yil 2–6-oktabrkunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan hamda kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.

2️⃣ 2-imkoniyat:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining taklifiga ko'ra bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida viloyatlardagi  davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan hamda oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.

Tanlov qaydnomalari 2026-yilning 10-oktabriga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkaziladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
1-yo‘nalishda super-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi 

2026/2027-oʻquv yili kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra, 2–5-yo‘nalishlardan biriga grant yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar uchun o‘z xohishiga binoan 1-tanlagan yo‘nalishida o‘qish imkoniyati yaratildi. 

Unga ko‘ra:

➖ tanlovda ishtirok etib, 2–5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishga ruxsat berildi(maqsadli qabul asosida tavsiya qilinganlar bundan mustasno); 

➖ bunda o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadigan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lovni amalga oshirish sharti bilan amalga oshiriladi; 

➖ mazkur tartib barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlariga, shu jumladan, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilgan OTTlarga ham tatbiq etiladi. 

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi