Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​Ta’lim tizimidagi yangi qulayliklar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.


Pandemiya sababli tizimga masofaviy texnologiyalar joriy qilinib, 10 mingdan ziyod ta’lim muassasasidagi 7 million o‘quvchi va 500 ming talabaga onlayn dars berish yo‘lga qo‘yildi. Bu yangi mexanizm karantin sharoitida fanlar o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlab bermoqda.

Endi joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash vazifasi turibdi. Xorijiy davlatlar tajribasi va bugungi vaziyatdan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini onlayn shaklda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Yig‘ilishda ta’lim muassasalariga hujjatlar qabulini takomillashtirib, masofadan, onlayn shaklda, internet orqali hujjat topshirish imkoniyatini yaratish zarurligi ta’kidlandi. Bu boradagi yangi tartib va afzalliklar haqida aholi batafsil xabardor qilinadi.

Ma’lumki, 2020 yildan kirish imtihonlari jami 5 ta – uchta majburiy va ikkita mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan edi. Lekin karantin sharoiti yoshlarning imtihonga to‘la tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini ham chekladi.

Qolgan qisqa vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida, joriy yilda imtihonlarni soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga oliy ta’lim muassasalariga reja va dasturlarni ish beruvchilar talabidan kelib chiqib mustaqil tasdiqlash vakolatini berish bo‘yicha vazifalar yuklatildi. Dasturlarning belgilangan talablarga mosligini nazorat qilish mexanizmi ham ishlab chiqiladi.

Zerikarli ma’ruzalar o‘qish, konspektlar yozdirish kabi o‘zini oqlamagan usullardan voz kechib, ta’lim metodikasini rivojlantirish va pedagoglar saviyasini oshirish g‘oyat muhim masalaligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan, Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga bosqichma-bosqich masofaviy shaklda pedagoglar malakasini oshirish, dars mashg‘ulotlarini masofadan kuzatish, baholashda inson omilini kamaytirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish topshirig‘i yuklatildi.

Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish zaruriyatiga alohida e’tibor qaratildi. Lisyeylarning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, seleksiya ishlarini kuchaytirish maqsadida ta’lim jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Lisyeyning maktabdan katta farqi bo‘lishi kerakligini inobatga olib, mutasaddilarga litseylar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yangi tizim asosida tashkil etilishi belgilangan kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarni ishga tushirish vazifalari aniq belgilab berilgan. Bu borada eski kollej tizimi xatolari takrorlanmasligi zarur. Shu bois har bir viloyatda bittadan namunali kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumni tayyorlash vazifasi belgilandi.

Manba: Eduuz

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Konspekt yozib, rasmga olib domlaga jo'natishdan charchaganmidingiz?
Final Results
67%
Ha, jonga tekkan edi
11%
Yo'q, rasmga olib jo'natish mazza-ku
22%
Menga farqi yo'q
Buxorolik talaba mutasaddilarga murojaat qilmoqda!!!

"Hozir mamlakatimizda ayniqsa Buxoro hududida kuchli shamol koʻplab talafotlar keltirib chiqardi. 3 kundan beri svet va gaz oʻchirilgan, aloqa esa deyarli yoʻq hatto qoʻngʻiroq qilish uchun ham ancha yoʻ'l yurishga toʻgʻri kelyapti. Telefonlarni amallab quvvatlab olyapmiz. Qolaversa shamol oqibatida har oilaga millionlab zarar yetdi. Hurmatli ustozlar hozirgi qiyin vaziyatda shularni inobatga olishingizni iltimos qilgan boʻlardim. Shu tariqa zarar koʻrgan oilalarga qisman yordam boʻlarmidi.
Eʼtibor uchun rahmat!"


Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
✅ BU YILGI ABITURIYENTLAR UCHUN TEST TOPSHIRIQLARI SODDALASHTIRILADI.
⠀
📑 Abiturientlar test topshiriqlarini tezda tushunishlari, fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishlari uchun, shuningdek, chet (ingliz, nemis, fransuz) tilli fanlaridan vaziyatni oson tavsiflashda rasmli test topshiriqlari soni oshadi.
⠀
📗 Bu topshiriqni bajarish ancha osonlashishini anglatadi.
Shuningdek biologiya va kimyo fanlari bo'yicha rasmli test topshiriqlari soni ham ko'payadi. Kimyo fanidan nazariy savollar sonini ko'paytirish va test topshiriqlari tuzilishida laboratoriya ishlari uchun test savollarini yaratish jarayoni davom etmoqda.
⠀
📘 Bundan tashqari, ona tili va adabiyotidan mustaqil o'qish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar, mavzular bo'yicha rasmli test topshiriqlarini ko'paytirishga harakat qilinmoqda.
⠀
📕 Fizika fanidan ham soddalashtirish ishlari olib borilmoqda:
• murakkablikning birinchi darajasidagi (eng oson) test topshiriqlari soni 6 tadan 10 taga ko'payadi;
• test topshiriqlarining umumiy hajmida nazariy test topshiriqlarining ulushi ortadi;
• abituriyentlarga qulay bo'lishi uchun test jarayonida taqdim etiladigan "Doimiy fizik kattaliklar jadvali" ishlab chiqilgan.

Abituriyentlarga yetkazing !

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-2021-yil, Qabul kvotasi.pdf
700.9 KB
Magistrauraga topshiradigan talaba va abituriyentlar diqqatiga!

"2020-2021-yil Magistraturaga qabul kvotasi"

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Akademik litseylar faoliyati yanada kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish zaruriyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Litseylarning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, seleksiya ishlarini kuchaytirish maqsadida ta’lim jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Litseyning maktabdan katta farqi bo‘lishi kerakligini inobatga olib, lisyeylar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Manba: Eduuz

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❓Savol: Karantin cheklovlari yumshatilmoqda, o‘quv markazlarida o‘qishlarni boshlab tursak bo‘ladimi?

✅ Javob: Ma’lumki, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin e’lon qilinib mamlakatimizdagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat to‘xtatilgan.

Shu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasining davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonlarini davom ettirish bo‘yicha tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng, o‘quv markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi.
Ushbu karantin davrida davlat ta’lim muassaslarida onlayn va masofaviy darslar tashkil etilganligini inobatga olib, o‘quv markazlar faoliyatida ham kurs qatnovchilariga masofaviy ta’lim tashkil etishni tavsiya qilamiz.

❓Savol: Karantin paytida o‘quv markazlarining o‘qituvchilari uy sharoitida 3-4 nafar (undan oshirmagan holda) abituriyentga dars o‘tsa bo‘ladimi?

✅ Javob: Ushbu holat karantin qoidalariga zid hisoblanadi. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lib, mazkur javobgarlik mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha jismoniy va yuridik shaxslarga taalluqlidir.

Manba: Uztdi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar diqqatiga!

❓Diplom ishlari onlayn himoya qilinadimi ?

❓Magistrlik dissertatsiyalari himoyalari qanday boʻladi ?

❓Faqat mutaxassisligi boʻlgan fanlardan imtihon boʻladimi ?

Talabalarga yuboring !

Batafsil👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#E’LON

Qadrli yurtdoshlar! Aziz o‘quvchi, talaba va ularning ota-onalari!

Mamlakatimizda karantin davridagi ta’lim jarayonlari, o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha joriy yilning 2 may kuni soat 13.00da Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi rahbarlari ishtirokida brifing tashkil etiladi.

Uzluksiz ta’lim tizimiga oid Sizni qiziqtirgan savollaringiz bo‘lsa joriy yilning 2 may kuni soat 10.00ga qadar @uztdibot telegram botiga yuborishingiz mumkin.

Barchaga yuboring !

Batafsil👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Joriy yil 7 ta OTMda jurnalistika yo‘nalishida qabul bo‘ladi

Beruniy Alimovning Feysbukda ma’lum qilishicha, joriy yildan boshlab O‘zbekistondagi 7 ta OTMda jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha qabul bo‘ladi.

1) O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti;
2) O‘zbekiston milliy universiteti;
3) O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
4) Qoraqalpoq davlat universiteti;
5) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
6) Samarqand davlat chet tillar instituti;
7) Vebster (AQSH) universitetining Toshkentdagi filiali.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
AOKA huzuridagi shtabda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Feruza Madrahimova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

❓ 4 chorak o‘qishlar maktablarni o‘zida tashkil etilmaganligi reyting natijalarini tayyorlashga ta’sir ko‘rsatadimi? Ushbu savol universitetlar reytingiga ham tegishli?

Ma’lumki, 2019 yil oktyabr-dekabr oylarida Respublikamizdagi 10% maktablarda nazorat ishlari va so‘rovnomalar o‘tkazilgan edi va bularning natijalari tayyorlab qo‘yilgan. Navbatdagi 10% maktablarda (956 ta) nazorat ishlari aprel oyida o‘tkazilishi kerak edi, agar karantin davri cho‘ziladigan bo‘lsa, birinchi 10 foiz maktab natijalari bilan reyting e’lon qilinadi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, reytingda o‘tgan yilda ham 10% maktablar ishtirok etgan va bu yil 20 % maktab ishtirok etishi rejalashtirilgan edi.

Universitetlar bo‘yicha ma’lumotlar deyarli tahlil qilib bo‘lingan, ular belgilangan muddatlarda e’lon qilinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​❗️Farg‘onada tibbiyot instituti tashkil etiladi🏥

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona jamoat salomatligi va profilaktik tibbiyot institutini tashkil etiladi.

Prezidentning “Jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi xizmatlari sohasida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

🔆Institutga qabul har yili belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

Do’stlarga yuboring !

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Karantin😷 #hazil_time


Biroz kayfiyat 😉

O'qishga kiyib boradigan kastyum shim va tuflim meni o'lib netib qolgan deb o'ylayapdiyov...😆

Assalomu alaykum ☺️

Oʻqishni sog'ingan va sogʻinmagam qadirdonlarim🤗


Doʻstlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Savol: Magistraturaga kirish uchun hujjatlar topshirish jarayoni qanday o‘tkaziladi va muddatlarida o‘zgarishlar bo‘ladimi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- Magistraturaga kirish uchun hujjatlar belgilangan tartibda 1 iyuldan 30 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab magistraturaga kirish uchun abituriyentlarga elektron tarzda hujjatlarni topshirish imkoniyatlari yaratiladi.

📌 Savol: Magistraturaga kirish imtihonlari qanday shaklda o‘tkaziladi va natijalar qanday e’lon qilinadi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- Magistraturaga kirish imtihonlari karantin tadbirlaridan kelib chiqqan holda Nizomda belgilangan shakllarda yoki test shaklida o‘tkazilishi mumkin.

Kirish imtihonlari natijalari muayyan oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb saytlarida e’lon qilinadi.
Manba

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Bu yil ham abituriyentlar 3 ta OTM ga topshirishlari mumkin. Faqat ta'lim yo'nalishi va ta'lim tili to'g'ri kelishi shart!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Savol: 2020/2021 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish jarayoni qanday tartibda o‘tkaziladi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- 2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

2020 yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar hujjatlar qabul qilinadi (hujjatlarni onlayn tarzda topshirish imkoniyati yaratiladi);
6 avgustdan 30 avgustga qadar arizalar ko‘rib chiqilib qaror qabul qilinadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Chet tili sertifikatlarini olish uchun to'lov qilgan abituriyentlar 7 kun oldin Davlat test markaziga ariza qoldirsa, pulini qaytarib berishadi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌Kollejlarda bitirish imtihonlari qanday tashkil etiladi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- Yakuniy imtihonlarni onlayn o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritilgan. Kasb-hunar kollejlarida 2019/2020 o‘quv yili uchun istisno tariqasida, Yakuniy davlat attestasiyasini onlayn tarzda tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga malakaviy ishni bajargan bitiruvchilar o‘z taqdimotlarini internet tarmog‘i orqali kasb-hunar kollejlariga taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OTM bitiruvchi kurs talabalariga kontrakt pullarini to‘lash kerak demoqda. Agar to‘lanmasa, talaba yakuniy nazoratlarga kiritilmaydi va unga bitirganlik to‘g‘risidagi diplom berilmaydi deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- Oldin ham aytganimizdek, karantin davrida o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt pullarini to‘liq to‘lashga ulgurmagan talabalar o‘qishdan chetlatilmaydi. Bu bitiruvchi kurs talabalariga ham taalluqli.

Har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, kontarkt to‘lovi muddatini mustaqil uzaytirish vakolatiga ega.

Yuqoridagilardan kelib chiqib to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmagan bitiruvchi kurs talabalari shartli ravishda istisno tariqasida yakuniy nazoratlarga kiritilishi mumkin, lekin ularga o‘quv yili uchun belgilangan to‘lovni to‘liq amalga oshirganlaridan so‘ng oliy ta’lim muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi tegishli diplom beriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka qabul qilish jarayonlarida o‘zgarishlar bormi?

Inomjon MAJIDOV,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga hujjatlar topshirish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilmagan.

O‘tkaziladigan imtihonlarni soddalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Abituriyentlar ijodiy imtihonga faqat bir marta kelib ketadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA