Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#E’LON

Qadrli yurtdoshlar! Aziz o‘quvchi, talaba va ularning ota-onalari!

Mamlakatimizda karantin davridagi ta’lim jarayonlari, o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha joriy yilning 2 may kuni soat 13.00da Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi rahbarlari ishtirokida brifing tashkil etiladi.

Uzluksiz ta’lim tizimiga oid Sizni qiziqtirgan savollaringiz bo‘lsa joriy yilning 2 may kuni soat 10.00ga qadar @uztdibot telegram botiga yuborishingiz mumkin.

Barchaga yuboring !

Batafsil👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#E’lon

Talabalar o‘rtasida Respublika fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 15 may kunigacha olimpiada.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Fan olimpiadasi joriy yilning 20-28 may kunlari platforma orqali onlayn ko‘rinishda o‘tkaziladi.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#E’lon

TDTU malaka oshirish tarmoq markazida ikkita yo‘nalish bo‘yicha qayta tayyorlash masofaviy kurslari boshlanadi

✅ Islom Karimov nomili Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazida 2020 yil 1 iyul sanasidan boshlab 2 ta yo‘nalishda kasbiy qayta tayyorlash kurslari masofaviy shaklda tashkil etiladi. Bular:

👉 “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti”;

👉 “Hayotiy faoliyat xavfsizligi”.


Masofaviy qayta tayyorlash kurslari 576 soatga mo‘ljallangan.

Ushbu kurslarda qayta tayyorlovdan o‘tishga ehtiyoji bor pedagog kadrlar 2020 yil 20 iyundan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Murojaat uchun: (71)-241-34-35; (71)-241-55-87; (93) 549-55-44; (90) 907-01-36; (97)735-25-91


Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#E’lon

Akademik litseylarga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlandi

2020-2021 o‘quv yili uchunumumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchi o‘quvchilarini Respublika oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga hujjatlarini onlayn qabul qilish boshlandi.

✅ Akademik litseylarda:

👉 aniq fanlar;
👉 tabiiy fanlar;
👉 xorijiy tillar;
👉 ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’lim beriladi.


Ushbu kanal orqali yurtimizdagi akademik liseylarning rasmiy sahifalari orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlarni onlayn topshirish mumkin bo‘ladi.

❗️Hujjatlarni qabul qilish 30 iyunga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#E'LON

DIQQAT!!!

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari kunlari ma'lum bo‘ldi

🔰O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23–25-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi ma'lum qilindi.

➡️Tez orada my.dtm.uz sayti orqali ruxsatnomani ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi. Ruxsatnomada kim qayerda va qachon test topshirishi yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan bo‘ladi.

⏩Testlar butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi, kim qaysi hududda test topshirishni tanlagan bo‘lsa, o‘sha yerda topshiradi.

O‘qishni ko‘chirishda talaba o‘zi tanlagan yo‘nalishga mos 2 ta mutaxassislik fanidan test topshiradi. Har bir fandan 30 ta, jami 60 ta savol beriladi.

2 ta fanga jami 3 soat vaqt ajratiladi.

Ⓜ️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​#E'lon

⚡️Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi

🔰Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda abituriyentlar 2 ta boʻlimdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi.

▶️Bunda:

✔️1-boʻlimda barcha yoʻnalishlar uchun majburiy 3 ta fan – ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va oʻzbekiston tarixi;

✔️2-boʻlimda 2 ta fan – tarix va chet tili fanlari jamlangan.

✅TDYU Kengashi 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab mutaxassislik blokidagi tarix fani oʻrniga huquqiy fanlarni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

❗️Ya’ni bu yangilik keyingi yildan emas, balki 2-yildan keyin joriy qilinadi.

☝️Yanada aniqroq qilib aytganda, hozir maktabda 11-sinfda oʻqiyotganlar keyingi yil imtihonda tarixdan test topshiradi, hozir 10-sinfda oʻqiyotganlar esa 2023-yilgi testda tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshiradi.

🔄Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda umumtaʼlim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari oʻqitib kelinmoqda. Test savollari ushbu maktab darsliklari asosida tuziladi.

Ⓜ️ OO'MTV

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg