Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 muhim sabab

Bugungi kunda ingliz tilini o‘rgatuvchi til markazlari juda ham ko‘payib bormoqda. Buning sababi esa, ingliz tiliga bo‘lgan talabning oshib borayotganidir. Xo‘sh, nega biz ingliz tilini o‘rganishimiz kerak? Nega unga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda? Ushbu savollarga javob topishingiz uchun quyidagi 5 sababni keltirib o‘tamiz.

1. Ingliz tili dunyodagi eng keng tarqalgan til hisoblanadi

Nima uchun ingliz tili shunchalik muhim? Dunyodagi har besh kishidan biri ingliz tilida gapira oladi yoki hech bo‘lmaganda tushunadi. Sayyorada ushbu til ona tili hisoblangan insonlar soni 400 milliondan ortiq. 50dan ziyod mamlakatda ingliz tili rasmiy yoki asosiy aloqa tillaridan biri hisoblanadi.

2. Ushbu til siz uchun yangi imkoniyatlarni ochadi

Ingliz tilini o‘rganishingiz kerakligining yana bir sababi – bu chet elda yoki o‘z yurtingizdagi chet el kompaniyalaridan yaxshigina ish topishingiz mumkinligidir. Ingliz tili – biznes tili hisoblanadi. Shuning uchun ham, chet ellik hamkorlar bilan muzokaralar olib borish uchun ushbu tilni o‘rganishingiz kerak bo‘ladi. Qisqa qilib aytganda, ingliz tili karyerangizni qurishingizda muhim o‘rinni egallaydi. Shunday ekan uni o‘rganishni hozirdan boshlang!

3. Ingliz tili ishingizda hurmatga sazovor bo‘lishingizga sabab bo‘ladi

Ishingizda har qanday vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda chet ellik hamkorlar bilan bo‘lgan suhbatlarda ingliz tilini biladigan inson yoki tarjimon kerak bo‘ladi. Bunda siz o‘zingizga ishonib, til bilish qobiliyatlaringizni namoyon etishingiz mumkin. Ish bo‘yicha chet el safarlariga ham til bilganingiz uchun aynan sizni yuborishlari mumkin. Bu bilan siz nafaqat chet eldagi ishlaringizni hal qilasiz, balki o‘zga yurtlarga sayohat qilish imkoniga ham ega bo‘lasiz.

4. Ingliz tili siz uchun dunyodagi eng yaxshi universitetlar eshigini ochadi

Qaysi universitetda o‘qishni istaysiz? Garvard, Stenford, Priston yoki shu kabi universitetlarga hujjat topshirib ko‘rish hech xayolingizga kelganmi? Garchi, bunday universitetlarda o‘qish rejalaringizda bo‘lmasa ham, ingliz tili siz uchun dunyoning ko‘pgina universitetlarining eshiklarini ochib beradi. Ulardan qaysi birini tanlash esa o‘zingizning xohishingizga bog‘liq.

5. Dunyoviy bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi

Jahon adabiyotlari durdonalari aynan ingliz tilida yozilgan, mashhur filmlar esa ingliz tilida olingan hisoblanadi. Ushbu tilni o‘rgangan holda siz hech qanday tarjima yoki dublyajlarga muhtojlik sezmaysiz. Mashhur asarlarni asl manbalarini o‘qiy olish imkoniga ega bo‘lasiz. Tarjima qilingan filmlarning esa, eng qiziq joylarini o‘xshamagan tarjimalar tufayli o‘tkazib yubormaysiz.

Ingliz tilini o‘rganish sizga dunyoviy bilimlaringizni oshirishda jahon manbalaridan bemalol foydalanishingiz imkonini beradi. O‘z karyerangizni rivojlantirish dunyo bo‘ylab bemalol sayohat qilish, yangidan-yangi tanishlar orttirishga yordam beradi. Shunday ekan, karantindan unumli foydalangan holda, ingliz tilini o‘rganib oling.

✍🏻 Guljahon Sanjarbekova tayyorladi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb

📌 Sifatsiz internet sabab onlayn darslarga qatnasha olmagan talabalar kursdan kursga qoladimi?

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Avlodlar almashinuvi

Ⓜ️: grafik_reklama

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​“Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tashkil etildi. Qabul 15 iyundan boshlanadi.

Ushbu madrasa O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 17-18 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan tashkil etildi.

✅ Ta’lim muassasasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim maskani bo‘lib, o‘rta maxsus diniy ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi.

✅ Mazkur ta’lim muassasasiga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar qabul imtihonlari asosida o‘qishga qabul qilinadi.

✅ Abituriyentlardan hujjat qabul qilish 2020 yilning 15 iyundan boshlab onlayn shaklda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Ta’lim muassasasiga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tugatganligi haqida hujjat (diplom)ga ega bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi.

✅ Kirish imtihonlari o‘tkazishning tasdiqlangan tartibi va qabul jarayonlariga oid ma’lumotlar O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sahifalari orqali berib boriladi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Uzbek TV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Айрим талабалар хақида😂

Ким қаерда ўқиди юборамиз👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFfnzpFMEyCo6BG8eA
Gazlanganmaganakansanakansankuuuuuuuu 😂😂😂😂😂😂😂

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Hurmatli talabalar va o'qituvchilar!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq nizom ishlab chiqilgan.

❗️Unda quyidagi jumla bor:
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko’p bo’lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig’ining, filial direktorining) buyrug’i bilan kursdan qoldiriladi.

Lekin ushbu nizomda masofaviy ta'lim jarayonida degan jumla umuman ishlatilmagan, vazirlar mahkamasi ham yaqin kunlarda bu haqida hech qanday qaror qabul qilmagan. Ushbu nizomning 1-bob 2-paragrafida belgilangan mezonlar masofaviy bo'lmagan ta'lim, ya'ni oddiy o'qishga qatnab o'qigan talabalarga tegishli. Karantin davrida o'qishlar onlayn tarzda davom etayotganini inobadga olsak 4ta va undan ortiq fanlardan akademik qarzdor bo'lgan talabani kursdan kursga qoldirishga hech qanday huquqiy asos yo'q.

Bu to'g'risida yaqin kunlarda qaror qabul qilinishi mumkin, lekin bu semestrga taalluqli bo'lmaydi, keyingi semestrdan kuchga kiradi. Yil yakunlanay deganda bunaqa keskin qaror qabul qiladigon darajada nomard bo'lishmasa kerak.

Shu sababli hurmatli rektorlarimiz va professor-o'qituvchilarimizdan talabalarni kursdan-kursga qoldiraman deb qo'rqitmasliklarini so'raymiz. Ular fanlarni o'zlashtirishi uchun pedogogik mahoratingizni ishga solishingiz kerak, qo'rqitishingiz emas.

(c) Yoshlarni qo'llab quvvatlash

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​📌 Milliy Universiteti magistratura talabalari kontraktni to'lamaganliklari uchun talabalar safidan chiqarilish uchun tavsiya etilgan hujjat paydo bo'ldi.

Muxbir Daliyev joylagan ushbu rasm yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining matbuot kotibi Farhod Babashev bilan bog'lanib Vazirning "kontrakt to'lamagan talaba o'qishdan chetlatilmaydi" deb bergan vadasi yuzasidan savol berganimizda, bu masala o'rganilyapti va bugun erta Milliy Universitet ushbu hujjat yuzasidan rasmiy bayonot berishini aytib o'tdi.

Xudo xohlasa ularni chetlatilishiga yo'l qo'yilmaydi. Kontraktni ikkinchi yarimini to'lamaslik, hozirgi vaziyatda chetlatilishiga sabab bo'la olmaydi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Yangi ochilayotagnTEAM universitetida qanday yo‘nalishlar ochilmoqda? Kontrakt summasi qancha?

✅ 2020 yilda tashkil etilgan TEAM universitetida quyidagi o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim beriladi:

- Tadbirkorlik va korxonalarni boshqarish;

- Raqamli marketing va kommunikatsiyalar;

- Turizm va mehmondo‘stlik sohasida tadbirkorlik;

✅ TEAM universitetida yillik kontrakt narxi miqdori 59 000 000 (ellik to‘qqiz million) so‘mni tashkil etadi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​Tuya to‘ydi
Fil to‘ydi
Faqat sen
"Copy+paste" qilib to‘ymading, talaba😁

Va buni bilib turib qabul qilaveradigan, ... A😁

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Hurmatli talabalar va o'qituvchilar!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq nizom ishlab chiqilgan.

❗️Unda quyidagi jumla bor:
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko’p bo’lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig’ining, filial direktorining) buyrug’i bilan kursdan qoldiriladi.

Lekin ushbu nizomda masofaviy ta'lim jarayonida degan jumla umuman ishlatilmagan, vazirlar mahkamasi ham yaqin kunlarda bu haqida hech qanday qaror qabul qilmagan. Ushbu nizomning 1-bob 2-paragrafida belgilangan mezonlar masofaviy bo'lmagan ta'lim, ya'ni oddiy o'qishga qatnab o'qigan talabalarga tegishli. Karantin davrida o'qishlar onlayn tarzda davom etayotganini inobadga olsak 4ta va undan ortiq fanlardan akademik qarzdor bo'lgan talabani kursdan kursga qoldirishga hech qanday huquqiy asos yo'q.

Bu to'g'risida yaqin kunlarda qaror qabul qilinishi mumkin, lekin bu semestrga taalluqli bo'lmaydi, keyingi semestrdan kuchga kiradi. Yil yakunlanay deganda bunaqa keskin qaror qabul qiladigon darajada nomard bo'lishmasa kerak.

Shu sababli hurmatli rektorlarimiz va professor-o'qituvchilarimizdan talabalarni kursdan-kursga qoldiraman deb qo'rqitmasliklarini so'raymiz. Ular fanlarni o'zlashtirishi uchun pedogogik mahoratingizni ishga solishingiz kerak, qo'rqitishingiz emas.

(c) Yoshlarni qo'llab quvvatlash

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#kayfiyat

-Agar yer 30 marta tezroq aylansa nima bo'ladi?

- Biz oylik maoshimizni (stipendiyamizni) har kuni olamiz janob😁😁

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Savol: Qo‘shni davlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirgan talabalar mamlakatimiz oliy o‘quv yurti talabalari safiga qachon qabul qilinadi?

– Hozirda qo‘shni davlat OTMlaridan kelgan talabalarga masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishga ruxsat berildi. Shuningdek, qo‘shni davlat OTMlaridan talabaning o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, ular fanlar farqini topshiradi va to‘lov-kontrakt pullarini amalga oshirganlaridan keyin talabalar safiga qabul qilinadi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️DIQQAT

2020-2021 o‘quv yilida o‘tkaziladigan test sinovlari haqida


✅ Bu yil abituriyentlarning uyidan chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tishini tashkil etish, test topshiriqlarini soddalashtirish, kirish test sinovlarini sodda shaklda va qisqa vaqt ichida o‘tkazish kabi yengilliklar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

✌️ 2020-2021 o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

👉 Ularni quyidagi havolada tekshirishingiz mumkin.(https://dtm.uz/upload/file/pdf/Fanlar-majmuasi.pdf)

☑️ Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda ko‘pi bilan 700 tagacha o‘rin tayyorlanadi, har bir abituriyent uchun kamida 3 kv.m joy ajratiladi,

🧤 sanitariya-gigiyena talablariga binoan, ularda niqob, qo‘lqop bilan testda ishtirok etishi ta’minlanadi.

🌡 Abituriyentning tana harorati o‘lchangach, binoga kiritiladi.

🚿 Binolar kamida 4 marotaba dezinfeksiya qilinadi. Bularning bari test topshiruvchilar, guruh nazoratchilari va jarayonga jalb etilgan boshqa shaxslarning salomatligini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Olis cho‘l hududlari aholisi uchun oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda qanday imkoniyat yaratilgan?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “Navoiy viloyatining olis cho‘l tumanlarida aholining turmush darajasini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2925-son qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga 2017-2018-o‘quv yilidan boshlab Navoiy, Buxoro, Samarqand viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovlari natijalari bo‘yicha 68 va undan yuqori ballga ega bo‘lgan, olis cho‘l tumanlarida kamida uch yildan buyon istiqomat qilayotgan abituriyentlarni, keyinchalik mutaxassislik bo‘yicha ushbu hududlardagi budjet tashkilotlarida tegishli viloyat hokimligi va oliy taʼlim muassasasi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida kamida 4 yil ishlab berish sharti bilan qo‘shimcha grant asosida imtiyozli qabul qilish huquqi berilgan.

❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Yigirmata saytga bepul kirish muddati naq 30 iyungacha uzaytirildi!

Koronavirus sababli karantin paytida uyali aloqa operatorlari bir qator saytlarga kirishni bepul qilishgan, keyinchalik bunday resurslar ro‘yxati yana to‘ldirilgan. Ta’limiy internet-resurlarga narxlanmaydigan kirish muddati Ucell abonentlari uchun endi 30 iyungacha uzaytirilmoqda!

Kompaniya xabariga ko‘ra, quyidagi internet-resurslarga narxlanmaydigan kirish 2020 yilning 30 iyunigacha (shu kun ham) uzaytirilgan:

dtm.uz
5fan.dtm.uz
onlinetest.dtm.uz
nsfla.dtm.uz
online.inha.uz
xanakademiyasi.uz
online-maktab.uz
maktab.uzedu.uz
talim.uzedu.uz
utube.uz
itschool.uz
coronavirus.uz
maktab.piima.uz
ziyonet.uz
tube.edu.uz
dist.edu.uz
mt.edu.uz
pf.bimm.uz
lib.bimm.uz
mt.bimm.uz

Demak, uydan chiqmagan holda ta’lim olish uchun ushbu resurslardan bepul foydalanishni davom ettirish mumkin!
ESLATMA: Yuqoridagi saytlarga kirganda telefoningizdagi zavoddan o‘rnatilgan brauzer orqali kirish tavsiya etiladi. Keyinchalik o‘zingiz o‘rnatgan boshqa brauzerlar, masalan Opera Mini orqali saytga kirsangiz, megabayt narxlanadi, ya’ni – bu resurslarga kirganingiz uchun pul hisoblanadi (yoki trafik limitingizdan sarflanadi). Shuningdek, saytlarga kirayotganda VPN ishlatmang – bunda ham bepul bo‘lmaydi.

Ⓜ️: Terabayt.uz

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Harbiy oilalar farzandlari uchun OTMga o‘qishga kirishiga tavsiyanomalar berilishi haqida lavha

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Rektor_minbari

Talaba karantin davrida to‘lov-shartnoma pulini to‘lamasa nima bo‘ladi?

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori, fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent Orifjon Bozorov O‘zA muxbiri savollariga javob berdi.

– Talaba karantin davrida barcha fanlarni o‘zlashtirsa va to‘lov-kontrakt pulini to‘lamasa nima bo‘ladi?

– Bunday holatda talaba qachon to‘lov-kontrakt pulini to‘liq to‘lagandan so‘ng kursdan — kursga ko‘chiriladi. Kontrakt pullarini to‘lashga imkoni bor talabalar to‘lovni amalga oshirganlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sababi yangi o‘quv yili uchun to‘lov va to‘lanmagan bahorgi semestr uchun to‘lov pullarini birgalikda to‘lash ota-onalar uchun qiyinchilik tug‘diradi.

Shuningdek, to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmagan bitiruvchi kurs talabalari shartli ravishda istisno tariqasida yakuniy nazoratlarga kiritilishi mumkin, lekin ularga o‘quv yili uchun belgilangan to‘lovni to‘liq amalga oshirganlaridan so‘ng oliy ta’lim muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi tegishli diplom beriladi.

– Qo‘shni davlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirgan talabalar mamlakatimiz oliy o‘quv yurti talabalari safiga qachon qabul qilinadi?

– Hozirda qo‘shni davlat OTMlaridan kelgan talabalarga masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishga ruxsat berildi. Shuningdek, qo‘shni davlat OTMlaridan talabaning o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, ular fanlar farqini topshiradi va to‘lov-kontrakt pullarini amalga oshirganlaridan keyin talabalar safiga qabul qilinadi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQShning ikki fazogiri kosmosga uchdi!!!

"Falcon 9"
raketasi uchiga o'rnatilgan "Dragon" kapsulasida NASAning ikki fazogiri nihoyat kosmosga uchishga muvaffaq bo'ldi.

Floridadagi Kennedi fazo markazidan mahalliy vaqt bilan 15:22 da raketa osmonga ko'tarildi. Oradan 12 daqiqa o'tib fazogirlar quyi orbitaga yetib bordi va kapsula raketadan ajralib chiqdi. Uni kosmosga olib chiqqan raketa yerga qaytib tushib, okeandagi dron-kemaga muvaffaqiyatli qo'ndi.

Endi "Dragon" kapsulasi kosmosdagi parvozini davom ettiradi. Fazogirlar 19 soat davomida yerni bir marta aylanib chiqadi va shundan so'ng Xalqaro fazo stansiyasiga ulanadi. Ulangandan so'ng bu missiya muvaffaqiyatli amalga oshgan deb hisoblanadi.

Demak, parvozni kuzatishda davom etamiz.

Ⓜ️: bmamadiev

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining matbuot kotibi Farhod Babashevning stipendiyaga oid so'ngi qaror haqida batafsil ma'lumoti.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA