Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❓Talabalarning 2019-2020 o‘quv yilining bahorgi semestri uchun belgilangan malakaviy amaliyotlari qanday tashkil etiladi?

✅– Bitiruvchi kurs bo‘lmagan, ya’ni 1,2,3-kurs talabalarining malakaviy amaliyotlari keyingi o‘quv yilining o‘quv grafigida aks ettiriladi. Malakaviy amaliyot keyingi o‘quv yiliga ko‘chiriladi. Bunda o‘quv amaliyoti hajmi saqlanib qolinadi. Ishlab chiqarish amaliyoti davomiyligi qayta ko‘rib chiqiladi.

❓2019-2020 o‘quv yilini yakunlanishi masofaviy ta’lim orqali bo‘ladimi? Agar shunday bo‘lsa masofaviy ta’lim bilan qamrab olish imkoni mavjud bo‘lmagan talabalar nima qiladi?

✅– Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 apreldagi “2019 – 2020 o‘quv yilini masofaviy ta’lim orqali davom ettirish to‘g‘risida”gi 257-sonli buyrug‘iga asosan joriy o‘quv yili masofaviy ta’lim orqali yakunlanadi. Ana shu buyruqda masofaviy ta’lim bilan qamrab olish imkoni mavjud bo‘lmagan talabalarni yozgi ta’til davrida alohida grafik asosida o‘qitiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Nega talabani qiynashimiz kerak?

Nega talabaga maksimal yordam berilmaydi?


"Avtomobil yóllarini loyihalash qurish va eksplutasiyasi institutida kantrakt tólov summasini tólamagan talabalarga Moodle programmasi bloklab qoyildi shu sababli yakuniy nazoratlarni platformaga joylashtirishi iloji bomayapti

Xali bizni uman ogohlantirgani yoq xech Kim yo joydan birdaniga bloklab qóyishdi"


Kanalga ulanish uchun👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Kontrakt pulini to'lamaganligi uchun TOSHKENT AVTOMOBIL YO‘LLARINI LOYIHALASH, QURISH VA EKSPLUATATSIYASI INSTITUTI talabalari moodle tizimidan bloklangan.

Ularga hozir tizimga ma'lumot yuklashga qo'yilmayapti. Yaqinda bitiruv imtihonlari boshlanishi kerak, vazirni gapi bo'yicha ular imtihonlarga qo'yiladi lekin diplom berilmaydi. O'zboshimchalik bilan chora ko'rishga haqlari bormi bularni?

Ⓜ️:
YQQUZB_KANAL
➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#35%_beriladi_mi?

Murojaat yuzasidan : "Ko'p talabalar shaxsiy saxifamga kontraktning 35% ni to'lab berish yuzasidan ko'plab murojaati yuzasidan O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi A. Sa'dullayev javob beradi:

--- "Pul summalari o'tkazilgan, 5 iyundan so'ng talabalarning hisob raqamida ko'rina boshlanadi"

Ⓜ️:
Olimbek_Tursunov

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Bog‘cha va o‘quv markazlariga hozircha ruxsat yo‘q

Respublika Maxsus komissiyasining joriy yil 8 maydagi ayrim hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari, shu jumladan davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi.

Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad — bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.

Infeksiya xavfi bartaraf bo‘lgach, ta’lim muassasalariga ham ruxsat beriladi va bu haqda qo‘shimcha xabar qilinadi.

Ⓜ️: xushnudbek

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​📌 Xitoy, 2020 yil.

— Xiaomi kompaniyasi 6G ustida ish boshladi.

📌 AQSH, 2020 yil.

— SpaceX "Falcon 9" raketasi ichida 2 astronavti bo‘lgan "Crew Dragon" kosmik kemasini orbitaga olib chiqdi.


📌 O‘zbekiston, 2020 yil.

— Universitet talabalari konspektlarni qo‘lda yozib, skanerlab tashlab berishni boshladi.

Fayzibog'dan lotinchaga o'girildi

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​Bugun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Talaba.uz jamoasi barcha bolakaylar va ularning ota-onalarini bayram bilan muborakbod etadi!

Bolajonlarga beg‘ubor yoshlik, sihat-salomatlik, baxt, yangi bilimlarga chanqoqlik, ota-onalarining doimiy mehri va etiborida bo‘lishlarini tilab qolamiz!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Axborot_xati

2020 yil 1 iyun kuni o‘tkaziladigan onlayn konferensiya

👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

- Mavzu:
Latex'da maqola tayyorlash metodikasi
- Boshlanish vaqti: 1 iyun, soat 14:00
- Konferensiyaga havola: http://cc.uz/165v2
- Identifikator: 762 2652 1623
- Parol: 6RKMas


➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Uyda qolib zerikmaslik uchun barcha servislar uydaqoling.uz saytida yig'ib chiqildi — Spot

«Hozirda bu saytda 200 dan ortiq servis va xizmatlar yig'ilgan va ro'yxat to'ldirilmoqda» — deb xabar beradi Spot

Saytning o'ziga kelsak, xizmatlar kategoriyalarga bo'linib chiqilgan va kerakli narsani topish oson. Uchta katta bo'lim: «O'zimizni asraymiz», «Dam olamiz» va «Bilimimizni oshiramiz». Bu bo'limlar esa yana kategoriyalarga bo'linib chiqilgan. Sayt 2 tilda ishlaydi: rus va o'zbekcha(кириллча ҳам мавжуд)
• Sayt: uydaqoling.uz

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zini o‘zi band qilganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Yangi tizimga ko‘ra sartarosh, etikdo‘z, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi, taksist, tarjimon, dizayner, kompyuter dasturchisi kabi o‘zini o‘zi band qilgan 60dan ziyod kasb egalari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Ⓜ️: kun.uz

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
"Ilon aka MASKani yeching biz sizni tanidik".

Twitni udari boʻlibdiku 😅

Kanalga ulanish uchun👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ana bo'lmasa. Yakuniy nazoratni qo'lda yozib topshirar ekanmiz. Yoki men noto'g'ri tushundimmi? 🤔

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Qabul jarayonlariga oz qoldi. Yana eski xatoni takrorlaymizmi?

15 kundan keyin butun respublika bo‘ylab OTMlarga qabul jarayonlari boshlanishi kerak.

Ammo shunday bo‘lsa-da, joriy yildagi qabul jarayonlari bo‘yicha deyarli hech narsa aniq emas. Na qabul kvotalari tasdiqlandi, na imtihon tartiblari ma’lum bo‘ldi. Hattoki eng elementar narsa - nechta fandan test bo‘lishi ham aniq emas.

Mening xavotirim, joriy yilda ham xuddi o‘tgan yilgidek barchasi kechikib, shoshilinchda, o‘lda-jo‘lda bo‘ladigandek.

Xabaringiz bor, o‘tgan yili qabulga oid hujjatlarning kechikib tasdiqlanishi bo‘yicha o‘ziga xos salbiy rekord yangilangan edi. Shu darajada kechikkanki, hatto qabul kvotalarisiz qabulni taxminan boshlab turishdi, natijada boshida tavakkal hujjat topshirib qo‘yganlar bilan ko‘plab muammolar chiqdi.

Nahotki bu yil ham o‘sha hassamizni yana yo‘qotsak? O‘tgan yilgi xatolar dars bo‘lmaganmidi?

Bu savollarimiz ko‘proq Vazirlar Mahkamasiga, yanada aniqrog‘i Davlat qabul komissiyasiga qaratilgan. Faoliyati o‘ta sirli va yopiq bo‘lgan ushbu komissiya ta’limda juda ko‘p narsani ortga tortishi bilan mashhur. Ko‘pchilik aholi bunday komissiya borligini bilmaydi va odamlar ta’limga oid bahsli qarorlarda asosan vazirliklarni yoki DTMni ayblab yurishadi.

Aslida esa bu komissiyaga juda katta vakolatlar berilgan, shunga yarasha ochiq va shaffof ishlamaydi ham. Komissiyaning birorta majlisiga jurnalistlar va jamoatchilik vakillari chaqirilmaydi. Barcha qarorlar yopiq eshiklar ortida qabul qilinadi. Qarorlari hech qayerda rasman e’lon qilinmaydi va h.k.

Misol uchun, 30 aprelda Prezident Shavkat Mirziyoyev karantin munosabati bilan imtihonlarni soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shundan keyin DTM direktori tegishli takliflarni tayyorlab, Davlat qabul komissiyasiga yuborganini ma’lum qildi. Ammo mana oradan 1 oy vaqt o‘tdi, lekin haligacha tartib tasdiqlanmadi.

Abituriyentlar Davlat qabul komissiyasi qarorini yana qancha kutishi kerak? Qachon biror narsa aniq bo‘ladi? Nega yana testga sanoqli kunlar qolganda yangiliklarni e’lon qilib, abituriyentlar va ularning ota-onalarini shoshirib qo‘ymoqchimiz?

So‘zim so‘nggida Hukumatda ijtimoiy kompleks rahbarligiga tayinlangan yangi Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevdan ushbu masalaga jiddiyroq e’tibor qaratib, o‘tgan yillardagi tarix takrorlanishiga yo‘l qo‘ymasligini iltimos qilib qolaman.

Manba: @Xushnudbek

Kanalga ulanish uchun👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Hurmatli talabalar!

Ushbu petitsiyalarga kirib ovoz bering, boshlanishiga 5tadan ovoz kerak, ekspertiza jarayonidan o'tsa 10 000ta ovoz to'plab maqsadimizga qonuniy yo'l bilan erishamiz.

1.Masofaviy ta’limga o‘tkanligimiz munosabati bilan kontrakt pullaridan 2 oyini ayirib tashlash haqida.
👉 https://meningfikrim.uz/petitions/request/4302

2.Masofaviy ta’lim jarayonida talabalarni o‘qishdan chetlatmaslik haqida petitsiya.
👉https://meningfikrim.uz/petitions/request/4303

3.Masofaviy ta’limda talaba olgan baholar stipendiya va o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ta’sir qilmasligi kerak.
👉https://meningfikrim.uz/petitions/request/4304

P/S: O'tkan safargi petitsiyamiz rad etildi, sababi bitta petitsiyada 2ta maqsad bo'lmasligi kerak ekan, shu sabab alohida alohida petitsiyalar yaratdim.

IMKON QADAR BARCHAGA TARQATING !

Ⓜ️:
YQQUZB_KANAL

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ekspertiza jarayoniga ketdi 🎉

Endi bularga ovoz berish kerak:

2.Masofaviy ta’lim jarayonida talabalarni o‘qishdan chetlatmaslik haqida petitsiya.

👉https://meningfikrim.uz/petitions/request/4303

3.Masofaviy ta’limda talaba olgan baholar stipendiya va o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ta’sir qilmasligi kerak.
👉https://meningfikrim.uz/petitions/request/4304

IMKON QADAR BARCHAGA TARQATING !

Ⓜ️:
YQQUZB_KANAL

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Savol: Qaysi sohalarda qoloqmiz va nima uchun?

Davom eting: Ta'lim.....

P.S/ Qayerga qarama ta'lim tizimimizga tosh otiladi. Sababi esa oddiy. Rostdan ham shunday ☹️.

Kanalga ulanish uchun👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zbekistonning “yashil” hududlarida o‘quv markazlarining o‘z ishini boshlashi masalasiga aniqlik kiritildi

O‘zbekiston bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 1-iyun, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakatning “yashil” hududlarida o‘quv markazlari o‘z ishini qayta boshlashi mumkin yoki yo‘qligiga aniqlik kiritdi.

Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, karantin choralari yengillaganiga qaramay, barcha turdagi ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar o‘z kuchida qoladi. “Yashil” hududlarda o‘quv markazlari o‘z ishini qayta boshlashi mumkin emas.
Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin vaqtida ishlab chiqarish jarayoni sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari tomonidan tekshirilishi mumkin. Bunda nafaqat ishlab chiqarish, balki barcha tadbirkorlik subyektlarida ularni xabardor etgan holda tekshirishlar o‘tkazilishi mumkin.
Tekshiruvlarda bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan karantin davrida vaqtinchalik tasdiqlangan sanitariya qoida va me’yorlari va Respublika maxsus komissiyasi qarorlarining ijrosi o‘rganiladi.

Bosh davlat sanitariya inspektorining bildirishicha, kasallik aniqlanmagan hududlarda karantinni bekor qilib bo‘lmaydi, chunki vaziyat tez o‘zgarishi mumkin. “Buni ‘yashil’dan ‘qizil’ga aylangan hududlar misolida ham ko‘rish mumkin”, — deya ta’kidladi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi.
Mazkur qarorga ko‘ra, mamlakatning barcha hududlarida ularning toifasidan qat’i nazar ta’lim tashkilotlari (bog‘cha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar), o‘quv kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat etilmaydi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Toshkent Davlat Texnika Universitetining elektronika va avtomatika fakulteti dekani yozgan bayonotni qarang.

Serverga nagruzka ortib ketibdi shu sababli talabalar tizimga kirolmayotkan ekan. Kotta xolasinikidan kirib imtihon topshiradimi talaba? Buyog'dan domlalar kir tizimga rektor nazorat qilyapti deb davay-davay deb tursa buyog'dan dekanlar kirmay tur navbat bilan kir deb tursa qanaqa maynavozchilik bu? Talaba o'yin o'ynagani kirmayapti tizimga, domlalar xaydataman deb majburlagani uchun, fanlarni topshirgani kiryapti tizimga.

Masofaviy ta'limga tayyor emas ekansizlar nega talabadan imtihon olyabsiz,? Qaysi vijdon bilan kontrakt pullarini talab qilyabsiz? Men bu bayonotni ko'rib 2 soat so'kindim. 🤬

Manba: YQQUZB_KANAL

Do'stlaringizga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA