Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Rasman

💥💥💥 Abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi

✅ Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1️⃣Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda –Davlat xizmatlari markazlari orqali.

2️⃣barcha hududlarda:

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

– Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali.

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
‼️RASMAN: Qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezident qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi:

👉 bakalavriat:

- kunduzgi ta’lim shakliga – 103 575 nafar;
- sirtqi ta’lim shakliga – 31 350 nafar;
- kechki ta’lim shakliga – 5 025 nafar.

👉 magistratura – 10 425 nafar.


Ⓜ️: xushnudbek

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Rasman

Sport faoliyati bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati uch yil etib belgilandi

Prezident qarori bilan sport sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilandi.

©Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Magistraturaga va o‘qishni ko‘chirish uchun hujjatlar onlayn topshiriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.

❗️Magistraturaga hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Shuningdek, qaror bilan Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi 500 ta o‘rin miqdoridagi maqsadli qabul parametrlari ajratildi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Расман

Келгуси ўқув йилидан фақат давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичлари белгиланади. Тўлов-контракт бўйича қабул квотасини ОТМлар мустақил белгилайди.

Президент қарорига мувофиқ, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан манфаатдор вазирлик ва идоралари билан биргаликда 2020 йил 1 декабрга қадар:

👉 олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрларида фақат давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичларини белгилаш;

👉 тўлов-контракт асосидаги қабул кўрсаткичларини олий таълим муассасалари томонидан мустақил белгилаш. Бунда, тўлов-контракт асосидаги қабул кўрсаткичлари Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан белгиланган миқдордан кам бўлмаслиги лозим;

👉 иқтидорли талабаларни нодавлат олий таълим ташкилотларида ҳам давлат гранти асосида ўқитиш;

👉 алоҳида иқтидор талаб этиладиган таълим соҳаларининг бакалавриат таълим йўналишларига ўқишга қабул қилиш учун касбий (ижодий) имтиҳонлар билан биргаликда мажбурий учта – она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили), математика ва Ўзбекистон тарихи фанлари бўйича тест синовлари топшириш тартибини жорий қилиш бўйича Ҳукуматга асослантирилган таклифларни киритади.

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Rasman

Matematika ta’lim sohasi bo‘yicha magistrlar to‘liq davlat granti asosida tahsil oladi

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

👉 "130 000–Matematika" ta’lim sohasi bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat buyurtmasi parametrlari to‘liq davlat granti asosida shakllantiriladi;

👉 davlat granti asosida bakalavriat va magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarni o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Ⓜ️: Eduuz

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Хотин-қизларга қўшимча тўрт фоизли давлат гранти асосида квота ажартилади

2020/2021 ўқув йили қабулидан бошлаб:

👉 Маҳалла ва оилани қўллаб қувватлаш вазирлиги тавсияномаси билан хотин-қизлар учун бакалавриатнинг кундузги таълим шакли бўйича белгиланган давлат гранти квоталаридан ташқари қўшимча равишда тўрт фоизли давлат гранти асосидаги қабул квоталари ажратилади.

Каналга уланиш: 👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥💥💥 Oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga 2020/2021 yil uchun qabul kvotalari (kunduzgi, sirtqi va kechki) soni o‘tgan o‘quv yildagiga nisbatan 37 ming 550 taga ortgan. Bu qariyb 37% ko‘paydi, degani.

Shavkat Mirziyoyev kecha (12 iyun) Olmazor tumani faollari bilan uchrashuvda oliy taʼlimga qamrab olish joriy yilda 36%ga yetishini maʼlum qilgan edi.

❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating

Ⓜ️:
Abtuz

Batafsil👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020

Yangi o‘quv yilidan O‘zMU, SamDU va UrDUda matematik injiniring ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4708-son qarori vazifalari yuzasidan respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadida:

✅ 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi universitetlarda "Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi:

👉 O‘zbekiston Milliy universiteti;
👉 Samarqand davlat universiteti;
👉 Urganch davlat universiteti.


Mazkur yo‘nalish bitiruvchilariga "muhandis-matematik" va "matematika-mexanika o‘qituvchisi" qo‘sh (dual) kvalifikasiyalari beriladi.

Ⓜ️: Eduuz

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👨‍🎓 Rasmdagi bu yigit bundan 27 yil oldin AQSHning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSHga uchib ketadi.

👨‍💻 O‘sha yigit - Sundar Pichay - 2015 yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019 yilda uning yillik maoshi 281 mln dollarga teng bo‘lgan.

✅ Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi.

Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir!

©️ Facebookdan olindi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
“2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-4749, 12.06.2020 y.) qabul qilindi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Get Consult | Chet elda o'qish
​​​​DIQQAT 🇷🇺ROSSIYADA GRANTLAR

🏢Tomsk Politexnika Universitetiga hech qanday imtihonlarsiz o‘qishga kirishni taklif etamiz!

🌐Reyting: Quacquarelli Symonds (QS) Top 400+
Taʼlim tili: Rus tili🇷🇺
Diplom: Oʻzbekistonga 100% imtihonlarsiz oʻtadi yaʼni imtihonsiz nostrifikatsiya bo'ladi

✅Brinchi kursni tugatib Oʻzbekistonga oʻqishni IMTIHONSIZ koʻchirish imkoni bor!

✅Universitetda siz istagan barcha yoʻnalishlar mavjud.

⏳Hujjatlar 22-iyungacha qabul qilinadi.

👨🏻‍💻Murojaat uchun:
+998900191766 | @Menedjer_Tomskpu
+998900331766 | @Menedjer_Tomskpu1

Bizning telegram kanal👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFVPKvCiCjY9vGsxcA
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "2020/2021 ўқув йилида Ўзбекистон Республикасининг
олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишнинг
давлат буюртмаси параметрлари тўғрисида"ги ПҚ-4749-сонли қарори.

© Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bakalavr kunduzgi (@eduuz).pdf
4.8 MB
2020/2021 ўқув йилида Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасалари бакалавриатининг кундузги таълим шакли бўйича давлат буюртмаси асосида ўқишга қабул қилиш параметрлари (тўлиқ)

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Абитуриентларга улашинг👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA