Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️Aytishlaricha, 1-kurs talabalari uchun 2020-yil 2-noyabrdan, 2- va 3-kurs talabalari uchun 16-noyabrdan anʼanaviy taʼlimning boshlanishi xabar qilindi.

Xabarning aniqligi rasmiy manbalarimizdan oʻrganilmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bitiruvchi kurslar

2020-2021 o‘quv yilining kuzgi semestrida 4-kurs talabalari uchun o‘quv mashg‘ulotlari 14-noyabrda tugashini va tugashiga oz muddat qolganligini hisobga olib, bular uchun o‘quv jarayonini onlayn tugatish va 2 haftalik yakuniy nazorat sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng ularni 30 noyabrdan 2 oylik (48 kunlik) pedagogik amaliyotga jo‘natishi mumkin...

Eslatib o'tamiz, xabar rasman tasdiqlangani yo'q!

Batafsil, tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra an'anaviy darslar boshlanishi aniq bo'ldi

Noyabr oyidan boshlab barcha OTMlarning barcha talabalariga bosqichma-bosqich an'anaviy darslarga ruxsat beriladi. Bu haqida qarorni OTM rektori vaziyatdan kelib chiqib qaror qabul qiladi. Yotoqxona masalasi hamon yopiqligicha qolmoqda.

An'anaviy darslarga qatnashish majburiy yoki ixtiyoriyligi haqida ma'lumot yo'q. Lekin ixtiyoriy bo'lishi ehtimoli katta.

Bir gap bilan OTMlar ochilishi aniq. Rasmiy xabar kutyabmiz.

Batafsil, tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Aytishlaricha, Namangan Muhandislik-Texnologiya instituti talabalari uchun rektorning taklifi ekan

Hamma OTMda har xil bo'ladi shekilli😑

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Samarqand Davlat universiteti bo'yicha...

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Goʻzal jannat bizga boʻlmasin armon,
Tark etmasin sira qalblarni iymon.
Bu kun savoblaridan nasib aylasin,
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Buyuk Britaniyada hozir talabalar qanday o‘qishyapti?

Bu yil oliy ta’limni boshlayotgan talabalarga havasim kelmayapti. Yoshlar orasida kovid hollari ko‘payishi sabab Britaniyaning ko‘plab shaharlaridagi universitetlar yopilib, talabalar yotoqxonalarga qamab qo‘yildi.

Ba’zilarida qo‘riqchilar ularni tashqariga chiqarmayapti, yotoqxona rahbariyati bir xonaga yig‘ilishlarni to‘xtatish uchun istagan vaqti xonalarga kiryapti. Yotoqxonalar derazalarida “Talabalar jinoyatchi emas”, “Kim aybdor: Bizmi yo Boris Jonson?”, “9 ming funtni nimaga to‘ladik?” “Ayollar, nasha va ovqat yuboringlar”, “Xonadoshimdan nafratlanaman”, “F*ck Boris” degan shiorlar yopishtirilgan.

Yiliga 9 ming funt (12 ming dollar) to‘lab o‘qishga kirgan talabalar xonalarida o‘tirib leksiyalarni kompyuterda tinglashyapti. “U ham yetmagandek, bu yotoqxona uchun oyiga 500 funt (650 dollar) to‘layapman”, deydi bir talaba.

Britaniyada universitetni boshlagan davrim qanday hayajonli bo‘lganini esladim. Talabalar uchun bazmlar, yangi tanishuvlar, kampusdan kampusga yurishning o‘zi bir zavq edi.

O‘zbekistonda qanday bo‘lyapti?

©BBC muxbiri Ibrat Safo

Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🚂 Poyezdda jamoaviy chipta bo‘yicha chegirmalar taqdim qilinadi

Poyezdda 10 va undan ortiq odamlar sonidan iborat tashkil qilingan guruhlar chiptalarining umumiy qiymatidan jamoaviy chipta bo‘yicha quyidagi miqdorda chegirmalar taqdim qilinadi:

✅ harakat yo‘nalishining umumiy masofasi 2000 km gacha bo‘lganda:

👉 guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 10 foiz;

👉 guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 15 foiz;

✅ harakat yo‘nalishining umumiy masofasi 2000 km dan ortiq bo‘lganda:

👉 guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 20 foiz;

👉 guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 30 foiz.

Ⓜ️ Huquqiy axborot

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Soʻragan edingiz!

Super-kontrakt summasini qachongacha toʻlash kerak?

Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, 2020/2021 oʻquv yili uchun super-kontrakt miqdorlarini ikkiga boʻlib toʻlash mumkin.

Bunda:

❇️ oʻquv yilining birinchi yarmi uchun kamida yarmini ya'ni 50%ini 2020-yilning 1-dekabrigacha;

❇️ ikkinchi yarmi uchun esa qolgan qismini 2021-yilning 1-martigacha toʻlanishi kerak.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​#Qabul2020

Abituriyentlar diqqatiga, o‘qishga qabul davom etadi!

Toshkent shahridagi Adju universitetida 2020–2021-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi

Toshkent shahridagi Adju universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 noyabrdagi ПҚ-4041-сон қарори asosida Koreya Respublikasining Adju universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

❗️Hujjatlarni qabul qilish muddati: 24 oktyabrdan 24 noyabrgacha.

Kirish imtihonlari ingliz tili, matematika va fizika fanlaridan bo‘lib o‘tadi.

Kirish imtihonlari Koreya Respublikasining Adju universiteti vakillari tomonidan o‘tkaziladi.

IELTS sertifikati taqdim etgan abituriyentlar ingliz tili imtihonidan ozod etiladi.

Shartnoma bo‘yicha bir yillik to‘lov narxi 52 mln. so‘m. 2020-2021 o‘quv yiliga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, o‘qish tugallanguncha bo‘lgan muddatda shartnoma summasining 80% miqdoridan ortiq miqdorda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (subsidiya)ga ega bo‘ladi.

✅ Talaba tomonidan to‘lanadigan shartnomaning yillik qiymati:

👉 Arxitektura – 7,8 mln. so‘m;
👉 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi – 7,1 mln. so‘m;
👉 Qurilish muhandisligi – 7,1 mln. so‘m.

Davlat ta’minoti (subsidiya)ni olgan bitiruvchilar mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlanadi.

❇️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tishda shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish va quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalarini yuborish lozim:

➖ pasport;
➖ umumta’lim maktabini tugatganligi to‘g‘risida attestat, akademik lisey yoki kasb-hunar kolleji diplomi (ilovasi bilan);
➖ 3,5×4,5 o‘lchamdagi fotosurat (olingan sanasi 3 oydan oshmasligi kerak);
➖kamida 5.0 ball to‘plaganligi haqida IELTS sertifikati (mavjud bo‘lsa);
➖ faxriy yorliqlar, sertifikatlar, mukofotlar (mavjud bo‘lsa).

‼️ Eslatma: hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida badal to‘lovi amalga oshiriladi (223 000 so‘m).

Murojaat uchun: (71) 207-65-66, 207-66-76, (95) 195-33-66, (94) 620-16-61

Batafsil: Telegram, facebook

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Jamiyat

Katta yoshli kishilar bilan suhbatlashgan paytimizda, "Bolalarni tarbiyalaganmiz” deb, eslaydilar. Keyingi avlod vakillari bilan suhbatda esa, "Bolalarni boqib, katta qilyapmiz” degan so‘zlarni eshitamiz.

Ajabo, jamiyatda nimadir o‘zgargandek tuyilmayaptimi?!

Ⓜ️ Facebook

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatda aholi sogʻligʻini saqlash va yaxshilashni taʼminlaydigan samarali sogʻliqni saqlash tizimini yaratish, sogʻlom avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.

Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida bosqichma-bosqich milliy tibbiy taʼlimni modernizatsiyalash, mazkur sohaga xalqaro taʼlim standartlari va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, aholi sogʻligʻini saqlashning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, harbiy tibbiyot tizimida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga toʻsqinlik qilayotgan bir qancha muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan:

birinchidan, harbiy tibbiyot mutaxassislarining uzluksiz kasbiy tayyorgarligini taʼminlash, ularning malakasini oshirish, koʻnikmalarini zamonaviy talablarga moslashtirishning amaliy tizimi joriy qilinmagan;

ikkinchidan, oʻquv jarayonida innovatsion ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanishning past darajada ekanligi oqibatida harbiy-tibbiy kadrlarni tayyorlash hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga samarali tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish tizimiga zamonaviy usul va yondashuvlarni tatbiq qilish imkoni mavjud emas;

uchinchidan, favqulodda holatlar (vaziyatlar) oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadigan va ushbu yoʻnalishda tashkiliy-profilaktika ishlarni olib boradigan yuqori malakali harbiy tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratish talab etilmoqda.
Batafsil.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingida kuchli 10 talikka kirgan OTMlarga ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolati beriladi – Prezident farmoni loyihasi

Ayni daqiqalarda AOKAda "Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov hujjatda oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingida birinchi 10 ta o‘rindan birini egallagan oliy ta’lim tashkilotiga mavjud ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolati berilishi rejalashtirilayotganini aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, bu kabi erkinliklar va rag‘batlantirishlar oliy ta’lim tizimida sog‘lom raqobat muhitini yanada rivojlantiradi. O‘zini ko‘rsatgan hamda faoliyati samaradorligi va natijadorligi yuqori bo‘lgan oliygohlar uchun keng imkoniyatlar ochiladi.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓O‘quvchilarning maktabda olgan baholari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinsa, bu maktablarda korrupsiya holatlarining avj olishiga sabab bo‘lmaydimi?

📹 Sherzod Shermatov, Xalq ta’limi vaziri

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​Milliy reytingda kuchli uchlikka kirgan OTMlarga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi

O‘zbekistondagi Milliy reytingning kuchli uchligiga kirgan oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ulug‘bek Toshkenboyevning so‘zlariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingida so‘nggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Akademik va moliyaviy mustaqillikni belgilashda esa xalqaro ta’rif va standartlarga asoslaniladi, ya’ni mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilinishi belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ilk marta OTMlar reytingi 2018-yilda tuzilgandi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oktabr o‘rtalarida 2020-yil bo‘yicha OTMlarning milliy reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra,  gumanitar va iqtisodiy sohada O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yetakchi o‘rinlarni egallagan.

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Har bir hududda kamida bittadan nodavlat OTM ochiladi

2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti tashkil qilinadi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov ma’lum qildi.

✅ Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur yangilik oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingida so‘nggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi.
 
Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Ҳарбий тавсияномага эга абитуриентлар масаласи ижобий ҳал этилди

Жорий йилда ҳарбий қисм қўмондонлиги тавсияномасига эга жами 13107 нафар абитуриент олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига ўқишга кириш учун рўйхатдан ўтган бўлиб, масъул ваколатли органлар томонидан дастлабки текшириш натижаларига кўра, 1828 нафар абитуриентнинг ҳарбий қисм қўмондонлиги тавсияномаси тасдиқланмаган эди.

Масъул ваколатли органлар ҳамда тегишли вазирлик ва идоралар билан қайта текшириш натижаларига кўра, 1828 нафар абитуриентдан 1516 нафари ҳарбий қисм қўмондонлиги тавсияномасига эга эканлиги, 172 нафари сафарбарлик чақирув резервида хизмат қилганлиги, 85 нафари ҳарбий хизматни ўтамаганлиги ва 55 нафари муддатли ҳарбий хизматни ўтаганлиги, лекин ҳарбий қисм қўмондонлиги тавсияномасига эга эмаслиги аниқланди.

Давлат тест маркази томонидан тавсияномаси тасдиқланган абитуриентларнинг тест синовида тўплаган баллари асосида танлов натижалари (ҳар бир таълим шакли ва олий таълим муассасаси кесимида) ҳисобланганда 1516 нафар абитуриентдан 128 нафари давлат грантига, 478 нафари тўлов-контрактга ўтиш балларига тенг ёки ундан юқори (рўйхатдан ўтишда танланган 1-олий таълим муассасасида имтиёз доирасида ўтиш балига нисбатан) балл тўплаганлиги маълум бўлди.

Ушбу масала Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг навбатдаги мажлисида кўриб чиқилиб, тегишли вазирлик ва идоралар билан келишилган ҳолда абитуриентларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш мақсадида Давлат комиссиясининг 6-сон баёни билан мазкур абитуриентларнинг 128 нафари давлат гранти асосида, 478 нафари эса тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилди.

Ҳозирда талабаликка тавсия этилган абитуриентларнинг қайдномаси олий таълим муассасаларига тақдим этилмоқда.

Талабаликка тавсия этилган абитуриентлар ўз натижаларини шахсий кабинетлари (abitur.dtm.uz) орқали кўришлари мумкин.

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#DIQQAT_RASMAN

Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida an’anaviy ta’limga o‘tishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman an’anaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi.

✅ Shunga ko‘ra, oktyabr oyidan:

➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari,
➖ Toshkent tibbiyot pediatriya instituti,
➖ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti,
➖ Toshkent farmasevtika instituti,
➖ Toshkent davlat stomatologiya instituti,
➖ Andijon davlat tibbiyot instituti,
➖ Buxoro davlat tibbiyot instituti,
➖ Samarqand tibbiyot institutining bakalavriat yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an’anaviy shaklda o‘qishlar boshlanmoqda.

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kelgusi yilgi kirish imtihonlari qanday bo‘ladi?

Kelgusi yilda 5 ta fandan test bo‘lishi aniq, bu Prezident qarorida belgilangan. (Bu yilgi pandemiya istisnosi sabab bekor qilindi degani, har yili shunday bo‘ladi degani emas.)

Majburiy fanlar bloki:

👉Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

👉Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

👉O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.
Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan xar bir savolga 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Ta’lim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

➡️1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;

➡️2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.
Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Eng maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi;

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Kelgusi yilgi kirish imtihonlari qanday bo‘ladi? Kelgusi yilda 5 ta fandan test bo‘lishi aniq, bu Prezident qarorida belgilangan. (Bu yilgi pandemiya istisnosi sabab bekor qilindi degani, har yili shunday bo‘ladi degani emas.) Majburiy fanlar bloki: 👉Ona…
❗️Diqqat qiling!

Ayrim yo‘nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo‘ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o‘rtacha, qiyin) bo‘ladi;

5 ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas.

🔖3 ta majburiy fan magistratura uchun taalluqli emas.

🔖3+2 ko‘rinishdagi ushbu tartib. bakalavriatning barcha ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo‘llanadi;

Majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15 ta savol ichida Adabiyot fanidan test savollari bo‘lmaydi.

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg