Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#shunchaki...
Muslim bo‘ldik arabdan ortiq,
O‘ris bo‘ldik rusdan ziyoda.
Birni topsak yorug‘ dunyoda,
O‘n karrani qilganmiz tortiq.

Ichdik, chekdik, sho‘ro yurtida
O‘zdik barcha og‘alardan ham.
Yuzsizlikda oshmasak bo‘ldi
Ovropalik tog‘alardan ham.

© Erkin Vohidov

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yangi o‘quv yilidan 10 ming nafar xorijlik talaba yurtimiz tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida taʼlim oladi

Sogʼliqni saqlash vazirligi maʼlum qilishicha,  hozirda yurtimiz tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida 16 ta mamlakatdan 1500 nafarga yaqin xorijlik talaba tahsil olmoqda.
Yurtimizda  qisqa vaqt ichida  bakalavriat va magistratura bosqichlari qabul kvotalari 25 foizga, klinik ordinatura kvotalari esa 30 foizga oshirilgan. 6 ta yangi taʼlim yo‘nalishi, 17 ta yangi mutaxassislik tashkil etilgan.
Har yili 500  nafarga yaqin xorijiy mutaxassislarning O‘zbekistonga tashrifi va qariyb  600 nafar mahalliy mutaxassislarning xorijda uzoq muddatli malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilganligi quvonchli voqea bo‘lgan.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasiga kadrlar tayyorlash borasida xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalari bilan keng hamkorlik, ularning fakultetlari va filiallarining ochilishi, ikki tomonlama diplom berish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Rossiyaning 17 ta, Italiyaning 2 ta, Koreya Respublikasining 2 ta oliy taʼlim muassasasi, shuningdek, Germaniya, Ispaniya, Turkiya, Xitoy va Hindiston oliy taʼlim muassasalari bilan shartnoma va kelishuvlar imzolangan.

2021-2022  o‘quv yilida O‘zbekistonda 50 dan ortiq davlatdan 10 ming nafardan ziyod xorijlik talabalar tahsil olishi kutilmoqda.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bu yil kirish imtihonlari qanday bo‘ladi? Nechta fandan imtihon o'tkaziladi?

Batafsil
: https://oliygoh.uz/abituriyent/bu-yil-kirish-imtihonlari-qanday-boladi

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​OTMlarda o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi

Hukumatning tegishli qarori (№824, 31.12.2020y) bilan, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab respublika OTMlarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra:

✅ OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-o‘qituvchilar nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘taydi va malaka oshiradi.

✅ OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda o‘qituvchilar nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlari asosida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshiriladi.

OTMlarning akademik mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

✅ OTMlar huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan OTM professor- o‘qituvchilarining mehnatiga soatbay haq to‘lash OTM talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi;

✅ ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanadi;

✅ OTMlarda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestasiya komissiyasi raislari tegishli OTM rektori (filial direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Shuningdek, qaror bilan OTMlarda o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi hamda quyidagi sxema asosida bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilandi.

Talabalarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kontrakt narxi oshishi kutilmayapti

▪️1-fevraldan boshlab nafaqat byudjet tashkilotlaridagi oyliklar va stipendiyalar, balki bazaviy hisoblash miqdori ham 10 foizga oshadi. Bu esa qiymati BHMga bog‘langan jarimalar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ham oshadi degani.

OTMlardagi talabalar kontrakti ham BHMga bo‘g‘langan. 1-fevraldan kontrakt narxi oshish-oshmasligi hali noma’lum. Ammo Kun.uz vazirlikdagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, kontrakt narxini oshirish rejada yo‘q.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Bugundan boshlab namunadagi biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish jarayoni boshlanadi.

Uning narxi BHMning 89 foizini, ya’ni 198.470 so‘mni tashkil etadi.
O‘zbekiston fuqarosining 2011-yil namunadagi biometrik pasporti 2031-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas, deb hisoblanadi.


👉Yangi tartibning eng muhim qismlaridan yana biri shuki, fuqaro o‘z ID-kartasini olish yoki almashtirish yuzasidan o‘z vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
👉ID-kartalari zarur hujjatlar va ma’lumotlar qabul qilib olingandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi.
👉ID-kartalar ota-ona xohishiga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ham berish mumkin.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
To‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarmaydi

Ayni daqiqalarda AOKADA Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tyapti. Unda sohaga oid jamoatchilikni qiziqtirgan eng dolzarb masalalarga oydinlik kiritiladi.

👉 Taʼlim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanishi xususida

Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. Bugungi kunda o‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqadigan bo‘lsak, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim.

👉 O‘quv jarayonini anʼanaviy shaklida boshlash to‘g‘risida

Xabaringiz bor, barcha OTMlar tomonidan o‘quv jarayonini anʼanaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021 yil 11 yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni anʼanaviy shaklda boshlanadi. Ayrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o‘qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar anʼanaviy taʼlimga to‘liq jalb etiladi.

👉 To‘lov-kontrakt miqdorlari xususida

2021 yil 1 fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.

Pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy taʼlim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy o‘quv yilidagi amaldagi to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolinadi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️11 yanvardan barcha OTMlar an’anaviy ta’limga qaytadi

Barcha OTMlar tomonidan o‘quv jarayonini an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021 yil 11 yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi.

👨🏻‍💻 Ayrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o‘qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar an’anaviy ta’limga to‘liq jalb etiladi.

Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. O‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqilsa, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Nima uchun orzu qilishni davom ettirish muhim?

Shubhasiz, bolaligingizda ko’pincha sizga shunday savol berilgan: «Siz katta bo’lganingizda kim bo’lmoqchisiz?». Kosmonavt yoki prezident bo’lishni xohlagan bo’lsangiz ajab emas. Bolalar orzulari juda shirin, hatto soddadir. Ammo ular bolalarga muayyan erishish kerak bo’lgan maqsadga turtki beradi.

Ammo biz o’sganimizda nima sodir bo’ladi? Bu yerda siz faqat eshitasiz: «Osmonlarda uchib yurma, osmondan yerga tush!» Bu to’g’rimi? Orzularda hech qanday yomon narsa yo’q.

Orzu maqsad onasi

O’zimiz uchun qiyin hayotiy tajribani qo’lga kiritishimiz uchun o’zimizga qiyin maqsadlarni qo’yishga imkon beradigan orzulardir. Har doim imkonsiz narsalarga erishishga harakat qiling!

Orzular kuch beradi

Orzu qilib, biz hayotiy muhim narsalarni qabul qilish uchun zarur bo’lgan kuch va ishonchga ega bo’lamiz. Orzularsiz biz avval hech qachon o’zgarishni istamagan bo’lardik.

Orzular ishonishga yordam beradi

Biz orzularga berilib ketsak, hamma narsaning mumkinligiga ishonishimiz mumkin. Bizning ichimizdagi bu aniq, ishonchli ovoz tovushi eshitiladi, bu bizga hamma narsani amalga oshirishi mumkinligini aytadi.

Orzular ilhomlantiradi

Bizning ideal kelajagimizni tasavvur qilsak, biz bilmasdan yangi g’oyalar olamiz, imkoniyatlarni ko’rib chiqamiz va variantlarni izlaymiz. Bu bizga ijodkorona fikr yuritishimizga, bir narsaga emas, balki har doim maqsadimizga o’tishga harakat qilishga yordam beradi.

Orzular jonlarni birlashtiradi

Birgalikda narsaga erishish har doim ham osonroq, shunday emasmi? Orzularingizni tushunadigan va ulashadigan insonni topish kerak. Ishoning, oilangiz va do’stlaringiz bilan baxtingizni, o’zingizning g’alabangiz bilan bo’lishishdan ko’ra, ko’proq bo’lishish yoqimlidir.

Hech qachon orzu qilishdan to’xtamang!

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​#eslatma
📌 Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan fuqarolar DIQQATIGA !!!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 15-bandiga muvofiq uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

⚠️ Hududiy ishchi guruhlari 2020 yilning 20-dekabridan 2021 yilning 25-yanvar kuniga qadar (o‘sha kuni ham) faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan Nizomga muvofiq fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:

- talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda;
- talabaning turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
- talabaning ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

❗️Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’iy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Do'stlarga ham ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan qiynalyapsizmi? Yoki bo'lmasa chizma chizishga vaqtingiz yo'qmi?) Yakuniylar qiynab qo'ydimi?

Muommongizni men orqali hal qilishingiz mumkin😉

Murojaat qiling: @CHGvaKG
Inomjon Majidov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

📝 «O‘tgan yili Prezidentimiz tomonidan Oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi imzolandi.

🎓 2030-yilgacha oliy ta’lim bilan qamrovni 50 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Hozirda biz 25 foizga erishdik. Bu o‘tgan davrga nisbatan uch barobar ko‘p talaba qabul qilinyapti degani.

👩🏻‍🏫 Demak, uch barobar ko‘p o‘quv o‘rinlari, malakali o‘qituvchilar kerak. Oliy ta’limda o‘qituvchilar uchun talab yuqori, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi kerak, sohada karyera qilishi uchun ilmiy daraja yoki unvonga ega bo‘lishi kerak. Shu bois hamma masalalarni uzviy bog‘liq ravishda olib borish orqali o‘sish templari belgilanyapti

📈 Kosepsiyaga ko‘ra, oliy ta’lim bilan qamrovni oshirish davom ettiriladi va davlat grantlari, ya’ni byudjet o‘rinlari 25 foizga ko‘paytiriladi. 2 yil ichida qamrovni 30 foizga yetkazishni rejalashtirganmiz. Keyingi o‘quv yilida 27 foiz ko‘rsatkichga erishishni maqsad qilganmiz»

Kanalimiz
👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Yanvar oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi!

2021-yil 4-yanvar kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

Hujjatlarni qabul qilish barcha bo‘limlarda 8-yanvar kuniga qadar (8-yanvar kuni ham) davom etadi.

✅ Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

👉 pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
👉 onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
👉 to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

❕ Eslatib o‘tamiz yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovlari nafaqat Toshkent shahri, balki viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham o‘tkaziladi.

📍 Bunda talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish mobaynida o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni test topshirish hududi sifatida tanlashlari mumkin.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali (https://dtm.uz/page/cefr) amalga oshirilmoqda.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#shunchaki

Xalq uylarida muzlab qolmasliklari uchun ashula aytib kulib yig‘lashmoqda!

Domlarda uy ichki xarorati +7gradus, bu degani, sunniy ravishda ikkinchi Pandemiyani ko‘paytirishdir!

P.s: Buni eshitib kulishiz aniq. Lekin achinish ham kerak (

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qanday qilib kitobni tez o’qishni o’rganish mumkin?

Yaxshi kitoblar koʻp. Yoʻq, unaqa emas. Judayam koʻp. Hattoki haftasiga bittadan kitob oʻqiganingizda ham barcha yaxshi kitoblarni oʻqib chiqishga ulgurmaysiz. Shuning uchun ham kitobni tez oʻqishni oʻrganib olish foydadan xoli boʻlmaydi.

Prinston universiteti oʻqituvchisi Ebbi Marks-Bilning “10 kun ichida kitobni tez oʻqishni oʻrganish” kitobida tez oʻqishni oʻrganish borasida amaliy maslahatlar berilgan.

Oʻqish va axborotni eslab qolish uchun muhim shartlar

Marks-Bilning aytishicha, oʻqilgan maʼlumot qisqa muddatli xotiraga tushadi va bir necha kun davomida saqlanib turadi.

Agar kishi oʻqiyotgan axborotining maʼnosini tushunsa u yaxshiroq esda qoladi. Sarlavhalar, izohlarni oʻtkazib yubormaslik kerak – ular gap nima haqida ekanligi borasida yaxshiroq tushuncha beradi.

Xalaqit beradigan xatolar

Kitob oʻqish ham xuddi malaka singari doimo oshib boradi. Afsuski, biz maktabni bitirishimiz bilan kitob oʻqimay qoʻyamiz. Aslida esa tez-tez kitob oʻqish foydali.

Marks-Bil tez oʻqishga xalaqit beradigan uchta xatoni keltirib oʻtadi:

Matnni ovoz chiqarib oʻqish.
Kitob oʻqiyotganda boshqa narsalarga chalgʻish.
Oʻqib boʻlingan satrni qaytadan oʻqish.
Birinchi xatodan qutulish oson: ovoz chiqarib oʻqishni bas qilish kerak.
Boshqa narsalarga chalgʻimaslik uchun esa smartfon, televizor va shu kabi chalgʻituvchi narsalardan uzoqroqda boʻlish kerak.
Oʻqib boʻlingan matnni qaytadan oʻqib yubormaslik uchun esa oʻqib boʻlingan satrni chizgʻich bilan toʻsib oʻqishda davom etish kerak.

Tez oʻqish usuli

Keyingi satrga oʻtayotganingizda koʻzingizni satr boshiga emas, bir santimetr oʻngga qarating. Satr oxirida ham soʻnggi santimetrga koʻz tashlamang.

Sizga xuddi har bir satrning boshi va oxiri koʻrinmayotgandek tuyuladi. Lekin aslida siz ularni oʻqiy olasiz. Natijada har bir satrda nigohning toʻxtash holati kamayadi.

Tanaffuslar

Kitobda shuningdek, mutolaa uchun eng optimal vaqt 20 daqiqa ekanligi aytiladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, 20 daqiqadan soʻng miya axborotni qabul qilishi qiyinlashadi. Lekin bu fikrga kimdir qoʻshilmasligi ham mumkin. Chunki ayrim kitoblarni oʻqishni toʻxtatish uchun 20 daqiqa ham kifoya qilsa, ayrim kitoblarni soatlab oʻqisangiz ham qoʻlingizdan qoʻygingiz kelmaydi.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
YUNISEF o‘zbek talabalari haqida: Ta'lim xarajatlari ularda stress va chorasizlik hissini uyg‘otmoqda

YUNISEF tashkiloti «Yuksalish» umummilliy harakati va Yoshlar ittifoqi hamkorligida tayyorlangan «O‘zbekiston yoshlari: chaqiriqlar va istiqbollar» mavzusidagi hisobotini e'lon qildi.

Respublika bo‘yicha 14–30 yosh oralig‘idagi 4458 nafar respondent orasida o‘tkazilgan so‘rov hisobot xulosalari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

«O‘zbekistonda bolalar va 30 yoshgacha bo‘lganlar aholining 60 foizini tashkil qiladi. 15–20 yildan keyin ular mamlakat tarixida eng katta hajmdagi ishchi kuchini hosil qiladi. Shu bois bolalar va yoshlar masalalari O‘zbekiston uchun ustuvor ahamiyatga ega», deyiladi hisobotda.

O‘tkazilgan so‘rov xulosalariga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab tahsil oluvchilar umumiy hisobda ta'lim infratuzilmasi (o‘quv materiallari, ta'lim muassasalaridagi muhit)dan qoniqishini bildirgan bo‘lsa-da, qishloq hududlarida shaharga nisbatan ahvol yomonroqligini aytishgan.

Shuningdek, talabalar o‘quv tizimi ko‘proq motivatsiya uyg‘ota oluvchi, amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lishini, til ko‘nikmalari ish savodxonligini oshirishni xohlashlarini aytishgan.

«Ko‘plab talabalarda ta'lim bilan bog‘liq xarajatlar stress va chorasizlik hissini chaqiradi. Bu xarajatlar qatorida yoshlar repetitorlik mashg‘ulotlari uchun to‘lov, pora berish holatlari, OTMlarda o‘qish to‘lovlarining yuqoriligini ko‘rsatishgan», deyiladi hisobotda.

Uy va oila yumushlari, yangi iqtisodiy imkoniyatlar izlashda mobillikning pastligi yosh ayollarning shaxsiy daromadiga ega bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

19–30 yoshlilar orasida ta'limni, kasbiy tayyorgarlikni davom ettirmaydiganlar va ishlamaydiganlar ulushi 54,6 foizini tashkil qiladi. Bu borada ayollarning ulushi sezilarli darajada ko‘p – 74 foiz.

Mamlakat yoshlarining kompyuterni o‘rganishga qiziqishi yuqori bo‘lsa-da (86,9 foiz), kompyuterda umuman ishlay olmaydigan yoshlar – asosan ayollar va qishloq hududida yashovchilar qatlami ham (37,8 foiz) mavjud.

Yoshlar isloh qilinishi zarur bo‘lgan sohalar qatorida sifatli ta'lim, kasbiy tayyorgarlik, yoshlar orasidagi ishsizlik va daromadlar pastligi bilan samarali kurash, erta turmush, ajrimlar, katta va yosh avlod o‘rtasidagi ziddiyat kabi ijtimoiy muammolarni ko‘rsatishadi.

Yosh avlodning aksariyati siyosiy yangiliklarga qiziqish ko‘rsatib, o‘z fikrini erkin ifodalay olishini bildirsa-da, juda kamchilik yoshlar jamoat va siyosiy tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadi.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​📌 Inomjon Majidov: "Qishki ta’til tugaydi va darslar yana davom etadi"

Ta’limning an’anaviy shaklda tashkil etilishi, albatta, oliy ta’lim muassasasi jamoasiga qo‘shimcha mas’uliyat va vazifalar yuklaydi. Shu bois ham, avvalo talabalarning sog‘lig‘ini asrash, ularning sifatli ta’lim olishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish choralari ko‘rildi.

Har bir oliy ta’lim muassasasida hududiy Sog‘liqni saqlash birlashmalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillari jalb qilingan holda tezkor shtab tashkil etildi.

Kurslar bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish sxemasi ishlab chiqilib, tabaqalashtirilgan vaqt soatlari asosida dars jadvallari tuzildi.

Afsuski, pandemiya sharoitida yashash, mehnat qilish va o‘qishga ko‘nikishimiz, eng asosiysi – farzandlarimiz sifatli ta’lim olishni davom ettirishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishimiz kerak. Farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi va yetuk kadrlar bo‘lib yetishishi uchun barchamiz birday mas’ulmiz.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq turli gaplar, fikrlar bildirilmoqda. Shu bois ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanishi xususida aytib o‘tsam.

Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. Bugungi kunda o‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqadigan bo‘lsak, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabaning hamda professor-o‘qituvchining kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim.

Barcha oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘quv jarayonini an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021-yil 11-yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, OTMlarda an’anaviy darslar o‘tgan 2020 yil 16-noyabrdan boshlangan. Hamma OTM o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib grafik ishlab chiqqan va bundan keyin ham shunday chorani ko‘radi. Joriy yil 11-yanvarda qishki ta’til tugaydi va darslar yana davom ettiriladi.

Ayrim bemor talabalar yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar o‘qishlarini onlayn shaklda davom ettirishi mumkin. Bunda ularning ahvoli OTM rahbariyati tomonidan alohida o‘rganib chiqiladi va xulosa qilinadi.

Shu bilan birga juda ko‘pchilikni qiziqtirgan to‘lov-kontrakt miqdorining oshishi yoki oshmasligi masalasi ham muhim bo‘lib turibdi.

Ma’lumki, 2021-yil 1-fevraldan boshlab respublikamizda ish xaqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi. Pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy o‘quv yilidagi amaldagi to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolinayapti. Bu aholi, talabalarimiz uchun eng quvonchli va foydali xabardir. Bu yilda ham tizimdagi islohotlar jadal davom etadi.

Talabalarimiz ham shunga javoban, o‘z ustida muntazam ishlab, shu yurt koriga yaraydigan mutaxassis bo‘lishga intilishi lozim.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Majidov hammasini grantga kirgizasan" - Prezidentning Qashqadaryoda yoshlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvidan

Do'stlaringizga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Maqsadlaringiz amalga oshmayotganining 10 ta sababi

1. Eng siyqasi chiqqan sabab – maqsadlar aniq qo‘yilmagan.

Oramizda hali ham maqsadlarni aniq rejalashtirish mumkinligini bilmaydigan insonlar bor. Bu muammoning asl negizi – tarbiyada. Agar oilada oldiga maqsad qo‘yish rejalashtirilmasa, farzand “qanday bo‘lsa shunday yashash“ shabloniga ko‘nikadi.

2. Maqsadlar noto‘g‘ri qo‘yilgan: noaniq, mujmal, maqsadga erishish muddati aniq belgilanmagan, aniq reja yo‘q. Bu yerda insonlarning maqsad sari qo‘ygan jamiki xatolari mujassamlashgan.

3. Insonlar maqsadga erishib bo‘lmaydi deb o‘ylashadi.

Orzulari haqiqatdan juda yiroqda, puch va ushalmas bo‘lib tuyiladi. Oldiga maqsad qo‘yishdan cho‘chishadi. «Ushalmas orzular deb o‘zimni aldab nima qildim, baribir o‘xshamaydi…». Shu tariqa o‘zlaridagi bor imkoniyat va ishonchni “o‘ldirishadi“.

4. Maqsad sari harakat qilishadi, lekin unga yetisha olishiga ishonishmaydi.

Ular o‘zlarini har xil bahona va vajlar bilan aldashadi. «Menda bu maqsadlar uchun yetarli darajada imkoniyat yo‘q …», «Qo‘limdan kelmaydi…», “Sharoitimga to‘g‘ri kelmaydi… ».

5. O‘z orzu niyatlariga munosib ekanliklariga ishonishmaydi.

Har kim ham o‘z maqsadlariga erishishi mumkin, lekin buning uchun o‘zini munosib hisoblamaydi. «Men hech kimga kerak emasman…», «Men bunga loyiq emasman, chunki…», “Menga nimadir yetishmaydi, men shu omadsizlikka loyiqman… ». Shu kabi bahonalar bilan o‘zini chalg‘itadi.

6. Shunchaki maqsad sari «yurish» qilishmaydi.

Odatda buning uchun dangasalikni bahona qilib ko‘rsatishadi. Dangasalik-bu sabab emas, bu – xulosa. O‘zini yolg‘on taskinlar bilan tinchlantirish, go‘yoki orzular o‘z o‘zidan ushalishi kerakday.

7. Yetarlicha xohish istakning yo‘qligi.

Maqsadlar quyidagi formatda qo‘yiladi. «Xohlardim…», «Istagan bo‘lardim…». Ushbu ishonchsizlik va qat’iyatsizlik orzular parvozini yo‘qqa chiqaradi. Har birimizda mavjud bo‘lgan cheksiz imkoniyatlarni bloklab qo‘yadi. Siz chin dildan istagan istaklargina ijobat bo‘ladi!

8. Qat’iyatli qarorlardan ko‘ra o‘zni oqlash, bahona va ma’suliyatsizlik.

Insonlar o‘ziga bo‘lgan past bahoni yashirish maqsadida omadsizlik va jur’atsizliklarini oqlashga urinishadi. Afsuski bu faqat vaziyatni og‘irlashtiradi. Har qanday qiyinchilikka tik boqib, oldinga harakat qilish zarur.

9. Ko‘pchilik maqsadlarini so‘nggi natijasini ko‘z oldiga keltirmaydi.

Kecha ro‘y bergan oddiy bir holatni ko‘z oldingizga keltiring. Endi esa qilishingiz mumkin bo‘lgan lekin qila olmagan ishingizni eslang. Endi esa bu ikki holatning o‘zaro farqiga e’tibor bering. Qay biri sizni o‘ylantiryapti? Bo‘lib o‘tgan ishmi yoki bajarilmay qolgani? O‘tib ketgan vaziyat uchun kuyinar ekansiz – nimaiki maqsad qilmang u natijasiz qolaveradi.

10. Qo‘rquv.

Harakatlar natija bermasligidan hadiksirash. “Shuncha harakatim zoye ketsachi… » Aynan shu qo‘rquv sizni maqsad sari yo‘ldan chalg‘itadi. Ichingizdagi qo‘rquvni yenga olsangizgina nimagadir erisha olasiz.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu Yaponiya. Odamlar erta tongdan xuddi noringa navbat turganday kitob do‘koni ochilishini poylab turibdi. Bu yegulikka, ichimlikka, chiroyli raqamga emas, tafakkurga, ma’rifatga navbat. Bunday davlatda ilmli kishilar hukumatni adolat bilan boshqaradi, xalq ham madaniyatli, ma’rifatli, huquqini talab qila oladigan darajada savodli bo‘ladi, yozuvchilarining qalam haqi ham tirikchiligiga yetadi. Kitobga o‘ch xalqi bor davlatda, albatta, uyg‘onish davri tabiiy ravishda sodir bo‘ladi.
©Fozil Farhod

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg