Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Ogohlik davr talabi!

Ijtimoiy tarmoqlarda shu kabi reklamalar sezilarli darajada koʻpaydi va oʻz dini haqida yaxshi tushunchaga ega boʻlmagan insonlarni domiga torta boshladi.

Ular “XUDO BIZDA O’Z SEVGISINI NAMOYON QILADI: BIZ HALI HAM GUNOHKOR BO’LGANIMIZDA, MASIH BIZ UCHUN O’LDI. MASIH XUDONING O'G'LI.” - degan aqida bilan yashashadi.

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanar ekansiz doimo ogoh boʻling. Kim nima desa ishonib ketavermang.

* Ha aytgancha din internetdan oʻrganilmaydi!!!

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Boshpanasiz sovuqda qolgan odamni ko‘rib qoldingizmi? (71) 281-90-32 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling

Shu kunlarda poytaxtda kunduzi ham havo sovuq bo‘lmoqda. Tungi vaqtda esa termometr Syelsiy bo‘yicha minus uchgacha, ba’zida minus yettiga ham tushmoqda. Taqdir taqozosi bilan uysiz qolgan odamlar qiynalmoqdalar.

Shu munosabat bilan patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlari, profilaktika inspektorlari uylarning yerto‘lalaridan, teplotrassalardan, ko‘p qavatli uylar pod’yezdlaridan boshpanasiz odamlarni izlash tadbirlarini o‘tkazmoqdalar. Muhtojlar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markazida tashkil etilgan “Mehr saxovat” boshpanasiga olib borilmoqda. Bir kunda IIBB xodimlari 24 kishini reabilitasiya markaziga olib borishdi.

Yaxshilik va muruvvatdan umidini uzgan insonlarga bu yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tish, o‘zlarini tartibga keltirish, toza kiyim kiyish, issiq ovqat tanovul qilish va issiq joyda uxlash uchun sharoit taqdim etiladi.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Agar siz boshpanasiz qolgan va ko‘chada sovqotayotgan odamni ko‘rib qolsangiz, Toshkent shahar IIBBga (71) 281-90-32 raqami orqali xabar bering.


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​TikTok avlodi Tentak bo‘lmoqda.

TikTokdani yaqindan kuzatishni boshladim, har xil saviyasiz videolar bilan tiqilib ketgan. Eng achinarlisi kap-katta odamlar ham yuzini burishtirib TikTokka chiqib o‘xshovsiz qiliqlar qilmoqda.

Ko‘rib o‘ylab qolaman, bu avlodni balki endi qutqarib bo‘lmas, balki biz endi kech qolgandirmiz, onasiga yoki onasi tengi ayolga mana shunaqa qilib video olish qaysi millatdan chiqadi? Bu bolalarni o‘zbek deyishga ham til bormaydi, TikTok avlodi TenTak bo‘lishni boshladi. Bularning barchasi vaqtida ilmga qilinmagan e’tiborning ta’siri deb bilaman.
Ⓜ️ TentakMinds

* TikTok'ni birqancha davlatlar blokladi, sababi maʼlum. Biznikilar esaaa...

Bu koʻngil ochar dastur emas!!!

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TDIUda Finlyandiya universiteti bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Finlyandiyaning Turku amaliy fanlar universiteti hamkorligida “Axborot texnologiyalar va tadbirkorlik” (Information Communications and Technology) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Shu munosabat bilan onlayn tashkil etilgan tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov, Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev, TDIU rahbariyati va Turku amaliy fanlar universiteti rektori Vesa Taatila (Vesa Taatila), Yevropaning eng yirik innovator tadbirkori hisoblangan Piter Vasterbaka (Peter Vesterbacka) va Finest Future vakillari kabi bir qancha nufuzli mehmonlar qatnashdi.

– Prezidentimiz oliy ta’lim tizimini rivojlantirishda Finlyandiya tizimini o‘rganish va uning yaxshi tomonlarini o‘quv jarayoniga joriy qilish borasida qator topshiriqlar bergan edi. Mana shu topshiriqlarning amaliy tasdig‘i sifatida bugun Turku amaliy universiteti bilan qo‘shma dasturga imzo chekdik, – deydi universitet rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov.

❗️ Dasturda talabalar 1+3 shaklida ta’lim oladilar hamda fin kompaniyalariga ishga qabul qilinadilar. Ya’ni, dastur ishtirokchilari dastlabki 1 yil O‘zbekistonda va keyingi 3 yil Finlyandiyada tahsil oladilar. Shuningdek, talabalar mamlakatdagi AKT kompaniyalari, startaplarida amaliyot o‘tashadi va ishga qabul qilinadi.

Qabul jarayonlarida yoshlardan ingliz tilini bilishlari talab qilinadi. Birlamchi bosqichda o‘quv jarayoni to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Iqtidorli talabalar uchun grantlar tashkil qilish ham ko‘zda tutilmoqda.

✅ Bu yil qo‘shma dastur bo‘yicha 50 nafar talabani qabul qilsh rejalashtirilgan. Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza to‘ldirishlari mumkin.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (91) 223-12-11

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
28.12.2020.
Конференцияда қатнаш
иб юз минг сўмдан - 1 миллион сўмгача бўлган Ваучер эгасига айланган иштирокчиларни табриклаймиз.


Кейинги тадбир
«Ўзбекистоннинг Умидли Ёшлари» Талабалар ва магистрлар, ёш изланувчилар конференциясида ўз тезисингиз билан иштирок этинг ва бепул Сертификатга ва конференция тўпламига эга бўлинг ва 1 миллиондан,100 минг сўмгача бўлган ваучер егасига айланинг.Енг асосийси 20 январь соат 11:00 да Зоом платформасида бўлиб ўтадиган масофавий илмий конференциямиз иштирокчисига айланинг.
Батафсил маълумот учун Ахборот хати билан танишинг ва конференцияда иштирок этиш учун рўйхатдан ўтинг
@tadqiqot_Mohira
Mohira Allanazarova

@Stipendiyauz
#Bilasizmi

📌 Tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridagi 3 yillik “Oliy hamshiralik ishi” taʼlim yo‘nalishiga faqat o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy maʼlumotga (hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik) ega abituriyentlar qabul qilinadi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo‘shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❓Стипендия ошди, лекин контрактлар ошмас экан. Бунинг тартиби қандай бўлади?

1 февралдан иш ҳақи ва стипендиялар ошиши маълум қилинган эди. Қоидага кўра, ОТМларнинг тўлов-контракт нархлари меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорларига боғланган эди ва ҳар сафар иш ҳақлари оширилганда, контракт миқдорлари ҳам кўтариларди.

Аммо жорий йилда Ҳукумат пандемия сабаб аҳолининг турмуш даражасини ҳисобга олиб, 2 марта енгиллик яратиш тўғрисида қарор қабул қилди. Биринчиси, тўлов-контракт миқдорларига 10% чегирма берди. Иккинчиси, 1 февралдан иш ҳақлари ошириладиган тақдирда ҳам жорий ўқув йили учун контрактлар миқдори ошмаслигини белгилаб қўйди.

Бу талабалар ва уларнинг ота-оналари учун сезиларли даражада яхши қарор.

Энди ҳозирги ҳолатдан келиб чиқиб, айрим талабаларда савол пайдо бўлмоқда, яъни стипендия ошсаю, контракт ошмаса, бунинг тартиби қандай бўлади?
Шу бўйича ўз фикримни билдириб ўтмоқчи эдим. Демак, ҳолат қуйидагича:

1️⃣ Давлат грантида ўқийдиганлар учун:

👉 умумий қоидага кўра, давлат грантида ўқийдиганларнинг барчасининг базавий стипендияси 10%га оширилиб, 42 минг 800 сўм қўшилади, яъни 470 минг 800 сўм (аввал 428 минг сўм эди) этиб белгиланади;

👉 агар давлат грантида ўқийдиган талаба семестр якунида барча фанлардан «аъло» (5) баҳо (рейтинг кўрсаткичи 86 балл ва ундан юқори) олса, унда унга стипендиянинг базавий миқдори 20%га оширилган ҳолда, яъни 564 минг 960 сўм (аввал 513 минг 600 сўм эди) миқдорида стипендия тайинланади.


2️⃣ Стипендияли тўлов-контрактни танлаган талабалар учун:

👉 уларнинг тўлов-контракт миқдорлари ўша-ўша сақланиб қолади, ўзгармайди;

👉 умумий қоидага кўра, агар талаба стипендияли контрактни танлаган бўлса, унда ҳар ойлик базавий 428 минг сўм стипендияни ҳисобга олиб, контрактига қўшимча 5 млн 136 минг сўм тўлаган. Шунинг ҳисобига улар 12 ой давомида бўлиб-бўлиб 428 минг сўм стипендия олади. Яъни ўзи тўлаган пулни, ўзи қайтариб олади. Энди гарчи 1 февралдан стипендияларнинг базавий миқдори оширилаётган бўлса-да, лекин мантиқан олганда стипендияли тўлов-контрактни танлаган талабаларнинг стипендияси оширилмайди. Чунки улар 428 минг сўмга мўлжаллаб контракт тўлаган;

👉 бундай вазиятда оширилган стипендия олиш учун, улар контрактига қўшимча тўлов қилишига тўғри келади. Яъни февралдан бошлаб 7 ой учун 42 минг 800 сўмдан ҳисоблаганда жами 299 минг 600 сўм қўшимча тўлов қилиши керак. Ана шунда улар ўқув йили охиригача оширилган стипендия миқдорини — 470 минг 800 сўмни олиши мумкин бўлади;

👉 агар стипендияли тўлов-контрактни танлаган талаба семестрда барча фанларни “5” баҳога ёпса, унда базавий стипендияга нисбатан 20% устама олади. Мана шу 20% қўшимча рағбатлантириш 1 февралдан ошириладиган стипендия миқдоридан ҳисобланади. Бошқача айтганда талаба сессияни “5”га ёпса, стипендиясига қўшимча 94 минг 160 сўм рағбатлантириш олади. Бунинг учун ҳеч қандай қўшимча тўлов қилиш шартмас, фақат сессияни "5" баҳога ёпса кифоя.


3️⃣ Стипендиясиз тўлов-контрактни танлаган талабалар учун:

👉 уларнинг тўлов-контракт миқдорлари ўша-ўша сақланиб қолади, ўзгармайди;

👉 агар стипендиясиз тўлов-контрактни танлаган талаба семестрда барча фанларни “5” баҳога ёпса, унда 94 минг 160 сўм (илгари 85 минг 600 сўм эди) стипендия олади. Демак, 10% кўтарилади. Бунинг учун ҳеч қандай қўшимча тўлов қилиш шартмас;

👉 қолган ҳолларда стипендиясиз контрактни танлаганлар учун ҳеч нарса ўзгармайди, ҳозиргидек қолади.
©@xushnudbek

Талабаларга улашинг👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent axborot texnalogiyalari universitetida ham xuddi O'zbekiston Milliy universitetidek holat bo'lgan ekan. Ya'ni talabalarni sessiya topshirish uchungina viloyatlaridan chaqirmoqchi bo'lishgan

TATU
rasmiy kanalining ma'lum qilishicha, Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti rahbariyati yakuniy nazoratlarni topshirish uchun talabalarni Toshkentga chaqirmaydigan bo'libdi va yakuniy nazoratlar TATUda onlayn shaklda bo'larkan.

Yaxshi signal shuki, TATU ijtimoiy taqrmoqlardagi noroziliklardan to'g'ri xulosa qildi va qarorini o'zgartira oldi. Rahmat, TATU!

Lekin O'zbekiston Milliy universitetining ayrim rahbarlari go'yo ko'r, kar va soqovdek. Talabalarning fikriga, ijtimoiy tarmoqda yozilayotgan gaplarga tupurib qo'ygan.

Eslatamiz: Prezident e'lon qilgan yil nomida yoshlarni qo'llab-quvvatlash, degan joyi bor. Aslida gap yil nomida ham emas. Hamma gap – Prezident olib borayotgan siyosatni tushunmayotgan, yoshlar bilan ishlashni, ularni eshitishni bilmaydigan eskicha fikrlash bilan qotib qolgan rahbarlarda!

Yoshlarni tinglashni, ularning muammosini eshitib, uni hal qilishni o'rganing, yoki o'tirgan joyingizni bo'shatib qo'ying!

@TalabaUz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Muhim_Xabar

Twitter, Facebook va Instagram Trampning sahifalarini vaqtinchaga muzlatib qo'ydi.
YouTube u namoyish vaqtida saylovning sotilganligi haqida chiqish qilgan videosini o'chirib tashladi.


Kelajakda ma'lumotlar bazasi kimda bo'lsa hokimiyat ham o'shanda bo'ladi.
Xitoy shuning uchun xorijiy Tarmoqlarga to'siqlar qo'yib o'zining milliy dasturlari va tarmoqlaridan foydalanadi (masalan Wechat kabi).

Hozir kimga layk bosyapsiz, nimalarni tomosha qilyapsiz, kim bilan nima deb yozishyapsiz hammasi ma'lumotlar bazasiga saqlanadi.

Kun kelib hozirgi yoshlar yangi rahbarlar, vazirlar, hokimlarning o'rnini bosganda shaxsiy hayotlariga oid ma'lumotlar, yozishmalar ularga qarshi ishlatilib siyosiy bosimga uchrashlaridan xavotirlanaman.

Katta ehtimol bilan ijtimoiy tarmoq egalarining kelajakdagi siyosiy kuchi davlat rahbarlarinikidanda ko'proq bo'ladi.
Va ular bunday imkoniyatdan foydalanmay qo'yishmaydi...

@Muhammadali_Eshonqulov
🤲🏻💫Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki:

Avf tilagan avfsiz, shifo tilagan shifosiz, farzand tilagan farzandsiz, ofiyat tilagan ofiyatsiz, jannat so’ragan jannatsiz, hidoyat so’ragan hidoyatsiz, najot tilagan najotsiz, sabr so’ragan sabrsiz, ilm tilagan ilimsiz qoldirilmasin! 🤲🏻💫

Sayyidul ayyom va hajjul masokin muborak boʻlsin 😌

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Tushkunlikdan chiqishning 13 usuli

Ba'zida inson qanchalik olg'a intilmasin, ishi ortga ketib, omadsizlikka uchraydi. AdMe.ru nashri qiyin vaziyatlardan chiqib ketishning bir necha usullarini sizga tavsiya etadi, asosiysi to'xtab qolmay, hammasini yangidan boshlash lozim.

1. Sharoitni o'zgartiring. Ba'zan o'zingizga mutlaqo notanish, begona joyda bo'lish ham hayotga boshqacha nazar tashlashingizga sabab bo'ladi. Kim biladi deysiz, balki bu narsa biror muammoni hal qilishda qo'l kelar?

2. Sport bilan shug'ullaning. Ozgina “yaqin masofaga yugurish” ham insonning o'ziga nisbatan ishonchini oshiradi. Bekorga xalqimiz “Sog'lom tanda — sog' aql” demagan.

3. Keraksiz, eski buyumlardan voz keching. Uyingiz kengayadigan bo'lsa, o'ylash ham, nafas olish ham yengillashadi.

4. Yangi tanishlar orttirish. Atrofimizdagi odamlar fikrlashimizga ta'sir qiladi. Yoqimli, o'zgacha fikrlaydigan odam bilan tanishish foydadan xoli bo'lmaydi.

5. Biror kun “bekorchilik” bilan shug'ullanib, o'zingizga dam bering. Ba'zi-ba'zida ishni yig'ishtirib, uyda dam olishga harakat qiling. Bir kun dam olganingizda hech nima o'zgarmaydi, balki xotirjam bo'lish va hamma narsani o'ylab ko'rish imkoniyati tug'iladi.

6. Tashqi qiyofangizni o'zgartiring. Sochingizni boshqa rangga bo'yang, soch turmagingizni, makiyajingizni o'zgartiring, liboslaringizni yangilang. Bu narsalar hayotga boshqacha ko'z bilan qarashingizga yordam beradi.

7. Maslahat so'rashdan tortinmang. Agar biror muammoli vaziyatga tushib qolsangiz, maslahat va yordam so'rashdan uyalmang. Bu masalada onangizga murojaat qilganingiz ma'qul, chunki onalar har qanday vaziyatda ham farzandini tushunishga, qo'llab-quvvatlashga harakat qiladi.

8. To'g'ri ovqatlanishga harakat qiling. Inson stressga tushganda turli fast-fudlarga ruju qo'yadi, bundan sog'ligingiz yomonlashishi mumkin. Asabiylashgan vaqtingizda ko'proq meva va sabzavotlarni iste'mol qilishga kirishing. Ular inson kayfiyatini ko'tarish xususiyatiga ega.

9. Biror kursga yoziling. Yangi hunar o'rganish — yangi imkoniyatlar kalitidir.

10. Chet tilini o'rganing. Bu olam cheksiz siz unda yashovchi yagona inson emasligingizni eslatishning eng yaxshi usullaridan biridir. Agar birorta xitoycha yoki inglizcha so'zni o'rganishga qurbingiz yetsa, hali kelajakdan umid qilsangiz bo'ladi.

11. Bir oy mobaynida biror zararli odatingizdan voz kechishga harakat qiling. Hamma narsani birdan o'zgartirishga intilmang, asta-sekinlik bilan amalga oshiring. Masalan, yarim tungacha internetda o'tirmay, vaqtliroq yotishga harakat qiling. Bir oy mobaynida bunga ko'niksangiz, keyingi oydan boshqa bir yomon odatdan qutulishga intiling.

12. Ilgari qo'rqqan narsangizni bajarishga harakat qilib ko'ring. Kichkina g'alaba ham insonga ko'p narsa berishi mumkin. Qo'rquvni engish ham insonning o'z kuchiga ishonishiga sabab bo'ladi.

13. Boshqalarni, o'zingizni, Koinotni kechirishga harakat qiling. Agar bizni xafa qilgan qilgan odamlarni kechiradigan bo'lsak, o'tmish ortda qoladi, u biz uchun o'z ahamiyatini yo'qotadi. Demak, kelajak sari qadam tashlashimiz, yashashimiz uchun imkon paydo bo'ladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Masofaviy ta’lim olayotgan talabalarni sababi quyidagi hollarda inobatga olinishi belgilandi:

1. Kasal bo'lsa (Covid19 bo‘lsa tibbiy ma’lumotnoma asosida);

2. Xomiladorlik yoki farzandli bo‘lgan bo‘lsa (tegishli tibbiy ma’lumotnomasi asosida);

3. Chin yetim yoki temir daftardagi ijtimoiy ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lsa (tegishli ma’lumotnoma asosida)

Ushbu parametrlar bo‘yicha hech qanday asosi bo‘lmagan talabalar an’anaviy o‘qishga jalb etiladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Juda ham ajoyib tabrik soʻzi ekan 😄.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor
⚡️Londonda favqulodda holat e’lon qilindi. Shaharning har o‘ttizinchi fuqarosi koronavirus yuqtirgan

London hokimi Sodiq Xon qirollik poytaxtida favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda shahar ma’muriyati rasmiy saytida e’lon qilingan.

«Londonda ahvol juda yomon, koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalib ketdi. Shu tarzda tarqalishda davom etsa, yaqin ikki haftada kasalxonalarda joy qolmaydi. Virus shahrimizda inqiroz holatini keltirib chiqardi. Hozir har o‘ttizinchi londonlik koronavirus yuqtirgan. Tezda chora ko‘rmasak, sog‘liqni saqlash tizimimiz bosimni ko‘tara olmay, ko‘p odam halok bo‘ladi», degan Sodiq Xon.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qachonki kutishdan to'xtab, maqsad qo'yib, harakatni boshlaganingizda, haqiqiy o'zgarishlar yuz beradi.

Odamlarning eng katta xato fikrlari bu sabr qilish tushunchasidir. Sabr deganda "kutish" deb tushunamiz. Aslida sabr bu qiyinchiliklarga qaramay, oldinga harakat qilishdir, o'zini harakatga unday olishdir.

Biz esa kutamiz, qulay vaqt kelishini, imkon tug'ilishini, kimdir boshlab berishini va shu kabilarni.

Men ko'pincha maqsad haqida gapiraman, lekin ishonchim komilki, shu kanal a'zolaridan 90 foizidan ko'prog'ida aniq maqsadi yo'q, nimani hohlashlarini bilmaydi. Agar siz nimani xohlashingizni bilmasangiz, nimaga erishishingizni kutyabsiz? Omadli bo'lishni xohlaysiz, lekin omad siz uchun nimani anglatishini aniq bilmaysiz.

Do'stlaringizga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil

Yigit va qiz suhbatidan.

Qiz:
- Bayramizga nima sovg'a qilay?
Yigit:
- Bayramda nima sovg'a qilishingni qizig'i yo'q. Muhimi uni ko'rganda "WOOOW iPhone 11 Pro" deb yuboray 🙊🙈

Do'stlarga ulashish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Nemislar xorijliklarni ham tekinga o‘qitadi, bizda esa...

Aytishlaricha, Germaniyada maktab va oliygohlarda fuqarolarga ham, muhojirlarga ham, emigrantlarga ham o‘qish bepul ekan. Nemislar saxiy emas. Ammo ular ilmsizlikning narxini hisoblab chiqishgan. Ta’lim berish ilmsizlikka qaraganda ancha arzon bo‘lib chiqqan!

Misrda esa Azharga o‘qishga kira olmagan abituriyentga beriladigan stipendiyaga bir oy bemalol yashash, o‘qish mumkin. (Ya’ni, o‘qishga kira olmagan abituriyentlar ketmasdan o‘qiyveradi)

Bizda esa kitoblarni, kontraktlarni qimmat qilmoqchi bo‘layapmiz. Hatto abituriyent va maktabga endi boradigan bolakaylardan ham pul umidvormiz.

Shunchaki, joy yo‘q denglar!

P.S. Bizda musaffo osmon ostida "Bunyodkor" stadioni bor 🌚

Barchaga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Taʼlim_krediti

👨‍🎓 Talabalar uchun ta’lim krediti


🏦 Bank: O‘zbekiston Milliy banki

🕰 Kredit muddati: 60 oy

💵 Kredit summasi: 50 mln so`mgacha

❓ Kimlarga beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘qishi uchun beriladi.

✅ Kredit shartlari

👨‍🎓Bakalavriatga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim krеditlari

👉3 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 20%
👉5 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 22%

👨‍🎓Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga

👉3 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 20% bеriladi

Кredit miqdori – to'lov shartnomasi summasi miqdorida (bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha bo‘lgan kreditlar uchinchi shaxs kafilligi yoki kredit qaytmaslik xatarini sugurta polisi, undan yuqori miqdordagi kreditlar mol-mulk garovi bilan ajratiladi).

✅ Kredit ta'minoti

Krеdit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlari taqdim etilishi mumkin:

👉Mol-mulk garovi;
👉Uchinchi shaxs kafilligi;
👉Kredit qaytmaslik xatarini sugurta qilinganligi bo‘yicha sugurta polisi.

✅ Kerakli hujjatlar

👉Qarz oluvchining pasporti;
👉Ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
👉talaba va oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish to‘g‘risidagi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt);
👉Krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar.

🌐Batafsil o‘qish...

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
📌 O‘qishga kirishda yana bir imtiyoz: mahalla xodimlari ham tavsiyanoma asosida OTMga kiradi

Hukumat qaroriga ko‘ra, mahalla tizimida 3 yillik stajga ega, egallab turgan lavozimida 1 yildan beri ishlayotgan xodimlarga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tavsiyanomalar beradi. Tavsiyanoma olganlar «Ijtimoiy ish» (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga sirtqi ta’limga kontrakt asosida qabul qilinadi.

Mahalla xodimlari tavsiyanoma bilan kirish imtihonini ham topshirgan holda o‘qishga qabul qilinadi. Ular boshqa yo‘nalishga o‘qishini ko‘chira olmaydi.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filiallar direktorlari)ga

11-yanvardan barcha oliy ta'lim muassasalarida an'anaviy ta'lim jarayonlari boshlanishi haqida Bosh vaziri o'rinbosari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri hamda Respublika oliy ta'lim kengashi raisi tomonidan imzolangan qaror.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg