Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Layfhak

Mabodo blogerlarning yozayotgan tanqidlarini yoqtirmayotgan va «tanqid qilmanglar» deb talab qilayotgan insonlarni ko‘rsangiz, mana bu videoni ko‘rsating.

P.s: Kimdir qarshilik qilmoqchimi?

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oxirgi gapim,shu bilan muhokamani tugatamiz!

Bitta arzirli javob posti qilishni istamadinglarmi, bu yog'i o'zlaringizga havola.

Hurmatli, filial kutubxonasi direktori Shaxnoza opa, birinchidan o'zini prokuror deb tanishtirgan talabangizga aytib qo'ying, sizni ishdan haydataman degan gapim bo'lmagan. Men sizni tanimayman ham.Video screen olib qo'yganman. Istasangiz uni ham kanalga chiqaraman. Faqat gaplashganimizda o'sha talaba sizning kimlingizni ham aytib o'tib ketgan.

Ikkinchidan, guruhlaringiz shu vaqtgacha ochiq turgan edi. Shunchaki telegramdan "poisk" berib, guruhni kuzatgandim) Hech qaysi talaba sizni audiolaringizni menga tashlamadi, o'zim eshitib chiqdim. Ayniqsa, "evro patok" talabalarini tarbiyasizga chiqargan audiongiz ancha muhokamaga sabab bo'lmoqda.Ja vahima qilib tashlamang)

Uchinchidan, aynan mana shu guruhda yozgan postni ma'qullab rosa ko'p talabalar fikr bildirishgan.

Bu yerda yana ko'p gaplar bo'lishi mumkin edi. Foydasi yo'qligini bildim va yakun yasadim. E'tibor uchun tashakkur)
​Bir kun hayotinga “U” kirib keladi...

O’sha kuni ob-havo hech qachon bunchalik yoqimli bo’lmaganini payqaysan...

O’sha kuni birinchi marta hayotga juda tashna bo’lasan...

“U” ni ko’rganingda atrof “portret” rejimiga tushib qoladi...

Sen bilan har xil mo’jizalar sodir bo’la boshlaydi...

“U” senga eng sevimli faslingdagi yoqimli sayrlaringni eslatadi...

Eh stipendiya, stipendiyam 😂

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qiziq nimalar bo'lyapti? 😳

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ Energetika vazirligi 15-fevraldan 20-mayga «Save Energy» tanlovini e’lon qildi.

Gʻoliblarni tanlashning asosiy mezonlari energiyani tejash va energiya samaradorligi mavzusini yoritishda ochiqlik, o‘ziga xoslik va xolislikdan iborat.

Konkursda rejissyorlar, jurnalistlar, blogerlar, dizaynerlar va boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Ishlar o‘zbek va rus tillarida quyidagi nominasiyalar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin:
1️⃣ “Eng yaxshi ijtimoiy video-rolik” yo‘nalishida. Mukofot – 20 million so‘m;
2️⃣ Eng yaxshi ijtimoiy banner (banner, poster, surat). Mukofot – 15 million so‘m;
3️⃣ “Eng yaxshi maqola”. Mukofot – 10 million so‘m.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ilk bor bu qalinlikda bir kitob ko'rdim. Kitob nomi World Biography. 2624 sahifalik ensiklopediya.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Davlat protokolining talablariga mos qizlar qanday bo'larkan-a?! Bu ishlarni bajarishga modellarni yollashsin! Ota-onalar qizlarini xorijdan kelganlarni nozlanib kutib olishi uchun o'qitmayapti!

Ushbu hujjatga imzoni qo'ygan vazir o'rinbosari — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo'yicha oʻrinbosari hisoblanadi. IT sohasidagi o'rinbosar bunaqa ishlar bilan shug'ullanib o'tirishida biror mantiq ko'rinmadi!

❗️G'urur, degan narsa bo'lishi kerak odamda! O'zbekning qizi, o'zbekning ilm olayotgan talaba-qizi xorijdan kelayotganlarni guldasta bilan kutib olishga majbur emas!
Ⓜ️ Masofaviy ta'lim

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Eh bunyodkor bunyodkor 😂

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#lirik_chekinish

O'sha hozirgi kunda mashhur bo'lgan qo'shiqni orginal variyanti)

🕚1995-yil

"Qachon biz ham uylanamiz?"

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
2022 yildan 30 ta OTM o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi

2022 yil 1 yanvardan O‘zbekistondagi 30 ta oliy ta’lim muassasasi o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Xoliqov Harakatlar strategiyasining 4 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan forumdagi ma’ruzasida shu haqda ta’kidlab o‘tgan.

Vazirlik vakili keltirgan statistikaga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondagi 132 ta OTMning 71 tasida sirtqi ta’lim, 18 tasida kechki ta’lim, 147 tasida magistratura yo‘nalishlarida ta’lim berilmoqda.

So‘nggi to‘rt yilda OTMlarda tahsil oluvchi talabalar sonida sezilarli o‘sish kuzatilgan. 2016 yilda mavjud 77 ta OTMda 279 674 nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib ularning soni 590 077 nafarga yetgan.

Natijada yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 25 foizga ko‘tarilgan. 2021–2022 yilgi qabul jarayonida esa bu ko‘rsatkich 27 foizga yetkaziladi.

2021/22 o‘quv yilida 62 ta OTMda ta’lim jarayonini boshqarishning raqamlashtirilgan axborot tizimi, 58 ta OTMda kredit-modul tizimi joriy etiladi. Ta’lim yo‘nalishlari mutaxassislik fanlari o‘quv yuklamasining 48 foizi amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratiladi.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#murojaat #tezkor ❕Guliston Davlat universitetida 13 va 15-avgust kunlari magistratura uchun bo'lib o'tgan imtihonlarda rektorning jarayon “shaffof” bo‘ladi degan quruq va’dalari-yu so'zlari yolg'on bo'lib chiqdi deya e'tiroz bildiradi magistraturaga topshirgan…
Tarix takrorlanmoqda... Olaveringlar, yeyaveringlar!

https://t.me/TalabaUz/1262 17-avgust 2019-yil Guliston Davlat universiteti haqida achchiq postni e'lon qilgan edik. Buni qarang-ki, tarix takrorlandi)

Toʻgʻri bir tiyinlik foydasi yoʻq, qayerdadir yoki kimdir endi buni oʻzgartirmasligini ham bilaman, lekin aytgim keldi...

Yaqinda OTMlarda nomdor stipendiya sohiblari eʼlon qilindi!

GulDU da ham barcha "iqtidorli" talabalar taqdirlandi.

Mana bu joyda oʻsha "iqtidorli" talabalar haqida maʼlumot berilgan:
(https://t.me/gulduuz/1243?single)


Buni nimasi qiziq dersiz-a?

"Iqtidorli talabalar" bilan tanishtirib o'tsam:

Maqsudbek Sirojiddinov - Guliston Davlat Universiteti Yoshlar Ittifoqi yetakchisi va Ishlab chiqarish fakulteti dekani Zikriyayev Zokir akani "tutingan" ukasi, yoki ikkisini kindigi bitta..

Raxmonqulova Yodgora - Guliston Davlat Universiteti filologiya fakulteti dekani Muzaffar akani qizi!

Xolmatov Islomjon - Guliston Davlat Universiteti Jismoniy madaniyat fakultetida ancha "salohiyati va oʻrni" boʻlgan Xolmatov G'ulom akani oʻgʼli GulDUda ilmiy boʻlimda togʼasi ishlaydigan "iqtidorli talaba"

Turdiqulova Gulmira - Guliston Davlat Universiteti bosh hisobchisi Obidqul akani qizi.


Qiziq emasmi -aaaaa???

Biz korrupsiyani yoʻq qilamiz, tanish bilishchilikni yoʻqotamiz deymiz, hatto Prezident ham faqat Adolatni istaydi, tanqidni istaydi (https://t.me/xushnudbek/2469)
Yangi Vazir ham korrupsiyaga mutlaqo qarshi

Lekin GulDU da na Prezidentni va na Vazirni bir tiyinga ilishmaydi...

Chunki bu biznikilar, chunki bu bizning "iqtidorlilar"....

Yashasin HAQIQAT

Taxmin: Bu post e'lon qilingandan keyin guruhda GulDu'ning "Vatanparvar" talabalari yoki hodimlari so'kishni boshlab yoki bo'lmasa yolg'on ma'lumotligini aytib hammani fikrini o'zgartirishga harakat qilishi mumkin))

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Izchil islohotlar samarasi haqida qisqacha 😅

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Tarix takrorlanmoqda... Olaveringlar, yeyaveringlar! https://t.me/TalabaUz/1262 17-avgust 2019-yil Guliston Davlat universiteti haqida achchiq postni e'lon qilgan edik. Buni qarang-ki, tarix takrorlandi) Toʻgʻri bir tiyinlik foydasi yoʻq, qayerdadir yoki…
Guliston Davlat universiteti birinchi marta yozgan postimizga javob qaytardii!

Hurmatli
Talaba.uz.

Guliston davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalariga talabgor yoshlar o‘rtasida 2020-2021 o‘quv yili uchun nomdor stipendiyalar sovrindorlari haqidagi ma’lumotingiz ma’muriyat tomonidan yana bir bor o‘rganib chiqildi.

Siz aytib o‘tgan Maqsudbek Sirojiddinov “Kimyo” ta’lim yo‘nalishi talabasi hisoblanadi. Zikriyayev Zokir “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi bo‘lgan, ammo “Ishlab chiqarish” fakulteti dekani lavozimida ishlamagan. Bugungi kunda “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakultet dekani vazifasida faoliyat ko‘rsatadi. Bu talaba va xodim o‘rtasida hech qanday qarindoshchilik aloqasi yo‘q.

Raxmonqulova Yodgora, “Biologiya” ta’lim yo‘nalishi talabasi hisoblanib, haqiqatdan ham “Filologiya” fakulteti dekani Mamatqulov Muzaffarning farzandi. O‘zi tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishining iqtidorli, ilmga chanqoq, jamoa ichida hurmatga ega talabasi hisoblanadi.

Xolmatov Islomjon universitetning “Rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda” ta’lim yo‘nalishi talabasi bo‘lib, Siz aytib o‘tgan otasi, “Jismoniy madaniyat” fakultetida ishlovchi, Xolmatov Gʻulom aka degan o‘qituvchi yoki xodim umuman aniqlanmadi.

Turdiqulova Gulmira, ”Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan, o‘zining teran aqli va ilm-fanga bo‘lgan intilishi orqali iqtidorga ega bo‘lgan talaba hisoblanib, uning otasi bosh hisobchi emas, balki universitet magistratura bo‘limi boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi.

Universitet xodimi yoki o‘qituvchisining farzandi, o‘z ustida doimiy ishlab, turli tanlovlarda faol bo‘lishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, maqolalar chop etishi va Davlat stipendiyalari sohibi bo‘lishi quvonchli voqeylik hisoblanadiku. Shu o‘rinda universitet o‘qituvchisining farzandi tanlovlarda ishtirok etishiga hech qanday ta’qiq yo‘qku.

Shu bilan birga Sizga shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga bo‘lib o‘tgan tanlov, pandemiya sababli onlayn ravishda, test orqali amalga oshirilgan va nomzodlar muqobillik asosida 2-bosqichda ishtirok etish uchun taqdim etilgan. Ushbu ma’lumotlar tegishligicha saqlanmoqda.

Universitet ma’muriyati

Xulosa
o'zingizdan...

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Gʻurbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.


Assalomu alaykum! Bugun 9 fevral, O‘zbek xalqining buyuk farzandi, yirik mutafakkir shoir, olim va davlat arbobi Nizomiddin mir Alisher Navoiy xazratlari tavallud topgan kun!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bu yil 4ta viloyatda tibbiyot fakulteti ochiladi

▪️2021–2022-o‘quv yilidan Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Guliston davlat universitetlarida tibbiyot yo‘nalishidagi fakultetlar ochiladi.

Kun.uz'ning SSVga asoslanib yozishicha, yil davomida 272ta xususiy shifoxona ochilishi ham rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ta'lim muassasalarida uchraydigan poraxo'rlikda ko'proq kim aybdor?
Anonymous Poll
58%
Ilm beruvchi
42%
Ilm oluvchi
Kuni kecha Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov birinchi bor rektorlar bilan ZOOM orqali yig'ilish o'tkazdilar.

Toshkent talabalar turar joyi haqida alohida gapirib o'tdilar. Toshkentda 85 ta talabalar turar joyi bo'lib, har bir yotoqxona bo'yicha Geopozitsiya tashkil qilinishi bo'yicha buyruq berilgan.

Bu degani, Vazirimiz endi o'zlari istalgan vaqt hech qanday OTM rahbariyatisiz, to'g'ridan to'g'ri yotoqxonaga kirib boradilar.

Bundan tashqari har bitta oliy ta'lim muassasalarida har yili 2 tadan yotoqxona qurishni niyat qildilar.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Davlat protokolining talablariga mos qizlar qanday bo'larkan-a?! Bu ishlarni bajarishga modellarni yollashsin! Ota-onalar qizlarini xorijdan kelganlarni nozlanib kutib olishi uchun o'qitmayapti! Ushbu hujjatga imzoni qo'ygan vazir o'rinbosari — Oliy va o‘rta…
"Bizni Vazir o'rinbosarimiz ham katta xatoga yo'l qo'ygan. Eng yomon ko'rganim shu, xorijdagi mehmonlarni kutib olish (fon) uchun nega mening gul qizlarim, gul ko'tarib chiqishi kerak? U yerga ham o'zingizni farzandingizni qo'yib ko'ring. U bo'yicha alohida buyruq qilamiz. Buni majburiy mehnatga tenglashtiramiz. Bu majburiy mehnatning bir ko'rinishi. Ya'ni u qizlar xohlab borayotgani yo'q. Sovuqda, darsdan chiqib, to'garakka borish kerak bo'lgan vaqt yoki dam olish vaqti adras ko'ylakni kiyib gul ko'tarib borish qaysi qizga yoqadi? Bo'lmagan narsa u. Tarjimon bo'lsa tushunaman, turizmda o'qisa tushunaman.

Stadionni to'ldirish uchun ham talaba, fon uchun talaba, festival bo'lsa talaba... Hamma joy huquqiy qolipga tushishi shart. Talaba o'qish kerak. Kerak bo'lsa to'yib uxlashi kerak, talabaning shaxsiy hayotiga aralashishga haqqimiz yo'q."


© Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Hurmatli rektorlar yuring, tomga chiqing, yerto'laga tushing, yotoqxonaga kiring. Kim sizni qo'lingizdan ushlab turibdi, yotoqxonalarga o'ntalab avtomat kir yuvish mashinasini qo'yib berishda, kim qo'lingizni to'sayapti bir qop avtomat kir yuvish mashinasi uchun "parashok" olib kelib talabaga berishda? Axir 80 mln to'lab qo'yaptiyu, qayerdadir 46 mln to'layaptiyu. Kami ham 10 mln to'layaptiyu. O'zini puliga o'ziga sharoit qilib berish kerakda."

©Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg