Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
TALABALARGA 15 YILGACHA BO‘LGAN MUDDATGA TAʼLIM KREDITLARI BERISH BOSHLANADI

Oliy taʼlim muassasalarida bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga taʼlim kreditlari berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi, sirtqi va kechki bo‘limlarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.

Taʼlim kreditlari, oliy taʼlim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 15 (o‘n besh) yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 (o‘n) yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davri bu muddatga kirmaydi.

Bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga taʼlim kreditlari bo‘yicha bank foizlari kredit ajratilgandan so‘ng keyingi oyning 1 sanasidan boshlab oyma-oy hamda asosiy qarzlarni to‘lash talaba tomonidan oliy taʼlim muassasasida taʼlimning ushbu turi uchun rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so‘ng, ayrim kurslarda takroran o‘qish muddati hisobga olinmasdan, uch oy o‘tgandan keyin boshlanadi.

Talaba muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan davrda taʼlim kreditlari uchun bank foizi stavkalari hisoblanmaydi.

Qarz oluvchi Taʼlim kreditini rasmiylashtirish uchun tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

-taʼlim krediti berish to‘g‘risidagi ariza;
-talaba va oliy taʼlim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-shartnoma asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt). Shartnomada o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. O‘qish uchun to‘lov miqdori keyingi yillarda o‘zgargan hollarda shartnomalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi, bu haqda oliy taʼlim muassasasi o‘n kun muddatda bank muassasasiga yozma ravishda maʼlum qiladi, so‘ngra qarz oluvchi, bank va oliy taʼlim muassasasi o‘rtasidagi kredit shartnomasiga zarur o‘zgartirishlar kiritiladi;

-taʼlim kreditini qaytarishning taʼminlanishi to‘g‘risida hujjat;
-taʼlim kreditlari olishi uchun bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini taqdim etadilar.

Olingan taʼlim krediti qaytarilmasligi xavfini oldini olish maqsadida Qarz oluvchi quyidagi taʼminlash shakllaridan birini bankka taqdim etish lozim, uning amalga oshirilishi unga qo‘yilgan asosiy talab hisoblanadi:

-mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;
-bankning kafolati;
-uchinchi shaxsning kafilligi;
-sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Taʼlim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar oliy taʼlim muassasalariga tijorat banklari tomonidan kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda o‘quv yili mobaynida o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini belgilangan tartibda teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Bunda, belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha;

-belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha amalga oshiriladi.

Qaror loyihasi 2021 yilning 10 mart sanasiga qadar muhokamada bo‘ladi.
Ⓜ️abt.uz

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
San'at instituti talabasi 5 kundan beri komada. Kursdoshlar janjali jiddiy oqibatga olib keldi

O‘zbekiston san'at va madaniyat institutining 21 yoshli talabasi 5 kundan buyon komada qolmoqda. Namanganlik yigitni kursdoshining ukasi «turtib yuborgani» aytilyapti.
Holat bo‘yicha Jahongir Akramovning otasi Odiljon Valiyev Kun.uz'ga murojaat qilib, o‘g‘li Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida bir necha kundan beri hushsiz yotgani, aybdorlar haqida ma'lumot yo‘qligini ma'lum qildi.

👉 Batafsil ma'lumot

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Tanishing, Garvard universitetining 450 ming AQSH dollariga teng 5 yillik grantini yutib olgan Aziza Izamova. 24 yoshda.

2017-2021 yillarda Germaniyaning Bard kollejida tahsil olgan Aziza Izamova butun dunyo ilm toliblarining orzusi bo‘lgan AQSHning Garvard universitetida doktorantura (PhD)- Harvard University Department of History of Art and Architecture ga to‘liq grant yutib olibdi! 5 yillik granti umumiy summasi deyarli 450 ming AQSH dollari! Ilmiy tadqiqot ishining xarajatlariga ko‘ra grant miqdori yana o‘zgarishi mumkin.

Aziza 2021 yil yozdan boshlab Garvardda tahsilni boshlaydi. Uning Linkedinida ingliz, nemis, polyak, fransuz va rus tillarini bilishi qayd etilgan.

Aziza Izamova Toshkentdagi Vestminister xalqaro universiteti qoshidagi akademik liseyni a’lo baholar bilan tamomlagan.

O‘zbek qizlarining IQ, EQ ci baland ekaniga yana bir isbot bu. Ham chiroyli, ham aqlli, san’at, estetika, matematikaga qiziqadigan qizlar orzu bo‘lsa kerak hammaga. Vatandosh qizlarning xalqaro darajadagi yutuqlarini eshitsam, chin dildan quvonaman, faxrlanib ketaman. Yana ismining Azizaligini aytmaysizmi))

Yana bir gap: Aziza Garvard universitetiga parallel ravishda Angliyaning Kembrij universitetiga ham hujjatlarini jo‘natgan. Kembrij universiteti ham uning imkoniyatlarini yuqori baholab, magistratura uchun 1 yillik grant taqdim etgan. Biroq, kelasi yil o‘zi to‘lab o‘qishiga to‘g‘ri kelardi.

Garvard taqdim etgan moliyaviy imtiyoz nihoyatda yuqori (5 yillik to‘liq grant) bo‘lgani uchun tabiiyki, tanlov AQSHga bo‘ldi.

Muborak bo‘lsin! Vatan faxrlanadigan olima qiz bo‘lsin!

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️IELTS, TOEFL va boshqa xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarning imtihon topshirish xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi hisobidan qoplab berilishi rejalashtirilmoqda

Muhokama uchun e’lon qilingan Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilishiga oid tartib joriy etilmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi imtihon xarajatini qoplab beruvchi tashkilot etib belgilanadi.

2021-yil 1-maydan boshlab imtihon topshiruvchi:
▫️IELTS —
7 va undan yuqori;
▫️TOEFL — 95 va undan yuqori;
▫️GMAT — Imtihon natijalari (Verbal/Quantative)
bo‘yicha 75 percentile va undan yuqori;
▫️GRYe — Imtihon natijalari (Verbal/Quantative)
bo‘yicha 75 percentile va undan yuqori;
▫️SAT — 1200 va undan yuqori natijani qayd etganda imtihon uchun sarflangan Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan boshlab Cambridge Assessment English (CAE, CPE, BEC), Test DAF va boshqa shu kabi Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplanadi.

Kompensatsiya to‘lab berish bo‘yicha arizalar davlat xizmatini ko‘rsatish Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatga olinadi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Har bir viloyat hokimi mahalliy byudjet hisobidan 100 nafar, har bir oliygoh esa 30-50 nafardan xotin-qizlarning kontraktini to‘lab berishga mas’ul bo‘ladi — Prezident topshirig'i.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Free Mover talabalar almashinuvi dasturi – xorijda 1 semestr yoki 1 yil oʻqish

▫️Dastur talabalarga 1 semestr yoki 1 yil davomida xorijiy oliygohda oʻqish imkoniyatini beradi.

Batafsil:
https://oliygoh.uz/grantlar/free-mover-talabalar-almashinuvi

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
So'rovnoma!

Hurmatli kanalimiz obunachilari! Kanalimiz auditoriyasiga foydasi tegish uchun Xalqaro grantlar va chet elda o'qish bo'yicha kerakli ma'lumotlarni joylashda davom etaylikmi?
Anonymous Poll
62%
😎 Ha, albatta. Ko'proq joylash kerak
12%
🤔 Yo'q, bunday ma'lumotlar men uchun deyarli qiziq emas
13%
🔥 Bosingizlar, bunday ma'lumotlarning hammasi bizga kerak!
13%
🙄 Menga farqi yo'q
Hayotdagi eng zo'r lazzat - bu "Odamlar qila olmagan, sen ham qila olmaysan" - degan gapni yengib chiqishdir.

Xayrli tong, do'stlar!

Doʻstlarga ham ulashing!😇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️⚡️Oliy ta’lim muassasalari «Prezident granti» stipendiyasi va «Qizlar uchun maxsus stipendiya joriy etiladi

Batafsil
: https://oliygoh.uz/abituriyent/prezident-granti-stipendiyasi-va-qizlar-uchun-maxsus-stipendiyaa

🎓Doʻstlarga ham ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bas qiling!

❌ Keraksiz odamlar bilan vaqtingizni o‘tkazishni bas qiling!

❌ Muammolaringizdan qochishni bas qiling!

❌ O‘zingizni aldashni bas qiling!

❌ Tuzilgan rejalaringizdan qochib, ularni bajarishni keyinga surishni bas qiling!

❌ O‘tmishni ushlab turishni bas qiling!

❌ Xato qilishdan qo‘rqishni bas qiling!

❌ O‘tmishdagi xatolar uchun o‘zingizni koyishni bas qiling!

❌ Xasad qilishni bas qiling!

❌ Nolishni va o‘zingizga achinishni bas qiling!

❌ O‘zingizni oqlashni bas qiling!

❌ Qarama-qarshi tarafga harakatlanishni bas qiling!

❌O‘zingizni maqtashni bas qiling!

❌ Har bir ishni rio uchun qilishni bas qiling!

Muammolaringizda boshqalarni ayblamang! E’tiboringizni istamagan narsalaringizga qaratmang.

BIR QADAM OLDINGA.....🏃🏃🏻‍♂🏃🏻‍♀

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muddatli harbiy xizmatga boradiganlar koronavirusga qarshi emlanadimi?

▪️"Yo‘q, ulardan faqat koronavirus testi olinadi va javob manfiy chiqqan taqdirda xizmatga yuboriladi" — Husniddin Shodixo‘jayev, SSV O‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi xodimi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
OTMlarda qizlar uchun maxsus stipendiya joriy etiladi

▪️Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, maxsus stipendiya olish uchun qizlar semestrni "5"ga yopgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lishi kerak.

Stipendiya oyma-oy to‘lanadi.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Garvard Universiteti mutlaqo tekin online darslar taklif qilmoqda

▫️Kurslar hamma uchun ochiq, kurs yakunida 🇺🇸 AQShning nufuzli universitetlaridan biri Garvard Universitetidan tasdiqlangan sertifikat olish imkoniyati mavjud

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/garvard-universiteti-bepul-onlayn-kurslari

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​Huddiki hafta davomida butun dunyo yumishlarini bajarib tashlagandek yakshanba kuni "ertalab meni uyg‘otmanglar, rosa charchaganman" deb dag‘dag‘acha qilib qo‘yadigan talabalar, xayrli tong!😁

Bugun yakshanba, bozorga borib bahonada shashlik yeb kelaman deb, ro‘zg‘or xarajatlaridan pul orttira olmay perashka yeb qaytib keladigan kun!

Talabalarga ulashamiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil

Agar Sessiya bòlmaganida "Talabalar" kutubxona qayerdaligini hech qachon bilmay òtar edi 😂.

Do'stlarga ulashing😉👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#judolik

Yunusoboddagi uydan 5 nafar talabaning jasadi topildi😢

Kecha, 27 fevral kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi xonadonlarning birida 5 nafar talabaning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Soat 20:50 larda Yunusobod tumani, “Firdavsiy” MFY, Injobod ko‘chasidagi uyda ijarada yashab kelgan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabalari M.U., R.S., D.Gʻ. va Singapur universiteti 2-bosqich talabasi O.I. hamda “Inxa” universiteti 1-bosqich talabasi S.X.ning murdasi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 27 fevral kungi dastlabki xulosasiga ko‘ra, jablanuvchilarning o‘limi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.

Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Tez orada batafsil ma'lumot berib o'tamiz😔😔

Inna lillahi va inna ilayhi ro'jiun🤲

Manba

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Aytishlaricha, kecha mudhish voqea sababdan vafot etgan talabalarning barchasi Andijon viloyatidan bo'lishgan.

Singapur universitetida taxsil olib kelayotgan marhum O.I ning yaqin insoni bizga aloqaga chiqdi. Uning aytishicha, O.I ning dadasi qarz havola qilib, o'g'lini o'qitib kelayotgan bo'lgan.

O.I esa katta orzu va umidlar bilan "yaxshi o'qib, qanday bo'lmasin, dadamning qarzlarini qutilishim kerak" deb yurgan ekan.

Bu oilalarning mushkulini oson qilishini, ALLOHdan so'rab qolamiz🤲😞

Ota-onasiga chin dildan sabr tilaymiz!
Talaba.uz | Ta'lim portali
Aytishlaricha, kecha mudhish voqea sababdan vafot etgan talabalarning barchasi Andijon viloyatidan bo'lishgan. Singapur universitetida taxsil olib kelayotgan marhum O.I ning yaqin insoni bizga aloqaga chiqdi. Uning aytishicha, O.I ning dadasi qarz havola…
Vafot etgan talabalarning haqqiga duo qilib qo'yishingizni so'raymiz.

Kimdandir qarzi yoki boshqa bir oldi-berdisi bo'lsa, ALLOH yo'lidan rozi bo'ling!

Bugun marhum talabalarning xotirasiga bag'ishlab, @TalabaUz ma'muriyati motam e'lon qiladi!!!
Talaba.uz | Ta'lim portali
#judolik Yunusoboddagi uydan 5 nafar talabaning jasadi topildi😢 Kecha, 27 fevral kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi xonadonlarning birida 5 nafar talabaning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. Soat 20:50 larda Yunusobod…
Talabalardan biri taqdir taqozasi bilan tirik qolgan!

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, ijarada aslida 5 kishi emas 6 kishi yashashgan.

Ularning 6-si N. Juma kuni boshqa bir do'stlari bilan toqqa chiqib ketgan. Shanba kuni kechasi hammalari Toshkentga qaytib kelishgan va tarqalishgan.

Kvartirada 6-bo'lib yashagan, N. kvartirasiga qaytib kelsa, 5 nafar xonadoshi o'lib yotganini ko'rgan va ularning ota-onasiga, shifokorlarga telefon qilgan.

Ayni vaqtda hodisa jarayoni o'rganilmoqda. Haligacha 5 nafar marhum talabalarning o'limiga aynan nima sabab bo'lgani oshkor qilingani yo'q!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hello_spring

💐🌼 Bahorning 1-kuni barchamizga muborak bo'lsin 🌸🌺

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ