Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️O'qituvchidan yuqoridagi postga javob, xulosa o'zingizdan... "Online va Offline ta'lim haqida qisqacha. JDPI talabasi murojaatiga yana bir murojaat! Men shu oliygohning o'qituvchisiman va bu murojaatga men ham murojaat qilmoqchiman. Ochig'ini aytish kerak…
👆👆👆

❗️Jizzax Davlat pedagogika instituti talabasidan

"Assalomu alaykum.JDPI o'qituvchisi murojaatiga ko'ra onlayn o'qish talabani ilmsiz dangasa qilishi sharoitdan kelib chiqib chiqim harajatlar kam bo'lganligi va asosiy sabab kasallik emas aynan shu baxonalar vaj qilib ko'rsatilgan. Ammo oflayn darslari sifatsiz bo'lib turib kamera o'chirilgan holda dars o'tiladigan o'qituvchilar aytilmaydi.

Aynan sessiya vaqtida nega kasallikka qaramay qo'shimcha daromad olish uchun talabani yashash sharoitini yoki oilaviy muammolarini qanchalik darajada og'irligini tushunmay turib, talabani javobgarligini bo'yniga ololmaydigan, virusdan qo'rqmaydigan odamni kim deb atashni bilmadim.

Onlaynda darsni eplab o'tolmasa, oylikkacha boshqa qo'shimcha daromad ololmasa hamma talabani taqdiriga tupurib 15 kun o'qishga majburlash bu ilmli bilimli inson deyilishga noloyiq o'qituvchini ishi...Xudoyam asraganni asraydi.institutda oddiy temperaturani to'g'ri o'lchanmaydi.. o'zim guvohman nomiga rasmiyatchilik qilishadi.xonada masofa saqlash yo'q, shu sharoitda kasal chiqmasligiga yosh bolayam ishonmaydiku."


Xulosa o'zingizdan👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent moliya institutida o‘quv jarayoni 2021-yil 06-maydan 20-may sanasiga qadar masofaviy shaklda tashkil etilishi belgilangan edi.

2021-yilning 20-may sanasidan (Payshanba kundan) boshlab o‘quv jarayoni an'anaviy shaklda davom ettiriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️O'zbekiston Milliy universiteti 2021 yil 17 maydan an'anaviy o‘qishni bakalavriatura 4 kurs kunduzgi, barcha kurs kechki ta'lim hamda 1 kurs sirtqi ta'lim, shuningdek magistratura barcha kurslar an'anaviy o‘qishni boshlaydilar. Bakalavriatura kunduzgi…
❗️Aytishlaricha, Milliy universitet haqida chiqargan postimiz yolg'on...

Bizga xabar yuborgan manba ushbu kanalni rasmiyligini aytgandi))

Matbuot kotibining ta'kidlashicha, O'zbekiston Milliy universitetining 1-, 2- va 3-kurs talabalari joriy o'quv yilini masofaviy shaklda yakunlaydi.

Yakuniy nazorat imtihonlari ham masofaviy shaklda o'tkaziladi. Faqatgina bitiruvchi kurs talabalari va magistratura bosqichining 2-kurs talabalari yakuniy nazorat imtihonlarini an'anaviy shaklda topshirishadi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​❗️​Onlayn ta’lim va daftarga yoziladigan konspektlar

Ta’lim tizimimizda shunday ajoyib xususiyatlar borki, ularga kulishni ham, yig’lashni ham bilmaydi odam. Tasavvur qiling, sizga epidemiologik vaziyat iziga tushmaguncha onlayn ta’lim olishingizni bildirishdi va undan so’ng sizdan 5-7-10 varaqlab konspekt yozib, uni rasmga tushirib yuborishni talab qilishdi.

Biz konspekt haqida ilgari ham ko’p va xo’p yozganmiz. Mavzuning birinchi so’zidan boshlab to belgilangan limitga yetguncha oqizmay-tomizmay ko’chirib olish metodi barchamizga tanish bo’lsa kerak. Bu haqida — konspekt tizimidan voz kechish maqsadga muvofiqligi haqida — rasmiy doiralarda ham bir necha marotaba so’z ketdi. Lekin bizning miyasiga eski stereotiplar o’rnashib qolgan faxriy ustozlarimiz konspektdan ozuqa oladigan ko’rinishadi. Aks holda, hattoki onlayn so’zi qo’shilgan ta’limda konspekt talab qilisharmidi? Yozmayman desa, jabr talabaning bechora joniga.

Biz ta’lim tizimiga havas qiladigan va andaza olishga harakat qilib kelgan g’arb oliygohlari, qo’yingki, o’zimizda O’zbekiston bilan hamkorlikda ochilgan xorijiy oliygohlarda bu ahmoqgarchilik bormi? Yo’qligi tayin! Endi shu oliygohlar talabasi yo o’qituvchisiga ahvolni tushuntiringchi, masxarasini qay tarzda izhor qilar ekan?

Umuman, daftarga konspekt yozib, uni rasmga tushirib, o’qituvchiga yuborish ahmoqona ishligini anglab yetish uchun shunchalik ko’p aql kerakmi? Axir bu shunchaki kulgili, o’ta kulgili-ku. Onlayn ta’lim degani shumi endi?

Ma'lumot o'rnida aytib o'tib ketaylik, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham 2020-yil 30-apreldagi yig'ishlarida "Zerikarli ma’ruzalar o‘qish, konspektlar yozdirish kabi o‘zini oqlamagan usullardan voz kechib, ta’lim metodikasini rivojlantirish va pedagoglar saviyasini oshirish g‘oyat muhim masalaligi"ni ta’kidlab o'tgandilar.

Murojaat botimizga esa talabalardan konspekt talab qilayotgan holati hali ham uchrab turgani aytilmoqda...

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Хурматли талабалар ва ота-оналар. Фарғона Жамоат Саломатлиги Тиббиёт Институти 17.05.2021 дан анъанавий таълимни бошлайди. Шуни инобатга олган холда қуйидагиларга эътибор беришларинг сўралади.
1. Хар бир талаба 17.05.2021 куни гурух мураббийига коронавирусга “манфий” натижали тахлилни тақдим қилиш керак (72 соатдан кўп бўлмаган вақтдаги). Яъни хар бир талаба доимий яшаш жойида ўқишга келишидан кўпи билан 2-3 кун олдин коронавирусга анализ топшириши керак. Хар бир талабалани қўлида “манфий” натижали тахлил албатта бўлиши керак.
2. ФЖСТИ рахбарияти томонидан хар бир талаба яшайдиган вилоят СЭОМ ларига хат юборилади ва анализ топшириш учун имтиёз берилиши сўралади.
3. Ижарада туришга шароити йўқ қуйидагиларга: темир дафтарда, аёллар дафтарида ва ёшлар дафтарида турадиган талабаларга онлайн ўқишга (тасдиқловчи хужжатларни тақдим этгандан сўнг ва ариза асосида) рухсат берилади.
4. 26.04.2021 гача бўлган даврда онлайн таълим олган талабалар ўқишини масофавий таълимда давом эттиришлари мумкин.
5. Хозирги вақтда талабалар турар жойи карантинга олинганлиги муносабати билан ётоқхонада турадиган талабаларга жой берилмайди, вақтинчалик турар жойларини олдиндан топишлари керак бўлади.
6. Хар бир талабани шахсий гигеник воситаси бўлиши керак.
7. Тўлов шартномасида тахсил олаётган талабаларга контракт пулини охириги 25% ни тўлаш муддати келганлигини яна бир эслатиб ўтмоқчимиз. Яни талаба 31.05.2021 гача контракт суммасини 100% тўлаши керак.
8. 3 курс даволаш иши йўналиши талабалари 07.05.2021 йилда 6 семестрни тугатганлиги учун 10.05.2021 кундан 12 кунлик ёзги амалиётни яшаш жойларида ўташади. 3 – курслар йўлланма хатларни институтга келмасдан телеграм каналидан оласизлар.
"

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Toshkent moliya institutida o‘quv jarayoni 2021-yil 06-maydan 20-may sanasiga qadar masofaviy shaklda tashkil etilishi belgilangan edi. 2021-yilning 20-may sanasidan (Payshanba kundan) boshlab o‘quv jarayoni an'anaviy shaklda davom ettiriladi. Batafsil👇👇…
#talabalardan

"Assalomu aleykum man Toshkent Moliya instituti talabasiman. Bugun institutimiz an’anaviy ta’limga qaytayotganini e’lon qildi.Bizning murojaatlarimizni ko’rib chiqishmayapti.Bizga yotoqxonadan hamma narsamizni olib ketishimiz haqida aytishgan edi.Undan tashqari ota onamiz ham qiynalib qolishdi shu paytgacha 2 marta o’qishga chaqirib olishdi. Ko’p harajat bo’lmoqda.Ba’zi bir kursdoshlarimiz yana kvartira qidirishga sarson bo’lishyapti.Axir oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri ham yaqinda talabalar sarsonliginj tanqid qilgan edilar. Yoki Moliya institutida masofaviy yakunlashga sharoiti yuqmikan.2-kurs talabalari masofaviy yakunlashdiku .Shuning uchun o’quv yilini masofaviy yakunlasak bo’lmasmikan? Murojaatimizni mutasaddilar ko’rib chiqishadi degan umiddamiz"

Mutasaddilarga yetkazing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Norasmiy manbalarning ta'kidlashicha, bugun Jizzax Davlat pedagogika institutida janjal chiqqani aytilmoqda.

Insaydirlarimizning xabar berishicha bugun JDPI da virusga analiz natijalari olingan. Bu haqida matbuot kotibining kanalimizda chiqqan tanqidiy maqolaga bergan raddiyasidan ham bilib olishingiz mumkin.

Bugun yuqorida chiqargan maqolamiz ham ancha shov-shuv bo'lgan. Rahbariyat barcha talabalarda analiz natijalarini qabul qilib darslarga kirgizgan. Talaba tomonidan yuborilgan ushbu tanqidiy maqolada "Kameralar ham ishlamaydi" deb keltirib ketgan. Va bunga javoban institut rektori tomonidan bosh bino va o'quv auditoriyalarining har biriga IP Hikvision rusumli (556.920 so'm har bir donasi) videokamera o'rnatilgan. U hatto ovoz ham yozishi aytilgan.

Institut matbuot kotibining yana bir ma'lumot o'rnida yozib ketishicha, hech qanday vahimaga o'rin yo'q, virus ko'paymasligi uchun barcha sharoitlar ko'rilgan. Tegishli ma'sullar belgilangan tartibda o'z vazifasini bajarmoqda ekan.

Bu raddiya murojaat botimizga yetib kelgandan keyin ko'p o'tmay, institutda virusga test topshirgan talabalar natijalarini topshirish jarayonida janjal kelib chiqqani haqida xabarlar kelib tushdi. Manbalarimiz talabalar orasida virusga chalinganlar chiqqani aytilgan.

Institut matbuot kotibi bilan bog'landik va hozirgacha javob olmadik.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🌐Yevropada o'qish boshqacha 😁

❗️ Barcha talabalarga tarqating.

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#talabalardan

❗️Yana bir sarsongarchilik, TDPUda!

"Nizomiy nomli TDPU yana bir bor magistrant talabalarni xayron qoldirmoqda, oraliq nazoratlarni oflayn topshirasiz deb chaqirishdi onlayn o‘qish uchun buyrug‘i chiqqanlar onlayn topshiradi deb aytildi 17 may kuni borib test ishlab keldik, lekin soat 23.00 dan keyin xamma onlayndagilar xam oflayn topshiradi degan xabar keldi. Uzoq viloyatdagilar qanday yetib keladi? Va yana bir masala kecha o‘tgan imtixonlarda forma talab etilmagan edi bugun xammadan forma kiyib kelish talab etilmoqda. Formasiz kelganlarga bu xaqida dalolatnoma tuzilmoqda. O‘quv yili davomida bir kun xam magistrlardan forma talab etilmagan lekin nima uchundur oraliq nazorat testlarini topshirish kuni forma talab etilmoqda. Agar shu forma biror bir narsani o‘zgartirganda edi....
Bunday qarorlar ko‘pchilik magistrlarni e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
"

P.s: TDPU trendda. Hech kimga birinchlikni bermay kelyapti.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️TATUning yana bir filiali masofaviy ta'limga o'tkazildi.

TATU Nukus filiali Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Nukus shahri bólimining 2021 yil 17 maydagi 3-1184 -sonli xati asosida joriy yilning 19-may kunidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali masofaviy ta'lim (onlayn) shakliga o'tkazildi!

TATU matbuot xizmati bu haqida xabar bermoqda...

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️TATUning yana bir filiali masofaviy ta'limga o'tkazildi. TATU Nukus filiali Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Nukus shahri bólimining 2021 yil 17 maydagi 3-1184 -sonli xati asosida joriy yilning 19-may kunidan boshlab…
❗️TATU Urganch filiali talabalari direktor nomiga ariza yo'llashgan.

Hozircha ariza qanoatlantirilmagan...

Talabalar buni kanalga chiqarishimizni iltimos qilishdi. Kanal orqali direktorga yetib boradi deb o'ylashyapti😅

Chiqmagan jondan umid. Agar chindan ham havotirga sabab ahvol bo'lsa, masofaviy ta'limga o'tkazilgani ma'qul.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"O'g'lim katta bo'lsang albatta o'qi. O'qisang odam bo'lasan..."

O'qishinggayam, ZOOM ingiyam dediyu shartta yotvoldi😂😂

Menimcha bu talabaning videoni o'chirishi esdan chiqib ketgan.

Toshkent Kimyo texnologiyalari institutining ZOOM orqali dars bo'layotgandagi jarayoni

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Yunusobodda ikki nafar talaba o‘zganing xonadonidan 60 ming dollarlik avtomobil ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi xonadonlarning birida ikki nafar talaba o‘g‘rilik sodir etdi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 15-may kuni X.D. ismli ayol 102 qisqa raqamiga bergan xabariga ko‘ra, 2020-yilning, taxminan, may oyidan 2021-yilning 15-may kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar Yunusobod tumani “Yangiariq” mahallasida joylashgan xonadoni qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy narxi 60 000 AQSh dollari bo‘lgan Koreya davlatida ishlab chiqarilgan Chevrolet rusumli avtomashinalarning turli xildagi ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Tezkor qidiruv harakatlari jarayonida ushbu jinoyatni Yunusobod tumanida yashovchi talabalar 19 yoshli A.Z. va 18 yoshli X.A. sodir etgani aniqlanib, ulardan bir nechta turdagi avtomashina ehtiyot qismlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Z. va X.A. protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, huquqiy baho beriladi. Hozirda tergov davom etmoqda.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Qo'qon Davlat pedagogika instituti rahbariyati talabalardan tushuntirish xati yozdirib olmoqda.

Ayni vaqtda Falastin hamda Isroil o'rtasidagi o'zaro urushda Falastin davlatini qo'llab, o'z profillariga rasm qo'yayotgan talabalar ogohlikka chaqirilmoqda.

Talabalardan bunaqa rasmni o'z telegram profillariga qo'ymasliklari uchun tushuntirish xati yozdirib olishyotgan ekan.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Samarqandda yana bir OTM tashkil etildi

Hukumatning tegishli qarori bilan, Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi.

Shuningdek, qarorga koʼra:

Filialda taʼlim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar, Аmir Temur ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inshootlari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi;

kelgusi yillarda Filial uchun qo‘shimcha o‘quv binosi, 2 ta talabalar turar joyi binolari, sport inshooti quriladi;

Samarqand viloyati hokimligi Filial faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida faoliyat yuritish uchun jalb etiladigan malakali professor-o‘qituvchilarni belgilangan tartibda xizmat uylari bilan taʼminlaydi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Farg'ona politexnika instituti bitiruvchi talabalari diqqatiga

Aytishlaricha, ko'plab bitiruvchi talabalarning murojaat, e'tiroz va takliflarini inobatga olgan holda BMI (diplom ishlari) o'rniga masofaviy platforma orqali mutaxassislik fanlaridan test olinishi belgilangan.

Manbalarning ta'kidlashicha, diplom ishini yozish yoki kimgadir pul berib yozdirish endi ularga muommo emas. Shunchaki online test topshirishadi halos...

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari tashkil etiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining “Oliy ta'lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Namunaviy shtatlar oliy ta'lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar hisobidan joriy etiladi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan namunaviy shtatlarning 2 va 3-pozitsiyalari quyidagi lavozimlar bilan taqdim etilgan:

o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) (ilgari - o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari);

yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) (ilgari - o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari).

Yuqorida ko‘rsatilgan lavozimlar mamlakatning barcha OTM namunaviy shtatlariga kiritiladi.

Lavozim - yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) namunaviy shtatlardan chiqarib tashlanadi.

Monitoring va ichki nazorat bo‘limi (talabalar soni 1500 kishigacha bo‘lgan OTMda - monitoring va ichki nazorat sektori) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi (talabalar soni 1500 kishigacha bo‘lgan OTMda - jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori) etib qayta nomlandi. Bo‘lim (sektor) quyidagi lavozimlar bilan taqdim etilgan: bo‘lim boshlig‘i (sektor mudiri), bosh mutaxassis, inspektor.

Yangi bo‘lim - korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi kiritiladi. Mazkur bo‘lim bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis bilan taqdim etilgan. Bo‘lim boshlig‘i lavozimi talabalar soni 1 500 kishigacha bo‘lgan OTMda nazarda tutilmagan.

Boshqa o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar ham kiritilgan.

Hujjat Prezidentning 2019 yil 6 sentyabrdagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni, 2019 yil 8 oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoni, 2019 yil 11 iyuldagi "Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, 2020 yil 28 apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, 2021 yil 26 martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️#soragan_edingiz

Savol: Assalomu alaykum !

Men Samarqand davlat universiteti matematika fakultetiga super kontrakt (54.000.000 soʻm) asosida oʻqishga kirganman.
Ayrim sabablarga koʻra sharoitim toʻgʻri kelmaganligi sababli oʻqishni davom ettirish imkoniga ega emasman !

Savolim shundan iboratki: toʻlagan kontrakt summani qaytarib olishim mumkinmi ?

Hozirda 1-semestrni yakun qildim. Hech bir fandan qarzdor emasman.


Javob: Matematika yo‘nalishi kechki ta’limi bo‘yicha oshirilgan (super) kontrakt narxi 54 346 400 so‘m, ya’ni oddiy kontrakt 6793300 so‘mning 8 barobari qilib belgilangan.

Agar talaba birinchi semestrni o‘qib ikkinchi semetrda o‘z xoxishiga ko‘ra o‘qishini tuxtatmoqchi bo‘lsa universitet rektori nomiga talabalar safidan chetlatishni so‘rab ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga asosan talabalar safidan chiqarish haqida rektorni buyrug‘i chiqariladi.

Shundan so‘ng super kontrakt asosida o‘qiydigan talabaning kontrakt mablag‘lari qayta hisob kitob qilinadi, hisob kitob qilishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 26 fevralda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2431 “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risi”dagi nizomning 3-bob 28 bandiga asosan, oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinganlar birinchi kursda talabalar safidan chetlashtirilganda qaytariladigan to‘lov miqdori o‘quv yilining oxiriga qadar qolgan oylar sonini tegishli o‘quv yiliga tasdiqlangan o‘qitishning oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining o‘n ikkidan bir qismiga ko‘paytirish orqali aniqlanadi va kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga ko‘ra qaytarib beriladi.

Ya’ni talaba tomonidan to‘liq bir yillik kontrakt miqdori 54 346 400 so‘m to‘langan bo‘lsa uni 12 ga bulsak bir oyga 4 528 866.6 so‘mni tashkil qiladi, agar talaba may oyida talabalar safidan chiqarilsa u holda o‘qimagan davri iyun, iyul va avgust oylari uchun hisoblangan 13 586 600 so‘m pul mablag‘lari talabaning arizasiga asosan qaytarib beriladi.

Huquqiy asos: https://lex.uz/docs/2137212

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kelajakning og'ziga tikilishni to'xtating. Yaxshisi poraxo'rning yoqasidan oling va "bas qil!" deb ayting.

Hindlarning "Adolat posboni: Gabbar" filmidan parcha. Ayni haqiqatdagi gaplar.

Savol: Bizning qo'limizdan kurashish kelarmikan?

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg