Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Hech bir talaba iqtisodiy muammosi tufayli o‘qishni tashlamasligi kerak

Xitoy xukumati talabalarni qo‘llab quvvatlash ular iqtisodiy muammolari tufayli o‘qishni tashlab ketmasliklari uchun qonun chiqardi. Qonun bo‘yicha yordam so‘rab murojaat qilgan talabaga maksimal muxlati 22 yil bo‘lgan foizsiz kredit ajratiladi. Kreditni talaba o‘qishni tugatgandan so‘ng so‘ndirishni boshlaydi. Talabani arizasiga ko‘ra kredit o‘qishni tugatgandan so‘ng 5 yil o‘tib boshlashi mumkin. Unga "kredit ta’tili" beriladi.

Xitoylik talaba va aspirantlar kreditni o‘qish uchun kontrakt to‘loviga yoki yotoqxona uchun sarflashi mumkin.
Ⓜ️ spesuzlive24

* Eslatib oʻtamiz super kontrakt summasini toʻlashning oxirgi muddatiga oz qoldi...

🎓Talaba.uz | Rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shaharda rus tilini bilmaydiganlarda ikkita yo'l bor:

1⃣ Yo faxr bilan doim O'zbekcha javob berishadi😎;

2⃣ Yo bo'lmasa, Bizga kelib rus tilini o'rganishadi)

Biz bilan 5 oyda rus tilida bemalol gapira va yoza oladigan bo'lasiz!

Talabalik paytida ilm talab qiling, keyin vaqt bo'lmaydi!

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish
📞 Tel: +998909101501
🧾 Ro'yhatdan o'tish

📍 Manzil: Chilonzor metro bekati, Integro A blok, 8-qavat 816-xona

Website || Telegram || Instagram || TikTok || YouTube
Yangicha «moda» emish 😅

Exx qanchadan-qancha so‘ngi modadagi paypoqlarni yoqib yuborgan ekanmiz

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Talabaligimda ijarada turganman, bolam bilan uysizlikda yashash muammosini men juda yaxshi bilaman – Shavkat Mirziyoyev

▪️O'zLiDeP nomzodi Xorazmdagi saylovchilar bilan uchrashuvda ta'lim, iqtisodiyot, uy-joy masalalariga to‘xtaldi.

▫️Xorazmda ham 1-4 sinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish joriy etiladi. “Bilasizlarmi, bundan bolalar kayfiyati qancha o‘zgaradi? Maktabga kelish ham boshqacha bo‘ladi. Bittagina tuxum yeb, shirin choy ichib olgan bolaning vujudi tetik bo‘ladi”, - dedi prezident.

▫️Toshkent shahridan Nukus va Urganchgacha aviachipta narxlarining 33 foizga arzonlashuvi yana 2 yilga uzaytiriladi.

▫️Urganch aeroportida yangi terminal va shahar bo‘ylab yangi trolleybus halqa yo‘li quriladi.

▫️ Xorazmni rivojlantirishga 30 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

🎓Talaba.uz |rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Davlat test markazining abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaati

Ma
’lumki, joriy yilda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imithonlar esa OTMlar tomonidan) ilk bor Davlat test markazi tomonidan o‘tkazildi.

Unda test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 87 486 nafar talabgordan 85 261 nafari ishtirok etdi.

Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘qishni ko‘chirish uchun minimal o‘tish bali ancha past belgilangan bo‘lsada, talabgorlarning 72 foizi mazkur minimal talabni bajara olmadi.

Aslini olganda yoshlarimizning xorijdagi nufuzli OTMlarda tahsil olishi yaxshi. Lekin maqsad xorijda ta’lim olib, o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish emas, balki qanday qilib bo‘lsa ham 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib olish bo‘ladigan bo‘lsa, bu endi yaxshi holat emas, albatta.

Hozir ko‘plab konsalting firmalar tomonidan 1 yildan so‘ng O‘zbekistonga ko‘chirib berish va’da qilingan holda qo‘shni davlatlardagi OTMlarga hech qanday imtihonlarsiz o‘qishga kiritib qo‘yish taklif qilinmoqda.

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Hech qaysi firma talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishga oldindan kafolat bera olmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qaroriga binoan barcha talabalar o‘qishni xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish uchun imtihon topshirishi va tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan o‘tish balini to‘plashi lozim.

Shu sababli, Davlat test markazi asosiy maqsadi xorijda o‘qish emas, balki 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib olish bo‘lgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga turli shaxslar va firmalarning 1 yildan so‘ng o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib berish to‘g‘risidagi va’dalariga ishonmaslikni va o‘z bilimiga ishongan holda test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qiladi.

Izoh: quyida xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning 50 foizdan ortig‘i 56,7 ball (maksimal ballning 30 foizi) ham to‘play olmagan.

Ⓜ️ Davlat test markazi

🎓Talaba.uz |rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yagona najot ilmdadir. Ilm izlang, ilm talab qiling. Bir kun kelib olgan ilmingiz o’z samarasini bera boshlaydi.

Hayrli kun azizlar

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qachonki kutishdan to'xtab, maqsad qo'yib, harakatni boshlaganingizda, haqiqiy o'zgarishlar yuz beradi.

Odamlarning eng katta xato fikrlari bu sabr qilish tushunchasidir. Sabr deganda "kutish" deb tushunamiz. Aslida sabr bu qiyinchiliklarga qaramay, oldinga harakat qilishdir, o'zini harakatga unday olishdir.

Biz esa kutamiz, qulay vaqt kelishini, imkon tug'ilishini, kimdir boshlab berishini va shu kabilarni.

Men ko'pincha maqsad haqida gapiraman, lekin ishonchim komilki, shu kanal a'zolaridan 90 foizidan ko'prog'ida aniq maqsadi yo'q, nimani hohlashlarini bilmaydi. Agar siz nimani xohlashingizni bilmasangiz, nimaga erishishingizni kutyabsiz? Omadli bo'lishni xohlaysiz, lekin omad siz uchun nimani anglatishini aniq bilmaysiz.

Do'stlaringizga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ 22-sentabr chiqishi kerak bo'lgan Akademik litsey mandati e'lon qilindi.

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarini topshirgan oʻquvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

Akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalar (mandat)ni:

— vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti;

— OTM tasarrufidagi akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari orqali aniqlash mumkin.

Ⓜ️ OO'MTV

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
#boshlandi

❗️FarDUda Covid chiqqan ko'rinadi. Vahima ko'tarilib ketibdi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Maqsadli reja tuzish

© Umidjon Ishmukhamedov

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkW
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Vazirlik yotoqxonaga qamrab olingan talabalar va yotoqxona berish shartlari haqida ma'lumot berdi

▪️Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati rahbari Sardor Usmonovga ko‘ra, chin yetimlar, 1- va 2-guruh nogironligi bo'lgan, ota-onasi ish bilan ta'minlanmagan, "Temir daftar"da turuvchi va oilasida 2 yoki undan ortiq kontrakt bo‘lganlarga yotoqxona berish nazarda tutilgan.

Hozirgi kunda OTMlaridagi talabalar soni 700 mingdan oshgan. Har yili, taxminan, 150 mingga yaqin talaba yotoqxonaga muhtoj. Ularning 28 foizi yotoqxona bilan qamrab olingan.

🎓Talaba.uz |rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dubayda dunyodagi eng baland charxpalak ochildi.

Shu charxpalakda bo'lib qolishni istarmidingiz?😉

🎓Talaba.uz |rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Talabalar turar-joyiga joylashishning qanday talablari, ijarada yashaydigan talabalar uchun OTMning qanday shartlari mavjud?

Bu haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullari va soha mutaxassislari hamkorligida tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob olish mumkin.

Shuningdek, sohadagi mavjud muammolarning yechimi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar beriladi.

🎓Talaba.uz |rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​«Tibbiyotda juda ko‘p xato qildik, bilim yo‘q» – Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi uchrashuv chog‘ida tibbiyot sohasidagi muammolarga to‘xtaldi.

“Endi tibbiyot bo‘yicha ta'limni mutlaqo boshqacha qilamiz. Dastlabki kurslardagi matematika, fizika kabi tibbiyotga aloqador bo‘lmagan fanlarni qisqartiramiz. Eski ittifoq tizimidan voz kechib, O‘zbekiston uchun maxsus dastur yaratamiz.

Eng muhimi – 4-kursni bitirgan talabani bir yil o‘z hududiga amaliyotga jo‘natamiz. Mana shu amaliyot chog‘ida o‘sha talaba o‘zini anglaydi, haqiqiy shifokor bo‘ladimi, yo‘qmi, aniq bo‘ladi. Agar amaliyotdan o‘tsa, bemor bilan ishlay olsa, uni bepul o‘qitishga ham tayyormiz. Lekin agar buni eplay olmasa, u bilan shartnoma bekor qilish ham mumkin. Chunki hozir qatorlashtirib diplom beryapmiz, ammo bitirib borgan mutaxassis bemordan qo‘rqadi. Qo‘rqadi!

Tibbiyotda juda ko‘p xato qildik, bilim yo‘q! Endi mana shu xatolarni tuzatishimiz lozim. Yangi tashkil qilinayotgan universitetlar ana shu vazifani bajarishi lozim.

Pandemiya bizga ko‘p narsani o‘rgatdi – sog‘ligiga befarqlar, ortiqcha vaznlilar, qand kasalliklari bo‘lganlar og‘ir o‘tkazishdi, hatto ko‘pchiligini yo‘qotdik ham. Endi boshqacha ishlaymiz”
, – deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Samarqand davlat universitetiga Sharof Rashidov nomi beriladi

Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov nomi beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

“Barchamizga yaxshi ma'lumki, qadimdan ilm-fan markazi sifatida shuhrat qozongan Samarqand bugungi kunda ham o‘zining nufuzli oliygohlari bilan mashhur.

Ayniqsa, Samarqand davlat universiteti, Samarqand tibbiyot instituti ular orasida alohida o‘rin tutadi. Bu oliygohlarning mamlakatimiz ta'lim tizimidagi o‘rni va salohiyatini yanada oshirish maqsadida sizlar bilan o‘z takliflarimni o‘rtoqlashmoqchiman.

Samarqand davlat universitetiga ushbu qutlug‘ maskanda tahsil olgan, shu yerda ishlagan, respublikamizda ilm-fan, ta'lim, madaniyat, adabiyot va san'at rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov nomini bersak, nima deysizlar?

Shuningdek, Samarqand tibbiyot institutiga universitet maqomini berish haqida alohida qaror qabul qilsak, o‘ylaymanki, ushbu yirik oliygohning mavjud salohiyati va kelgusi rivoji uchun yanada puxta zamin yaratgan bo‘lamiz. Faqat nom bilan cheklanmaslik kerak, katta-katta korpuslar, yotoqxonalar qurishimiz kerak. Universitetga yangi sharoitlar yaratishimiz zarur. Nom bilan emas, maqom bilan nufuzini oshiramiz. Bu tibbiyot universiteti menga juda yaqin. Har bir tumanda bu universitetning kafedralarini ochamiz va haqiqiy xalq universitetlariga aylantiramiz. Men joriy qilayotgan birlamchi tibbiyotga haqiqiy namunaga aylanadi. Bu universitet tibbiyot sifati bo‘yicha xalqqa manfaat keltirsin.

Bo‘lg‘usi universitetning rahbariyati, professor-domlalari o‘zlarining bilim va tajribasini to‘la safarbar etib, viloyatning barcha tuman, shahar va qishloqlarida aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish ishiga munosib hissa qo‘shadilar, deb ishonch bildiraman”
, dedi amaldagi prezident.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qoyil

Bu suratni olish uchun bir inson 18 ta kamera bilan 62 kun vaqtini sarflagan.

Bir marta qarang va keyin telefoningizni teskari aylantiring.

Haqiqiy san’at asari!!!

🎓Talaba.uz |rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga qabul kvotalari 3600 taga oshirildi

2022 yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga qabul kvotalari 3600 taga oshirildi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, sun'iy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta maqsadli kvotalar ajratildi, jumladan, tayanch doktoranturaga 14 ta, stajyor-tadqiqotchilikka 14 ta. Shundan, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt ixtisosligi bo‘yicha 4 ta tayanch doktoranturaga, 6 ta stajyor-tadqiqotchilikka maqsadli kvotalar ajratildi.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish uchun respublikaning yetakchi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot institutlarida 2022 yilda maqsadli doktoranturaga jami 67 ta qabul kvota ajratildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Joriy yilda doktorantura imtihonlari an'anaviy tarzda o‘tkaziladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaning brifingda ma'lum qilishicha, bu yilgi imtihonlar onlayn emas, odatdagidek an'anaviy tarzda bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini videokuzatuv ostida (onlayn translatsiya) o‘tkazish choralari ko‘riladi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘yicha topshiriladigan birinchi fan (mutaxassislik yoki chet tili) umumiy ballining 50 foizidan kam ball to‘plagan talabgorlar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi.

Shuningdek, ma'lum qilinishicha, tayanch doktoranturaga kirish imtihonlaridagi savollar bir ixtisoslikdan boshqa ixtisoslikka to‘g‘ri kelmagani sababli ko‘chirish mumkin emas.

Bildirilishicha, normativ-huquqiy hujjatlarda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan shaxs tayanch doktoranturaga hujjat topshirishi mumkinligi va mumkin emasligi to‘g‘risida normalar berilmagan. Shu munosabat bilan, hujjat topshirishda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan ilmiy yoki ta'lim tashkilotlarining ruxsatiga asosan topshirish maqsadga muvofiq.

Stajyor-tadqiqotchilik esa ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanib, ushbu shaklda o‘qigan shaxsga hech qanday imtiyoz berilmaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg