Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi.

Samarqand davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan talabalar Universitetda mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘qishini davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda davlat namunasidagi Universitet diplomi beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍25🔥11🤔2
❗️Navoiy davlat konchilik instituti universitet sifatida qayta tashkil etiladi

Prezident «Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Yangi universitet huzurida bitta institut, ilmiy texnologiya sanoat parki, 2 ta politexnika hamda 2 ta sanoat texnikumi bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍29🤔6🔥3
❗️▫️2022/2023 yil o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

🔢 Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.

🔰 Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:

👉 86–100 % uchun – 5 baho;
👉 71–85 % – 4 baho;
👉 56–70 % – 3 baho va 56 % gacha – 2 baho.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍29👎9
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️ Bitiruvchilar baholarining OTMga kirishda inobatga olinishi haqida

❕ 2022-yil 14-mart kuni “Huquqiy axborot” telegram kanalida 2022-2023-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shilishi haqida post e’lon qilindi. Shundan so‘ng mazkur xabar ko‘plab telegram kanallarda ham e’lon qilindi.

🔰 Qayd etish kerakki, maktabdagi baholarni oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda inobatga olish tartibi 2021-yil 19-noyabrda belgilangan. Ya’ni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 696-son qarori bilan “Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.

🖥 Unga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 2022-yil 10-iyunga qadar elektron platformalar ishga tushiriladi hamda 2022-2023-o‘quv yili va keyingi o‘quv yillari bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari elektron platformalarga kiritiladi va bitiruvchilar baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari hisoblab boriladi.

📆 2022-2023-o‘quv yili bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari va ularning o‘rtacha ko‘rsatkichlari esa mazkur o‘quv yili yakunlangandan so‘ng, ya’ni, 2023-yil yoziga kelibgina aniq bo‘ladi.

✅ Bundan ma’lum bo‘ladiki, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlaridan boshlab amalga oshiriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍23👎7😁4
Qadrdonim uyg'oning. Ro'zaga turing.😊😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍32🔥3❤2
#õqish_davrlarida

–darsda domla mavzu qolib hayoti haqida so‘zlab o‘tirsa
–yagona biladigan savoling aytilsa-yu lekin boshqa doskaga chiqsa
–butun guruh telefon o‘ynab o‘tirsa-yu domla faqat seni ko‘rsa
–sessiyaga yaqin jurnal yo‘qolib qolsa
– imtihon kuni interneting o‘chgan bo‘lsa
–uxlamay tayyorlangan mavzuyingni sendan oldin boshqa birov gapirib qo‘ysa
–30 varaq “otrabotka”ni qo‘lda yozsang

Imtihon kuni ertalab uyg‘onganingda kechasi telefoningni quvvatlashni unutgan bo‘lsang yomon alam qiladi…🥴😅

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁121👍40😢11
​​❗️Bilasizmi? IELTS 5.0 sertifikati o‘qishga kirishda imtiyoz beradimi?

✅ JAVOB: ​​"Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №395 qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab chet tili fani nechinchi blok bo‘lishidan qat’iy nazar maksimal ball olishni istasangiz, sizdan IELTS sertifikat uchun kamida 5.5 daraja talab etiladi. Toshkent davlat yuridik universiteti uchun ham umumiy IELTS 5.5 (bunda writing qismi ham 5.5 bo‘lishi kerak) talabi qo‘yilgan.

Demak, IELTS 5.0 ballga ega abituriyent davlat OTMlariga kirishda alohida imtiyozga ega emas. Kamida 5.5 bo‘lishi kerak!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍24🤬9👎6
❗️O‘zbekistonda DTM kirish testlarining soxta to‘plamlari paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat test markazi tomonidan yangi test topshiriqlari to‘plamlari nashr etilgani haqida xabarlar tarqaldi. DTM axborot xizmati holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, markaz tomonidan “Davr press” nashriyoti bilan hamkorlikda 2019 va 2020-yillarda umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari chop etilgan. 2021-yilda bu turdagi to‘plamlar chiqarilmagan.

Abituriyentlar 2021—2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari bilan Davlat test markazining “e-DTM” tizimi (@e_dtm_bot Telegram boti) orqali onlayn tarzda va “my.dtm.uz” sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma bergan holda tanishishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍26🤬15👎3
❗️Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi o‘zgarishi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar portaliga Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi joylandi.

Kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, Institutning magistratura ta’lim yo‘nalishiga qabul qilingan xodimlar Institut tinglovchisi hisoblanadi. Magistraturada o‘qish davrida tinglovchilarning oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍11🤔3❤2
❗️DIQQAT

Qo'shni respublikalarda tahsil olayotgan barcha talabalar yozgi ko'chirish davrida test-sinovlarsiz, to'lovlarsiz soddalashtirilgan tartibda O'zbekiston Respublikasiga o'qishga ruxsat etilgani aytilmoqda.

*O'zgartirish kiritildi. Ushbu xabar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan feyk ekanligini aytildi. Bu xat qaysidir shaxslar tomonidan yasalgan bo'lib chiqdi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍45👎20🤬9
❗️Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari "O'zbekiston futbolining 110 yilligi" munosabati bilan bo'lib o'tadigan konsertga borishga majburlanmoqda ekan.

Agar ushbu tadbirga biror talaba bormay qolsa, chora ko'rilishini aytib ogohlantirilgan...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👎35👍25🤬14
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️DIQQAT Qo'shni respublikalarda tahsil olayotgan barcha talabalar yozgi ko'chirish davrida test-sinovlarsiz, to'lovlarsiz soddalashtirilgan tartibda O'zbekiston Respublikasiga o'qishga ruxsat etilgani aytilmoqda. *O'zgartirish kiritildi. Ushbu xabar Oliy…
#Munosabat

❗️Xorijdan «perevod» qilish haqidagi xabar soxta bo‘lib chiqdi.

- Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov imzosi tushirilgan xat va undagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas, yolg‘on.

OTV matbuot xizmati

P.s: Ushbu feyk rasmni tayyorlaganlar javobgarlik tortilishi aytilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍20😁4👎3
❗️Samarqandda chorvachilikka ixtisoslashgan yangi universitet tashkil etildi

“Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil etildi. Universitetda veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya, agrotexnologiya, agroiqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

Universitetda Veterinariya klinikasi va kasalliklar diagnostikasi texnoparki tashkil etilgan. Universitetga sohada 5 yillik stajga ega xodimlar tavsiyanoma asosida o‘qishga tavsiya etilganda, to‘lov-kontrakt miqdori kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍25🤬4👎2
❗️ Taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi toʻlanadi.

🔰Bunda:

➖ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha aynan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada gʻolibiga beriladi;

➖taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari tomonidan gʻoliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍15🔥2
❗️Aytaveramiz, qaytaveramiz...

Yaqindagina kanalimiz orqali Jizzax politexnika institutida talabalari majburiy obunaga jalb qilinayotgani haqida post qoldirgan edik.

Bunga esa institut matbuot xizmati anglashmovchilik bo'lgani haqida raddiya bergan edi.

Bugun talabalardan biri tyurtorlar tomonidan "majburiy-ixtiyoriy" tarzda obunaga 23.000 so'mdan pul yig'ayotgani haqida xabar yo'lladi.

Ma'lumot o'rnida, talabalar obuna bo'layotgan jurnal nomi "Ziyo chashmasi". Jizzax davlat pedagogika instituti tomonidan chiqarilayotgan gazeta ekan))

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬41👍25😁9
❗️O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi tashkil etiladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasini tashkil etish 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov 2021-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Anjumanda Akmal Burhonovning ta’kidlashicha, akademiya faoliyati aholining deyarli barcha soha vakillarini qamrab oladi.

“2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida davlatimiz rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha akademiya tashkil etish vazifa qo‘yildi. Biz hamkor tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda davlat xizmatchilari, tadbirkorlar, oddiy fuqarolar, maktab o‘quvchilari, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, umuman olganda barchani qamrab oladigan, ham onlayn, ham oflayn o‘qitiladigan Korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasini tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bu bo‘yicha ishlar olib borilyapti", — dedi agentlik direktori.

Burhonovning alohida ta’kidlashicha, tadbirda 2021-yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura yo‘nalishida korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorat mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim berilmoqda. Lekin respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislar yetishmayapti.

“Afsuski, bizda bugungi kungacha kompleans nazorat, ya’ni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislar yo‘q. Biz juda qiynalyapmiz. 200 dan ortiq vazirlik va idoralarda, hududiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarini tashkil qilishimiz kerak, lekin mutaxassis yo‘q. Ko‘pchilik korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasida huquqni nazorat qiluvchi idoralarda ishlab kelgan odam o‘tirishi kerak, deb o‘ylaydi. Yo‘q, u yerda sovg‘a siyosati, odob-axloq, xarid masalalari turibdi. Buni kompleks malakaga ega, nafaqat huquqni muhofaza qilish idoralarida ishlagan, balki iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy bilimlari yuqori bo‘lgan xodimlarni olish masalasi turibdi. Bu bo‘yicha ham alohida magistratura yo‘nalishi ochilyapti", — dedi tashkilot rahbari.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁29👍18👎9
❗️35 ta universitetga rektorlarni lavozimga tayinlash yoki ozod etish vakolati berilmoqda

📜 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

➡️ Unga ko‘ra:

✅ ilmiy kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi mazkur kengashni tuzgan, ilmiy tashkilot va ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan olimlardan iborat bo‘lishi sharti bekor qilinmoqda;

✅ faqat davlat ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatini tasdiqlash Vazirlar Mahkamasi vakolatidan chiqarilmoqda;

✅5 xil toifadagi shaxslarning ta’lim tashkilotlarida pedagog (professor-o‘qituvchi) sifatida faoliyat olib borishi taqiqlanmoqda.

📣 Shu va yana bir qator yangiliklar jamlangan hujjat loyihasi muhokamalarida faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz sayti orqali qoldiring.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍28👏6🤔3
❗️Toshkent davlat pedagogika universiteti Xalq ta’limi vazirligi tarkibiga o‘tadi, maktab o‘qituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha respublikadagi tayanch muassasaga aylantiriladi — Prezident

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍23🔥6🤔2
Ibrohim Adham hazratlaridan so‘rashdi:

-Ramazonni qanday barpo qilaylik?
-«Ochiqni yop, yopiqni och.
Tilingni yop, qo‘lingni och.
Baxillikni yop, saxiylikni och.
Dangasalikni yop, g‘ayratni och.
Gʻiybatni yop, husn-i zan (yaxshi gumon)ni och.
Bekorchi ishlarni yop, nafil (ibodat)ni och...»

Xayr to‘la Ramazon...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❤65👍37🔥4
❗️Keyingi oʻquv yilidan maktablarda xorijiy darsliklar paydo bo‘ladi

▪️2022/23-o‘quv yilidan Kembrij nashriyotining ingliz tilidan “Guess what” darsligi 1–6-sinflarga, “Prepare” darsligi 7–11-sinflarga o‘qitiladi.

5–11-sinflarga shu nashriyotning informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha darsligi joriy qilindi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍33👎2😁2