Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#abituriyent

❗️2022-2023 o'quv yili qabulida kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar NAMUNASI (TITUL)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍47👎11🔥5
Рўйхат (pdf.io).pdf
716.6 KB
#rasman

❗️Texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining qaysi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkinligini bilish mumkin.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍36🤬9👎6
❗️Magistraturaga kirish uchun chet tili sertifikati bo‘lishi kerakmi? Bu qoida kuchga kirdimi?

✅ JAVOB: Ha, kerak. Ushbu talab 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-sonli Prezident qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan, ya’ni joriy yildan boshlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi.

❓Qanaqada darajada talab etiladi?

✅ Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.

❓Ushbu talab keyingi yilga qoldirilishi mumkinmi?

🤷🏻‍♂️ Bilmasam, balki qoldirilar. Lekin Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullaridan aniqlashtirganimda, keyinga qoldirish bo‘yicha hech qanday reja yo‘qligi, bu masala ko‘rib chiqilmayotgani, ya’ni chet tili sertifikati talabi magistratura va doktorantura uchun joriy yilgi imtihonlardan kuchga ma’lum qilishdi.

©Xushnudbek Xudoyberdiyev

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍35😢22🤔8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkent Pediatriya tibbiyot intstitutidagi holat.

Qoldirilgan darslari uchun har bir talaba qayta topshirishga yig'ilgan.

" Har kuni shu holat. Birinchi kursdan oltinchi kursgacha hamma talaba shu yerda. Rahbariyat ko‘rib, bilib turibdi.

Semestr tugashiga 1 oydan kam vaqt qoldi. Kimda qoldirilgan dars bo‘lsa, imtihonga qo‘yilmaydi. Bularni maqsadi nima bilmadim . Maqsad yakuniyga kiritmay kursdan kursga qoldirib, keyingi yil yana kontrakt olish bo‘lsa aytishsin. Ukalarimizga aytamizda, bu yerga kirib vaqtini, umrini, bilimini, pulini xor qilmay, boshqa oliygoh tanlashsin.

Talabimiz. Ertalab 8:30 dan boshlab shu simulasiya markazidagi qoldirilgan darslarni qabul qilish markazi ishlasin. "

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍84🤬48👎12
❗️ TEZKOR: 2022-2023-o‘quv yili uchun OTMga qabul kvotalari soni e’lon qilindi

Prezidentning «2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

➖ bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

• kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar;
• sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;
• kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;
• masofaviy ta’lim shakliga — 3 610 nafar;

➖ magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar.

Kvotalar bilan OTMlar kesimida tanishish uchun: https://regulation.gov.uz/uz/d/61078

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍28😢8👎4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Nodavlat oliy ta'lim muassalari diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi❓

✅ Turin, Inha, Yodju, Webster va MDIS kabi STARS Internetional University, ISFT Instituti hamda PROFY university kabi nodavlat ta'lim muassasi bo'lib, diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍28🤬5🎉3
3318.pdf
940.3 KB
❗️ Magistraturaga kirmoqchi bo’lganlar diqqatiga: Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar o‘rtasidagi muvofiqlik DARAJASI bilan tanishib chiqing.

P/S: Bu yildan aniq sertifikatsiz hujjat topshirish imkoni bo’lmaydi deyishmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👎20👍16🔥2
❗️Bu yil ham 5 tagacha yo‘nalish tanlash mumkin, faqat endi abituriyent turli ta’lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi.

Prezident qaroriga asosan, murojaat etuvchilar:

➖ Bir vaqtning o'zida bir xil fanlar to'plami va ketma-ketligi, shuningdek, barcha ta'lim shakllariga ega bo'lgan beshtagacha bakalavriat yo'nalishini tanlash huquqi;

➖ Roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishining kuchliligiga qarab, sizga davlat granti asosida, soʻngra toʻlov-kontrakt asosida tanlovda qatnashish imkoniyati beriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍67👎11😱6
#biroz_tabassum

10 yildan so‘ng, Kurtkangizni kiyyapsiz, cho‘ntagidan esa maska chiqdi. Darhol miyangizdan "Eh qanday yillar edi-ya a" deya fikr o‘tdi. Yuzingizda esa nim tabassum. So‘ng "protivagaz"ni taqib, boltangizni olib tashqaridagi odamxo'rlar bilan olishgani ketdingiz 🤣

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁289👎47👍26
TUGʻISHGANLARNI QADRLANG

Sizga onangizdan keyin eng mehribon ayol opa-singlingizdir. Shuningdek, otangizdan keyin eng mushfiq erkak aka-ukangizdir. Aka-uka va opa-singillarning borligi abadiy do‘stlaringizning borligidir. Ular bolalikdan boshlangan ilk do‘stlaringizdir.

Ulg‘ayganingizda esa suyanadigan qoya ham ulardir. Ota-onangizdan sizga qoladigan eng ulkan meros ham ulardir. Ularni hurmat qilib qadrlang!

Ey Alloh, opa-singil va aka-ukalarimiz hamisha ko‘zimizni quvnatib tursin! Ular bizning va biz ularning mahzunlik ko‘z yoshini ko‘rmaylik!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍98❤32👏10
❗️Ba’zida diplom olish orzusini deb hayot mohir novvoy va qoʻli gul duradgor, bogʻbonlardan mahrum boʻladi. Noʻtoʻgʻri tanlangan ish - bir umrlik dushmanga oʻxshaydi. U sizni muvaffaqiyatli onlar, goʻzal taqdirdan toʻsib turgan notoʻgʻri qarordir.

“Biz gʻalaba qozonamiz“

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍97❤7👏7
❗️ Keyingi yildan faqat davlat granti uchun kvotalar e’lon qilinadi

2023-yilgi qabuldan OTMlarning to‘lov-kontrakt asosidagi kvotalarini belgilashdan voz kechiladi. Bu OTMlarga qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasida belgilangan.

To‘lov-kontrakt asosidagi qabul o‘rinlari oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, bo‘ysunuviga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👏34👍14🤔6
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❤27👍12👏4
❗️#2022_yil_1_iyundan

🔰Qonunchilikka ko‘ra:

🔸“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi;

🔸Markazlarda aholi va tadbirkorlarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi joylar tashkil etiladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍23👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Bu ho'kiz emas, bu diplom! Ho'kiz Toshkentda o'qiyapti"

Kulguli video, lekin achchiq haqiqat! Videoni ko'ring shunchaki hulosa qiling.

Ota-onamiz bizni yaxshi o'qishimiz uchun bor-budini berishga tayyor.

Lekin bizchi? Biz buni oqlayapmizmi?...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁101👍45😢22
A’lochi talabalarga nasihat:
Imtihonlarda ikkichi do‘stlaringizga yordam bering. Chunki ertaga hukumat mas’uli bo‘lganda ularga muhtoj bo’lib qolasiz.

© Abdulaziz Muhammad Zakir
Ⓜ️ Mubashshir Ahmad sahifasidan

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁206👍64🔥32
#talabalardan

"Assalomu aleykum men Jizzax politexnika institutida o'qiyman yaqinda 20-21 may kunlari institutimizda Talabalar festivali bo'lib o'tdi 15 mingli cho'zilib ketadigan futbolka tarqatishdi uniyam faqat bayroq ushlab turadiganlarga o'sha futbolkasiyam tadbir tugagungacham yirtilip ketdi endi o'sha futbolkani yigishtirib berishimiz kerak ekan o'tgan yili ham huddi shunaqa festival o'tkazilgandi o'sha tadbirda ham futbolkalarni yigishtirib olgandi 1 yil davomida qanaqa institutda tadbir bo'lsa o'sha kiyilgan futbolkalarni majburlab talabalarga kiygizishdi har holda gigiyena degan narsa bor qolaversa 10 mln ziyod kantrak to'laymiz lekin kunimiz kiyilgan futbolkaga qoldi raz shunaqa bo'lsa umuman forma tarqatishmasin iltimos kanalizda tarqatishga yordam bering ko'rib qo'ysin bizni institutimiz qay darajada tubanlikga botganini"

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬133👍85😁47
❗️Oʻzbekistonda OTMlar soni yana bittaga ortdi.

Hukumat qarori bilan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etildi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍53🤬16❤4
Talaba.uz | Ta'lim portali
#talabalardan "Assalomu aleykum men Jizzax politexnika institutida o'qiyman yaqinda 20-21 may kunlari institutimizda Talabalar festivali bo'lib o'tdi 15 mingli cho'zilib ketadigan futbolka tarqatishdi uniyam faqat bayroq ushlab turadiganlarga o'sha futbolkasiyam…
❗️Jizzax politexnika institutida nimalar bo'layapti?

Bitta fandan 3 baho olsa, 6 oylik stipendiya berilmas ekan.

Umumiy fanlarning 30 foizi 3 bo'lsa, 6 oylik stipendiya berilmas edi. Qiziq, bular nima qilayapti ekan?

Yoki biz bilmagan yangi qaror tasdiqlandimi?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬68🤔30👍22
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Jizzax politexnika institutida nimalar bo'layapti? Bitta fandan 3 baho olsa, 6 oylik stipendiya berilmas ekan. Umumiy fanlarning 30 foizi 3 bo'lsa, 6 oylik stipendiya berilmas edi. Qiziq, bular nima qilayapti ekan? Yoki biz bilmagan yangi qaror tasdiqlandimi?…
❗️Ijtimoiy tarmoqda "Jizzax politexnika institutida bitta fandan 3 baho olsa, 6 oylik stipendiya berilmas ekan." mazmunidagi xabar tarqatildi.

Jizzax politexnika instituti ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ushbu tarqatilayotgan xabar mutlaqo asossiz.

Institutda talabalarga stipendiya tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
Unga ko'ra, o'quv semestri yakuni bo'yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi va undan ortiq qismi “qoniqarli” baho bo‘lgan davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno) navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.

Talabalardan bu kabi holatlarga duch kelganda institut rahbariyatiga murojaat qilishlari so'raladi.

©Institut axborot xizmati

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍37🤔17😁5