❗️Rasman: Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ 2022-yil 5-dekabr kuni ona tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 18-dekabrga qadar davom etadi.
📆 Test sinovlari esa 2023-yil 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi hamda o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkaziladi.
Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.
Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda talabgorlar test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

👍7👎1
❗️Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) dublikatlarini olish istagini bildirgan fuqarolarga onlayn murojaat qilish imkoniyati bor.
Hozirda fuqarolarning ta’lim muassasalariga borishlariga hojat qolmagan.
Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi, ortiqcha hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Murojaat etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida vakolatli organdan diplom dublikatini olib ketishi yoki fuqaro pochta xizmatidan foydalangan taqdirda o‘n besh ish kunida uning yashash manziliga yetkazib berilishi mumkin.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hozirda fuqarolarning ta’lim muassasalariga borishlariga hojat qolmagan.
Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi, ortiqcha hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Murojaat etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida vakolatli organdan diplom dublikatini olib ketishi yoki fuqaro pochta xizmatidan foydalangan taqdirda o‘n besh ish kunida uning yashash manziliga yetkazib berilishi mumkin.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11🔥1
"Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin."
29-modda.
🇺🇿 Barchamizga Konstitutsiyaning 30 yilligi muborak bo'lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin."
29-modda.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥1👏1
❗️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida «Yil talabasi-2022» institut bosqichi g‘oliblariga rag‘bat pullari berilmayapti
"Institut bosqichi (1-bosqich) talabalari o‘rtasida nizom talablari asosida 7 ta nominasiya bo‘yicha Noyabr oyida o‘tkazilishi topshiriq qilib berilgan. Nizomning 14 va 15-bandlarigaga ko‘ra har bir yo‘nalishdan ya’ni 7 ta yo‘nalishning har biridagi:
1-o‘rin sohiblari BMHning 8 baravari (2,4 mln so‘m), 2-o‘rin egalari BMHning 6 baravari (1,8 mln so‘m) 3-o‘rinni egallaganlari esa BMHning 4 baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida pul mablag‘lari bilan institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan rag‘batlanishi berilishi lozim.
Ammo institutda yuqoridagi rag'batlantirish mablag‘ari berilmayapti. Yurist Posho: «-senlar o‘tqizgan tanlovlaring noqonuniy, arzlaringni kimga aytsalaring aytaverish bir tiyin ham bermayman» deya ayuhannos solmoqda!
Mana bu (instutning rasmiy saytida e'lon qilingan maqolaning havolasi) orqali institut bosqichining o‘tkazilganini ko‘rishingiz mumkin: https://dsmi.uz/yangiliklar/yil-talabasi-tanlovining-institut-bosqichi-o-tkazildi
Tanlov o‘tdi, aslida kechikib 15-noyabrda o‘tkazilgan instutut bosqichidan keyin, umuman rag‘batlantirishdan ham darak yo‘q edi.
Fidoiy hodimlar orqali shaxsan Rektorga murojaat qilinganidan keyingina Rektorimizning buyrug‘i bilan mas’ullarga talabalarni nizomga asosan taqdirlash topshirig‘i berildi. Hatto yaqindagina boshqa ishga o‘tkazilgani uchun rektorlikdan ketgan mehribon, o‘z talabalarini yaxshi ko‘radigan, sobiq Rektorimiz Ibrohim Jo‘rayev Yuldashevich tomonlaridan ilmiy kengashda rag‘batlantirildik. Gap isboti bilan bo‘lsin: https://dsmi.uz/yangiliklar/yil-talabasi-2022-respublika-ko-rik-tanlovining-institut-bosqichi-g-oliblari-taqdirlandi
Bizga diplom berildi, rag‘batlantirishni 1-2 kunda olasizlar deya aytishdi. Biz ham ana o‘tar bir kun, mana o‘tar bir kun deb, naqd 1 haftani o‘tkazdik!
Shaxsan Vazirning o‘zi talabalarni rag‘batlantiring, ularni moddiy qo‘llab quvvatlang deb ko‘p ma'ruzalarida ta’kidlayotganida Yurist buning teskarisini qilmoqda! Pullarimizni bermayapti.
Dardimizni kimga aytaylik? Oliy ta’limdan buyrug‘ nizom bilan kelsayu institutda bajarilmay tursa. Biz talaba yoshlar bu hodisadan ibrat olishimiz kerakmi? Biz ham ertaga ishga birganimizda yuqoridan kelgan topshiriqlarni bajarmaslikni o‘rganaylikmi?!"

👍13🤬5😱4
#talabalardan
❗️Qarshi davlat universiteti talabasidan kelgan murojaatni o'zgartirishsiz havola qilamiz:
"Assalomu alaykum man Qarshi davlat universiteti talabasi boʻlaman. Bilasizki, havo harorati keskin sovib ketdi. Ammo unversitet isitish tizimi ishlamayotganligi sababli xonalar juda sovuq. Bu haqida unversitet ma'muriyatiga aytsak eʼtibor berilmayapti. Bu esa talabalarni unversitetlarga kelmasligiga sabab boʻlmoqda. Yakuniy yaqin qolganini oʻzingiz bilasiz."

👍33👎12🤬3
#talabalardan
"Assalomu alaykum men Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabasiman.
Kun judayam sovuq bizning universitet qizlar yotoqxonasida esa isitish tizimi umuman yaxshi ishlamayapti sovuqda xona ichida kurtka shapkada o'tiribmiz. Yotoqxonamiz bu yil kapital remontdan chiqqan bo'lsa ham issiq suv tizimi deyarli yaxshi ishlamaydi. Shuncha qiynalib yashayotganimiz kamdek minnatli yashaymiz, tarbiyachimiz bir og'iz gapirishga qo'ymaydi "uyingda yo'q sharoit bor shukr qil" deydi vaholanki uyimizdagi sharoit buyerdagi sharoitdan ancha yaxshi va uylarimiz issiq. Dekan zamdekanlarga sovuq xonamiz desak foydasi bo'lmayapti. Dardimizni kimga aytamiz hayronmiz😢"

👍41🤬12😢4
Talaba.uz | Ta'lim portali
#talabalardan ❗️Qarshi davlat universiteti talabasidan kelgan murojaatni o'zgartirishsiz havola qilamiz: "Assalomu alaykum man Qarshi davlat universiteti talabasi boʻlaman. Bilasizki, havo harorati keskin sovib ketdi. Ammo unversitet isitish tizimi ishlamayotganligi…
Муносабат
Жорий йилнинг 8 декабрь куни ижтимоий тармоқдаги “TalabaUz” телеграм каналида “Иситиш тизимининг ишламаётганлиги ва мазкур ҳолат талабаларнинг дарсга келмаслигига сабаб бўлаётганлиги” мазмунида хабар ёритилди.
Ушбу ҳолат юзасидан Қарши давлат университети қуйидаги муносабатни билдиради.
Об-ҳавонинг кескин совиб кетиши натижасида электр таъминотида чекловлар бўлгани ҳамда табиий газ босимининг пасайиб кетганлиги олий таълим муассасаси иссиқлик тизимига бевосита таъсир кўрсатмоқда. Бу ҳолат иситиш сифатига ҳам таъсир қилади. Қарши давлат университети мазкур масалага жиддий эътибор қаратиб, муаммоларни бартараф этиш чораларини кўрмоқда. Ҳозирда барча ўқув бинолари ва талабалар турар жойларида иситиш тизимининг барқарор ишлаши таъминланди.

👍11👎5
#diqqat
❗️Aytishlaricha, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari masofaviy (onlayn) ta’limga oʻtishi mumkin.
🌨 Hozirda, universitetning ayrim kurs talabalari Toshkentdagi noqulay ob-havo va transport muammosi sababli darslarni online tarzda davom ettirishni boshlagan.

👍78👎10😢2
Onaning qiziga nasihati
Qalb qo‘rim, bebaho boyligim, kipriklarimda asraganim, gul iforligim, jigarporam, jon qizim! So‘zlarimni diqqat bilan tingla va zinhor unutma. Chunki bu dunyoda onangdan yaqinroq do‘st topa olmaysan. Sen bebaho boyligim, xazinamsan. Robbimning eng go‘zal omonati, kelajakning onasisan. InshaaAlloh, poyi qadami jannat, jamiyatning ustozisan. Allohni tanigin, bandalik ta’mini his et va Undan kelgan qismatga rozi bo‘lginki, U ham sendan rozi bo‘lsin! Shuni unutmagin, Alloh seni o‘zingdan ham yaxshi biladi.
Senga nima yaxshi, nima yomonligini O‘zi biladi. Sen uchun eng to‘g‘risi nima ekani faqat Allohga ayon. Jonimning parchasi, oy qizim, axloqsiz kimsalarning badbin o‘ylarida kezishingga toqat qilolmayman. Begona nazardan senga ozor yetishiga ko‘nglim chidamaydi.
Saodat va ehtiromga muyassar bo‘lish faqat Allohga bandalikni his qilishdadir. Allohga osiylik qilib insonlarni mamnun qilishga harakat qilganlar hech qachon baxtli bo‘lmaydilar. Ochiq-sochiq, behayo kiyinish Allohga gunohkor bo‘lishdir. Allohning amrini, oyati kariymani nazar-pisand qilmaslikdir. Tashqaridagi xavfu tahlikaga qaramay uy eshiklarini ochiq qoldirish demakdir.
Bir ayol hammaniki bo‘lmaydi, jon qizim. Bir ayolning jismini hamma ko‘rishi mumkin emas! Ayolga o‘tgan-ketgan qo‘l cho‘zib, teginishi mumkin emas! Allohga gunohkor bo‘lmasang, ehtirom, sharaf va saodat seni hech qachon tark etmaydi, jonim qizim.
Sen hayo va iffatni yopinginki, Alloh seni yomonliklardan, begona nazar, dushmanlik va sharmisorlikdan asrasin! Har doim pok yursang, pokizalar bilan birga bo‘lasan. Chunki Alloh Kitobida shunday marhamat qiladi: “Nopok ayollar nopok erkaklar uchun, nopok erkaklar esa, nopok ayollar uchun. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchun, pokiza erkaklar pokiza ayollar uchun”
(Nur surasi, 26- oyat)
Sen husn-latofatingni, ayolligingni shaytonsifat kimsalardan pinhon tut, qizim–jonim. Alloh senga buyurganini ado qil va faqat O‘ziga tavakkulda bo‘l. Sen tasatturni vujuding gavhari kabi bil. Chunki ko‘zi hijobni ko‘rmagan nomardlar ham ko‘p dunyoda. Alloh senga in’om etgan husn va latofatni Uning omonati deb bil va omonatdorlikni go‘zal himoya qil. Omonatdorlikni anglamaydigan, odob-axloqdan bebahra erkaklar ko‘p.
Ayol, ona bo‘lgin va axloqi go‘zal, fe’l-huyi mukammal yigit-qizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgin. O‘zligidan, dinidan, Allohdan uzoqlashgan jamiyat muhaqqaq kelajagidan mahrum bo‘ladi. Bu jamiyat oriyatli, mard, himoyachi otalarga, iffatli, hayoli, ma’rifatli onalarga muhtoj. Dunyoni bir silkitib hushini o‘ziga keltiradigan onalar kerak bizga. Gʻarb zulmati girdobida qolib jarohati og‘ir dardlarga mubtalo bo‘ldik. Biz o‘zimizni, o‘zligimizni unutdik. Allohdan hayo qilishni unutdik, bolajonim.
Endi bu jarohatimizga kelajak avlodni go‘zal xulq uzra komil tarbiya qilish bilan malham qo‘yishimiz kerak. Sening zimmangda shu vazifa yuklangan, ona qizim. Hayo libosing, taqvo ziynating, ma’rifat zeboyishing bo‘lsin. Ana shunda sendan ikki dunyoda rozi bo‘laman, gul iforli qizim.
Ⓜ️ Umida Aziz @mezanauz

👍27🔥5❤🔥1
❗️Bugun toʻlov-kontrakt pulini toʻlashning so'nggi kuni. Banklar ertaga ishlamaydi!
✅ Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilida OTM bakalavriat va magistraturaga kirgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirgan yoki tiklayotgan talabalar uchun kontraktni toʻlashning soʻnggi muddati 2022-yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan.
Bugun oxirgi kun, chunki 10-dekabrga qadar banklarda bugun rasman oxirgi ish kuni. Shu sababli, bank ishlamagach, kontrakt pulini mobil ilovalar orqali to'lashdan boshqa alternativ usuli yo'q.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
✅ Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilida OTM bakalavriat va magistraturaga kirgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirgan yoki tiklayotgan talabalar uchun kontraktni toʻlashning soʻnggi muddati 2022-yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan.
Bugun oxirgi kun, chunki 10-dekabrga qadar banklarda bugun rasman oxirgi ish kuni. Shu sababli, bank ishlamagach, kontrakt pulini mobil ilovalar orqali to'lashdan boshqa alternativ usuli yo'q.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎11👍4🔥1
Bir millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yo uzoq masofaga uchuvchi raketa bo‘lishi shart emas. Buning uchun ta’lim darajasini tushirish va talabalarni aldov (shpargalka)ga o‘rgatishning o‘zi kifoya. Shunday qilinsa:
* Kasal aldov bilan muvaffaqiyatga erishgan shifokor qo‘lida o‘ladi.
* Uylar aldov bilan diplom olgan muhandis qo‘lida qulaydi.
* Moliya aldov bilan diplom olgan hisobchi qo‘lida inqirozga uchraydi.
* Insoniylik aldov bilan diplom olgan din shayxi qo‘lida halok bo‘ladi.
* Adolat aldov bilan diplom olgan sudya qo‘lida barham topadi.
* Farzandlar ongi aldov bilan diplom olgan o‘qituvchi qo‘lida xarob bo‘ladi.
TA’LIMNING QULASHI MILLATNING QULASHIDIR.
Kanalga ulanish 👇👇

👍14🔥3👏1
Talaba.uz | Ta'lim portali
#talabalardan "Assalomu alaykum men Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabasiman. Kun judayam sovuq bizning universitet qizlar yotoqxonasida esa isitish tizimi umuman yaxshi ishlamayapti sovuqda xona…
Муносабат
Жорий йилнинг 8 декабрь куни “TalabaUz” телеграм каналида «Ётоқхонамиз бу йил капитал ремонтдан чиққан бўлса ҳам, иссиқ сув тизими деярли яхши ишламайди, тарбиячи, декан, замдеканларга совуқ хонамиз десак фойдаси бўлмаяпти» мазмунида хабар ёритилди.
Ушбу мурожаатга Самарқанд давлат ветеринария медицинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети Ахборот хизмати муносабат билдиради.
Мамлакатимизнинг бошқа ҳудудлари сингари, Самарқанд шаҳрида об-ҳавонинг кескин пасайиб кетиши, элекр энергияси билан боғлиқ чекловлар табиий газ босимига ҳам ўз таъсирини кўрсатди. Бу ҳолат бевосита иситиш тизимларига ҳам таъсир қилиб, айрим носозликларни келтириб чиқарди.
Самарқанд давлат ветеринария медицинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети мазкур масалага жиддий эътибор қаратиб, қизлар ётоқхонасидаги мазкур муаммоларни бартараф этишнинг турли чораларини кўрмоқда.
Шунингдек, мазкур вазиятдан келиб чиқиб, университетнинг масъул мутасадди раҳбариятидан тортиб, профессор-ўқитувчиларигача талабаларнинг муаммоларини ўрганишга жалб этилган. Ҳар куни факультетлар деканлари ўринбосарлари ва тарбиячи - педагоглар томонидан талабалар яшаш шароитлари доимий назорат қилиб борилмоқда.
Ҳозирда барча ўқув бинолари ва талабалар турар жойларида иситиш тизимининг барқарор ишлаши таъминланди.
Ахборот хизмати

👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥 Bugun 10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun.
Madhiya she'ri muallifi Abdulla Oripov, bastakor Mutal Burhonov.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Madhiya she'ri muallifi Abdulla Oripov, bastakor Mutal Burhonov.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍16👎4
Qo'lingizdan kelganicha odamlarga yaxshilik qiling
Turmush o‘rtog‘im bilan uyda kitob o‘qib o‘tirgandik. Birdan mening telefonimga begona raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib qoldi. Go‘shakni ko‘tardim, narigi tomondan notanish keksa ayol ovozi eshitildi: "Yordam bering, ustimdan qulflab ketishgan, yeyishga, ichishga hech narsa yo‘q, jon beryapman!"
Va aloqa uzilib qoldi. Men o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim, erimga aytgandim, u meni tinchlantira boshladi: "Qo‘ysang-chi, xavotir olma, kimdir hazillashgan bo‘lsa kerak..."
O‘qishni davom ettirardigu, ko‘nglim notinch edi. Qayta qo‘ng‘iroq qilishga qaror qildim. Chaqiruv signalidan keyin, kimdir go‘shakni ko‘tardi, yig‘i ovozi eshitila boshladi, hayajonda baqira boshladim: "Onaxon, kimsiz? Sizga nima bo‘ldi? Qayerda yashaysiz?", - "Lenin ko‘chasi(manzil)", - degan qisqagina javob ola oldim xolos. Yana aloqa uzildi. Endi xavotir butun vujudimni qamrab oldi. Erimga gapira boshladim: "U yerda nimadir bo‘lgan. Qo‘l qovushtirib o‘tira olmaymiz!". U menga qaradi-da, boshqachasiga tinchlana olmasligimni tushundi va: "Kel, qo‘ng‘iroq qayerdan bo‘lganini aniqlashga urinib ko‘ramiz", - dedi. Telefon raqamidagi kod raqam bizning shaharga tegishli emasligini anglatardi. Endi tamoman o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim: "Nima qilsak ekan?.."
Ammo erim o‘zini yo‘qotmadi, internet orqali o‘sha shahar milisiya bo‘linmasi raqamini topdi. Qo‘ng‘iroq qilib hammasini aytib berdi, o‘zini tanishtirdi va bizga aytilgan manzilni albatta tekshirib ko‘rishlarini iltimos qildi. O‘sha kecha uxlamadim hisob. Tuni bilan voqeani anglolmay xavotirlanib chiqdim. Ertasiga esa mening telefonimga yana qo‘ng‘iroq qilishdi.
Notanish kishi o‘zini milisiya xodimi ekanligini aytdi. Uning aytishicha, biz vaqtida harakat qilibmiz.
Menga qo‘ng‘iroq qilgan onaxon son suyagini sindirib olganligi tufayli bir necha oydan beri o‘rnidan tura olmas ekan. Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, unga o‘g‘li g‘amxo‘rlik qilarkan. Ularda aloqa uchun telefon bor, lekin onaxon undan foydalanishni hech o‘rgana olmayotgan ekan.
O‘sha qo‘ng‘iroqdan ikki kun oldin onaxonning o‘g‘lini ko‘chada mashina urib ketib, reanimasiyaga tushib qolgan, yigit xushiga kelgan, lekin hech narsani eslay olmayotgan ekan. Onaxon esa, bu vaqt orasida unga nima bo‘lganini ham bilolmay, joyidan qimirlay olmay yotgan. Qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lganida esa, telefon xonaning narigi chetidagi stol ustida ekanini bilibdi. U o‘zining baland qon bosimi bilan kurashib, krovatidan emaklab tushib, stolgacha sudralib borishga majbur bo‘libdi. Telefonni qo‘liga olgach, taxminiy raqamlar tera boshlabdi, lekin uning ingrangan ovozini eshitganlar nuqul qizil tugmani bosib qo‘yaveribdi. Bizga qilgan qo‘ng‘irog‘i oxirgisi bo‘lgan, polda yotib olib qo‘ng‘iroq qilaverish onaxonni nihoyatda charchatgan ekan. Milisiya xodimlari eshikni ochganida(bunga ham ma’lum vaqt ketgan, ular qo‘ni-qo‘shnilar bilan biroz suhbatlashgan), onaxonni xushsiz holda topishgan.
Keyinroq shifokorlar yana biroz vaqt o‘tganida, onaxonni qutqara olmasdik, deyishibdi. Shukurki, hammasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Keyinroq bizga onaxonning o‘g‘li qo‘ng‘iroq qildi, uzoq minnatdorchilik bildirdi va onasi tuzala boshlaganini aytdi.
O‘sha kundan buyon odamlarga jiddiyroq e’tibor beradigan bo‘ldim. Chunki hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin ekan.
Agar sizda kimgadir yordam berish imkoni bo‘lsa, bu imkoniyatdan albatta foydalaning.
©️ Gavhar Nasrulloh tarjimasi.
Ps: Bu voqeani o‘qir ekanman, har birimiz o‘sha keksa onaxon o‘rnida yoki onaxonning qo‘ng‘irog‘iga javob qaytargan oila o‘rnida bo‘lib qolishimiz mumkinligi haqida o‘ylab qoldim...
O‘sha oila o‘rnida biz bo‘lsak, o‘zimizni qanday tutardik? Qayta qo‘ng‘iroq qilarmidik? Boshqa shahar ekanini bilganimizda-chi, u holda harakatlarimiz davomi qanday bo‘lardi?...

👍58🔥8😢6
Baliq yeb, undan so'ng baliqlar o'lib qolmasligi uchun suv ichadigan darajada mehribon insonlar talabalar bo'ladi 🥲
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣153🐳13👍8
❗️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun qishki ta'til sal kam bir oy davom etadi
Unga ko'ra kunduzgi ta'lim talabalari:
1-2-3-bosqich bakalavrlar uchun qishki ta'til — 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 21-yanvariga qadar davom etadi. O'qishning birinchi kuni 23-yanvar(dushanba)dan boshlanadi;
4-bosqichning faqatgina OOSMJ, TJICHAB, EAMM, MMTX ta'lim yo'nalishlarining bakalavrlari uchun qishki ta'til — 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 21-yanvariga qadar davom etadi. O'qishning birinchi kuni 23-yanvar(dushanba)dan boshlanadi;
4-bosqichning qolgan ta'lim yo'nalishlarining bakalavrlari uchun qishki ta'til 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi. O'qishning birinchi kuni 9-yanvar(dushanba)dan boshlanadi;
1-bosqich magistrlar uchun qishki ta'til — 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 21-yanvariga qadar davom etadi. O'qishning birinchi kuni 23-yanvar(dushanba)dan boshlanadi;
2-bosqich magistrlar uchun qishki ta'til 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 28-yanvariga qadar davom etadi. O'qishning birinchi kuni 30-yanvar(dushanba)dan boshlanadi.
2022-2023 o‘quv yilining qishki semestrida o‘qish istagini bildirgan talabalar tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni qayta o‘qish uchun “Qishki semestr”ga qabul qilingan talabalar uchun tasdiqlangan dars jadvali asosida 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 21-yanvariga qadar o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinadi

👍28🔥4🐳4
❗️Poyezd orqali qo‘shimcha qatnovlar qo‘yila boshlandi
🔰 Ma’lumki, avvalroq talaba va oʻquvchilarga qishki ta’tilda doimiy yashash joylariga borib kelishlariga qulaylik yaratish maqsadida qoʻshimcha joylar (reyslar) sonini yanada koʻpaytirish choralari ko‘rilayotganligini xabar qilgandik.
Ko‘p o‘tmay “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yila boshlandi:
🚆“Andijon — Xiva — Andijon” yo‘nalishi;
🚆“Andijon — Termiz — Andijon” yo‘nalishi;
🚆“Qo‘ng‘irot — Andijon — Qo‘ng‘irot” yo‘nalishi;
🚆“Toshkent — Urganch — Toshkent” yo‘nalishi;
🚆“Toshkent —Termiz — Toshkent” yo‘nalishi;
🚆“Toshkent —Andijon — Toshkent” yo‘nalishi.
❗️Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l kassalaridan, balki elektron tarzda chipta.railway.uz orqali ham onlayn xarid qilishingiz mumkin.

👍13👎3👏3
IJOBIY FIKRLASH FOYDASI!!!
Ishonish qiyin, ammo hisoblashlaricha, insonda bir kunda o’rtacha 100 000 fikr kelarkan. Ha, juda ko’p! Afsuski, bu yugurdak hayollarimizning kattagina salbiy qismi jismoniy holatimiz, kayfiyatimiz, butun hayotimizda salbiy aks etishi mumkin.
Agar bir kundagi o’ylarimizning yarmidan ko’prog’i ijobiy bo’lganda ham, omadim chopdi, deyavering...
Yorug’lik tezligi fikrning tezligi oldida hech narsa emas. Agar yorug’lik 300000 km/s tezlikda tarqalsa, fikr lahzada tarqaladi.
Fikr efirlar orasida o’tkazuvchan elektrdan ham ancha nozik ekan. Va eng qizig’i, fikr ohangrabo singari o’ziga tortish hususiyatiga ham ega.
Yaxshi fikr yaxshi voqea-hodisalarni, yomon fikr noxushliklarni o’ziga tortadi.
Hayotingizning asosiy qahramoni o’zingiz ekanligini hisobga olsak, umringizni mazmunli o’tkazish uchun bu minglab kelib-ketuvchi fikrlarni boshqarishingiz kerak bo’ladi.
Do'stlarga ulashing👇👇

👍9🔥2😍1