Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​#Ibrat

Italiyada bir qahvaxona egasi odamlarga ahloqni o'rgatishni istab Qahvaxonaga kirish qismida bir yozuvli taxtachani o'rnatib, quyidagi yozuvlarni yozib qo'ydi:

"Bitta qahva" - 3 Yevro
"Iltimos bitta qahva" - 2 Yevro
"Xayrli tong, Iltimos bitta qahva" - 1 Yevro

Ahloqning qiymati va foydasi cheksiz!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#ibrat_vaqti

Telefonimga singlimdan SMS keldi "Akajon, tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Uzoq umr ko‘ring" deyilgandi unda. Jaxlim chiqib, ukamga qo‘ng‘iroq kildim.
- Bitta-yu bitta singlimiz akajonining tug‘ilgan kuni qachonligini bilmas ekan , dedim. -Meni tabriklab, SMS yuboribdi. Yozda tug‘ilganimni yetkazib qo‘y! Ukam biroz sukut saqlab turdi-da, so‘ng javob berdi:
- Menga ham SMS yuboribdi . Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman, debdi
- Nima? Senga xam yuboribdi?... Nega?
- Tushunmadingizmi? - xo‘rsindi ukam. - Aslida men bilan sizning emas, singlimizning tug‘ilgan kuni ekan!
Hech nima deya olmadim. Uyatdan yuzlarim lovullardi
...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#ibrat
YAXSHI SO'Z KUCHI

Bir kuni yosh Tomas Edison uyga kelib onasiga o’qituvchini maktubini berdi.

Ona ko’zlarida yosh bilan maktubni o’qib berdi:

- "Sizning o’g’lingiz - geniy. Bu maktab unga kichiklik qiladi va bu yerda uni talablariga javob bera oladigan o’qituvchi yo’q. Shu sababli uni o’zingiz o’qiting."

Oradan yillar o’tib, onasining o’limidan so’ng Edison arxivlar ichidan bir maktub topib oldi:

"Sizning o’g’lingizning aqli rivojlanmagan. Biz uni boshqa o’qita olmaymiz. Shu sababli uni uyda o’qitishingizni tavsiya qilamiz".

Edison uzoq muddat yig’ladi va o’z kundaligiga yozib qo’ydi:

"Tomas Edison aqli rivojlanmagan bola edi. Onasining qahramonlarcha harakati bilan o’z asrining buyuk daholaridan biri bo’lib yetishdi"

Hulosa o'zingizdan...

Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Ibrat

AXLOQ

Suv, Olov va Axloq – uchovi do‘st tutinishibdi. Bir kuni ular sayrga chiqishibdi. Bir-birlaridan xavotir olib, Suvdan so‘rashibdi:
– Agar yo‘qolib qolsang, seni qayerdan topamiz?
– Qayerda sharillash ovozini eshitsangiz, men o‘sha yerda bo‘laman, – debdi Suv.
So‘ngra Olovdan so‘rashibdi:
– Seni yo‘qotib qo‘ysak, qayerdan topamiz?
– Qayerda tutun ko‘rsangiz, men o‘sha joyda bo‘laman, – debdi Olov.
Navbat Axloqqa kelganida, u shunday javob beribdi:
– Meni yo‘qotsangiz, izlab yurmang. Hech qayerdan topa olmaysiz.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat

Olimga haydovchi bo‘lgach...

Eynshteyn ko‘p joylarda ma’ruza qilar, ularga hamisha xos haydovchisining ulovida borardi. Haydovchi uning ma’ruzalarini har safar tinglovchilar bilan birga o‘tirib eshitardi. Shunday kunlardan birida: “Janob Eynshteyn, – deb qoldi haydovchi, – ma’ruzalaringizni uzoq vaqtdan beri eshitib kelaman. Shu darajaga yetdimki, nima deyishingizni so‘zma-so‘z bilaman”.

– Yaxshi, – dedi olim. – Hozir borayotgan joyimizda meni tanishmaydi. Palto va bosh kiyimlarimizni almashtiramiz, ma’ruzani sen qilasan.

Kelishuvga binoan haydovchi gapirdi. Aytganidek, “dars”ni yaxshi o‘zlashtirgan edi. Bir kishi turib oldin hech kim so‘ramagan savol berib qolgunicha ishlar silliq ketayotgandi. Lekin haydovchi gangib qolmadi:

– Shu oddiy narsani bilmasligingiz juda g‘alati, – dedi xotirjamlik bilan. – Hozir orqa qatorda o‘tirgan haydovchimni chaqiraman, savolingizga javobni undan olasiz.

Do'stlarga ulashing😌👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

#ibrat

Ilm uch qarichdan iborat:
- Kim (ilmda) bir qarich ildamlasa, kibrlanadi.
- Kim ikki qarich ildamlasa, kamtar boʻladi.
- Kim uch qarich ildamlasa, (hali hech narsani) bilmasligini tushunib yetadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍36🔥4