Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️ Qizlarga mazza, ularga FOIZSIZ kredit beriladi!

🇺🇿 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga 2022-yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

❓Kredit kimlarga beriladi?

✅Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
✅Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

❓Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

✔️Kunduzgi;
✔️Sirtqi;
✅Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi ❌

❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

✅Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

❓Toʻlash qachondan boshlanadi?

✅ Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

❓Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

➡️ Kontraktda o'qiydigan qizlarga yuboring!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50👀3⚡2👏2🤣2🔥1👌1
⚡️14 ta ta'lim yo'nalishlari uchun sirtqi qabul yopilgan

✅ Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

❕ Ushbu tartib Respublikadagi barcha davlat va nodavlat oliygohlar uchun taalluqlidir.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37👏4🔥2
💥🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! 🥳

😇 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz dasturxoni to‘kin-sochin bo‘lsin!

☁️ Tinchligimizga ko‘z tegmasin Ilohim!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥47👍24👏12❤9⚡6🤝4👀3
⚡️ Sentyabrdan tibbiyot yo‘nalishi talabalari salkam 1 mlnlik stipendiya oladi

✅ «IELTS» darajasi kamida 7.5, boshqa chet tili darajalari kamida C1 bo‘lgan talabalar til sertifikati amal qilish muddati tugaguncha stipendiya olishlari mumkin.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36🤣34⚡15❤6👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#motivatsiya

☝️ Mutlaqo to'g'ri gaplar!

Ukalar, singilar, hali endi o'qishga kirgan yoki kirish niyatidagi talabalarga maslahat bergan bo'lardik: "Pulni orqasidan quvmang, o'zingiz qilayotgan ishga mehr bering, izlaning, mutaxassis bo'ling, pulni o'zi qidirib keladi. U qanday soha bo'lishidan qat'iy nazar!

To'g'ri milliarder qilmas, lekin sizga yetarlicha keladi!


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍36👏5
☝️Xususiy oliygohga topshirib, kelasi yil davlatnikiga perevod qilaman deganlar imtihonda necha ball to'plashi kerak?

✅ 2023-yilda xorijiy davlatlardagi OTMlar, respublikamizdagi nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari. Kelasi yil ham ballar shu atrofida bo'ladi

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🤣3🤝2⚡1👀1
Shundaylar bormi tez yuboramiz 😅

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤣154🤪12👍10❤2👌1
❓Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali) tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

❗️BHM – 330 ming so‘m (2022-yil 1-iyundan). 50xBHM=16 500 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

⚠️ Ushbu imtiyoz xususiy oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun ham taalluqlidir!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45👀4⚡3🤝3❤2
❔Kontraktni qachon to‘lash kerak?

1️⃣ Kontraktning kamida 25 foizini 1-kurslar 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha);

2- va undan keyingi kurslar 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

2️⃣ Kontraktning kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha) to‘lanishi kerak.

Xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha to‘lab bo‘lishi kerak.

❕ Eslatma: yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdori hali tasdiqlanmadi. Yaqin orada chiqishi kutilyapti.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍29❤6
⚡️Hamma 1-kurslarga 2 oylik kvartira ijara puli davlat tomonidan to'lab beriladi

✅ 1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga
qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

❌ Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;
Qolgan hududlarda
– BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m.

330 ming ham yomon emas-a?

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍82👏8🤝6🔥3❤1⚡1👀1
#eslatma
❗️Ertaga, 4-sentyabrdan barcha talabalar uchun dars jarayonlari boshlanadi

✅ Yuqoridagi rasmda metro bekatlariga yaqin joylashgan 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti aks etgan.

✅ Ushbu jadval Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlariga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍45🤪11⚡3👏3👌3👀3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#motivatsiya

☝️ Mutlaqo to'g'ri gaplar!

Ukalar, singilar, hali endi o'qishga kirgan yoki kirish niyatidagi talabalarga maslahat bergan bo'lardik: "Pulni orqasidan quvmang, o'zingiz qilayotgan ishga mehr bering, izlaning, mutaxassis bo'ling, pulni o'zi qidirib keladi. U qanday soha bo'lishidan qat'iy nazar!

To'g'ri milliarder qilmas, lekin sizga yetarlicha keladi!


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍42🔥10
⚡️Ta'lim krediti olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin

Taʼlim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi o‘rtoqlar! Endilikda kreditga ariza berish uchun Talim-krediti.uz maxsus platformasiga kirib ariza yuborsangiz bo‘ldi. Bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.

Buning uchun:
☑️ Kreditga ariza yuborishda arizachi:
• pasporti yoki ID raqami;
• Tug‘ilgan sanasi(kun, oy va yil);
• FISH kiritiladi.

☑️ Manzil:
— Manzilingiz(viloyat tuman mahalla ko‘cha/xonadon raqami va telefon raqami kiritiladi;

☑️ Kredit maʼlumotlari:
— Yaʼni taʼlim shakli, oliy taʼlim muassasasi maʼlumotlari, moliyalashtiruvchi bank manzili, kontrakt summasi va garov turi kiritiladi.

☑️ Kredit olish jarayoni quyidagicha:
● Onlayn ariza qoldirish;
● Arizani ko‘rib chiqish;
● Hujjatlarni rasmiylashtirish;
● Kredit ajratish.

Ariza yuborish uchun 👉 BU YERNI 👈 bosing.

© Manba

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23👏4❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2023-2024-o‘quv yili uchun O‘zDJTUda qo‘shma ta’limga qabul davom etmoqda!

🏛🎓O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida  Moskva davlat lingvistika universiteti  bilan hamkorlikdagi  qo‘shma ta’lim (Chet tillarini va madaniyatini o‘qitish nazariyasi va metodikasi) dasturida o‘qish uchun hujjatlar qabuli davom etadi.

✅ 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyati;
✅  Bitirgandan so‘ng vazirlik va idoralarda, diplomatik sohalar, oliy ta’lim muassasalarida, maktab va kollejlarda faoliyat yurita olasiz.

📞 Murojaat uchun:
+998934272758
+998999076617

✅ Telegram:
👉 Qabul boʻlimi 1
👉 Qabul boʻlimi 2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prjanoff - O’qish boshlandi 😂

4 - sentabrdagi “ayrim” odamlarning hayoli
😂 qaysi biri silaga yaqin👈

✅ Kayfiyatni ko'taramiz 💯

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣56👍20🔥2👌1👀1
⚡️14 ta ta'lim yo'nalishlari uchun sirtqi qabul yopilgan

✅ Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

❕ Ushbu tartib Respublikadagi barcha davlat va nodavlat oliygohlar uchun taalluqlidir.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤4👀2
O‘qishni_ko‘chirish_statistikasi_2023_2024_o‘quv_yili_uchun.pdf
455.2 KB
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning natijalari (oliy ta’lim tashkilotlari va davlatlar kesimida)

👨🏻‍🎓 Joriy yilda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etgan 41 122 nafar talabgorning 4 433 nafari (10,8 %) o‘qishni ko‘chirish uchun talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) talabni bajara olmagan.

📈 Ularning 18 543 nafari O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, 3 ta OTM talabalari 100 foizlik natija ko‘rsatgan bo‘lsa, 29 ta OTM talabalarining birortasi minimal talabni bajara olmagan.

✅ Yuqori natija qayd etgan OTMlar:

🔹 PDP University — 100 % (2 nafardan 2 nafari);
🔹 Toshkent shahridagi INHA universiteti — 100 % (2 nafardan 2 nafari);
🔹 MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali — 100 % (1 nafardan 1 nafari);
🔹 Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti — 51,2 % (41 nafardan 21 nafari);
🔹 O‘zbekistondagi Sharda universiteti — 43,9 % (57 nafardan 25 nafari).

✅ Talabgorlarning 22 579 nafari xorijiy mamlakatlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, Janubiy Koreya (42,9%), Latviya (42,9%) va Polsha (42,9%) davlatlaridan o‘qishni ko‘chirayotgan talabalar yuqoriroq natija qayd etgan.

▶️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha eng ko‘p arizalar Qirg‘iziston (12 472 nafar), Tojikiston (4 836 nafar), Qozog‘iston (2 968 nafar) va Rossiyada (2 135 nafar) tahsil olayotgan talabalardan kelib tushgan.

👆 Batafsil yuqoridagi pdf faylda.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥3❤1👏1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli_rolik

🚫 Bolalar o‘z ota-onalarini tanlay olmaydilar...
(nihoyatda ibratli rolik)

😇 Siz ular tanlashni xohlagan ota-ona bo‘ling!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39❤5🔥4👏2🤪2⚡1
❓Talabalar yotoqxonasi to‘lovida kimlarga imtiyoz beriladi?

✅ Javob:
Imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi. Bunda talaba yotoqxona to‘lovidan qisman yoki to'liq ozod etilishi mumkin.

➖ Quyidagilar yotoqxona to‘lovidan to'liq ozod etiladi:
— ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
— chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etgan) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etgan);
— mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
— ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

➖ Quyidagilarga umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi:
— umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironligi borlar;
— vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalar.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🤝3⚡2🤣2👀2🤪1
#To‘lov_kontrakt #Xushxabar

📌 Davlat oliygohlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, yana bir yengillik – tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

Manba: @eduuz

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51👏3⚡2🔥2