Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.97K photos
737 videos
118 files
3.73K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
#eslatma

❗️Talabalarni ijaraga qo‘ygan uy egalaridan daromad solig‘i olinmasligi mumkin.

▪️Qonun loyihasiga ko‘ra, talabalarni o‘z uylariga ijaraga joylashtiruvchi shaxslarning ijara to‘lovlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

👉 Uy egasi va talaba o‘rtasida ijara shartnomasi qanday tuziladi? ( Batafsil ma'lumot )
👉 Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi qanday? ( Batafsil ma'lumot )
👉 Ijara to‘lovi uchun ariza namunasi. ( NAMUNA )

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1👏1
Talabalar | Rasmiy kanali
❓Qishki perevod uchun qabul jarayonlari qachon boshlanadi? ✅ Qishki perevod uchun ariza topshirish jarayonlari har yili 20-dekabr sanasidan keyingi yilning 20-yanvariga qadar bir oy davom etadi; O‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror…
#Eslatma

❗️Qaysi toifadagi talabalar qishki perevod vaqtida o‘z o‘qishini ko‘chira oladi?

- Xalq tilida qishki perevod deb ataluvchi qabul jarayonlari 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar davom etadi va quyidagi toifaga kiruvchi talabalar o'qishini ko'chirishi mumkin:


1) Talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan koʻchib oʻtganda – ya'ni talabaning doimiy yashash joyi boshqa viloyatga ko'chishi munosabati bilan o'qishni ko'chirish uchun qishki qabul jarayonida hujjat topshirishga ruxsat beriladi. 1-toifadagilarga asosan boshqa viloyatga ko'chib ketgan yigit-qizlar va boshqa viloyatga turmushga chiqqan talaba-qizlar kiradi.
📎 Asos sifatida doimiy yashash joyi o'zgargani haqida pasportdagi shtamp yoki Pasport stoldan spravka taqdim etiladi.

2) Talabaning turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasi harbiy xizmat oʻtash joyini oʻzgartirganda – shartnoma asosida harbiy xizmatni o'tayotgan (ishlayotgan) harbiylar (IIV, DXX, Prokuratura va x.k.)ning xotini yoki farzandi oliygohda tahsil olayotgan davrida ularning ish joyi boshqa viloyatga ko'chishi sababli qishki qabul jarayonlarida o'qishni ko'chirish uchun hujjat topshirishlari mumkin.
📎 Asos sifatida ish joyidan ma'lumotnoma taqdim etiladi.

3) Talabaning ota-onasi (turmush oʻrtogʻi) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda – bular asosan elchixona, razvedka tizimida ishlovchi hodimlarning farzandi va turmush o'rtoqlari bo'lib, ularning O'zbekistondagi doimiy yashash joylari muntazam o'zgarib turadi. Shu sababli bular xorijdagi davlat xizmatidan qaytganidan so'ng yashash viloyatini o'zgartirishlari yoki unga qadar ham o'zgarib turgan bo'ladi. Bu toifadagilar uchun ham qishki qabul jarayonida hujjat topshirish imkoni beriladi.
📎 Asos sifatida ish joyidan ma'lumotnoma taqdim etiladi.

👇 Davomi keyin postlarda ...

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍10
#oqishni_tiklash #eslatma

❗️15-yanvardan o‘qishni tiklash bo‘yicha arizalar qabuli boshlangan.

Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish 15-yanvardan 25-yanvarga qadar davom etadi. Arizalar 25-yanvardan 15-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

Talabalar safidan chetlashtirilganlar o‘qishini boshqa OTMga mos ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish uchun ariza berishi mumkin. O‘qishga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

❗️Quyidagilar o‘qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:

➖ yetimlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
➖ muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan 3 yilda) akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytganlar;
➖ davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytganlar.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍78🔥14😢13😁11❤8
#eslatma
📌 Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yilning 1-Sentabridan buyon O‘zbekiston Respublikasi hududida:

▫️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 822 000 so‘m;

▫️bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 270 000 so‘m;

▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 so‘m;

▫️yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 so‘m;

▫️bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 so‘m;

▫️zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 440 000 so‘m etib belgilangan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍70😢19❤10😁7
#eslatma #repost
❗️OTMlarda kontrakt to‘lovlari muddati 1-martga qadar uzaytirildi.

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilandi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍59😢27🔥3😁3❤2
#Eslatma

Talabadan hech qachon pul kerakmi deb so‘ralmaydi, Ma kerak bopqolar deb beriladi. Hurmatli otalar 🤦‍♂😁

👉 @Talabalar
😁437👍63🔥23👏15❤9🤔5🤬5🎉4🤩4
#ana_xolos #eslatma

⚡️Rasman: Endi mutaxassislik fani 2 tadan 3 taga koʻpaytiriladi - manba

👉 “Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qoʻshimcha fanni tanlab, test sinovlaridan oʻtadi va uning natijalariga qarab oliygoh, taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlash imkoniyatiga ega boʻladi” — prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.

✅ Maʼlumot uchun: hozirda test sinovlarida 2 ta asosiy (mutaxassislik) va 3 ta qoʻshimcha (majburiy) fandan savollar beriladi.

💬 Imtihon natijalarini bilish uchun maxsus bot: @MandatIarBot

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🤪34🤣26👀11🔥10🤝6⚡4
#ana_xolos #eslatma

⚡️Rasman: Endi mutaxassislik fani 2 tadan 3 taga koʻpaytiriladi - manba

👉 “Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qoʻshimcha fanni tanlab, test sinovlaridan oʻtadi va uning natijalariga qarab oliygoh, taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlash imkoniyatiga ega boʻladi” — prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.

✅ Maʼlumot uchun: hozirda test sinovlarida 2 ta asosiy (mutaxassislik) va 3 ta qoʻshimcha (majburiy) fandan savollar beriladi.

💬 Imtihon natijalarini bilish uchun maxsus bot: @MandatIarBot

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣33👍26👀6⚡5🔥4🤝3🤪2
👩🏻‍🏫 O‘qituvchilar uchun yangilik!

📲 Oylik maoshlarni hisoblab beradigan bot ishga tushirildi. Endi siz qancha maosh olishingini o‘zingiz hisob-kitob qilib olish imkoniyatiga egasiz.

📑 Foydalanish yo‘riqnomasi:

1. 👉 Botdan foydalanish👈 ustiga bosing.
2. Start tugmasini bosganingizdan so‘ng, kanalga a’zo bo‘lish tugmasi paydo bo‘ladi. Ko‘rsatilgan kanalga a’zo bo‘lasiz va yana botga qaytib «Tekshirish» tugmasini bosasiz. Shundan so‘ng dars soat, toifa, ustamalarni bot avtomatik so‘raydi, siz esa shunchaki kerakli ma’lumotni kiritasiz.


#Eslatma: Soatbay darsni asosiy dars soatingizga qo‘shib hisoblamang!

👉 MAOSHNI HISOBLASH 👈

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤6🤝3⚡2👀2👏1
#eslatma
❗️Ertaga, 4-sentyabrdan barcha talabalar uchun dars jarayonlari boshlanadi

✅ Yuqoridagi rasmda metro bekatlariga yaqin joylashgan 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti aks etgan.

✅ Ushbu jadval Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlariga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍45🤪11⚡3👏3👌3👀3
#Eslatma

📌 Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til qachon tugaydi

OTM talabalariga va kollej, litsey, texnikum o'quvchilariga 7-yanvar dam olish tugab, 8-yanvardan o'qish kuni boshlanadi.

Maktab o'quvchilariga esa 12-yanvar kuni dam olish tugab, 13-yanvardan o'qish boshlanadi.



❓Yotoqxonalar qachondan ochiladi?

Yotoqxona qachondan ochilishini o'zingiz ta'lim olayotgan OTMdan yoki tyutorlaringizdan so'raganingiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Sababi hammada har xil vaziyat, qaysidir OTMlarda 5dan, qaysidir OTMlardan 3dan, yana qaysidir OTMlarda 6-7-yanvardan ochilishi mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17