Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️Davlat OTMlarida toʻlov-kontrakt mablagʻlari quyidagi muddatlarda toʻlanadi:

➖ kontraktning kamida 25% 15-sentyabrgacha;
➖ kontraktning kamida 50% 1-yanvargacha,
➖ kontraktning kamida 75% 1-aprelgacha
➖ va 100% 1-iyulgacha yoki OTM rektori tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha;
➖ tabaqalashtirilgan super-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun muddatni Davlat qabul komissiyasi va OTM rektori tomonidan belgilanadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍54🤔10👏8🔥4
⚡️ Taʼlim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:

✅ Yangi oʻquv yilidan boshlab magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard soʻm);

- har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

- har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yoʻqotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) taʼlim kontrakti mahalliy byudjetdan toʻlab beriladi;

- yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy oʻqishga sharoit yaratiladi;

- doktorantura yoʻnalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍106🤬8😢7😁4🤔3🔥1😱1
❗️29-aprel kuni taxminan soat 8:10 lar atrofida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba o‘z joniga qasd qilish holati kuzatilgan.

Talaba oʻzini 4-qavatdan pastga tashlab, halok boʻlgani aytilmoqda.

Ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv hakaratlari olib borilmoqda.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😱435😢197👍28🤔27🤯20🤬20👏7🔥6🎉3❤2😁2
⚡️O‘zbekistonning 30 ta oliygohi dunyodagi yetakchi OTM ro‘yxatiga kiritildi

📊 Reyting «Times Higher Education» tomonidan tuzib chiqilgan.

Top 30 da yuqori pog'onada turgan OTMlar:

1) Toshkent davlat agrar universiteti
2) Toshkent davlat yuridik universiteti
3) Toshkent tibbiyot akademiyasi


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍123🔥17👏17❤9🤬9😱3
⚡️ Rasman: Ramazon hayiti 2-mayga to‘g‘ri keladi

Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may – dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022-yil 2-may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi — Prezident qarori.

Shuningdek, 3-4-may kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍53🎉14👏8🔥3🥰2🤯2
⚡️Abituriyentlarni baholash mezoni o‘zgardi, bu 5 ta yo‘nalishni tanlash qamrovini ham o‘zgartiradi.

✅ Endi abituriyentlarga o‘tgan yilgidek mutaxassislik blokidagi 2 ta fan uchun ham birday 3,1 balldan berilmaydi, 2-fanga 2,1 balldan beriladi. Qayd etilishicha, baholash mezonidagi bu o‘zgarish abituriyentlarning 5 ta yo‘nalishni tanlash qamroviga ham ta’sir qiladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😱93🤬65👍47🤯21🤔15😢15😁8🔥6❤5🎉1
#tabassum_vaqti Dunyoda yo'q narsalar 😂

1) Issiq muz 🧊
2) Sog'in hoʻkiz 🐄
3) Hech narsasi yoʻq hokim 🙅🏻‍♂
4) Arzon benzin ⛽️
5) 22 yoshli chol 👴🏻
6) Reklamasiz telekanal 📺
7) Puli ko'p talaba 👨🏻‍🎓
8) Sog'lom kasal 🤧
9) Gaplashadigan qizi yo'q babnik
😅

P/s: Yana davom ettiringlarchi 😂😉

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁302👍70🔥15🤬15👏13🤔11❤8🤩7🥰5🤯3🎉3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Soqqa bo‘lishi kerak, dalda bo‘luvchi tanka kerak» — maktab yoshidayoq katta hayotni tushunib qoʻygan maktab oʻquvchisi :)

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍179😁74👏30🤔13🥰4❤3🤬3🔥1
😇 Qutlug' Ramazon Hayit bayrami muborak bo'lsin!

🌙 Barchamiz uchun eng go'zal ayyom va duolar ijobat qilinajak kun bo'lmish — Ramazon Hayit bayrami bilan sizni qutlaymiz.

🤲 Ushbu kunda qilinajak toat-ibodatlaringiz, umid ila duoga qo'l ochganingiz hamda xayr-u ehsonlaringiz qabul bo'lishini tilagan holda, bayram shukuhi xonadongizga fayz-u baraka, siz va yaqinlaringizning qalblariga iymon va ilm nurlarini ulashishiga sababchi bo'lsin, deb qolamiz.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍66❤19🥰14🎉13👏8🤯3🔥1
​⚡️Abituriyentlarga beriladigan 30 ga yaqin imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi. Qayta ko'rib chiqishga nimalar kiradi?

✅ Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda qat’iy ro‘yxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani belgilash rejalashtirilmoqda.

Bunda:

👉 oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozlar berishni to‘liq raqamlashtirish hamda elektron platforma orqali amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish;
👉 o‘qishga kirishda imtiyozlar berishning shaffof tartibini belgilash amalga oshiriladi.

Qissadan hissa: Homtama bo'lmang. Imtiyozlar aslo bekor qilinmaydi. Ko'paytirilib boraversa ham ajab emas. Shunchaki, hozirda borlarining hammasi (yoki ba'zilari) umumiy kvotadan chiqarilishi va tizim raqamlashtirishi kutilmoqda xolos.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍57😁12🥰7🤬6🔥5🤔4❤1
#Talaba_biografiyasi

Talaba - sutemizuvchilar sinfiga kiradi. 3ta turi bor. Grand. kontrak. super-kontrak. U asosan 3-4yil ko'pi bilan 5-7yil umr ko'radi. Yer yuzining barcha instituti bor joyda tarqalgan. Faqat mehmonxonalarda uchramaydi. Ko'proq yotoqxonada yashaydi. Doim tayyor ovqat bn abetlanadi; asosan: buxonka, rolton, tuxum sevimli taomi. Ovqat manbai stipendiya. O'ziga xos xususiyatlari: o'ta itoatkor. Har qancha xo'rliklarga chidamli. 1-2kun yemay, ichmay, uxlamay yura oladi. Yilda 2 marta katta miqdorda ehson qiladi. So'z boyligi domlani aldashga yetadi. Regeneratsiyasi kuchli: yillik yo'qotilgan vaznni yozgi ta'tilda tiklay oladi.

(Yana qo‘shimcha ma'lumotlar bo'lsa kommentariyada davom ettiring😉)

Davomi bor ...👇🏾

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁277👍78👏24🤬19🔥12🤯9❤8🥰8🤔4🤩2🎉1
⚡️2022-2023 o‘quv yilidan yangi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘z faoliyatini boshlaydi.

✅ Birinchi o‘quv yilida universitetda 7 ta mutaxassislik bo‘yicha 200 nafar talaba o‘qitiladi.

📑 Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev agrar sohada ta’limni yanada rivojlantirish masalalari hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalarning borishi yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍81❤11👏9🤯7🔥5🤬5🤩3🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlar uchun eng yaxshi motivatsiyalardan biri

© Muhammadali Eshonqulov

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍43🔥7😁7❤3🤯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Xushxabar

⚡Oʻzbekistonda 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab bazaviy kontrakt asosida oʻqishga kirgan xotin-qizlarga kontraktlarini toʻlash uchun 7 yilga foizsiz kredit beriladi

Shuningdek, ushbu oʻquv yilidan boshlab doktoranturaga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi;

Qayd etilishicha, xotin-qizlar uchun ajratiladigan grantlar soni kelgusi yillarda 3 baravarga oshirilib, 6 mingtaga yetkaziladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍46🔥6🥰2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nega Repetitorlar, atigi bir yilda o'rgatadigan bilimni maktablar 11 yilda o'rgatolmaydi?

Prezident Shavkat Mirziyoyevdan o'rinli tanqid!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍105👏26😁5🔥3❤2😢2
​​​​​​☑️​​​​Abituriyentlarga atalgan, motivatsiya baxsh etuvchi maxsus sheʼr.

MENI KUT, OLTIN DAVRIM!


Manzil uzoq. Yoʻllar toshloq.
Lekin, nurli kelajak.
Abituriyentning orzusi...
Osmonlardan oʻtajak.

Keling, doʻstlar sizga bugun
Bir hikoya aytayin.
Hayolimdan ketmaydigan
Bir davrga qaytayin.

Yoshlik zavqin chetga surib
Maqsadlarni katta qoʻyib,
Kechalari kitob oʻqib,
Chiqar bedor abituriyent.

Koʻzlar oʻqib tolib ketar,
Bazan och ham qolib ketar,
Koʻchalarda qolib ketar,
Puli qolmay abituriyent.

Oldiga bir maqsad qoʻyib,
Testlarini kutar kuyib,
Goho, oʻz oʻzidan toʻyib.
Yashar shoʻrlik abituriyent.

Buyuk inson boʻlmoq uchun,
Xalqqa xizmat qilmoq uchun,
Bir kelajak qurmoq uchun,
Izlanadi abituriyent.

Eng birinchi orzusi ham.
Oilasin ishonchidir.
Talabalik orzusi bu -
Abituriyent quvonchidir.

Ey Abituriyent doʻstim,
Bu sheʼrni senga yozdim.
Yuragingda qolsin deb,
Men anchagina ozdim.

Senga mening soʻnggi soʻzim
Sen avvalo angla oʻzni.
Oldingga bir shior qoʻygin.
Qolganiga yumgin koʻzni.

Maqsadingga erishasan.
Olloh berar oʻzi madad.
Oʻz yoʻlingni va baxtingni
Oʻz qoʻllaring bilan yarat.

Dangasalik qilma doʻstim.
Marrani sen katta olgin.
Hayolingni buzma sira.
Sen ezgulik sari borgin.

Bu hayotda oʻrningni top.
Garchi bekor ketmasin vaqt.
Umring, vaqting, bilimingni
Behudaga etmagin sarf.

Buyuk boʻlmoq oson emas.
Buyuklarning soni yoʻqdir.
Buyuklikka yetay desang..
Doʻstim, tezroooooq kitob oʻqi!


© Muhammadumar Abdullasharof

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍179❤22👏16🥰13😁9🔥4🎉3🤔2🤯2😢2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Imtihonda telefon yoki shpargalka bilan qoʻlga tushgan abituriyentlar birdaniga 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin.

❗️DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar koʻrish yoʻllari ustida ishlamoqda.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍133😱33🤬15👏13🔥10🎉9😁8🤯6🤩5😢1
#Maslahat_time 😂

InYazga o'qishga kirgan 1-kurs talaba, senga maslahatim: Jentelmenlik qilaman deb ovora bo'lma, qizlar ko'p, sen esa bittasan…)

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁400👍50🔥18👏14🤬14🤔10🥰5🤯5❤4🤩1
⚡️Talabalarga stajirovka uchun haq to‘lanadi

📑 Talabalarning davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘tashi to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

✅ Ta’kidlanishicha, magistratura talabalari ikkinchi yoki uchinchi semestrdan keyin 3,5 oy, bakalavriat talabalari to‘rtinchi semestrdan so‘ng 1,5 oy davomida stajirovka o‘tashlari mumkin.

✅ Magistrant stajyorlarga stajirovka boshlangan kunida belgilangan eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida, bakalavr stajyorlar uchun eng kam ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍63🤔15❤7🔥4👏4