Talabalar | Rasmiy kanali
84.3K subscribers
1.96K photos
736 videos
117 files
3.71K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
#Perevod

⚡️Talabalar o‘qishini ko‘chirish quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra bahorgi semestrdan oldin ham amalga oshirilishi mumkin:

👉 respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash ko‘chganda;
👉 turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududga ko‘chib o‘tganda;
👉 turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
👉 ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

✅ Bunda:

👉 o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish – har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvarigacha;
👉 o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish – har yili 25-yanvardan 15-fevralgacha amalga oshiriladi.

✅ Arizalar:

👉 o‘qishni ko‘chirish bir OTM doirasida bo‘lganda OTMning qabul komissiyasiga topshiriladi;
👉 boshqa holatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1
#Perevod_2022

— O'qishini ko'chirmoqchi va qayta tiklamoqchi bo'lgan talabalar quyidagi manzil orqali ariza yozishlari mumkin:

👉 Xorijiy va nodavlat oliygohlardan ko'chiruvchilar: transfer.dtm.uz

👉 Davlat oliygohlari ichida ko'chiruvchilar: transfer.edu.uz

❗️Qabul jarayonlari 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi. Imtihon jarayonlari abituriyentlar uchun test sinovlari yakunlangach bo'lib o'tadi.

⚠️ Eslatma: yuqoridagi saytlar qabul jarayonlari vaqtida ishga tushadi

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍37❤1😁1🤔1
#Perevod_2022

— O'qishini ko'chirmoqchi va qayta tiklamoqchi bo'lgan talabalar quyidagi manzil orqali ariza yozishlari mumkin:

👉 Xorijiy va nodavlat oliygohlardan ko'chiruvchilar: transfer.dtm.uz

👉 Davlat oliygohlari ichida ko'chiruvchilar: transfer.edu.uz

❗️Qabul jarayonlari 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi. Imtihon jarayonlari abituriyentlar uchun test sinovlari yakunlangach bo'lib o'tadi.

⚠️ Eslatma: yuqoridagi saytlar qabul jarayonlari vaqtida ishga tushadi

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

📨 Barcha abituriyentlarga ulashing!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍51🤬5🔥4👏1🤯1
O’qishni ko’chirish — vazir bilan suhbat
Xushnudbek.uz
#perevod #magistratura

🎙Oʻqishni koʻchirish hamda magistratura qabuliga oid ovozli chatning toʻliq audiosi.

Ushbu audiofaylda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov bilan boʻlgan suhbatimizni tinglashingiz mumkin.

©xushnudbek

🎓 @Talabalar | kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍57🤬22👏1
#Perevod_2022

⚡️O‘QISHNI KO‘CHIRISH TALABI RAD ETILISHIGA ASOSIY SABABLAR!

Jumladan;

➖ xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo'lmagan oliy ta'lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o'qiganlarga;

➖ respublika oliy ta'lim muassasalaridagi mavjud ta'lim shaklidan o'zga (boshqa) ta'lim shaklida o'qiganlarga;

➖ birinchi kursning birinchi semestr tugallanmagan holatda bo‘lsa (talabaga kasallik tufayli akademik ta'til berilgan holatlar, o'qigan ta'lim yo'nalishi mavjud bo'lmaganda ko'chirib tiklash holatlari bundan mustasno);

➖ oliy ta'lim muassasasida mos (turdosh) ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) yoki ta'lim shakli mavjud boʻlmasa;

➖ to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilganlar to'lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;

➖ talabaning shaxsiy yig'ma jildi (akademik ma'lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;

➖ oliy ta'lim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;

➖ maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta'lim yo'nalishi yoki ta'lim shakliga, boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko‘chirishda;

➖ talaba Oʻzbekiston va xorijiy oliy ta'lim muassasalarining o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo'shma ta'lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo'lsa (mazkur qo'shma dasturning o'zi bundan mustasno);

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍38🤬14😁3🔥2👏2🤯1
Turdosh yo'nalishlar ro'yxati.pdf
1.3 MB
#Perevod_2022 #Turdosh

⚡️Bu yil o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar bilishi kerak bo'lgan hujjat.

📥 Ushbu faylda o'qishni ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun turdosh va noturdosh yo'nalishlar ro'yxati bor. Bir guruhda bo'lsa turdosh har xil guruhlarda bo'lsa noturdosh bo'ladi.

✅ Turdosh yo'nalishlarga perevod qilish uchun pul to'lanmaydi, asosiysi sabab bo'lsa bas. Lekin noturdosh yo'nalishlarga perevod qilish uchun super kontrakt to'lash kerak, asosli sabab bo'lsa ham.

❗️Xorijiy va nodavlat oliygohlardan esa, faqatgina mos va turdosh yo'nalishlarga o'qishni ko'chirishga ruxsat etiladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍55🤬32👎10❤5🔥3
Bakalavr_turdosh_2024.pdf
1.8 MB
#Tezkor #Rasman #Perevod

⚡️ Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.

Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:

➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.

Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.

💬 Imtihon natijalarini bilish uchun bot:
👉
@MandatIarBot | @MandatIarBot

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤4👌3👏2🔥1