#ИЧКИ_ПЕРЕВОД
❓Oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlar uchun “Arizangiz qabul qilindi” nimani anglatadi?
Agar siz bir davlat OTMidan boshqasiga yoki bir OTM ichida bir yoʻnalishdan boshqasiga koʻchirish uchun ariza bergan boʻlsangiz va transfer.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizda “Arizangiz qabul qilindi” degan yozuv chiqqan boʻlsa, bu oʻqishni koʻchirishga ruxsat berildi, degani emas. Bu yozuv shunchaki birlamchi texnik tekshiruvdan muvaffaqiyatli oʻtib, arizangiz komissiya koʻrib chiqishi uchun qabul qilinganini bildiradi.
Tez orada arizangizni tegishli komissiya koʻrib chiqadi va oʻz xulosasini maʼlum qiladi.
Agar komissiya uzrli sabab sifatida koʻrsatgan vajlaringizni asosli deb topsa, bazaviy (oddiy) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishni koʻchirishga ruxsat beradi.
Agar uzrli sabab mavjud emas deb topsa, unda tabaqalashtirilgan (super-kontrakt) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishni koʻchirishga tavsiya etadi. Bunday holatda oʻsha talaba oʻqishni koʻchirish uchun ariza bergan yoʻnalishida super-kontrakt toʻlab oʻqishga majbur emas. Talabaning sharoiti koʻtarsa oʻqiydi, yoʻqsa oʻzining avvalgi joyida oʻqishini davom ettiraveradi. “Oʻqishni koʻchirish uchun ariza bergan ekansan, endi bizda oʻqimaysan”, deb talabalar safidan chiqarishmaydi.
🇺🇿 @Xorijdagi_Talabalar 🎓

⚡️ОТМ ичида ёки ҳудуд бўйича ўқишини кўчирган талабалар супер контракт эмас, базавий тўловни амалга оширади
Вазирлик расмийси Абдували Холиқов ўқишни кўчириш бўйича бир қатор масалаларга тўхталиб ўтди.
👉 https://kun.uz/69026979