𝐓𝐀𝐋𝐀𝐁𝐀𝐋𝐀𝐑 𝐕𝐀 𝐓𝐀'π‹πˆπŒ || Rasmiy
120 subscribers
1.34K photos
282 videos
101 files
895 links
πŸ₯‡ N1 -kanal O'zbekiston πŸ‡ΊπŸ‡Ώtalabalari πŸŽ“uchun uzbek tilida!

πŸ“ Rasmiy ! Ishonchli! Foydali! βœ…

πŸ—― Bepul maslahat: ✏️ @Talabalar_va_talim_bot


πŸ“’ Taklif qilish uchun havolaπŸ‘‡

@Talabalar_Va_Talim β˜‘οΈ
Download Telegram
#TDIU #Tashqi_perevod

XORIJDAN TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETIGA O'QISHINI KO'CHIRGANLAR DIQQATIGA❗️

Talabalar quyidagi sanalar bo'yicha viloyatlar kesimida qabul qilinadi. Ya'ni har kim o'z viloyati ko'rsatilgan sanada Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2-oΚ»quv binosi, 1-qavat)ga tashrif buyurishi kerak
:

πŸ—“ 13-sentabr: Toshkent shahri va Toshkent viloyatilik talabalar
πŸ—“ 14-sentabr: Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatidagi talabalar
πŸ—“ 15-sentabr: Andijon, Namangan va Fargβ€˜ona viloyatidagi talabalar
πŸ—“ 16-sentabr: Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatidagi talabalar
πŸ—“ 17-sentabr: Qoraqalpogβ€˜iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatida yashovchi talabalar


πŸ“„TALABALAR QUYIDAGI HUJJATLARNI OLIB KELISHLARI SHART

πŸ—‚ pasport yoki ID karta asli va nusxasi (2 ta nusxa);
πŸ—‚ talabaning xorijiy universitetda fanlardan oΚ»zlashtirgan baholarini aks ettiruvchi belgilangan shakldagi akademik maΚΌlumotnoma yoki transkript (2 ta nusxa);
πŸ—‚
transfer.dtm.uz orqali shaxsiy profilida roβ€˜yxatdan oβ€˜tkazilgan onlayn ariza nusxasi (2 ta nusxa);
πŸ—‚ imtihon natijasi (test javoblari varaqasi) nusxasi (2 ta nusxa);
πŸ—‚ xorijiy va nodavlat oliy talim muassasasining davlat akkreditatsiyasini tasdiqlovchi hujjati nusxasi (2 ta nusxa
).


⚠️Izoh: 66,1 balldan past ball olganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlanishini kutib turishlarini soβ€˜raymiz. Bu haqida alohida eΚΌlon beriladi.

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ  @Xorijdagi_Talabalar πŸŽ“